es
Feedback
Tirik So'z AI

Tirik So'z AI

Ir al canal en Telegram

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
343
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Número de Publicaciones

Carga de datos en curso...

Reacciones
Comentarios
Estrellas de Telegram
PUBLICACIONES TOP por

Carga de datos en curso...

Análisis de publicación
Mensajes
Ver dinámicas
📖 Xotin jamiki insonlarning onasi boʻlgani uchun, Odam Ato✶ unga Momo Havo✶ deb ism berdi.  Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak yasab, ularni kiyintirib qoʻydi. Odam Ato va Momo Havo Adan bogʻidan quviladilar  Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, Bizga oʻxshab qoldi. Endi u qoʻlini uzatib, hayot daraxti mevasidan ham olmasin, mevani yeb, abadiy yashaydigan boʻlib qolmasin.” Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bogʻidan chiqarib yubordi. U Odam Atoni yerning tuprogʻidan yasagan edi, unga endi oʻsha yerni ishlashga berdi. 2U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yoʻlni qoʻriqlash uchun Adan bogʻining sharq tomoniga karublarni✶ va doimo aylanib turadigan alangali qilichni oʻrnatdi. 🔗 Instagram | TikTok | Telegram Muqaddas Kitob ~ Zabur 3-20:25🕊️
0000Loading...
📖 "Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi.​ Oʻsha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi.​ Ilon xotindan: — Haqiqatan ham Xudo,​ bogʻdagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi?​ — deb soʻradi.  Xotin ilonga: — Yoʻgʻ–e,​ biz bogʻdagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin,​ — deb javob berdi.  — Lekin Xudo,​ bogʻ oʻrtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham,​ tegmanglar ham,​ aks holda, oʻlasizlar, deb aytgan.  Ilon esa xotinga: — Yoʻq, oʻlmaysizlar,​ — dedi. — Chunki Xudo biladiki,​ sizlar bu mevalardan yesangiz,​ koʻzlaringiz ochilib,​ sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan boʻlib,​ Xudoga✶ oʻxshab qolasizlar. Xotin qarasaki,​ oʻsha daraxt koʻzga chiroyli koʻrinadi,​ mevalari juda yeyishli ekan.​ Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”,​ deb orzu qildi.​ U daraxtning mevasidan olib yedi,​ keyin yonida turgan eriga ham berdi.​ Eri ham yedi. Oʻsha zahoti ikkovining ham koʻzlari ochilib,​ ular yalangʻoch ekanliklarini angladilar,​ anjir barglarini sonlari atrofiga tizib,​ oʻzlariga yopinchiq yasadilar. Oqshom payti shabada esib turganda,​ odam va xotini bogʻda Parvardigor Egamizning yurganini bildilar.​ Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib,​ bogʻdagi daraxtlar orasiga yashirindilar. Parvardigor Egamiz: — Qayerdasan?​ — deb odamni chaqirdi.✶ 🕊️ Muqaddas Kitob ~ Ibtido 3-1:9 🔗 Instagram | TikTok | Telegram
0000Loading...
Qobil bilan Hobil 1 Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin,​ Momo Havo homilador boʻldi.​ Momo Havo oʻgʻil koʻrdi va:​ “Xudoning qudrati bilan oʻgʻilli boʻldim”,​ deb ismini Qobil✶ qoʻydi. 2 Keyinroq Momo Havo ikkinchi oʻgʻlini tugʻdi​ va unga Hobil deb ism qoʻydi.​ Bolalar ulgʻayib,​ Hobil — qoʻychivon,​ Qobil — dehqon boʻldi. 3 Vaqti kelib,​ Qobil yerning hosilidan​ Egamizga nazr olib keldi. 4 Hobil ham​ suruvidagi birinchi tugʻilgan qoʻzilardan bittasini tanlab olib, soʻydi​ va qoʻzining yogʻli joylarini​ Egamizga nazr qilib olib keldi.​ Egamiz Hobilni​ va uning nazrini manzur koʻrdi, 5 lekin Qobilning oʻzi ham,​ uning nazri ham maʼqul boʻlmadi.​ Qobil qattiq xafa boʻlib,​ qovogʻini soldi. 6 Shunda Egamiz Qobilga dedi:​ “Nega xafa boʻlding?​ Nimaga qovogʻingni solding? 7 Agar sen toʻgʻri ish qilsang,​ seni qabul qilmasmidim?!✶​ Bilginki, yomon ish qilsang,​ eshigingda gunoh poylab turadi,​ sherga oʻxshab tashlanib,​ seni oʻlja qilmoqchi boʻladi.​ Gunoh sening ustingdan hukmron boʻlishni istaydi.​ Lekin sen gunohni​ magʻlub qilishing kerak.”
0000Loading...
📖 "Parvardigor Egamiz: — Qayerdasan?​ — deb odamni chaqirdi.  Odam: — Men bogʻda yurganingni bildim–u,​ yalangʻoch boʻlganim uchun qoʻrqib, yashirindim,​ — dedi. — Yalangʻoch ekaningni senga kim aytdi?​ — deb soʻradi Xudo.​ — Yoki Men,​ yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi? Odam javob berdi: — Oʻzing menga bergan xotin​ oʻsha daraxtning mevasidan menga berdi,​ men ham yedim. Shunda Parvardigor Egamiz xotinga: — Bu nima qilganing? — dedi. — Ilon meni aldadi,​ men mevadan yedim,​ — dedi xotin. Xudo hukm qiladi Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi: “Shu qilmishlaring uchun Laʼnati boʻlgaysan​ barcha jonzotlar orasida Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida. Qorning bilan sudralib yurgaysan, Umring boʻyi tuproq yegaysan. 15 Dushmanlik paydo qilaman​ sen bilan xotin oʻrtasida, Sening zoting bilan uning zoti orasida. Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni, Sen chaqib olasan uning tovonini.”  ✶ 🕊️ Muqaddas Kitob ~ Ibtido 3-9:15 🔗 Instagram | TikTok | Telegram
0000Loading...
📖 Xotinga esa shunday dedi:   “Homiladorligingda gʻoyat azob beraman, Mashaqqat ila bola tugʻasan. Ammo eringni qoʻmsayverasan, Ering esa hokim boʻladi sening ustingdan.”    Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi:   “Xotiningning gapiga kirganing uchun, Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun Sen tufayli yerni laʼnati qildim. Butun umring boʻyi timdalab yerni, Yerdan oʻtkazasan tirikchiligingni. Yerning hosili yemishing boʻlsa ham, Yer sen uchun tikanlaru qushqoʻnmas✶ oʻstiradi. Sen tuproqdan yaralgansan, To tuproqqa qaytguningga qadar, Peshana tering bilan non yeysan. Zero, sen tuproqdirsan Va tuproqqa qaytasan.” Muqaddas Kitob ~ Ibtido 3-16:19 🕊️ 🔗 Instagram | TikTok | Telegram
0000Loading...