cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yupiterlik Markayeva

I have a lot to say to you. Sizlarga aytadiganlarim ko'p. More pics, music and vids: t.me/moodswitches

Show more
Advertising posts
4 131Subscribers
No data24 hours
-327 days
+22530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Why some people ignore your texts? or don't respond? maybe they're busy? nahh. no one is too busy, we literally have 24 hours a day to live. maybe they are forgetful? probably yes, I myself sometimes forget where I put the thing I was carrying 2 seconds earlier, but everyone checks their phones at least 48 times a day, so? maybe they don't actually care about you? now we're talking. It's all about PRIORITIES, xalq. if you mattered to them, they would find/make time. stop getting your hopes up for people who do not deserve you. --- Nega ba'zi odamlar xabarlaringizni e'tiborsizlikka oladi, yoki javob bermaydi? balki ular juda banddir? yo'q, bizda bir kunda 24 soat bor, aslida hech kim "u qadar band" emas. balki ular unutib qo'yar? ha, ehtimol shundaydir. Shaxsan meni o'zim ham 2 soniya oldin qo'limda turgan narsani qayerga qo'yganimni unutib qo'yaman. Lekin odamlar bir kunda eng kamida 48 martalab xabarlarini tekshiradi. xo'sh? balki ularga qiziqmasdirsiz? ha, ana endi bu boshqa gap. bu yerda barchasi "ustuvorliklar, muhimliklar" haqida. agar siz ularga muhim bo'lganingizda, siz uchun albatta vaqt topishardi. shuning uchun, sizga hatto arzimaydigan odamlardan ko'p narsani umid qilishni bas qiling. @yupiterlik
Show all...
hay mayli, who needs free hugs? 🙃 and free shoulders to cry on? i am here:)
Show all...
Mening ko'z qorachiqlarim siznikidan farqli, sizning barmoq izlaringiz menikidan farqli. Sizning tarixingiz menikidan boshqacha, mening hikoyam ham siznikidan boshqacha. Siz baxt formulam deb ataydigan narsalaringiz meni baxtli qilmagan, meni baxtli qilishi mumkin bo'lgan narsalar sizni tanazzulga olib kelgan bo'lishi mumkin. Individlar - turlicha, ayricha. Lekin bir o'xshashlik bor, u barchaning formulasida "usti qizil qalam bilan chizilgan" bo'lib yakunlangan, yakunlanadi ham. "Material va nisbiy narsalar". Baxt - kinolentangizning eng xira kadridagi kichik xotira. Siz yod oladigan o'sha baxtli xotira ham hozir siz ahamiyatsiz deb o'ylaydigan kichik voqea. Endi eslang, qachon edi, o'sha oxirgi siniq xotira? Qachon? @yupiterlik
Show all...
Savol, unda qanday baxtli his qilish mumkin?
Show all...
O'zingizda yo'q narsalardan, O'zingizniki bo'lmagan odamlardan, O'zingiz yo'q joylardan, "baxt" ni izlayverar ekansiz, uni hech qachon topa olmasligingiz mumkin. @yupiterlik
Show all...
Aslida nima sizni baxtli qilishini "o'sha narsalarga" erishganingizdan keyin ham bila olmaysiz.
Show all...
Fikringizcha, nima sizni hozir baxtliroq qilgan bo'lardi?
Show all...
Baxtlimisiz?
Show all...
Kamaytiring, obyektlar va odamlar sonini kamaytiring. Miqdor, son qancha ko'p bo'lsa, qadrsizlik va diqqat bo'linishi shuncha ko'p bo'ladi. Parta ustida bittagina kitob tursa, ochib o'qishga tushasiz, hech bo'lmasa 5 bet. Lekin 30 ta kitob turgan bo'lsa, barchasining muqovasiga va nomiga qarab o'tasiz xolos. Nega ko'lda yashaydigan odam chanqoqligini ko'p his qilmaydi? Cho'lda yashagan odam esa meshidagi suvini tomchilab ichadi. Nega hamma bir xil tuyuladi? Nega ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bir xil tuyuladi? Nega kanali bor, shaxsiy blogi borlar bir xil tuyuladi? Nega hammani e'tiborga muhtojligi bor? Nega hamma o'zi tanimagan 7 yot begonalar uni tanib simpatiya berishi uchun post yozadi, video oladi? Nega hamma hamma qilgan ishni qiladi? Nega hamma bir-birini takrorlaydi? Yo'q. Aslida bular shunday tuyuladi, chunki siz shularga o'ralashib qolgansiz. Ehtimol keragidan ortiqcha. Sizda hammani, hammasini soni, miqdori ko'p. Sifati esa yo'q. Tanishlaringiz ko'p, do'stingiz yo'q. Eshitadiganlar ko'p, tushunadiganlar yo'q. Ishingiz ko'p, natija yo'q. Orzular ko'p, harakat yo'q. Odamlar ko'p, odamiylik yo'q. Minimallashtiring. Kamaytiring, iloji boricha. Minimal xona - kamroq chalg'ib, ishlaringizni tezroq bajarasiz. Minimal to do list - eng muhimlariga ko'proq vaqt ajratib, harakat qilasiz. Minimal jamoa -ortiqcha shovqin va noto'g'ri navigatsiya kamayadi. Minimalist - doim yutadi. Kamaytiring, odamlar va obyektlar sonini kamaytiring. @yupiterlik
Show all...
Public kanallarga qo'shilmasdan kuzatadiganlar, vijdon bormi o'zi)
Show all...