Ismoiliyliklar
Canal cerrado
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
224
Suscriptores
-124 horas
-47 días
-2230 días
Archivo de publicaciones
Oʻtkir Hoshimov deganda "Ikki eshik orasi" kitobini maqtaydiganlar menimcha yozuvchini "Ikki karra ikki besh" asarini oʻqib koʻrishmagan boʻlsa kerak deb oʻylayman. Sababi "Ikki karra ikki besh" asari ancha orginal asar. Yani "Ikki eshik orasi" urush haqida va bu mavzu haqida koʻpchilik yozgan. "Ikki karra ikki besh" esa mavzu tomonlama top. Asar boshida kuldiradi oʻrtada jiddiy qiladi va oxirida yigʻlatadi. Menimcha instagramdagi yigʻladingmi degan trendga eng mos tushadigan asar oʻsha boʻlsa kerak. Oʻqimaganlar boʻlsa albatta oʻqib koʻrish!
Ekzistensializm zoʻr falsafiy oqim. Lekin sen ekzistensialist boʻlib oʻz hayotingni ma’nosini oʻzing yaratishing mumkin biroq hayot bu ma’noga qarata shunchaki "kulib qoʻyishi" ham mumkin.
Men nima demoqchi ekanligimni Sartrning "Mahbus" hikoyasini oʻqiganlar tushundi…
Umuman olganda falsafa aslida juda zoʻr fan. Falsafaga qiziqinglar va uni oʻrganinglar albatta!
Javob: yumshoq kuch
Izoh: Ayiqcha yumshoq va kuchini koʻrsatyapti. Shu sabab yumshoq kuch javobi chiqib keldi.
ps: menga gapirmanglar. boya xuddi shunaqa savol zakovat quizda oʻynaldi :)
Jamiyatimizdagi aksariyat erkaklarga qarash orqali ularni boshqarayotgan narsa aslida miyasi emas boshqa tana a’zosi ekanligini koʻrishlariz mumkin. Hattoki jamiyatimizdagi aksariyat erkaklarning miyasi ham oʻsha tana a’zosiga boʻysunishi juda gʻalati va bundan ham gʻalati tomoni bu harakatlarini testosteronga bogʻlash orqali oqlashga urinishlari odamni ba’zida kulgisini qistaydi!
Shoir Yoʻldosh Eshbekka nihoyat uy berilibdi. Eshitib xursand boʻldim. Aslida shu odamchalik doimiy e’tiborda yuradigan ba’zilar millat uchun jamiyat uchun mehnat qilmagan. A mayli muhimi kech boʻlsa ham shoirga ham e’tibor koʻrsatilganidan xursandman.
Bilaman bu yerdagilarni koʻpchiligi Yoʻldosh Eshbek degan katta shoir borligini bilmasligi ham aniq. Har na guglga Yoʻldosh Eshbek "Yigʻlayotgan qiz" she’ri deb qidirib topib oʻsha she’rini oʻqib koʻringlar!
Endi koʻplar bilan oram sovugan
Koʻplar omadimga sevinmas endi
Yigirma uch yoshimda meni sevganlar
Oʻttiz uch yoshimda sevolmas endi
Axir men na yoʻl na koʻcha
Axir hammaniki boʻla olmayman
Meni sevganlar deb oʻla-oʻlguncha
Yigirma uch yoshimda qola olmayman
Romiz Ravshan
