es
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

Canal cerrado

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
225
Suscriptores
+124 horas
-17 días
-1830 días
Archivo de publicaciones
Oʻsha gap Mashrabni osgan johillarni farzandlari, avlodlari haliyam yashab kelyapti. Axir qanday Mashrabni osishga qoʻl borish mumkin? Buning uchun odam naqadar johil boʻlishi kerak?

Ogabek Sobirov Dutor chalar bir pari.m4a3.80 MB

Lochin Surnay lazgi.m4a5.51 MB

bu qoʻshiqni nomi Lazgi emas. Gusvanddir. keyin qoʻshiqni yarmidan kesilgan ekan. boshi sekin hirgoyi bilan boshlanadi. keyin kutilmaganda mana bu ritmga oʻtib ketiladi. Xorazmni san’atida shuncha shedevrlar borligi odamni quvontiradi.

НодирЗамон_Нера_борасиз_Рахматжон_Курбанов.m4a3.11 MB

Ona men Xolida Musulmonni Uchar kamerasida chiqdim siuuuu Xay video joylandi borib aktiv koʻrsatib kelaylik endi. Xalq bilsin erkaklar ham haqattan kitob oʻqishini😁 https://www.instagram.com/reel/Db-96Gtq7CU/?igsh=MTk4N244OW91dG1iNQ==

Suvarakni oʻldirsang qahramonsan kapalakni oʻldirsang qotilsan degan gap bora? Kimdirlar oʻylashi aytishi mumkin suvarakni koʻrinishi yoqimsiz a kapalak esa chiroyli deb. Aslidachi ikkalasi ham chiroyli narsa. Shunchaki suvarak doim musur titib yoki juda bir yomon joylarda yashagani uchun odamlar uni yomon koʻrishadi va oʻldirishga urunadi xolos. Agar suvarak ham kapalak kabi toza joylarda yurganida edi odamzot uni oʻldirmasdi. Qaytanga uni harakatlaridan bahra olishi mumkin edi. Xullas shunday ekan odam atrof-muhitiga doim e’tiborli boʻlaverish kerak.

Bir gal oʻrtoqlarim bilan maktabdan qaytayotganda bir odamni eshigini oldida olma daraxti boʻlardi kuzgi olma edida boyagi. Oʻshandan olib yegimiz kelgan. Oʻzi oʻgʻirlamadik ham shunchaki koʻchaga chiqib turgan tomonidan qoʻlimizni choʻzib olyotgandik egasi oʻtirgan ekan toʻxta hammalaring dedi. Qoʻrqib ketgandik. Sababi egasi koʻrgandan keyin bu narsa oʻgʻirlik ekanligini bilib qolgandikda. Xullas olma egasi aytdiki olma oluringlar faqat shoxini sindirmanglar. Bu koʻchaga ekilgan narsa koʻchaniki faqat daraxtniyam joni bor shoxini sindirsalaring joni ogʻriydi shunga sindirmasdan olib yeyaveringlar degandi. Keyin maktabdan qaytishda b sinfni bollari biz olma olganimizni koʻrib ular ham olmoqchi boʻlardida keyin egasi faqat bizga ruhsat bergan senlar tegma senlar shoxini sindirasan deb boyagilar yegʻizmasdik. Ex xudo bir ajib paytlar boʻlganda.

Toshkentga birinchi kelgan kunlarimni eslayman. Oʻzimdan yoshi katta odamni koʻrdimmi salom berardim. A u odam menga gʻalati qarardi. Xuddi san mani tanishimmisan degandek. Keyin tushunganman shaharda tanimagan odaminga salom berib boʻlmas ekan. Yoki ishing tushsagina salom berishing kerak ekan. Man buni ilk kelganimda anglamaganmanda. Menga bu sani Xorazming emas yoki qishlogʻing emas oʻzingdan kattani koʻrsang salom beraveradigan degan emas. Keyin loʻlilarga undan tashqari aka shu pulim tugab qoldida uyimga yetvolishga pul berib turing deydiganlarga ham pul beraverardim. Yonimda shuncha borda shunchasini bersam boʻladimi derdim. Tushunyapsizlarmi? Shunchasini bersam boʻladimi deyapman. Shuncha bera olaman demasdim. Hozirchi? Ey gapirmay qoʻyaverayda…

Mundey yotib oʻylasam koʻchada ketayotganda hov sen falonchini bolasimiding non yopib turvadik ol ye deydigan odamlarni sogʻinibman… Abet vaqti onam ertaga buvingni oʻlgan kuni shunga mulla chaqirib sadaqa beramiz bor qoʻshnilarga aytib chiq deganida qoʻshnilarnikiga borib hali gapimni boshlamasimdan buyoqqa kelda qulogʻim eshitmaydi deb yoniga chaqirib olib yoshi katta bobolar-buvilar birinchi manov ovqatdan yevol keyin gapirasan juda ozgʻinsanda san ye manov ovqatdan deydigan odamlarni sogʻinibmaney… Yoshligimda onam pul berardida bozorga borasan falonchi goʻshtichi borku oʻshanga borib bir kilo goʻsht bering deysan. Qara agar yogʻli qilib bersa ayt yogʻli qilib bermang degin boʻlmasa orqangga qaytarvoraman deb onam bozorga joʻnatvorardi. Keyin goʻshtni olib yoʻlni chetidan kelyotganimni narigi koʻchadagi taksi qiladigan qoʻshni brat koʻrib qolardida toʻxtab mashinasida tekinga olib ketardida yoshligingda bilasanmi oyogʻing kuygan sani. Shunda biyim (yangam) uyda hech kim boʻlmagani uchun koʻchaga sani koʻtarib chiqadi man endi taksistlik qilishni boshlagan paytlarim edi keyin ha biyi nima boʻldi desam tez balnitsaga haydang Jasurbekni oyogʻini kuydirib qoʻydim degandi. Ha keyin manam mashinani bosib haydab sani oyogʻingni koʻrsatib keludigey oʻshanda yigʻlamagansan saney deb gurung berib ketadigan odamlarni sogʻindi odam… Biz juda materializmga berilib ketgan avlod boʻldik. Kimgadir yaxshilik qilishdan oldin undan keladigan foydani yaxshilab oʻylab oladigan odamlarmiz. Ey xullasda.

Kommentda bitta yigit zoʻr idea berdi. Menga kimdir donat qilsa man oʻsha odamga kanalda xat yozsam boʻlarkan. Bu kanal tarixida qolarkan mundey oʻylab qarasam. Ora-orada oʻzim oʻqib turarkanman. tirikchilik.uz/ivankaramazov

Milena agar siz qaysidir futbol jamoasini futbolkasini sotib olishni xohlasangiz bu albatta Milan boʻlsin. Milan nomni goʻzalligini qarang, Milena! Men aniq bilaman bu jamoa futbolkasi xuddi siz uchun yaratilgandek sizga mos tushadi. Sizni doim ardoqlaydigan va olisdan sizni sevuvchi Ismoiliyingiz!

Qizil rang ayollar uchun yaratilgan!

Ex xudo… mayli kelasi hafta olamiz shu oʻrinni
Ex xudo… mayli kelasi hafta olamiz shu oʻrinni

Oxirgi uch soat blitsda 300 elodan 1200+ elogacha olib chiqdim. Qiyin ekan rosa.
Oxirgi uch soat blitsda 300 elodan 1200+ elogacha olib chiqdim. Qiyin ekan rosa.

Mensaje de voz03:06

Bay-bay Umid Qodir doʻstimdan doimgidek jiddiy she’r. Onasini emsin buniyam darrov yodlab olishim kerak davralarda aytib yuri
Bay-bay Umid Qodir doʻstimdan doimgidek jiddiy she’r. Onasini emsin buniyam darrov yodlab olishim kerak davralarda aytib yurishim uchun. Umid Qodir – botillarning botili Umid Qodir – she’riyatning qotili

Bosvoramizmi jigarlar? Hazillashdim. Bu yurak faqat Nassim Kutub deydi! Xa keyin Ibrat academy bilan ham ishlavorishimiz mumk
Bosvoramizmi jigarlar? Hazillashdim. Bu yurak faqat Nassim Kutub deydi! Xa keyin Ibrat academy bilan ham ishlavorishimiz mumkin boʻlyapti. Lekin oʻzim hafsala qilolmayapman. Xullas instazamda reklama chiqayotgani yaxshi boʻlyapti. Duolarizda eslab turibsizlarmi deymanda :)

Ibbi yangilikni aytish esdan chiqibdiku Ibrat academy bilan ham hamkorlikda ishlavorishim mumkin boʻlyapti. Xullas ana endi bu oydan keyingi oyga qarzsiz yetib olaman shekilli. Yana vallohu a’lam!

Ha azizlar… Gullab yashnayversin kapitalimz va materializm!
Ha azizlar… Gullab yashnayversin kapitalimz va materializm!