𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
Ir al canal en Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
254
Suscriptores
-224 horas
-237 días
-4930 días
Archivo de publicaciones
253
+1
Tugatilgan kitob: Iymon va huzun.
Yozishni yana boshladim...)
Koʻchga chiqqanimda doimo bitta kitobni yonimda olib yurishni yoʻlga qoʻyapman.
Boshlangan kitob : Obida ayollarni yonimda olib yuraman.
253
Dildan suhbatlashishni xohlayapman...
Ba’zan yig‘lab, ba’zan kulib, ba’zan esa shunchaki jim qolib...
atrofim toʻla yaqinlarim boʻlsa ham....
Ich ichimdan, qalbdan suhbatlashadigan insonim yoʻq...
Shu boʻlsa kerak yolgʻizlik hissi...
253
Ancha vaqtdan beri Allohdan faqat bir narsani so‘rayotgan edim... 😊
Allohim, agar biror inson mening taqdirimda bo‘lmasa, qalbimni unga bog‘lab qo‘yma. Menga tegishli bo‘lmagan narsalar uchun qalbimni charchatma, yetolmaydigan manzillar ortidan sarson qilma. Men bilmagan xayrlarni Sen bilasan, men ko‘rmagan oqibatlarni Sen ko‘rasan. Agar biror narsaning menga nasibasi bo‘lmasa, undan ko‘nglimni chiroyli tarzda sovut. Agar biror insonning hayotimda o‘rni bo‘lmasa, uni qalbimdan uzoqlashtir. Mendan ketishi kerak bo‘lgan narsalarni ushlab qolishga urinmaydigan, ketgan narsalar ortidan o‘zini yo‘qotmaydigan qalb ato et. Men endi hamma narsani ham istaganimdek bo‘lishini emas, men uchun xayrli bo‘lganidek bo‘lishini istayman. Har bir yo‘qotishdan keyin hikmat izlaydigan, har bir kechikishda sabr qiladigan, har bir nasibaga shukr aytadigan bandalaringdan qil. Zero, men bilmagan yo‘llarni Sen bilasan, Allohim. Men uchun nima xayrli ekanini ham, kim bilan yo‘lim bir bo‘lishini ham eng yaxshi biluvchi O‘zingsan. Menga nasib qilmagan narsalarni qo‘msab yashashdan ko‘ra, nasibamda bor narsalarni xotirjam qalb bilan kutishni nasib et...Chunki ba’zan inson bir narsani juda qattiq xohlaydi. Uning ortidan boradi, unga umid bog‘laydi, qalbidan joy beradi. Go‘yo usiz hayoti to‘liq bo‘lmaydigandek tuyuladi. Ammo vaqt o‘tib anglaydiki, har bir istak ham nasiba emas, har bir uchrashuv ham birga qolish uchun emas ekan... Ba’zi insonlar hayotimizga biz bilan qolish uchun emas, balki bizga nimanidir anglatish uchun kelar ekan. Ba’zi narsalarning amalga oshmagani esa biz bilmagan bir xayrni o‘zida yashirgandir. Qalbimga faqat xayrli bo‘lgan narsalarni joylashtir, Allohim. Qolganlarini esa qalbimga yetib kelishidan avvalroq mendan uzoq qil.
253
Vaqtini turli tillarni o‘rganishga sarflab, Qur’ondan ikki qatorni to‘g‘ri o‘qib bera olmaydigan kishi ziyondadur.
Mubashshir Ahmad
253
+1
Ilm talabida yurgan har bir toliba va tolibga faqat ilmning o‘zi emas, ba’zan moddiy tomondan ham, ma’nan ham qo‘llab-quvvatlov kerak. 🌱
Chunki ilm yo‘li ham sabr, mehnat va fidoyilikni talab qiladi. Bir piyola choy, kerakli kitob, yo‘l puli yoki shunchaki “davom et, sen uddalaysan” degan bir og‘iz so‘z ham ilm talabidagi insonning qalbiga quvvat bo‘lishi mumkin.
Ilm izlayotganlarni qo‘llab-quvvatlaylik. Balki biz uchun oddiy bo‘lgan bir yordam, uning ilm yo‘lida davom etishiga sabab bo‘lar. 📚
253
فِي حَدِيقَةِ الْبُسْتَانِيِّ الْمَاهِرِ تُزْهِرُ الْأَزْهَارُ دَائِمًا… 🌸
Yaxshi bog‘bonning bog‘ida gullar hamisha yashnaydi…🌸
253
Ba’zan qalb charchaydi…
Ammo eng go‘zal dam — Allohga yaqinlashgan damdir.
Bilarmidingiz…
Qur’on bilan yashagan qalb hech qachon bo‘sh qolmaydi.
Chunki har bir oyat — shifo,
har bir harf — savob,
har bir dars — hayotingizni o‘zgartiradigan qadamdır. ✨
Bugun o‘zingizga savol bering:
Qalbingizni nima bilan oziqlantiryapsiz?
Agar haqiqiy sokinlikni istasangiz — ilm yo‘lini tanlang.@Munabbih_Edu
253
“Tasodif” degan narsa yoʻq,
“Tavofuq” ( ilohiy moslik ) bor.
Yaʼni Alloh shuni xohladi va boʻldi. Alloh shu bilan sizni ilhomlantirgani, yaxshilikga sababchi qilgani eng muhimi.
253
Ancha vaqtdan beri ustozam bilan gaplashmagandim...
Bugun dars oxirida topshirib, bir oz ovozlarini eshitib, suhbatlashdim. Oddiygina suhbat edi, lekin negadir ko‘nglimda xotirjamlik bor...
Ichimda qandaydir bir sokinlik bor... Ba’zi insonlar bilan uzoq gaplashish shart emas ekan. Bir necha daqiqa suhbatning o‘zi ham qalbga xotirjamlik berar ekan...)
253
Manzilga yetib olishni o'ylagan insondan ko'ra, yurishni yoqtirgan inson uzoqroqqa boradi..!
253
+1
Alhamdulillah… ☺️
Boriga ham, yo‘g‘iga ham, kelganiga ham, ketganiga ham.
Ba’zan biz istagan narsa berilmaydi, lekin keyin anglaymiz — unda ham bir xayr bor ekan.
Bor narsamizni qadrlashni, oddiy kunlarning ham ne’mat ekanini his qilishni o‘rgatayotgani uchun ham Alhamdulillah.
Bugun qalbimda ortiqcha istaklardan ko‘ra, boriga shukr qilish hissi ko‘proq. 🍃
Alhamdulillah… boriga-bariga. ☘
253
Senda o'zing borsan. Sening orzularing bor. Sening rejalaring bor. O'zinga bo'lgan ishonching bor. O'zinga va o'z ishinga bo'lgan sevging bor. Shularning o'zi yetarli. Qolganlari ham albatta bo'ladi. Faqat bunga bir oz vaqt ber.
253
📖 "Iymon va huzun" kitobidan qalbga malham iqtiboslar...)
📌Kitob insonni, inson dunyoni o'zgartiradi...
📌Insonni bir ogʻiz soʻz bilan ham hafa qiladigan ham hursand qiladigan jumla "Bu kunlar ham oʻtar ketar"
📌Hamma "Hech qanday chorasi ham , iloji ham yo'q!" deganida, umidsizlikka qarshi bosh ko'tarishning nomi Iymondir.
📌Baxtli bo'lish uchun uzoqqa ketishning keragi yo'q - o'zingizga kelsangiz bo'ldi...
📌"Tongni qalbdan sevganlar tunni ham qadrlaydilar. Visol uchun yo‘lga chiqqanlar safar mashaqqatlariga sabr qiladilar. Yo‘ldagi qiyinchiliklar visol halovatidan nishona. Safar mashaqqatini rad etmoq – visolni rad etmoq. Zulmatga toqat qilmaganlarning oydinligi bo‘lmaydi. Muammo bo‘lmasin degani – hech narsa kerak emas, deganidir".
📌Sabr – xastaliklarda Ayyub,
hasratlarda Yaqub, chohlarda Yusuf,
otashlarda Ibrohim boʻlmoqdir...
