es
Feedback
Scopus Academy

Scopus Academy

Ir al canal en Telegram

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
2 015
Suscriptores
+724 horas
+857 días
+27830 días
Archivo de publicaciones
Repost from Markaziy Osiyo
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTA Dunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTA Dunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar esa istalgan yo‘ldan emas, muayyan bo‘g‘oz va kanallardan o‘tadi. Shu nuqtalardan biridagi muammo butun dunyoda narxlar va yetkazib berish muddatlariga ta’sir qilishi mumkin.
1. Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazidagi neft va gazning tashqi bozorlarga chiqishida muhim yo‘l. Bu hududdagi keskinlik energiya narxlariga tez ta’sir ko‘rsatadi. 2. Malakka bo‘g‘ozi Hind va Tinch okeanlarini bog‘laydi. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo savdosi uchun katta ahamiyatga ega. 3. Suvaysh kanali Osiyo bilan Yevropani eng qisqa dengiz yo‘li orqali bog‘laydi. Kanal yopilsa, kemalar Afrikaning janubidan aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi. 4. Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari Qora dengiz davlatlarini O‘rta yer dengizi bilan bog‘laydi. Don, neft mahsulotlari va boshqa yuklar harakatida muhim o‘rin tutadi. 5. Panama kanali Atlantika va Tinch okeanlari o‘rtasidagi masofani keskin qisqartiradi. Suv tanqisligi yoki tirbandlik kanal imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
Bu nuqtalar dunyo savdosini bevosita “boshqarmaydi”. Ammo ulardan biridagi uzilish global savdoni sekinlashtirish kuchiga ega. Markaziy Osiyo dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmasa ham, bunday o‘zgarishlardan chetda qolmaydi. Tashish xarajatlari oshsa, mintaqaga kirib keladigan mahsulotlar narxi ham ko‘tariladi. @centerasiastudy

#Scopus_Academy_tarix 07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat ri
#Scopus_Academy_tarix 07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat rivojlanishining tarixiy jarayonlarini o‘rganadigan fundamental yo‘nalishlardan biridir. Bugungi kunda tarixshunoslikda manbashunoslik, tarixiy tafakkur, raqamli tarix, geosiyosiy jarayonlar hamda sivilizatsiyalararo aloqalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishi va ilmiy nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Past & Present”, “Journal of Global History” yoki “The Journal of African History” kabi jurnallar tarix yo‘nalishidagi eng nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi. Quyidagi posterda 07.00.00 – Tarix fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

“Ko‘proq maqola yoz” talabi kuchli ilmni kamaytirishi mumkinmi? Universitet olimga yiliga ma’lum miqdorda maqola yozishni talab qiladi. Grant tizimi tez natija kutadi. Yosh tadqiqotchiga esa keyingi kontrakt yoki lavozim uchun publication kerak. Bunday tizim olimni qanday tadqiqot tanlashga undaydi?
3-sentabrda Nature Human Behaviourda e’lon qilingan tahlilda zamonaviy akademik tizimlarning qisqa muddatli grantlar, productivity-based baholash va xavfsiz natijalarga moyil mexanizmlari yuqori riskli va konseptual jihatdan yangi tadqiqotlarni cheklashi mumkinligi muhokama qilindi. Ayniqsa early-career researcherlar uchun tez, oson baholanadigan va natijasi oldindan taxmin qilinadigan loyihalarni tanlash ratsional strategiyaga aylanib qolishi mumkin.
Bu fikr juda muhim.
Olimga faqat “yiliga nechta maqola chiqarding?” deb savol bersak, u eng muhim muammoni emas,
eng tez maqolaga aylantirish mumkin bo‘lgan muammoni
tanlashi mumkin.
Shu sabab zamonaviy research assessment’da original g‘oya, uzoq muddatli tadqiqot, ilmiy hamkorlik, metodologik yangilik va hatto muvaffaqiyatsiz, ammo sifatli tajribalarni ham hisobga olish haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda.
Ba’zan ilm-fanga eng katta xavf maqola kamligi emas.
Maqola chiqarishning o‘zi ilmiy faoliyatning asosiy maqsadiga aylanib qolishidir. ━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Anthropological Literature bazasida rasmiy Harvard Library ma’lumotiga ko‘ra 660 ta jurnal va 670 mingdan ortiq maqola bor.
Baza antropologiya, arxeologiya va ularga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarni qamrab oladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Repost from PhD Support
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

❗️Xitoyda akademik misconduct uchun jazo endi faqat retraction emas Ilmiy halollik buzilganda maqolani qaytarib olish yetarlimi? Xitoyda ko‘rilayotgan choralar bu masalani ancha kengroq qo‘ymoqda.
Xitoyning asosiy fundamental tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi tashkiloti — National Natural Science Foundation of China avgust oxirida 31 ta yangi academic misconduct holati bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi. Ularda 40 dan ortiq tadqiqotchi tilga olingan. South China Morning Post buni fondning hozirgacha amalga oshirgan eng katta ommaviy disclosure’i sifatida baholadi.
Ayrim taniqli professorlarning grantlari va ilmiy unvonlari bekor qilingan, ilgari ajratilgan mablag‘larni qaytarish talab qilingan. To‘rt tadqiqotchiga jami 10 million yuandan ortiq grant mablag‘ini qaytarish va uch yildan yetti yilgacha yangi funding uchun ariza bermaslik sanksiyalari qo‘llangan. Bu juda muhim tendensiya. Research integrity faqat jurnal va maqola masalasi bo‘lib qolmayapti. U grant, lavozim, ilmiy reputatsiya va institutsional javobgarlik bilan bog‘lanmoqda. Agar akademik tizim KPI uchun yuqori talab qo‘ysa, integrity buzilganda javobgarlik mexanizmi ham shunga yarasha kuchli bo‘lishi kerak. ━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

AI endi mavjud bo‘lmagan “olimlar”ni ham yaratmoqda AI hallucination desa, odatda uydirma reference yoki mavjud bo‘lmagan DOI’ni tushunamiz. Muammo bundan ham chuqurroq bo‘lishi mumkin.
2026-yilda e’lon qilingan bir preprintda tadqiqotchilar katta til modellari takror-takror bir xil uydirma ism va “ekspertlar”ni yaratishini o‘rgandi. Eng qiziq natija Zenodo’da kuzatilgan: tadqiqotchilar 1 655 ta “ghost-authored” record aniqlaganini xabar qiladi. Ushbu yozuvlarda mavjud bo‘lmagan mualliflar, jurnallar va nashr ma’lumotlari bo‘lgan, biroq ayrimlariga real DataCite DOI’lari ham biriktirilgan.
Bu hali peer-reviewed yakuniy tadqiqot emas — natijalar preprint sifatida e’lon qilingan. Shuning uchun ehtiyotkor talqin qilish kerak.
Lekin masala juda jiddiy. Agar AI yaratgan uydirma akademik metadata haqiqiy DOI tizimlariga, repositorylarga yoki scholarly aggregatorlarga kirsa, keyinchalik boshqa tizimlar uni “ilmiy manba” sifatida qabul qilib ketishi mumkin. Oldin savolimiz “AI soxta citation yaratadimi?” edi.
Endi yangi savol paydo bo‘lyapti: AI butun boshli soxta akademik identitet ham yaratishi mumkinmi? ━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Nature’dagi maqolani mualliflarning o‘zi qaytarib oldi Retraction so‘zini eshitsak, ko‘pincha plagiarism, fake data yoki boshqa ilmiy qoidabuzarliklarni tasavvur qilamiz.
Har doim ham unday emas. 2-sentabr kuni Nature 2025-yilda chop etilgan global qurg‘oqchilik va “atmospheric thirst” haqidagi maqolani qaytarib oldi. Sabab — mualliflar aniqlagan hisoblash va kodlash bilan bog‘liq xatolar. Jumladan, vaqt ma’lumotlarini qayta ishlashdagi xato, modelning eski versiyasidan foydalanish va ayrim global hisob-kitoblarda muammolar aniqlangan.
Muhimi, mualliflar xatolarni yashirishga yoki maqolani har qanday narxda saqlab qolishga urinmagan. Tuzatishlar ko‘lami katta bo‘lgani uchun maqolani qaytarib olib, yangidan tekshirilgan manuscriptni peer review’ga topshirish yo‘lini tanlagan. Bu research integrity’ning boshqa tomonini ko‘rsatadi. Retraction har doim ilmiy sharmandalik emas. Ba’zan u ilmiy mas’uliyatning belgisi ham bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ilmiy madaniyat “mening maqolam xato qilishi mumkin emas” degan pozitsiyada emas. “Xato topsam, uni ilmiy rekordda tuzataman” degan pozitsiyada shakllanadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

❗️24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi? Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?
3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.
Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan. Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa muallif javobgar. Lekin voqea juda muhim narsani eslatadi: peer review sifat kafolati, lekin mutlaq kafolat emas. Hatto yuzlab citation olgan va o‘nlab yillar darsliklarda tilga olingan natijalar ham yangi dalillar paydo bo‘lsa qayta tekshirilishi mumkin. Ilmning kuchi xato qilmasligida emas. Xatoni aniqlaganda ilmiy rekordni tuzata olishida. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Ilmiy maqolalarni endi “robot reviewer”lar baholaydimi? 3-sentabr kuni Science jurnalida juda qiziq sarlavhali material chiqdi: “Ready for the robot reviewers?”
Bu savol bejiz emas. Ilmiy jurnallar yuz minglab maqolalarni ko‘rib chiqmoqda, sifatli reviewer topish esa tobora murakkablashmoqda. Shu sabab AI vositalaridan manuscriptni dastlabki tahlil qilish, reviewer fikrlarini strukturaga solish, adabiyotlarni tekshirish yoki texnik kamchiliklarni topishda foydalanish imkoniyatlari faol muhokama qilinmoqda.
Ammo maqolani to‘liq AI’ga berib, undan “accept” yoki “reject” qarorini kutish boshqa masala. AI metodologik xatoni sezmasligi, aksincha mavjud bo‘lmagan muammoni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, hali chop etilmagan manuscriptning maxfiyligi ham bor. Nature Computational Science ham AI reviewerga yordamchi bo‘lishi mumkinligini, lekin ilmiy hukm va yakuniy javobgarlik inson reviewerda qolishi kerakligini ta’kidlaydi. Shuning uchun kelajakdagi peer review ehtimol “AI yoki inson?” tanlovi bo‘lmaydi. Ko‘proq “AI + inson eksperti” modeli shakllanadi. Lekin bitta prinsip saqlanishi kerak: maqolani kim baholagan bo‘lsa, o‘sha baho uchun javob bera olishi lozim. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

AI maqola yozishga yordam berdi. Javobgarlik kimda? 1-sentabr kuni Nature ilmiy nashrlardagi juda muhim savolni ko‘tardi: generativ AI tadqiqotchining ishiga tobora ko‘proq aralashayotgan bir paytda, ilmiy natija uchun kim javob beradi?
Bugun AI adabiyotlarni qidiradi va umumlashtiradi, g‘oya shakllantirishga yordam beradi, matn yozadi, hatto reviewerlarning savollariga javob loyihasini tayyorlaydi. Demak, masala endi “AI ishlatish mumkinmi?” darajasidan ancha o‘tib ketdi. Asosiy masala — insonning real ilmiy hissasi qayerda boshlanib, AI hissasi qayerda tugashini aniqlash.
Naturedagi muhokamada authorship oddiygina maqolaga ism qo‘yish emasligi ta’kidlanadi. Mualliflik ilmiy hissa bilan birga natijaning aniqligi va halolligi uchun javobgarlikni ham anglatadi. AI esa bunday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Ehtimol, yaqin kelajakda maqolalarda “AI ishlatildi” deyishning o‘zi yetmaydi. AI tadqiqotning aynan qaysi bosqichida va qanday vazifani bajargani batafsil ko‘rsatilishi talab qilinadi. AI ilmiy ishni tezlashtirishi mumkin. Lekin uning tezligi insonning ilmiy javobgarligini kamaytirmaydi.

24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi? Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?
3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.
Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan.
Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa muallif javobgar.
Lekin voqea juda muhim narsani eslatadi: peer review sifat kafolati, lekin mutlaq kafolat emas. Hatto yuzlab citation olgan va o‘nlab yillar darsliklarda tilga olingan natijalar ham yangi dalillar paydo bo‘lsa qayta tekshirilishi mumkin. Ilmning kuchi xato qilmasligida emas. Xatoni aniqlaganda ilmiy rekordni tuzata olishida. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Ilmiy maqolalarni endi “robot reviewer”lar baholaydimi? 3-sentabr kuni Science jurnalida juda qiziq sarlavhali material chiqdi: “Ready for the robot reviewers?”
Bu savol bejiz emas. Ilmiy jurnallar yuz minglab maqolalarni ko‘rib chiqmoqda, sifatli reviewer topish esa tobora murakkablashmoqda. Shu sabab AI vositalaridan manuscriptni dastlabki tahlil qilish, reviewer fikrlarini strukturaga solish, adabiyotlarni tekshirish yoki texnik kamchiliklarni topishda foydalanish imkoniyatlari faol muhokama qilinmoqda.
Ammo maqolani to‘liq AI’ga berib, undan “accept” yoki “reject” qarorini kutish boshqa masala. AI metodologik xatoni sezmasligi, aksincha mavjud bo‘lmagan muammoni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, hali chop etilmagan manuscriptning maxfiyligi ham bor. Nature Computational Science ham AI reviewerga yordamchi bo‘lishi mumkinligini, lekin ilmiy hukm va yakuniy javobgarlik inson reviewerda qolishi kerakligini ta’kidlaydi. Shuning uchun kelajakdagi peer review ehtimol “AI yoki inson?” tanlovi bo‘lmaydi. Ko‘proq “AI + inson eksperti” modeli shakllanadi. Lekin bitta prinsip saqlanishi kerak: maqolani kim baholagan bo‘lsa, o‘sha baho uchun javob bera olishi lozim. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Kecha Scopus bazasida indekslangan ikki jurnal muharriri bilan suhbatlashib qoldim. Ularning kuzatuviga ko‘ra, O‘zbekistondan yuborilayotgan maqolalarning juda katta qismida — ayrim oqimlarda hatto qariyb 90 foizigacha — submissiondan keyingi bosqichlarda mualliflar tarkibi o‘zgarib qolmoqda. Albatta, maqola mualliflarining keyinchalik o‘zgarishi har doim ham qoidabuzarlik degani emas. Tadqiqot jarayonida yangi olimning real ilmiy hissasi paydo bo‘lishi, metodologiya yoki tahlilga jiddiy hissa qo‘shilishi mumkin. Bunday holatda mualliflik tarkibini o‘zgartirish ilmiy jihatdan asoslanishi mumkin.
Ammo bu holat muntazam tus olsa, ayniqsa maqola review jarayonidan o‘tib bo‘lgach yangi mualliflar paydo bo‘lsa, savollar tug‘iladi. Bu ba’zan haqiqiy xalqaro hamkorlik emas, balki tayyor yoki deyarli tayyor maqolaga pullik asosda hammuallif qo‘shish amaliyotining belgisi bo‘lishi mumkin.
Eng xavfli jihati shundaki, tashqi tomondan bunday maqola “xalqaro kollaboratsiya” ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Aslida esa ayrim hollarda hamkorlik ilmiy muammo, ma’lumot, metodologiya yoki tahlil atrofida emas, maqoladagi mualliflik pozitsiyasi atrofida shakllanishi mumkin. Bu yerda juda oddiy mezon bor: muallif maqolaga qachon qo‘shilgani emas, tadqiqotning qaysi qismiga real ilmiy hissa qo‘shgani muhim. Agar olim tadqiqot savolini shakllantirishda, metodologiyada, ma’lumot yig‘ishda, tahlilda, interpretatsiyada yoki maqolani ilmiy jihatdan qayta ishlashda sezilarli ishtirok etmagan bo‘lsa, uning ismi maqolaga qo‘shilishi “collaboration” emas, authorship integrity masalasiga aylanadi. Shuning uchun universitetlar va ilmiy tashkilotlar “xalqaro hammualliflik bor-mi?” degan savoldan tashqari yana bir savolni ham berishi kerak: Bu hammuallifning maqoladagi real ilmiy hissasi nimadan iborat? Aks holda xalqaro kollaboratsiya rivojlanmaydi — faqat uning tashqi ko‘rinishi ko‘payadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

🎓 Scopus bilan ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydali platforma — Scopus Academy Bu platformada qisqa va amaliy mini-kurslar mavjud: 🔹 Scopus search — ilmiy maqolalarni professional qidirish 🔹 Author profiling — muallif profili va citationlarni boshqarish 🔹 Citation tracking — iqtiboslar monitoringi 🔹 Journal analysis — jurnal sifati va metrikalarini tahlil qilish Kurslar self-paced formatda, ya’ni o‘zingizga qulay vaqtda o‘qiladi. Ko‘plab kurslar yakunida sertifikat ham beriladi. 🔗 Scopus Academy: Scopus Academy Courses 🔗 Elsevier Researcher Academy: Elsevier Researcher Academy Ayniqsa magistrant, PhD va yosh tadqiqotchilar uchun foydali platformalardan biri. (researcheracademy.elsevier.com) ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

⚠️ Doktorantlarning eng katta 10 ta xatosi Maqola yozishni kechiktirish. Faqat dissertatsiyaga e’tibor qaratish. Statistik tahlilni oxirga qoldirish. Xalqaro adabiyotlarni kam o‘qish. Ingliz tilini rivojlantirmaslik. Konferensiyalarda qatnashmaslik. Akademik tarmoq yaratmaslik. Reviewer fikrlarini inkor qilish. Predatory jurnallarga ishonish. Vaqtni noto‘g‘ri boshqarish. Doktoranturaning eng katta muammosi bilim emas. Tizimli ishlay olmaslikdir. #PhD #Doktorant #Scopus ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#nufuzli_scopus #bepul_scopus #q1_q2_scopus ⁉️Quyida bir nechta fanlar bo‘yicha Skopus bazasidagi nufuzli, bepul va ishonchli jurnallar taqdim etilmoqda. Biologiya fanlari - link Sotsiologiya fanlari - link Fizika-matematika fanlari - link Kimyo fanlari - link Geologiya-mineralogiya fanlari - link Texnika fanlari - link Tarix fanlari - link Qishloq xo‘jaligi fanlari - link Iqtisodiyot fanlari - link Falsafa fanlari - link Filologiya fanlari - link Siyosiy fanlar - link Geografiya fanlari - link Yuridik fanlar - link Pedagogika fanlari - link Tibbiyot fanlari - link Farmatsevtika fanlari - link Veterinariya fanlari - link Sanʼatshunoslik fanlari - link Arxitektura fanlari - link Psixologiya fanlari - link Xarbiy fanlar - link ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh

1000 kishilik WhatsApp guruhi — ilmiy hamkorlikmi? Ilmiy hamkorlik odatda yaxshi hodisa. Ammo “hamkorlik”ning o‘zi ilmiy sifat kafolati emas.
2026-yilda Retraction Watch WhatsApp orqali tashkil etilgan, qariyb 1 000 ishtirokchiga ega xalqaro “research factory” faoliyati haqida surishtiruv e’lon qildi. Tarmoq juda qisqa muddatlarda tezis va maqolalar ishlab chiqarish bilan e’tibor tortgan. Keyinchalik Research Square ushbu tarmoq bilan bog‘langan uchta preprintni research-integrity xavotirlari sabab olib tashlagan.
Bu yerda muhim chegara bor: ilmiy hamkorlikda — olimlar tadqiqot qiladi; “maqola fabrikasi”da esa tadqiqot maqola ishlab chiqarish jarayoniga bo‘ysunib qolishi mumkin. O‘zbekiston ilmiy muhitida ham “maqolangizni chiqarib beramiz”, “hammualliflik joyi bor”, “tayyor Scopus maqola” kabi takliflarga aynan shu nuqtayi nazardan qarash kerak. Scopus’da maqolaning mavjudligi uning qanday yaratilgani haqidagi savolni bekor qilmaydi. Ilmiy natijadan oldin ilmiy jarayonning halolligi turadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Repost from Magistr Hub
#Tezkor ⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi! 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magi
#Tezkor ⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi! 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz⁠ elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz⁠) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz⁠ elektron tizimidagi shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 🎓 @Magistr_Hub