AI | DigiTech
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech
El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 54 181 suscriptores, ocupando la posición 2 457 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 337 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 54 181 suscriptores.
Según los últimos datos del 04 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 053, y en las últimas 24 horas de -297, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 28.87%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 21.29% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 15 670 visualizaciones. En el primer día suele acumular 11 554 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 124.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 05 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 05 junio | 0 | |||
| 04 junio | 0 | |||
| 03 junio | 0 | |||
| 02 junio | 0 | |||
| 01 junio | 0 |
| 2 | 💰 Turkiyalik yigit bir kunda Forbes'ning dunyo bo‘yicha boylar ro‘yxatidan 116-o‘rinni egalladi va hisobi bloklandi — uning kartasiga 21,8 milliard dollar kelib tushgan.
Yigit bu pullar qayerdan kelganini bilmaydi. Hozirda bank manbani aniqlash uchun surishtiruv o‘tkazmoqda, boyvachchaning o‘zi esa bir necha oydan beri hisoblaridan foydalana olmayapti.
Yigit neyrotarmoqdan bu mablag’ga nimalar qilsa bo’ladi deb so’raganida u «1000 ta stadion yoki 300 ming aholiga mo‘ljallangan mamlakat qurish mumkin» deya javob bergan.
📟 DigiTech | 11 307 |
| 3 | ⚡️Shotlandiya politsiyasi GTA VI o‘yiniga oid ma’lumotlarning sizib chiqishiga qarshi kurashmoqda: ikki nafar bloger Rockstar bosh qarorgohi ostonasidayoq bir necha soniyada qo‘lga olindi.
Yigitlar studiyaning xavfsizlik choralarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Natijada ularning ma’lumotlari politsiya bazasiga kiritilgan. Endi agar kutilmaganda ma’lumotlar tarqalsa, ular ham gumonlanuvchilar qatorida bo‘ladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, studiyani doimiy ravishda patrullar qo‘riqlamoqda, tashqi perimetr esa 50 ga yaqin kuzatuv kamerasi orqali nazorat qilinadi.
📟 DigiTech | 11 766 |
| 4 | Click’da SI-lashtirish: Sun'iy intellekt ish jarayonlarining bir qismiga aylanmoqda
Click call-markazidan tortib yuridik bo'limgacha barcha sohalarda sun'iy intellektni tizimli ravishda joriy etmoqda va o'zining SI infratuzilmasini rivojlantirmoqda. Kompaniya uchun bu trend emas, balki texnologik rivojlanishning navbatdagi bosqichi va O‘zbekiston fintech bozoridagi yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlash yo‘lidir.
SI-vositalar axborot bilan tezroq ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, takroriy vazifalar yukini kamaytirish va jarayonlarni samaraliroq yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ushbu yondashuv elementlaridan biri — «kubiklar», ya’ni bo‘limlar o‘z vazifalariga moslashtira oladigan AI-agentlar ishlaydigan virtual mashinalardir.
Click asosiy tamoyili — insonni ishdan olish emas, uning imkoniyatlarini kuchaytirishdir. Qarorlar mutaxassislar nazoratida qoladi, SI esa kompaniyaga servislarni tezroq rivojlantirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga yordam beradigan ishchi vositaga aylanmoqda.
Batafsil
Reklama | 11 197 |
| 5 | ⚡️Xitoyliklar insult paytida hayotni saqlab qolishga yordam beradigan burun spreyini ishlab chiqishdi.
NanoPowder nanozarrachalar bilan burunga purkaladi va gematoensefalik to‘siqni (dori vositalari o‘ta olmaydigan himoya qobig‘ini) chetlab o‘tib, preparatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga yetkazib beradi.
Insult vaqtida bemorlarning 85 foizi shifoxonaga yetib borishga ulgurmaydi, shu sababli sprey «tezkor qutqaruv» vositasi vazifasini o‘taydi: shifoxonaga yetguncha zarur vaqtni yutishga imkon beradi hamda harakat va nevrologik funksiyalarni saqlab qolishga yordam beradi.
Preparatni odamlarda simovlari 2030-yilda boshlanishi kutilmoqda, shundan so‘ng uni dorixonalarda sotish rejalashtirilyapti.
📟 DigiTech | 11 981 |
| 6 | 🛫 Airbus dunyodagi eng uzoq masofaga ucha oladigan samolyotni sinovdan o‘tkazdi — u qo‘nishlarsiz 22 soatlik parvozlarni amalga oshirishga qodir.
A350-1000ULR 18 500 km masofaga uchishga mo‘ljallangan yoqilg‘i baklari bilan jihozlangan bo‘lib, ilk bor Sidney shahridan London va Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Bunday laynerlardan dastlabki 12 tasi 2027-yildayoq Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasiga topshiriladi.
📟 DigiTech | 13 335 |
| 7 | ⚡️Pi soni bo’yicha yangi rekord o‘rnatildi: matematiklar uni verguldan keyin 314 trillion belgigacha hisoblab chiqishdi. Bu endi rasman tarixdagi eng aniq qiymat hisoblanadi.
Bitta serverda deyarli 110 kun davom etgan uzluksiz hisob-kitoblar amalga oshirildi. Tizim 61,44 TB hajmli qirqta diskdan hamda ikkita 192 yadroli AMD EPYC protsessoridan iborat edi.
Buning uchun elektr energiyasiga qancha mablag‘ sarflangani ko’proq qiziq :)
📟 DigiTech | 13 324 |
| 8 | ⚡️Sun’iy intellekt kompaniyalarga 1,4 trillion dollar zarar keltirdi — bu Saudiya Arabistoni yalpi ichki mahsulotidan ham ko‘proqdir.
Bu vaziyatda faqat Nvidia foyda ko‘rmoqda, uning sun’iy intellektdan olgan sof daromadi 253 milliard dollarni tashkil etdi. Silikon vodiysining qolgan top-kompaniyalari esa o‘nlab va yuzlab milliardlarni sarflamoqda, lekin hozircha samarasiz.
📟 DigiTech | 13 286 |
| 9 | 🧠 Tunda ishlash miyani yemirib boradi: soat 00:00 dan keyin ishlashni xush ko‘radiganlarda vaqt o‘tishi bilan miyaning turli bo‘limlari kichrayadi.
Neyrobiologlar 14,2 mingta MRT suratlarini o‘rganib chiqishdi. Inson beqaror jadval asosida qancha uzoq ishlasa, uning miyasi shunchalik ko‘p zarar ko‘radi. Tungi smenada ishlovchilarda xotira, fikrlash va his-tuyg‘ularni nazorat qilishning yomonlashgani kuzatilgan.
Biroq, bu jarayonni ortga qaytarish ham mumkin — agar tungi smenalardan voz kechilsa, miya 2,5 yil ichida qisman tiklanishi mumkin.
📟 DigiTech | 13 876 |
| 10 | 🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi o‘z avtopiloti aybi bilan sodir bo‘lgan har qanday avariyaning xarajatlarini qoplashini ma’lum qildi.
Kompaniya avtomobilni ta’mirlash, o‘zga mulkka yetkazilgan zarar va jabrlanganlarni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni to‘lab berishni va’da qilmoqda. To‘lovlarning miqdori cheklanmagan.
Hozircha dastur faqat Xitoyda va faqat yangi avtopilotga ega avtomobillar uchun, ular xarid qilingan yoki yangilangan kundan boshlab birinchi yil davomida amal qiladi.
📟 DigiTech | 13 295 |
| 11 | ⚡️Google o‘z tarixidagi eng g‘alati ma’lumot sizishiga yo‘l qo‘ydi: kompaniya xodimi Karib dengizida aqlli soat prototipini yo‘qotib qo‘ygan. Qurilmani esa tasodifan bir g‘avvos topib olgan.
G‘avvos kutilmaganda Gearbox studiyasi rahbarining do‘sti bo‘lib chiqdi va shu sababli voqea bir zumda internetda tarqalib ketdi.
📟 DigiTech | 13 625 |
| 12 | 📲 Barak Obamaning prezidentlik Instagram akkaunti sun’iy intellekt bot javob berib o’tiradigan qo‘llab-quvvatlash markazi chati orqali buzib kirildi.
Xakerlar sun’iy intellekt yordamchisidan akkaunt pochtasini o‘zgartirishni shunchaki so‘rashgan. Buning uchun akkaunt nikneymini bilish va uning egasi ro‘yxatdan o‘tgan hududga ulanish kifoya qilgan. Bot esa ishonib, shaxsni tasdiqlashni so‘ramagan va ikki faktorli autentifikatsiyani chetlab o‘tib, kodni yangi pochtaga yuborgan.
Ideal jinoyat :)
📟 DigiTech | 13 820 |
| 13 | 📱iPhone Fold shunday ko‘rinishda bo’ladi — insayder maketni barcha rakurslardan ko‘rsatdi.
📟 DigiTech | 13 096 |
| 14 | ⚡️Kompyuterlarning yangi davri boshlandi — Nvidia noutbuk va shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ARM-chip — RTX Spark'ni namoyish etdi.
«MacBook qotili» 20 tagacha protsessor yadrosi, 6144 ta CUDA yadrosi, 128 GB gacha birlashtirilgan xotira va 1 petaflopsgacha AI samaradorligiga ega.
Chip 12K formatdagi videolarni montaj qila oladi, ulkan 3D-sahnlar bilan ishlay oladi va zamonaviy o‘yinlarni DLSS yordamida 1440p'da 100+ FPS bilan bemalol ko‘taradi.
Zaryadi yetishi bo’yicha u MacBook darajasida bo’ladi. RTX Spark kun bo‘yi ishlay oladigan «eng tejamkor kompyuter chipi» deb aytilmoqda. U o’rnatilgan ilk qurilmalar yaqin orada namoyish etilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech | 14 036 |
| 15 | ⚽️ Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining to‘pini o‘yinlardan oldin zaryadlash kerak bo‘ladi — Adidas TRIONDA ichiga elektron sensor o‘rnatilgan.
U to‘pning har bir urilishi va harakatini real vaqt rejimida kuzatib boradi. Datchik kameralar tizimi bilan birgalikda VAR'ga ofsayd va qo‘l bilan o‘ynalgan vaziyatlarni tezroq aniqlashga yordam beradi.
Quvvati taxminan 6 soatga yetadi. Sensor atigi 14 gramm vaznga ega, shu sababli futbolchilar uning farqini sezishmaydi.
📟 DigiTech | 16 304 |
| 16 | ⚡️Bizni «Kompyuter 2.0» davri kutmoqda: Nvidia va Microsoft Computex 2026 taqdimoti arafasida kompyuterlarning yangi davrini e’lon qildi.
Insayderlarning ta’kidlashicha, 1-iyun kuni Nvidia kuchli grafika va sun’iy intellekt tezlatgichiga ega Apple Silicon'ga o’xshash bo‘lgan inqilobiy N1 va N1X protsessorlarini namoyish etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu «maxluq» 20 ta ARM yadrosi va RTX 5070 darajasidagi grafikaga ega bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, hatto shu chipga ega kichik o‘yin noutbuklari ham zamonaviy o‘yinlarni ultra sozlamalarda bemalol ko’tara oladi.
📟 DigiTech | 15 620 |
| 17 | ⚡️Apple o‘g‘rilikka qarshi yangi himoya tizimini tayyorlamoqda — agar iPhone qo‘ldan keskin tortib olinsa, u o‘z-o‘zidan bloklanadi va shu zahoti Apple ID, parollar, bank ma’lumotlari va sozlamalarni yopadi.
Ushbu tizim to’g’ri ishlashi uchun qurilma joylashuv va harakatlarni kuzatib boradi, foydalanuvchining uyda, ishda yoki tanish Wi-Fi tarmog‘ida ekanini tekshiradi.
📟 DigiTech | 15 389 |
| 18 | ⚡️YouTube’ga video tezligini avtomatik sozlash funksiyasi qo‘shildi. Endi zerikarli podkastlarni ko‘rish osonlashadi.
Sokin nutqli yoki ma’lumotga to‘la qismlar tezroq qo‘yiladi. Bu deyarli sezilmasligi aytilmoqda.
Bu funksiya hozirdanoq ilovaning Android-versiyasida joriy etilmoqda. Keyingi navbat iOS'ga.
📟 DigiTech | 14 828 |
| 19 | 🧹 AQSh'dagi yangi startap robotlarni o‘qitish uchun odamlarning uylarini bepul tozalamoqda.
«Shift» xodimlari barcha harakatlarini — idishlarni yuvish, changyutkichda tozalash va hokazolarni — videoga oladigan kamerali qalpoqchalar kiyib yurishadi. So‘ngra to‘plangan barcha materiallar uy ishlari uchun mo‘ljallangan robot-xizmatkorlar ishlab chiqaruvchilariga ularning algoritmlarini takomillashtirishlari uchun sotiladi.
Yaqin kelajakda yigitlar Germaniya va boshqa mamlakatlarda ham faoliyat boshlashni, shuningdek, bepul santexnik, quruvchi va oshpazlar xizmatini ham taklif qilishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech | 14 796 |
| 20 | 📲 iOS 27 shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Apple iPhone uchun eng yirik yangilanishlardan birini tayyorlayotganga o‘xshaydi. Mark Gurman bir nechta tafsilotlarni aniqladi:
– Kamera ilovasi to‘liq moslashtiriladigan bo‘ladi: unga o‘zingizning tugma va vidjetlaringizni o‘rnatishga ruxsat beriladi;
– Rasmlarni tezda qidirish uchun Siri yorlig‘i va suratlar uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalari paydo bo‘ladi;
– Siri esa alohida ilovaga ega to‘laqonli chat-botga aylanadi. Unga ChatGPT, Claude yoki Gemini’ni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
Skrinshotlarda konseptlar tasvirlangan. Rasman esa 8-iyun kuni WWDC’da namoyish etiladi.
📟 DigiTech | 16 253 |
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
