221
Repost from Qalblar ustozasi
#Bir_hadis_sharhi
Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyo bir matohdir. Dunyo matohining eng yaxshisi esa soliha ayoldir», dedilar».Imom Muslim rivoyati. Sharh: Soliha ayol barakadir! Soliha ayol jufti haloliga hamsuhbat, oy yoʻldosh boʻladi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlariday erning matohi boʻladi:
«Dunyo bir matohdir, uning eng yaxshi matohi moʻmina ayoldir: unga qarasang seni xursand etadi, buyursang itoat qiladi, yoʻqligingda oʻzini va mulkingni sen uchun muhofaza qilib turadi».U shunday ayolki — Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan muhojirlar qaysi mol-mulkni ushlab turaylik? — deb soʻralganida: «Zikr qiluvchi tilni, shukr qiluvchi qalbni yo biringizga iymoniga yordam beradigan ayolni», deb marhamat qilganlar. Ana oʻshanday ayol bilan er oʻrtasida chin sevgi, mehr-muhabbat yashaydi, hatto Alloh taolo bu neʼmatni kitobida ulugʻ neʼmatlar qatorida xabar qilgan. Bordi-yu, unday ayol bilan er oʻrtasida ajrashish boʻlsa, bu hatto oʻlimdan ham ogʻirroq keladi, davlat yoʻqotishdan ham achchiqroq boʻladi, vatandan ketishdan ham alamli boʻladi, xususan oʻrtada farzandlari boʻlsa oʻshal firoq ularni ham zoye qilib tashlashga sabab boʻladi, soliha ayoldan ayrilishning badali ularning ahvollarini yomon qilib tashlaydi. 🌟 «Riyozus solihiyn» kitobidan. @alfalaahh
19 mar, 03:04
