cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali Veb sayt: https://samkarantin.uz/ Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64 Ishonch tel: +99871 202 84 84

Show more
Advertising posts
281Subscribers
-124 hours
+17 days
+230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

BRIFING Baxtigul Gʻaniyeva viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati rahbari https://t.me/SamTvr
Show all...
Italiyadan keltirilgan manzarali daraxt ko‘chatlari yo‘q qilindi. Samarqand shahar hududidagi oilaviy korxona tadbirkorligi bilan faoliyat yurituvchi tashkilotga Italiya davlatidan 20-dona karantin osti Padub (Ilex auifolium variegate aurea) manzarali ko‘chatlari import qilingan. Ushbu karantin osti mahsulotlaridan tashqi iqtisodiy faoliyat davlat inspektorlari tomonidan qonunda belgilangan standart talablari asosida belgilangan tartibda namunalar olinib Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga ekspertiza xulosasi uchun yuborildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu manzarali daraxt ko‘chatlarida Ceroplaster japonicus Green- yaponiya mumsimon soxta qalqondori (tirik) zararkunandasi borligi aniqlandi. Karantin osti mahsulotlarni eksportyor davlatga qaytarib yuborishning imkoni yo‘qligi sababli, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining mas’ul xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yoqib yuborish yo‘li orqali yo‘q qilindi. Manba: Axborot xizmati
Show all...
Show all...
Italiya davlatidan keltirilgan gullar yo‘q qilindi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududini zararli va boshqa xavfli zararkunandalardan himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilish va import qilish uchun qator qulayliklar yaratilmoqda. Shu bilan birga, import qilinadigan mahsulotlar, respublika hududining sifati va fitosanitariya holati ustidan nazorat kuchaytirildi. O‘zbekiston…

#Ro‘znoma Joriy yilning 15 aprel kuni viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovning “O‘simliklarning zanglashi nimadan darak beradi” deb nomlangan maqolasi “Yoshlar olami” gazetasida chop etildi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Show all...
✅Bulungʻur tumani Yuqori Nuqta YPX OʻKCHM maskani orqali Surxondaryo viloyatidan 2 300 kg piyoz va Xorazm viloyatidan 4700 kg guruch, Bulungʻur tumanidan 2 000 kg sabzi mahsulotlari Toshkent viloyatiga olib oʻtilayotganda toʻxtatilib “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” gi OʻzR Qonunining 22-moddasi talabiga muvofiq fuqaro transport birligida zararlovchi hasharotlar va begona oʻtlar tarqalib zarar yetkazishini oldini olish maqsadida fitosanitar karantin nazoratidan oʻtkazildi. ✅ Nazorat davomida boshqa viloyatga olib oʻtilayotgan ushbu mahsulotlarda ichki karantin sertifikati yoʻqligi aniqlanib, olib oʻtuvchi haydovchi OʻzRMjtK ning 107,108-moddalariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi. ✅ Shuningdek, haydovchiga inspektor tomonidan OʻzR Prezidentining 2020-yildagi PQ-4861-sonli qarori asosida zararlangan yoki karantin obyekti mavjud qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ortiq olib oʻtmaslik yoki joyida yoʻq qilinishi shartligi boʻyicha maʼlumot berildi. Manba: Axborot xizmati
Show all...
#jarayon    Bugun Payariq tumani  "Ko'lto'sin" mahallasi hududidagi "Xalqobod" MMTPga qarashli Bekboyev Hasan dalasi fermer xo'jaligida  "Lalmi maydonlarda no'xat yetishtirishda ilg'or agrotexnologiyalarni qo'llash va mineral o'g'itlardan oqilona foydalanish" mavzusida Respublika darajasidagi o'quv amaliy seminar tashkil etildi.    Seminarda qishloq xo'jaligi vazirligi boshqarma boshlig'i Zafar Ortiqov,  viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Shunqor Xudoyberdiyev,  tuman hokimi Isroil Jabborov, "Agroinspeksiya" hamda "O'simliklar karantini va himoyasi" agentligi  rahbarlari hama Respublikaning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan qishloq xo'jaligi sohasi hodimlari ishtirok etdi.     Unda so'z olganlar sohaga to'g'ri yondoshmaslik, no'xat ekish sirlari va agrotexnik tadbirlarini tashkil etishni  bilmaslik oqibatida kam hosil olinishi hamda ilmiy yondoshuvning afzalliklari tushuntirildi. Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 t.me/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI 🌍 sampayarik.uz
Show all...
#Diqqat Davlat xizmatchisi soati ⚡️Bugungi oʻquv soatida maʼnaviyat sektori: maqsad va vazifalar mavzusidagi videolavha namoyishi, Brayn Tresida hayotingizni rejalashtiring nomli videolavha namoyishi, ⚡️Shuningdek, “Bir chimdim maʼnaviyat” va “Mutolaa vaqti rukni” havola etildi. ⚡️Oʻquv soati boshida yurtimizda va xorijda roʻy berayotgan voqealar rivoji bilan tanishtirildi. ⚡️Oʻquv soatida viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining barcha ishchi xodimlari faol ishtirok etdi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop  kanal
Show all...
🎙#SAMARQAND #RADIOSI📡🌏 📻 FM 1️⃣0️⃣5️⃣🪐2️⃣🏔 ✅Бизга уланиш👇👇 👉https://t.me/SAMARQANDRADIOSI
Show all...
#Ro‘znoma Joriy yilning 23 aprel kuni Narpay tuman inspektori A.Muqimovning “Archa unsimon qurti” tabiat kushandasi” deb nomlangan maqolasi “Navqiron Narpay” gazetasida chop etildi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop  kanal
Show all...
#dolzarb_òttiz_kunlik. ✅✅✅ Archa unsimon qurti - tabiat kushandasi. ‼️Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Archa unsimon" qurtiga qarshi kurashish maqsadida “Dolzarb o‘ttiz kunlik” tadbiri e’lon qilingan. ⤵️
«Archa unsimon» qurtini ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida ro‘yxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa ko‘chatlarini boshqa joylarga yuborilishini qat’iyan taqiqlanishi shart.
“Dolzarb o‘ttiz kunlik” tadbiri davomida Ishtixon tumani hududlarida fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, yo‘l chetlarida joylashgan archa va manzarali daraxtlarni «Archa unsimon» qurtidan samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda. Ish jarayonida Ishtixon tuman O'simliklar karantini va himoyasi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Y.Amanov va B.Bayitovlar tomonidan aholi va mas’ullarga hasharotga qarshi kurash tavsiyalari berib borishmoqdalar. https://t.me/Samkarantin
Show all...