cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqandiyya

Bandalarimning ibodatlari ichida menga suyuklirog'i – Mening yo'limda yaxshi amallarga targ'ib hamda xolis nasihat qilishidir. (Hadisi Qudsiydan) Yaxshilik umidi ila.. Murojaat uchun: .

Show more
Advertising posts
57
Subscribers
No data24 hours
-27 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Insonlar samimiy kishilar yo‘qolib ketganini katta bo‘lib bildim, deydilar. Lekin o‘sha samimiylikni ko‘rolmagach, o‘zlari ham soxtalik niqobini kiyadilar. Balki BIZ samimiy bo‘lib qolarmiz?!
Show all...
Haqiqiy odamlarni topgandek bo‘lamiz-u, lekin nimadir doim o‘rtamizni to‘sib turadi. Mana, bo‘ldi, endi hammasi yaxshi deganda, bir narsa bo‘ladiyu, o‘ylaganlarimiz puchga chiqadi. Eng-eng yomoni butun jamiyatda, insonlar oldida inson o‘zini begona his qilishidir. Faqat sanoqli odamlarni yonidagina mazza qiladi kishi. Xullas, tushunarsiz judayam. @r_samarqandiyya
Show all...
1
Ajaab... holingga voy bo'lsin, voy!
Show all...
Turon yakshanbada ochiq bo'lardi shekilli?
Show all...
Agar menda uzoqda bo'lsayu, "kis-kis-kis", deb chaqirsam bir qarab, keyin qiyo ham boqmaydi. Tavbaaa, nega unaqa bular?!
Show all...
🌚 5😁 3
E'tibor berganmisiz, jamiyatimizda ota-onalar farzandlaridan nihoyatda ko‘p narsani talab qilishadi. Ha, desa, mening bolam hammasidan zo‘r bo‘lsin, eplasin deydi. Ha, ota-onalarimiz hech qachon yomon bo‘lsin, deyishmaydi. Ular o‘zlaridan ham ko‘ra ko‘proq farzandim mendan ham zo‘r bo‘lsin, deydilar. Rostan ham qarasak, dunyoda hech kim shu inson mendan zo‘r bo‘lsin, demaydi. Illoki ota-onagina bundan mustasno. Va ba'zan bir narsani ko‘p unutib qo‘yamiz. Ko‘pchiligimiz farzandim olim, qori bo‘lsin, deb niyat qiladilar. Bu juda ham chiroyli niyat, buni inkor qilmaymiz. Ammo, Robbimiz hammamizdan farzanding qori, olim bo‘lsin deb shart qo‘yganmi? Shuni talab etganmi? Yo‘q, aslo unday emas. Robbimiz bizdan va farzandlarimizdan faqatgina solihlikni, taqvodorlikni istaydi. Ilm bo‘lsa, endi nurun a'la nur. Hammaning rivojlanishi har xil bo‘ladi, shuning uchun ham bekorga yuz foiz hammadan o‘qish talab etilmasa-da, kamida ustozga shogird tushib hunar o‘rgansin, deyilmaydi. Shuningdek, juda ko‘p oilalarda insonni boshqa insonga solishtirish holatlari uchrab turadi. Solishtirish bu bolada dindorlikni yoki ilmlilikni hosil qildirib qo‘ymaydi, balki dindan hamda ilmdan sovushlikka olib kelishi mumkin. Bu qo‘rqinchli.. Din yoki ilm uchun kamsitilish bolada travma hosil qiladi. Keyin esa muhabbat uyg‘otish mushkul. Bularni bilishga, bolani xarakterini, holatini o‘rganish uchun ilm kerak. Ammo ilmning o‘zi ham kamlik qiladi. Chunki qanchadan-qancha insonlar borki, o‘zlari ilmli, ammo farzandlari joxil. Qanchadan-qancha joxil ota-onalarning farzandlari Allohning izni ila hidoyatlanib juda ham chiroyli holatda yashab o‘tadilar. Robbimiz avvalo barchamizni xotimamizni go‘zal qilsin, ungacha bo‘lgan yo‘lni esa chiroyli holatda yashab o‘tishimizga O‘zi tavfiq va ofiyat bersin. Amiyn! @r_samarqandiyya
Show all...
❤‍🔥 2 1💯 1
Qalbingga boq-chi, hozir qay ahvolda? Birgina qalb butun hayotimizni o‘zgartira olishiga qodir ekan-a, deb o‘ylab qolaman..
Show all...
💯 3
Ketgan insonni qabul qilmoqlik nihoyatda qiyindir. Balki qabul qilinar, ammo u avvalgidek bo‘lmaydi. Shunchaki hissiz, hech narsa bo‘lmagandek bo‘ladi. Mana shu eng yomoni.. Shuni yozarkanman, darhol Robbimiz keldi. E'tibor bering, Robbim yoki Robbingiz, demadim. Shunchaki Robbimiz, ha Uning O‘zigina so‘zsiz, hech narsa bo‘lmaganidek rahmati ila qabul qiladi. @r_samarqandiyya
Show all...
💯 2
"Nabaviy tarbiya" kitobi kerak edi, o‘zimgamas. Hech kimda sotiladigan varianti yo‘qmi? Chorsuda yo‘q ekan, topolmadim.
Show all...
😢 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Ko‘nglimdagidek chiqqandek bo‘ldi.)
Show all...
❤‍🔥 11 1😍 1