𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
Ir al canal en Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
269
Suscriptores
-324 horas
-197 días
-3430 días
Archivo de publicaciones
269
Bir Allohim, bir... 🤲🏻
Shu yomg‘ir ostida qancha aytilmagan duolar, qancha yashirin niyatlar bor, Robbim...
Qalbimizdagi g‘amlarni yengillikka, xavotirlarimizni xotirjamlikka, kutayotganlarimizni xayrli natijalarga aylantir.
Bizga O‘zing rozi bo‘ladigan hayot, manfaatli ilm, pokiza qalb va barakali umr nasib et.
Hech birimizni rahmatingdan, hidoyatingdan va O‘zingning go‘zal ne’matlaringdan benasib qilma.
Yomg‘ir tomchilari ila rahmatingni yog‘dir, Robbim. ..
269
+1
Doʻstlaring bilan shunday yashaginki, dushman boʻlganlarida sen haqingda soʻzlaydigan (yomon) soʻzlari boʻlmasin.
Dushmanlaring bilan shunday yashaginki, doʻst boʻlganingda yuzing qizarmasin...
Jaloliddin Rumiy
269
#Duo
سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ
Sami’naa va ato’naa g‘ufroonaka Robbanaa va ilaykal-masiir.
«Va eshitdik va itoat qildik. Robbimiz, mag‘firatingni so‘raymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar
(Baqara surasi, 285-oyatdan)
269
Ertalabdan...
Yana jarima ...
Hayotda hamma narsaga tayyor turish kerak kutilmagan joyda zarba beradi ...
Kayfiyatsiz boshlangan kun ...
Shunga ham shukur....
269
#daydi_hislar
Ba’zan o‘zimizni ayblaymiz, ba’zan esa boshqalarni. Yig‘laymiz, biroz yengil tortgandek boʻlamiz, ammo qalbimizdagi bezovtalik baribir ketmaydi... Nega?
Ko‘pincha ichimizdagi og‘riqni davolash o‘rniga, undan chalg‘ishga urinib yashaymiz.
Telefon titkilaymiz, xaridlar qilamiz, seriallar ko‘ramiz, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazamiz... Go‘yoki hammasi unutilgandek bo‘ladi. Ammo yolg‘iz qolganimizda, o‘sha hislar yana qaytadi.
Chunki chalg‘ish — davolanish emas. Muammodan qochish esa uni hal qilmaydi.
Haqiqiy o‘zgarish o‘zimizdan boshlanadi. Qalbimizdagi og‘riqni tan olishdan, o‘zimizni tinglashdan, xatolarimizni anglashdan va qalbimizni Allohga yaqinlashtirishdan...
Ba’zan qalbga shunchaki chalg‘ish emas, chinakam taskin kerak...
269
Ish, o‘qish, onlayn darslar...
Barchasiga birdek ulgurish biroz qiyinroq ekan. Har birining o‘z mas’uliyati, o‘ziga yarasha vaqti bor.
Bugun yo‘lda bo‘lganim sababli onlayn darslarimdan biriga qatnasha olmadim. To‘g‘risi, hozir biroz alam qilyapti. Chunki ilm olishga ajratilgan vaqtning har bir daqiqasi men uchun qadrli.
Ba’zan hamma narsaga ulgurishning imkoni bo‘lmas ekan...
269
Kerakli emas, qadrli bo‘lish kerak...
Xuddi «YONIMDA BO‘L» bilan «YONINGDAMAN» so‘zlari orasida katta farq bo‘lgani kabi...
269
«Keyinroq...» deymiz.
Ammo o‘sha «keyinroq» hech qachon kelmasligi mumkin...
Shuning uchun bor narsamizning, yonimizdagi insonlarning va bizga berilgan har bir ne’matning qadriga o‘z vaqtida yetaylik. Chunki ayrim narsalarning qadri yo‘qotilgandan keyingina bilinadi...
269
— Ayol kim?
— Ayol — “Niso”, “Mujodala”, “Nur”, “Taloq” va “Maryam” .
Ayol — Qur'oni Karimdagi:
«Niso» surasi, uning haq-huquqlari bayon etilgan.
«Mujodala» surasi, iffati va hayosi haqida so‘z yuritilgan.
«Nur» surasi, oilaviy mas'uliyatlar yoritilgan.
«Taloq» surasi hamda poklik va sabr timsoli bo‘lgan.
Maryam (alayhassalom) nomi bilan atalgan «Maryam» surasidir.
Ayol — qadri ulug‘, huquqlari himoya qilingan, iffati va hayosi e'zozlangan bir zot.
Qur'onda ayolning dardi ham, qadri ham, mas'uliyati ham e'tiborsiz qoldirilmagan.
Ayolning qadri haqida gapirishdan avval, Alloh unga qanday maqom berganini anglash kerak..
269
+1
Meni ayblamagan…
Meni ichimdan bir men bordir Unga sotilgan…
Meni ichimda bir men bordir Uni deb o’zlikdan voz kechgan…
Meni ichimda bir ruh bordir Unga talpingan...
Meni ichimda bir men bordir meni mendan olgan…
269
+1
اللَّهُمَّ صَيِّبًا نَافِعًا
Allohumma sayyiban nafi’an.🌧
(Men bor joyda mushuk ham boʻladi... 😁🫠)
269
G‘urur bor joyda muhabbat yashay olmaydi. Ikkisidan biri chekinishi kerak...
Seni chin dildan o‘ziniki deb bilgan erkak, kerak bo‘lsa, g‘ururidan ham kechadi. Chunki u uchun o‘zini haq deb bilishdan ko‘ra, seni yo‘qotmaslik muhimroqdir...
#shunchaki
