cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sayxunobod yangiliklar | RASMIY

Sayxunobod tuman hokimligining rasmiy kanali •Web-site: Sayxunobodtuman.uz •Facebook: https://www.facebook.com/share/vfMidc3 •YouTube: https://www.youtube.com/@sayxunobodyangiliklar3784 📬📬 Murojaat uchun @say_hokim_bot Ishonch raqami +99867-333-22-

Show more
Advertising posts
7 227
Subscribers
+824 hours
+1217 days
+3 92430 days
Posts Archive
Sayxunobod tumanida yangi mini korxona ish boshladi. Sayxunobod tumani 3-sektor rahbari J.Sherqulov hamda hokim yordamchisi B.Shomurodov bilan birgalikda "Turon" mahallasida yashovchi fuqaro Xaydarov Xumoyunning  qobiliyati va qiziqishini koʻrib, "Turon" mahallasi hududida  “Xumotekstil-111" MChJ tashkil etishda amaliy yordamlar ko'rsatildi. Hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasiga asosan tumanimizda paxta yetishtirish klasteri bilan bogʻlangan holda olingan "Ip kalava" homashyodan mato ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyildi. Natijada Xitoy davlatidan jami  4 dona qiymati 680 mln.soʻm boʻlgan  dasgohlarni olib kelinib oʻrnatildi, hozirgi kunda tadbirkor 5 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlab, faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Takidlaganimizdek yil yakuniga qadar Sayxunobod tumanida bunday kichik ishlab chiqarish mini korxonalar soni 2000 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
12.89 MB
👍 4
Sayxunobod tumanida sifatli chorvachilik mahsulotlari yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va chorvachilik mahsulotlarini eksportini yoʻlga qoʻyishni tashkil etish maqsadida koʻrgazmali seminarda bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda viloyat hokimining Qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari A.Mirzayev, viloyat prokurori o'rinbosari L.Qalandarov hamda tuman hokimi K.Mullajanov boshchiligida va tegishli mas’ullar ishtirokida bo'lib o'tdi.
Bugungi seminardan asosiy maqsad, Davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog'ida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Olg'abos mahallasida joylashgan “Forishlik Maxatullo” fermer xoʻjaligida sutni qayta ishlash shahobchasi ishga tushurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
👍 4
Sirdaryo viloyati sektor rahbarlari Sayxunobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar bilan tanishdi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov hamda viloyat prokurori Savid Imatov tomonidan kundalik ish-reja asosida Sayxunobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi. Jumladan, masʼullar birgalikda Sayxunobod tumani IIB xodimlari tomonidan tungi xizmat oldi yo‘riqnoma berish jarayonlari bilan tanishib, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida masʼul rahbarlar hamda profilaktika inspektorlariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng tuman IIB binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyatini o‘rganilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda eng samarali vosita ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman mutasaddilariga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallalarda jinoyatlarni oldini olish maqsadida, amalga oshirilayotgan keng qamrovli "ijtimoiy profilaktika" tadbirlarini yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Show all...
👍 3
Sayxunobod tumani "Paxtaobod" mahallasida yangi "Kurash maktabi" faoliyat boshlaydi Bugun kurashimiz zamonaviy sport turi hisoblanib, osiyo oʻyinlaridan mustahkam joy olgan. Dunyo polvonlari “oʻrtaga”, “taʼzim”, “kurash”, “halol”, “yonbosh”, “chala”, “dakki”, “tanbeh”, “gʻirrom”, “bekor”, “teng”, “toʻxta”, “vaqt” degan oʻzbek soʻzlaridan foydalanib kurashmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyati prokurori S.Imatov tashabbusi bilan Sayxunobod tumani Paxtaobod mahallasida barcha sharoitlarga ega, zomonaviy "Kurash sport maktabi" tashkil etildi. Shu jumladan, maktab shu hududdagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi negizida tashkil etilgan boʻlib, barcha zarur sharoitlar yaratilganligi hamda bu yerda 150 nafar sportchi oʻz mahoratini oshirish imkoniyatiga ega ekanligi oz navbatida taqsinga sazovor. Joriy yilning 12-iyul kuni Sayxunobod tumanida viloyat "Prokuror kubogi” o'tkazilib, bunda viloyatning barcha tuman-shaharlaridan kurashchi o'smir sportchilar ishtirok etdi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqada 100ga yaqin yosh kurashchilar 3 vazn toifasida oʻzaro bellashib, yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar viloyat prokurori  tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini amalga tatbiq etish va mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iborat. Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
Sayxunobodning chekka mahallasida kurash mahorat maktabi ochildi Kurash sport turi keng ommalashgan Sayxunobodning Paxtaobod mahallasida viloyat prokuraturasi va tuman hokimligi tashabbusi bilan kurash mahorat maktabi tashkil qilindi. Uning ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat prokurori Savid Imatov, tuman mutasaddilari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Maktab shu hududdagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi negizida tashkil etilgan boʻlib, barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 150 nafar sportchi oʻz mahoratini oshirish imkoniyatiga ega. Tadbir doirasida “Viloyat prokurori kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 100ga yaqin yosh kurashchilar 3 vazn toifasida oʻzaro bellashdi. Yakunda gʻoliblar medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
👍 5
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.