REGISTRATOR OFISI | TOSHDO'TAU
Ir al canal en Telegram
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Registrator ofisi rasmiy kanali.
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
1 328
Suscriptores
+11624 horas
+1167 días
+11630 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
julio '26
julio '26
+1 330
en 3 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 30 julio | +3 | |||
| 29 julio | +116 |
Publicaciones del Canal
Darslar tugab ketdi....
Tanaffuslar ham,
Sogʻinchlarning oxir keldimi gali?
Saboqdoshlar ham yoʻq.
Sen ham uzoqda.
Qanisan jonajon maʼruza zali?
| 2 | #magistratura
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 2025-2026-o'quv yilida magistratura bosqichiga kelib tushgan arizalar soni.
@registrator_ofis1 | 328 |
| 3 | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 2026-2027-o'quv yili magistratura bosqichiga kelib tushgan arizalar soni 29.07.2026 holatiga ko'ra.
Ma'lumotlar stat.edu.uz saytidan olindi.
@registrator_ofis1 | 371 |
| 4 | Ishoning, eng avvalo o‘zingizni o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ring. Chunki hayotdagi eng qiyin narsa boshqalarni emas, aynan o‘zingizni yengishdir.
Bir marta ichingizdagi sustlikni, bahonalarni, qo‘rquvni yenga olsangiz natija albatta chiqadi.
Ana o‘sha natija sizga bitta haqiqatni ko‘rsatadi: siz aslida o‘ylaganingizdan ancha kuchli ekansiz.
Shundan keyin hammasi osonlashadi. Chunki siz endi tashqi omillarni emas, o‘zingizni boshqara boshlaysiz.
Qolgani esa... ko‘pincha odamlar o‘zini o‘zgartirmaslik uchun aytadigan bahonalar xolos.
@registrator_ofis1 | 396 |
| 5 | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bakalavr bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari | 1 103 |
| 6 | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari | 1 050 |
| 7 | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari
@registrator_ofis1 | 209 |
| 8 | 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikator
(https://talimxabarlari.uz/68615/7) ga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.
@registrator_ofis1 | 826 |
| 9 | Transfer.edu.uz saytidan foydalanish
@registrator_ofis1 | 823 |
| 10 | Sizda 3 ta valyuta bor:
1. Bilim. 📚
2. Vaqt. ⏳
3. Pul. 💰
Agar bittasiga ehtiyoj sezsangiz, boshqa ikkitasini ishlating.
@registrator_ofis1 | 760 |
| 11 | 📌 Akademik ta’til kimlarga beriladi?
Akademik ta’til — oliy ta’lim muassasasi talabalariga o‘qishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish huquqini beruvchi tartibdir.
Akademik ta’til quyidagi asosli sabablarga ko‘ra beriladi:
🏥 Salomatlikni tiklash uchun — shifokor xulosasiga ko‘ra uzoq muddat davolanish zarur bo‘lganda.
🪖 Harbiy xizmat uchun — muddatli harbiy xizmatni o‘tash maqsadida chaqiruv qog‘ozi asosida.
🤰 Homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan — ayol talabalarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida.
👶 Bola parvarishi uchun — farzand uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish zarur bo‘lganda.
👨👩👧 Oila a’zosini parvarish qilish uchun — ota-ona, turmush o‘rtog‘i yoki farzandining og‘ir kasalligi sababli ularga qarab turish zarur bo‘lganda.
📝 Akademik ta’tilni rasmiylashtirish uchun:
• OTM rektori nomiga ariza yoziladi;
• Ta’til olish sababini tasdiqlovchi tegishli tibbiy yoki boshqa rasmiy hujjatlar ilova qilinadi.
📅 Akademik ta’til odatda 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
https://t.me/Registrator_ofis1 | 845 |
| 12 | 📌 Kimlar o‘qishini ko‘chirishi (transfer/perevod) mumkin?
O‘qishni ko‘chirish tartibi talabaning o‘qish joyiga qarab belgilanadi. Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga, shuningdek, OTM ichida ta'lim yo‘nalishi yoki ta'lim shaklini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha transfer.edu.uz yoki my.gov.uz portallari orqali qabul qilinadi.
✅ Quyidagi toifadagi talabalar o‘qishini ko‘chirishi mumkin:
🔹 Xorijiy yoki nodavlat OTMdan davlat OTMga
Tegishli ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish ballini to‘plagan yoki amaldagi talablarga javob bergan talabalar.
🔹 Davlat OTMlari o‘rtasida (ichki transfer)
Faqat quyidagi ikki asosli holatda:
1. Talaba oila qurgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash joyidagi OTMga ko‘chirish uchun murojaat qilsa.
2. Davlat xizmatchisining ish joyi boshqa hududga ko‘chirilgan taqdirda.
🔹 Ta'lim shaklini o‘zgartirish
Kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari o‘rtasida amaldagi tartib asosida o‘zgartirish mumkin.
📄 O‘qishni ko‘chirish jarayonida chet tili va umumta'lim fanlari bo‘yicha milliy hamda xalqaro sertifikatlar ham inobatga olinadi.
https://t.me/Registrator_ofis1 | 1 184 |
| 13 | Hemis tizimida parolni qanday tiklash mumkun? Ushbu videoda barcha ma'lumotlar berilgan | 2 170 |
| 14 | O'zbekistondagi eng ko'p talaba qaysi OTM da tahsil olishini bilasizmi? | 452 |
| 15 | Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi | 355 |
| 16 | Oʻzbekiston hududida universitet rektori lavozimiga tayinlangan ilk shaxs kim bo‘lganini bilasizmi?
🔹 1918-yilda Toshkentda tashkil etilgan Turkiston xalq universitetining birinchi rektori Aleksandr Vasilyevich Popov bo‘lgan.
🔹 Mahalliy ziyolilar orasida esa Munavvarqori Abdurashidxonov ilk rektorlardan biri hisoblanadi. U 1918-yil 3-mayda Turkiston Musulmon xalq dorulfununining raisi etib saylangan. Bu lavozim o‘sha davrdagi rektor maqomiga teng bo‘lgan.
📌 Qiziqarli jihati shundaki, Turkiston xalq universiteti bugungi Oʻzbekiston Milliy universitetining tarixiy asosi hisoblanadi.
🎓 Demak, Oʻzbekiston hududidagi ilk universitetning birinchi rektori — Aleksandr Vasilyevich Popov, mahalliy ziyolilar orasidagi ilk rektorlardan biri esa — Munavvarqori Abdurashidxonov bo‘lgan.
📜Ma'lumot sizga yoqdimi?
✍Izohlarda o'z fikringizni qoldiring!
https://t.me/Registrator_ofis1 | 344 |
| 17 | Universitet va Institutni farqi nimada?
https://t.me/Registrator_ofis1 | 272 |
| 18 | Akademik mobillik nima? | 232 |
| 19 | Oliy ta’lim muassasalarida talabalar quyidagi sabablarga ko'ra dars qoldirishi uzrli deb hisoblanadi. | 193 |
| 20 | my.hemis.uz tizimida Ijtimoiy faollik uchun ariza yuborish | 217 |
