es
Feedback
Axmadjanov | Ta'limiy blog

Axmadjanov | Ta'limiy blog

Ir al canal en Telegram

Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada

📈 Análisis del canal de Telegram Axmadjanov | Ta'limiy blog

El canal Axmadjanov | Ta'limiy blog (@axmadjanoov) es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 29 896 suscriptores, ocupando la posición en la categoría Otro.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 29 896 suscriptores.

Según los últimos datos del 10 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -3 205, y en las últimas 24 horas de -388, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 28.94%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 10.92% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 8 707 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 286 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 28.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 11 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Otro.

29 896
Suscriptores
-38824 horas
-3 2057 días
-3 20530 días
Archivo de publicaciones
❗️“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiri
❗️“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qullandi. Maktab darsliklari 2031-yilgacha yangi alifboga oʻtkaziladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

Maqsadli qabul haqida. Amaldagi tartibga koʻra, maqsadli qabul asosida grantga qabul qilingan talabalar oʻqishdan voz kechib tanlagan boshqa yoʻnalishida super-kontrakt qilishlari mumkin emas. ✅@Axmadjanoov | Instagram

"6-yoʻnalish tanlab, oʻqishga kirvolib endi boshqa yoʻnalishha super qilolmayapman" deganlarni miyyasida nimalar bor ekina? 6-yoʻnalishga oʻqishga kirish uchun topshirgansan, maqsadingga erishding, endi yana nimaga fikringni oʻzgartiraverasan? Hozir shu 6-yoʻnalishga kirvolib, oʻqimayman deganlar sabab 6-yoʻnalishga bali yetmaganlar oʻqishdan qolib ketyapti. Oʻzi super-kontraktda erkin tanlov huquqiniyam bekor qilish kerak. Biz oʻzbeklar berilgan imkoniyatlarni koʻtara olmaymiz🤦‍♂ ✅@Axmadjanoov

Men nima degandim?😁 Keyingi yil uchun katta oʻzgarishlar boʻlishiga tayyor turing. Ayniqsa sertifikatlar mavzusida.

⚡️Kelgusi yildan qabulda o‘zgarish bo‘ladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishiga qabul bo‘yicha kutilganidan ancha ko‘p abituriyent yuqori natija qayd etgan. Vazir aytishicha, 550 nafar o‘rin uchun 3200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan va bu yil ularning barchasi qabul qilingan. Kelgusi yildan qabul tartibiga o‘zgartish kiritilishi kutilmoqda. ✅@Axmadjanoov | Instagram

Davlat oliygohlari ham xususiylashtiriladi Yirik davlat oliy ta’lim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish maqsadida ular xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ularning faoliyatiga xususiy investorlar, jumladan, ustav kapitalidagi aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarish orqali jalb etiladi. Bunda davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlab qolinadi. Oliy taʼlim muassasalarida esa korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishni koʻchirish mavzusida keyingi yil kutilayotgan oʻzgarishlar Keyingi yildan ta'lim sohasida jumladan oʻqishni koʻchirish mavzusida bir qator oʻzgarishlar kutilmoqda. Shu sababli "Keyingi yilga oʻqishimni koʻchirib olaveraman" deb bu yil qandaydir reja qilayotgan talabalar quyidagi kutilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olishlari tavsiya etiladi. 🟠Davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari koʻtarilishi; 🟠Chet tili va umum ta'lim fanlaridan berilgan sertifikatlarning avvalgidek maksimal ball bermasligi (abituriyentlar uchun ham); 🟠Tbbiyot yoʻnalishida oʻtish balining keskin koʻtarilishi; 🟠Tibbiyot yoʻnalishida super-kontraktga ariza berish uchun kamida 132 ball toʻplash lozimligi (abituriyentlar uchun ham) 🟠Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish faqatgina davlat test sinovlarida asosida amalga oshirilishi; 🟠Nodavlat oliygohdan nodavlat oliygohga koʻchirish uzrli sabab bilan amalga oshirilishi; 🟠Davlat va nodavlat oliygohlar bilan bogʻliq oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash masalalari toʻliq davlat nazoratiga oʻtkazilishi.@Axmadjanoov | Instagram

📹 Kontrakt.edu.uz sayti orqali shartnoma rasmiylashtirish uchun videqoʻllanma. - Qo'llanmadan foydalaning, ariza yuboring, shartnomangizni oling.@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Fargʻona davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi. Yetarli ball toʻplay olmagan abituriyent hamda oʻqishini koʻchirayotgan talabalar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza toshirishlari hamda kontrakt shartnomasini yuklab olib darslarda ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari aloqa xati ham maxsus telegram guruh orqali talabalarga yetkazilmoqda. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida super-kontraktdagilar uchun darslar boshlandi Abituriyent sifatida hujjat topshirgan hamda oʻtish bali yetarli ball toʻplay olmay super-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun FJSTI da bugundan boshlab darslar jarayonlari boshlandi. Bundan tashqari oʻqishni koʻchirish imtihonlarida yetarli ball toʻplagan (yoki toʻplay olmay super kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan) talabalar ham dars jarayonlarida qatnashishlari mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Super kontrak uchun arizalar qabuli boshlangan davlat oliygohlari bilan tanishing 🟠Andijon davlat tibbiyot instituti 🟠Buxoro davlat tibbiyot instituti 🟠Guliston davlat universiteti 🟠Namangan davlat chet tillari instituti 🟠Namangan davlat universiteti 🟠Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti 🟠Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti 🟠Oʻzbekiston Milliy universiteti 🟠Samarqand davlat chet tillari instituti 🟠Samarqand davlat pedagogika instituti 🟠Samarqand davlat tibbiyot universiteti 🟠Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 🟠Termiz davlat universiteti 🟠Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 🟠Toshkent davlat tibbiyot universiteti Roʻyxat toʻldirilmoqda✍️ Mazkur oliygohlarda oshirilgan kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborishlari mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Kontrakt.edu.uz saytida nosozliklar kuzatilmoqda Kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontrakt uchun ariza topshirishda turli
⚡️Kontrakt.edu.uz saytida nosozliklar kuzatilmoqda Kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontrakt uchun ariza topshirishda turli xil nosozliklar kuzatilmoqda. Jumladan, arizalarning avtomatik rad etilishi, talabaning ma'lumoti koʻrinmay qolishi, ariza yuborish tugmasining ishlamay qolishi, kontrakt summalarining koʻrinmay qolishi kabilar. Bu kamchiliklar aslida sayt tez orada barcha uchun toʻliq ochilishi arafasida ma'lumotlar kiritilishi bilan bogʻliq. Xususan yuqoridagi rasmda koʻrib turganingizdek, saytda barcha toifadagi talabgorlar uchun super-kontraktga ariza yuborish imkoniyati asta-sekin ochilmoqda. Tez orada kamchiliklar bartaraf etilib, sayt toʻliq holatda ishga tushishi kutilmoqda.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍@Talimgaoid_perevod

⚡️Super kontrakt uchun shartnoma olganlar diqqatiga! Yangi o’quv yili: 🟠1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan; 🟠2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi. Agarda siz kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborib super-kontrakt uchun shartnoma olgan boʻlsangiz yuqorida belgilangan sanadan boshlab darslarda ishtirok etishingiz mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️ Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplanadi Davlat OTM magistraturasiga kontrakt asosida kirgan xotin-qizlarning stipendiyasiz bazaviy kontrakti to‘liq qoplab beriladi. Tabaqalashtirilgan kontrakt esa qoplanmaydi. 📌Buning uchun 15-sentabrgacha OTM rektori nomiga ariza topshirish kerak. Kech topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

#super_kontrakt ⚡️Guliston davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi Guliston davlat universitetining 202
+1
#super_kontrakt ⚡️Guliston davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi Guliston davlat universitetining 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani super-kontrakt shaklida o‘qitish qiymati miqdorlari ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻzbekiston Milliy universitetida arzonlashtirilgan super-kontrakt miqdori tasdiqlandi Oʻzbekiston Milliy universitetida 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul chegarasiga 4,05 balldan yuqori yetmagan, biroq 56,7 balldan kam ball boʻlmagan miqdorda natija koʻrsatib, oʻqish istagini bildirgan abituriyent va oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar uchun super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi. Talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza toʻldirishlari mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?Oʻqishga qabul qilinganlar uchun: Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi. Oʻqishga kirolmaganlar uchun: Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi. ✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun: Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin. Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama? 🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadid
⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama? 🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz: 🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak. ✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang. 🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. 📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi. @Axmadjanoov | Instagram

⚡️Super-kontakt uchun arizalar qabul qilinmoqda! Kontrakt.edu.uz sayti orqali 10 dan ortiq davlat oliy ta'lim muassasalarida
+1
⚡️Super-kontakt uchun arizalar qabul qilinmoqda! Kontrakt.edu.uz sayti orqali 10 dan ortiq davlat oliy ta'lim muassasalarida super-kontrakt uchun arizalar qabuli allaqachon boshlangan hamda kontrakt shartnomalari ham berilmoqda. Rasmda Namangan davlat universiteti hamda Nizomiy davlat pedagogika universitetilari tomonidan super-kontrakt uchun berilgan kontrakt shartnomalari koʻrsatilgan. Siz oʻqimoqchi boʻlgan oliygohda super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlanganini bilish uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram