cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

EPS-TOPIK | TOPIK

EPS-TOPIK | TOPIK ҳақида расмий хабарларни бизнинг каналдан билиб олинг!!! Расмий Телеграм Канал Асосий канал: https://t.me/korea_edu Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6

Show more
Advertising posts
385
Subscribers
-224 hours
-127 days
-4630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from EPS-TOPIK | TOPIK
📣 2024 йилнинг 2-танлов квотаси ва кунлари эълон қилинди! 🚫 Кўрсатилган соҳаларга танлов 1) Ишлаб чиқариш Кемасозлик учун: 📆 22-майдан 28-майгача танланади. 2) Хизмат кўрсатиш, Қурилиш, Деҳқончилик соҳадагилар учун: 📆 29-майдан 4-июнгача танланади. 🚫 Квота: - Ишлаб чиқариш соҳаси: 25,906 ✔️ - Кемасозик соҳаси: 1,824 ✔️ - Деҳқончилик соҳаси: 4,955 ✔️ - Қурилиш соҳаси: 2,056 ✔️ - Хизмат кўрсатиш соҳаси: 4,490 ✔️ Белгиланган квотадан ортиб қолган тақдирда кечиктирилган ва қўшимча танловлар ўтказилади. Қўшимча кечиктирилган танлов куни: 📆 7-июндан 10-июнгача бўлиб отади (барча соҳалар учун) ❗️Танловга ким қатнашади? Корея Республикаси Меҳнат вазирлигига қарашли Меҳнат биржасининг базасида тасдиқланган ва тасдиқ муддати амал қиладиган яъни муддати тугамаган номзодлар танловга қатнашадилар. Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+czkk0JfzVbhhMGJi
Show all...
Photo unavailable
🇰🇷Koreya Respublikasida qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 1-4 may kunlari malaka imtihonida (skill) ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga! Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, qishloq xo’jaligi sohasida 1713 nafar, xizmat ko’rsatish-2 sohasida 1237 nafar fuqaro malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan. 👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qishloq xo’jaligi) 👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (xizmat ko’rsatish-2) Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga taqdim etishlarini so‘raymiz. 👉 Anketani yuklab olish 👉 Hududiy filiallar manzillari Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
11:34
Video unavailable
🇰🇷🇺🇿Xorijiy til va kasb-hunar egallagan yoshlar yuqori daromadli ish va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Hozirgi reportajimizda Koreyaga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan hamda ushbu davlatda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar xususida so‘z yuritiladi. Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilinadi Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi. Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi. Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin bo‘ladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar bo‘yicha ishlab, malakasini oshiradi, bu orqali ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishi mumkin. Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda. Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassilar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreyada faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi. Ayni yoʻnalishda Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimzning namunali faoliyat olib borishi, Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat hamkorlik munosabatlarining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi. Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi. Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan alohida qayd etildiki, agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreya Respublikasining mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Koreya tomoni hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi. Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Mehnat va bandlik vaziri bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi. Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi. Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi. Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
01:35
Video unavailable
Janubiy Koreya. Oʻzbekona dasturxon atrofida vazir bilan samimiy gurung Ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada boʻlib turibdi. Dam olish kunlari delegatsiya aʼzolari Koreyaning Incheon shahridagi “OCKDONG” metallni qayta ishlash zavodida boʻlib, ushbu shaharda faoliyat olib borayotgan bir guruh hamyurtlarimiz bilan uchrashib ularning ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Yurtdoshlarimiz bilan suhbat osh tortilgan oʻzbekona dasturxon atrofida davom etdi. Rasmiyatchilikdan holi, ochiq va samimiy muloqotda vazir ular bilan dildan suhbat qurdi. Hamyurtlarimizni qaysi masalalar oʻylantiryapti, qanday muammolarga duch kelmoqda, mehnat, tibbiy, ijtimoiy huquqlarining taʼminlanishi, qanaqa takliflari bor? Barchasi oʻrtaga tashlandi, yechimlar taklif qilindi. Muloqotda chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonliklarning har qanday masalasi eʼtiborsiz qolmasligi, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtdoshlarimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki xorijiy davlatlarda ham oʻz vatanidagi kabi himoyada boʻladi va hamisha qoʻllab-quvvatlanadi. Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#Live 🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasi nomzodlari uchun Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda. Eslatib o‘tamiz, xizmat ko‘rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun bugun malaka imtihoni yakunlanadi. _______________________________________ Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
Photo unavailable
Корея Таълим маркази TOPIK-95 Рўйхатдан отганлар учун толов қилиш ҳақида Эълон TOPIK I - 200.000 СЎМ TOPIK II - 300.000 СЎМ ЭСЛАТМА: ТЎЛОВ НАҚД ПУЛ ОРҚАЛИ! Тўловни амалга ошириш санаси: 29 Апрел (Душанба) дан 10 Май (Жума) гача Иш вақти: 09:00 - 18:00 Имтиҳон тўловни амалга ошириш жойи Toshkent Koreya Respublikasi ta'lim markazi Манзил: Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Талимаржон кўчаси 3-уй Локация O'zbekiston Koreya Xalqaro Universiteti Манзил: Фергана шахри, А.Навоий кочаси 55-Б уй Локация Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...
Photo unavailable
Photo unavailable
🇰🇷Qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni kunlari ma'lum bo'ldi Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun 1-2-may kunlari, xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun 3-4-may kunlari malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 👉 Nomzodlar ro’yxati (qishloq xo’jaligi) 👉 Nomzodlar ro’yxati (xizmat ko’rsatish-2) Shu munosabat bilan, nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi. Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy. (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi) 👉 Lokatsiya _______________________________________ Яқинларизга ҳам улашинг! Каналимиз ҳаволаси: 👉 https://t.me/+8oAlyNdhmJ9jYzU6
Show all...