es
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

Canal cerrado

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
224
Suscriptores
-324 horas
-27 días
-2230 días
Archivo de publicaciones
Shu qoʻshiqni qayta-qayta eshitib yurardim. Boshqacha vayb berardi. Qandaydir goʻzal aytilgandi juda… Afsuski Xorazm san’atining istedodlaridan biri Sunnat Salayevniyam berib qoʻyibmiz. Nimayam deymiz oʻlim haq doʻstlar!

Vijdon hech qanaqa e’tiqodga boʻysunmaydi! Garchi bu dunyoda koʻplab dinlar boʻlsa ham ikki tur inson bor xolos. Bular vijdonli va vijdonsiz insonlar. Bundan koʻrinadiki odamlarga qarab turib dinlarga baho berish yarashmaydi

Nimaga ishonsang oʻsha haqiqatingdir. Garchi u yolgʻon boʻlsa ham…

Sharafsizlar senlar vatan sharafi uchun oʻynashlaring kerak edi. Nega ikki metrga yugurishga erinishding? Chunki vatan sharafi degan narsa yoʻq. Vatan gʻururi yoʻq. Kecha Eronliklarni oʻyinini koʻrdim ular har bir qarich yer uchun kurashishdi. Yaponiya Gollandiya bilan ham shunaqa qildi. Toʻxtab qolmadi. Maydonning har bir qarich joyi uchun kurashdi. Bir metrmi u ikki metrmi. Farqi yoʻq yugurishdi oxirigacha. Senlarchi? Senlarda bunday narsa yoʻq. Faqat hakamga bu offsaydku deb qoʻlingni koʻtarishdan zamenadan oʻyinga qoʻshilib pressing qilishga erinishasan. Chunki oʻttiz sakkiz million aholi tugul butun turkiylar senlarni qoʻllab-quvvatlayotgani haqida oʻylab koʻrishmaysan. Sharafsizlar!

Koʻzimga hamma yomon koʻrinyapti judayam

Akalaring malikalarga uylanadilar Sen qurbaqaga uylanasan ps: Usmon Azim she’rlari ichidagi eng sevgan jumlam shu ekan

Sizlar miriqib uxlayotganda man bir davlatning tarix yozganini koʻrdim. Kabo Verde degan davlat jahon chempionati guruhidan chiqdi. Malades ballar. Men sizlardan fahrlanaman 🙌🏼

sevgilim bagʻringni och Toshkentdan degan zamindan men senga bir quchoq gullar emas toshlar keltirdim … "bagʻritoshim" boshqa yigʻlama maymunlar sizlar ham oching bagʻirni Toshkentdan sizga ham toshlar keltirdim boshqa yigʻlamanglar endi holimga ismoiliy

Dunyoga Shukur Qurbondek insonlar kerak!

Media zoʻr narsada. U yerda sen oʻzingni bemalol vatanparvar qilib koʻrsatishing muammo emas. Ayniqsa Karimov davrida toʻxtovsiz korrupsiya qilasanda qariganda mediada vatanparvar boʻlib yurasan. Yana koʻkrakchasida orden ham borey bunaqalarni. Oʻlib ketish bu kunlaringdan. Oʻzi sendaqalar sabab rivojlanishdan ortda qolganmiz. Ex qariyalar… Shular ham xudoga ishonadida? Ahror joʻram aytganidek unaqalarni ichida oʻzini muftiysi yashaydi. Har baloga fatvo beroradigan.

Oʻyin boshidayoq hisobni bilgandim va buni rasm orqali ishora qilgandim!
Oʻyin boshidayoq hisobni bilgandim va buni rasm orqali ishora qilgandim!

a mayli muhimi ertaga tong otadi va yana hammamiz ish-ishimizga ravona boʻlamiz. oma zoʻr tv reklamani joyiga tiqib milliardlarni ishlavoldiyov orada piyvoniyam reklama qivorishdi.

Odamlarimiz qanchalik tupoy borku. Inson anu Mendesh, Vitinya, Bruno, Nevesh ular hozirgi dunyoning eng zoʻrlari. Sen mana futbolchilarni tanqid qilyapsan lekin oʻzing ham bir marta boʻlsa ham oʻzingni sohangdagi dunyoning eng zoʻrlari bilan bir yarim soatlik raqobat qila olasanmi? Albatta yoʻq. Xay futbolchilarimiz mayli bir yarim soat oʻynab berishdi boʻldi. Senlarga qolsa Portugaliyani ham yutsak keyin Kongoni emaklatib tashlasak. Ana undan keyin guruhdan chiqib Angliyani mazasini qochirsak keyin Argentinaga tushib penaltilarda yutqazsak ham rozi boʻlishmaysanding baribir. Oʻzi hayoting kiradigan joyiga kirib yotibdi yana sen terma jamoani tanqid qilishingga oʻlaymi degim kelyapti ba’zi chala ekspertlarni koʻrib.

Hamma futbol eksperti. Portugaliya yevropada eng zoʻrlaridanku. Senlar nima endi yevropani eng zoʻr jamoasini yutishni yoki ochko olishni talab qilishyapsan. Miyani sal ishlatinglar. Real qaranglar hammasiga. Vitinya, Nevesh, Bruno, Mendesh ular bu yil jahondagi eng zoʻr bu yilgi ramziy jamoa tarkibida boʻlishi aniqda. Senlar endi shu bollar jamoasidan ochko olishni oʻylashyapsan. Tembole birinchi marta chiqqan jamoadan

Mensaje de video00:21

Iloji boricha uylanishdan qochyapman oma deyarli har yozishuvni orti shu mavzuga ulanyapti
Iloji boricha uylanishdan qochyapman oma deyarli har yozishuvni orti shu mavzuga ulanyapti

Bugun soat kechgi 12dan keyin hamma futbol ekspertiga aylanarkan

Karoshi — yapon tilida "過労死" so'zidan olingan bo'lib, "haddan ortiq mehnatdan o'lim" degan ma'noni anglatadi. Bu hodisa birinchi marta 1969-yilda Yaponiyada rasman qayd etilgan va bugungi kunda butun dunyo e'tiborini jalb etayotgan ijtimoiy muammo hisoblanadi. Sabablari Uzoq ish soatlarikuniga 12–16 soat ishlash odatiy hol Majburiy qo'shimcha ish (zangyō) — ko'pincha haq to'lanmagan holda Ta'til olmaslikyaponlar berilgan ta'tilning yarmini ham ishlatmaydi Korporativ bosim — "guruh uchun fidoyilik" madaniyati Rad eta olmaslikxo'jayinga "yo'q" deyish uyat sanaladi Karoshi — bu nafaqat yapon muammosi, balki zamonaviy kapitalistik mehnat madaniyatining oynasi. Inson hayoti ishdan muhimroq ekanligini eslatuvchi bu fojia, butun dunyo mamlakatlarini o'z ish madaniyatini qayta ko'rib chiqishga undamoqda. "Yaponiyada yaxshi xodim — ko'p ishlaydigan xodim. Ammo tirik xodim — ishlashda davom etadigan xodim." Ps: bu post Abdulxoshimning kanalidan tikka chopildi. Abdulxoshim odatda mana shunaqa keraksiz narsalarni yozishni odat tusiga kiritib olgan va kanaliga kerak boʻladi deb nom qoʻygan. Ba’zida shunchaki tuni boʻyi uyqu kelmaganida mana shunaqa narsalarni oʻqib oʻtirishim bor gap. Ha undan keyin bir narsani unutvormanglar, sizlar hech qachon Karoshidan oʻlmaysizlar xay! Oʻzi bu postni kecha tashlamoqchiydim keyin sizlarga rahmim keldi

Mening asalim mening jonim mening goʻzalim bugun yetti yoshga toʻldi. Bugun uning tugʻilgan kuni. Qachondir katta qiz boʻlsa
+1
Mening asalim mening jonim mening goʻzalim bugun yetti yoshga toʻldi. Bugun uning tugʻilgan kuni. Qachondir katta qiz boʻlsa mayli kanalimga qoʻshaman. Oʻshanda san haqingdayam yozganman Odish deyman. Xullas menga quyib qoʻygandek oʻxshaydigan jiyanim yetti yoshda) Oldlar biladi bu qizchani. Ularni koʻz oldida katta boʻldi deyarli. Ana endi yetti yoshgayam qadamchani qoʻyvoribdi. Doim shunaqa erkalanib gapirib yurorsin deyman. Ashnaqa qizim boʻlsa ishga ketmasdim deb qolaman❤️

Messini odam degichlar adashadi. U odammas. Oma bir narsa Ranoldo bilan Messini solishtirishni toʻxtatish joiz. Sababi ikkoviyam afsona. Ikkoviyam yerlikmas. Bu mundial ikkoviniyam oxirgi jahon chempionati. Shundan kelib chiqib ikkovigayam muxlislik qilaveringlar. Futbol jurnalistlarini aktivini koʻtarish uchun qilinadigan provakatsiyalariga ham uchmanglar. Ranoldo gol urolmagani bilan baribir Ranoldo boʻlib qolaveradi. Axir oltin zanglamas deb bekorga aytilmagan. Tushunyapsizlarmi keyingi toʻrt yildan soʻng boʻladigan mundialda biz Ranoldo ham Messini ham koʻrmaymiz. Shundan kelib chiqib mazzani qilvoringlar. Axir kelajakda bunaqa darajadagi ikki yulduz boʻladimi yoʻqmi aniq emas. Anigʻi shuki biz kelajakda ikkoviniyam koʻrganmiz deb bolalarimizga ularni bolalariga maqtanib oʻtira olamiz. Nevaram: bobo oʻzi shuncha yashab nimani koʻrdingiz? Men: iye byahkeda sen. Men koʻrgan narsani senlar umrboʻyi koʻrisholmaysan. Nevaram: otes yomon shoʻh boʻlgansiza? Men: ex senlar shoʻhlik haqida gapirishasan bizni avlod Ranoldo bilan Messini oʻyinini jonli koʻrgan avlod. Senlar u payti plandayam boʻlmagansanlar. Ishonmasang ana Ismoiliyliklarni oʻqish. Shetta hammasini yozib ketganman.