𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
Ir al canal en Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
256
Suscriptores
+124 horas
-297 días
-4730 días
Archivo de publicaciones
256
+1
Madinaga borgim kelyapti… Juda-juda xohlayapman. Qalbim shu muborak shaharga borishni, u yerning havosidan bahramand bo‘lishni istayapti.
256
Qalbim bu safar isyon qilmadi — sukutda sovurildim, kul kabi nogoh.
Mening qo‘limdan-ku bir ish kelmaydi,
hammasini ko‘ruvchi Sen borku Alloh…
256
Yo‘l ham uzoq endi…
Toshkent tomon yo‘lga chiqdim.
Qashqadaryo… seni yana bir muddatga tark etdim.😉Yana qaytaman…
Hozircha xayr.😌😊
256
Qo'lini so'rab kelgan odamni rad etgan qizdan so'rashdi:
-Nega rad etdingiz?
-Kambag'al ekan, faqat mol-dunyoga ega ekan.
(Arabchadan tarjima)
256
وَجَعَلْنَا مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَأَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ ٩
“Biz ularning oldilaridan ham to‘siq, orqalaridan ham to‘siq qildik va ularni o‘rab qo‘ydik. Bas, ular ko‘ra olmaydilar.” (Yosin surasi, 9-oyat)Mushriklarning barchasi uxlab qolishdi. Rasululloh ﷺ ularning orasidan, ular sezmagan holda chiqib ketdi va hijrat yo‘lida birga borish uchun Abu Bakr roziyallohu anhuning uyiga bordi.
256
#Mutolaadan
#tarjima
Mushriklarning yig‘ilishi
Quraysh hijrat haqidav xabar topdi va bundan xavfni sezdi. Shuning uchun musulmonlarning Makkadan Yasribga hijrat qilish masalasini muhokama qilish uchun yig‘ilishdi.
Mushriklardan ba’zilari: “Muhammadni qamoqqa qo‘yishimiz kerak, u o‘lgunicha qamoqda saqlaymiz”, dedi. Abu Jahl esa Menimcha, yoshlar qilichlarini olib, Muhammadning uyiga borishlari va unga bir marta zarba berishlari kerak. Shunda u vafot etadi, dedi.
Hijrat kechasida mushriklar Rasululloh ﷺ ning uyining eshigi oldida to‘planib, u chiqishini va uni o‘ldirishni kutishdi.
Alloh bu haqda Payg‘ambariga xabar berdi va unga hijrat qilishni buyurdi. Rasululloh ﷺ o‘rnidan turib, safarga tayyorlandi va Ali ibn Abu Tolibdan o‘zining o‘rnida yotib turishini so‘radi.
So‘ng eshik tomon yurdi, bir hovuch tuproq oldi va uni mushriklarning boshlariga sochdi. Keyin Allohning quyidagi oyatini o‘qidi:
256
Sabr va koʻnikishning farqi.
💫Haqiqiy sabr — musibat kelishi bilanoq, isyon qilmay, taqdiriga rozi boʻlib, sabr qilishlikdir.
💫Obdon yigʻlab, oʻzini uyer buyerga urib boʻlib, iloji qolmagach jim boʻlb qolish sabr emas, bu oʻsha holatga ko'nikishdir.
256
Hamma darding sababi kechikish :
— Allohning huzuriga kechikish
— Ibodatlarga kechikish
— Ilm olishga kechikish
— Amal qilishga kechikish
— sogʻlom yashashga kechikish
Bularning badalini :
— Siniq ruhiyat
— johillik, ilmsizlik
— turli kasalliklar bilan toʻlanadi
Bularni oldini olish uchun :
— Allohga qaytish
— Ilm olish, oʻrganish
— Oz ilmga ham amal qilish
— Sogʻlom hayot tarzini shakillantirish kerak
256
#hislar
Shunchaki "shunchaki" insonlar kabi yashashni istamaganimiz uchun oʻzimizni "buzib qaytadan quryapmiz", ruhiyat, shaxsiyat, aqliyat, nafs tarbiyasi, jismoniy salomatlik hamma hammasi baravar kelyapti, oddiy insonga esa buni koʻtarish, yetmaganiga ruhan yuksalishni istab turgan har bir insonning oldida shaytonning hiyla, nayranglari boʻlishi, xato qilib qoʻyib qaytadan boshlashga umid topa olish ular oʻylagani kabi oson emas, botinda chilparchin boʻlib, zohirda kulib tura olmayapmiz, insonlar istaganidek "ideal" boʻlolmayapmiz, shu sabab bizni shunchaki "dangasa" yoki "odamovi" deb oʻylashyapti ...
256
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته
Ancha boʻlibdi sahifaga kermaganimga ham.
Qani nimalar bilan bandsiz ahli jamoa...😁
256
#darsdan
Ilmli bo‘lmagan ona ilmli zurriyotni tarbiya qila olmaydi.Ustozimning aytgan ushbu soʻzlari menga juda qattiq taʼsir qildi.
256
Ortda qolgan ikki oy ichida nimalarga ulgurdingiz? Qanday yutuqlarga erishdingiz? Qaysi odatlarni o'zgartirdingiz? Qancha kitob o'qidingiz? Qancha ilm oldingiz? Robbingizga yanada yaqinlashish uchun nimalar qildingiz?
256
Robbim, Sendan keladigan har bir xayrga muhtojman.
Oʻzing qalbimdagi ayta olmay qolgan soʻzlarimni mendan ham yaxshi bilguvchi Zotsan. Qalbimdagi niyatlar ham, soʻzlar ham gohida chalkashib ketadi. Lekin Sen menga nima kerakligini, qachon va qanday berishni eng yaxshi bilguvchisan.
Oʻzimni Senga topshirdim. Tavakkul qildim. Har bir ishimni Oʻzingga havola etdim.
Ey Rabbim, duolarimni ijobat qil. Qalbimga sakinat, ruhimga xotirjamlik ato et. Meni Oʻzing rozi boʻladigan yoʻldan ayirma. Menga dunyo va oxiratim uchun xayrli boʻlgan narsalarni nasib et. Albatta, Sen duolarni eshituvchi, rahmati cheksiz va eng Mehribon Zotsan.
256
Gʻiybatning gunohi ogʻirligini juda yaxshi bilar edik...
“Ey iymon keltirganlar! Koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Baʼzilaringiz baʼzilaringizni gʻiybat qilmanglar. Sizlardan birortangiz oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi? Ha, yomon koʻrasizlar. Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh tavbani koʻp qabul qiluvchi va rahmlidir.” (Hujurot: 12)
256
#Tushunarsiz
#hislar
Ba'zan inson shunchaki suhbatga ham muhtoj bo'lar ekan...
Atrofingda seni yaxshi ko'radigan insonlar ko'p bo'lsa ham, baribir qalbingni tushunadigan, seni sukuting bilan ham anglaydigan bir samimiy suhbatga ehtiyoj sezilar ekan.
Ba'zan dardingni yechish uchun emas, shunchaki ichingdagilarni aytib, yengil tortish uchun qalbdan bo'ladigan suhbatga kerak bo'lar ekan...
