Ismoiliyliklar
Canal cerrado
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
224
Suscriptores
-124 horas
-47 días
-2230 días
Archivo de publicaciones
Axad Ismoil – juda ham injiq va oʻjar shoir. Yozganlaridan ham buni bemalol sezsa boʻladi
Shahriyor Shavkat – yozgan she’rlari bilan koʻngli naqadar toza ekanligini oʻlchash mumkin boʻlgan shoir
Shahboz Fayzullayev – bitta she’ri bilan Mayakovskiy haqida Mayakovskiydan balandroq she’r yoza olgan shoir
Oʻylab qarasam dadamning mulla oʻrtagʻi bilan mening shoir doʻstimning oʻxshashliklari koʻp ekan. Ikkalasi ham aroq koʻrsa bas turolmaydi.
Biri gapirganiga biri yozganiga amal qilmaydi. Birinchisi qishlogʻimdagi dadamni mulla oʻrtagʻi boʻlsa ikkinchisi mening shoir doʻstimdir
Aqlsiz insonlarga qarab inson bilan boshqa jonzotlarning farqi aslida aqliy salohiyatda ekanligini tushunish mumkin. Yani aqlsiz insonlarga yaxshilab qaranglar ularda ham boshqa jonzotlarda boʻlgani kabi hayvoniylik juda yuqori ekanligini sezish mumkin. Nima demoqchiman koʻproq oʻqinglar. Koʻproq izlaninglar.
Odam juda aqllilashib ketishi yashashini qiyinlashtiradi deydiganlarga esa aytarim aqlsiz boʻlib hayvoniylashib yashagandan koʻra aqlli boʻlib ogʻirroq turmush kechirgan ancha yaxshi. Shaxsan men uchun shunaqa
Kimnidir aqliy salohiyatini koʻrib hasading kelyotgan boʻlsa sen chindan ham hasadgoʻysan. Agar uni tan olishni istamayotgan boʻlsang unda allaqachon hasad degan hastalikka chalinib boʻlgansan. Me’yordan ortib ketgan hasadgoʻylik bu bir hastalikdir.
Zarbingdan qalqisin kulayotganlar Yumshoq oʻrnidan bir turib qoʻysinlar Oʻzbekning ishini oʻylab topganlar Oʻzbekning mushtini koʻrib qoʻysinlarHech qaysi chempionimiz haqida hali bundan oʻtadigan she’r yozilmagan. Balki oʻtishi uchun Muhammad Yusuf qaytib kelishi kerakdir. She’rni Muhammad Yusufning oʻzi oʻqigan!
Yetishmaydi menga ne jihat Allaqayerlarimdir diqqat Oʻsha qomat oʻsha boʻy faqat Yurak chil-chil sindiyu ketdi…Shoirning oʻzi oʻqigan!
Kitob oʻqishga koʻpchilikka turtki bergan yozuvchi shubhasiz Oʻtkir Hoshimov boʻlsa she’riyatga odamlarni qiziqtira olgan shoir Muhammad Yusufdir. Bugun esa shoirimizning tugʻilgan kuni. Afsuski shoir oramizda yoʻq. Lekin she’rlari qalbimizda
Jinsiy xohish bilan chanqashning oʻrtasidagi masofa yer bilan osmonchalik. Afsuski biz bu ikkalasini tenglashtirishga harakat qilyapmiz. Yani chanqagan odam suv ichib chanqogʻini qondirgandek jinsiy xohish ham shunday boʻlishi kerak deb hisoblayapmiz. Hakslining "Jasur yangi dunyo" asaridagi asosiy fojea ham aslida shu edi.
Aslida feminizm degan qarashni oʻylab topganlar ayollar emas yigʻloqi erkaklar boʻlsa kerak deb oʻylayman
Oʻziga bino qoʻyish va umuman oʻzini kiborli tutish faqat bu dunyoda afsuski ayollarga emas mushuklarga yarashadi!
Ayollar esa ba’zida oʻzlari bilib bilmasdan mushuklarga taqlid qilib qoʻyishi bor gap
Geraklitning: “Hayot – nomigagina hayot, amalda esa bu – o‘lim”, deb yozadi “Hayot” so‘zining katta etimologiyasi” kitobida. Evstet “Iliada” haqida asarida ham shunday degan.
Feognitning mashhur go‘zal she’rlaridan:
Tug‘ilmaslik – inson uchun eng katta baxtdir,
Ko‘rmasidan quyosh nurin, yorug‘ dunyoni.
Yo tug‘ilib, shu zahoti yerga kirsaydi,
Ko‘rmas edi bu g‘am-alam, achchiq ro‘yoni...
Sofokl “Edip Kolonda” dramasida bu fikrni lo‘ndaroq qilib aytgan:
Tug‘ilmaslik – ulug‘ ne’mat ekan bizlarga,
Modomiki tug‘ildikmi, tez ketgan yaxshi.
Evripid aytadi:
O, inson azoblari, tuzalmas dardlar...
Gomer esa shunday deydi:
“Yer yuzida nafas olib, yashab turganlar
Orasida eng baxtsizi insonlar ekan”.
Nemoning aka-ukalarini yeb qoʻyadigan baliq bor ediku oʻsha baliq turining ilmiy nomi barrakuda ekan!
ps: hayotda keraksiz faktlardan biri
Chet elda Oʻzbekistonlik ekanligimizdan, Toshkentda viloyatlik ekanligimizdan, viloyatda qishlogʻimizdan, qishlogʻimizda mahallamizdan, mahallamizda koʻchamizdan, koʻchamizda uyimizdan uyaladigan xalqmiz…
Chuqur dinga shoʻngʻigan insonlarni koʻrsang juda ham ihlos qoʻyib yuborma. Balki oldingi qilgan "kir ishlarini yuvish" uchun ham dinga chuqur shoʻngʻigandir…
