cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking Β«Accept allΒ», you agree to the use of cookies.

avatar

English worksheets

Here one can find different English worksheets, teaching materials, methods and games Creator: @Nafisa_Ortiqova Kanal haqida fikr-mulohazalar bu yerda: @feedback_english_worksheets Ma'lumot olayotganda kanal linki va mualliflikka xiyonat qilmang!

Show more
Advertising posts
13 122
Subscribers
+924 hours
+297 days
+29730 days
Posts Archive
πŸ†• Barcha sinflar kesimida 4-chorak testlari tayyor bo'ldi. βœ…Boshlang'ich sinflarda 15 talik (rasmli testlari bilan) βœ… Yuqori sinflarda 25 talik Testlar javoblari bilan, πŸ˜€ yangi darslik asosida tuzilgan. Sifati, mazmuniga kafolat beriladi. πŸ’΅ Bitta choraklik test narxi - 8 ming so'm. Ko'proq test xarid qilinganda chegirma mavjud. Murojaat uchun: @Nafisa_Ortiqova @english_worksheets_more
Show all...
πŸ‘ 19
Show all...
πŸ‘ 12❀ 4πŸ”₯ 2
Ko'pchiligingiz TKT vaziyati bo'yicha meni munosabatimni so'rayotgan edingiz, mana mening imkon qadar obektiv, xolis fikrlarim. Kimdir, aytishi mumkin "B2 ni qo'shib nima qilardingiz?" deb. Balans buzilsa, siz to'liq pedagog bo'lolmaysiz, mahorat bilan o'qitasiz to'g'ri, lekin o'quvchilaring oldida til bilish darajangiz yuzalanib qoladigan pallada kemtigingiz ko'rinib qoladi. Esingizdan chiqmasin, eslatay! Men yangilik yaratmadim, hukumat yangi o'quv yilidan B2 talabini qo'ygan. Siz e'tibor bermagan bo'lsangiz, men aybdor emasman!
Show all...
πŸ‘ 65πŸ‘Ž 4❀ 1
#TKTqolsin Balans buzilmasin! Nega men TKT qolsin, xorijiy til o'qituvchisiga ustama berilsin deyman? Birinchidan, fan o'qituvchilari ichida eng faol, yangilikka o'ch insonlar - xorijiy til o'qituvchilari. Ulardan qaysidir sertifikatlarini olib qo'yish orqali ularning yonib turgan "olov"ini so'ndirishgani qoladi. Ikkinchidan, o'qituvchilar yillab malaka oshirish kurslariga qatnab, qatnashib deyarli bir xil ma'ruza eshitavergandan ko'ra, birgina "Cambridge University Press" nashri ostidadagi "TKT modules 1,2,3" kitobini hijjalab o'qib, testlarini ishlab (garchi ustama manfaati yotsa-da) sinf xonadagi xato-kamchiliklarni ongli ravishda his qilgani, noto'g'ri metodikasini korreksiya qilgani, pedagogik jarayonga mas'uliyati ortgani afzal deyman. Ushbu sertifikat turi olib tashlandi ham deylik, endi ilojsiz hamma til bilish daraja sertifikati (CEFR, IELTS, TOEFL) ga o'zini uradi. Fokus endi o'qitishdan o'qishga qaratiladi. Teaching ikkinchi darajaga o'tadi. Natijada o'qituvchida metodika susayadi, uning haqiqiy nazariyasiga e'tibor qaratilmaydi. Aslida, tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Urg'u o'qitishga qaratilsa ayrim ustozlarimiz "menga TKT 50% ustama yetarli, til bilish darajamni tekshirishim, shug'ullanishim shart emas" deya faoliyatlarini bir taraflama qilib qo'ygan bo'ladilar va oqibatda 4 ta ko'nikmaga asoslangan darsliklar bilan ishlashda muammoga yo'liqadilar. Shu nuqtada daraja sertifikati ham muhimligi bo'y ko'rsatadi. U holda nima qilish kerak? Men taklif qilgan bo'lardimki, yangi o'quv yilidan hukumat chet tili fani o'qituvchilaridan B2 daraja talab qilinyaptimi, yonida albatta TKT sertifikati (TESOL, TEFL ham) bo'lishi kerak. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimdek, xorijiy til o'qituvchisida ulardan birining bo'lmasligi pedagogikada balans buzilishiga olib keladi. Yanayam lo'nda aytganda, metodika sertifikati va til bilish daraja sertifikatini "ko'zoynak"ka qiyoslash mumkin. Bitta oynasi bo'lmagan taqdirda qanchalik samaradorlikka erishish mumkin? Shaxsiy fikrimcha, TKT+B2 ustama olishning adolatli, xolis yondashuvi bo'lishi mumkin. Tun-u kun o'qib, o'qitib tinim bilmaydigan, dunyoqarashi ilg'or xorijiy til fani o'qituvchilariga ustama talablarini balandlatish yoki aynan faoliyati bilan bog'liq sertifikatlarni olib tashlash bu shunchaki ularning motivatsiyasini o'ldirish hamda ta'lim sifatiga qilingan ulkan xatolik deb bilaman. Nafisa Ortiqova O'qituvchi jurnalist @english_worksheets_more
Show all...
πŸ‘ 94πŸ”₯ 13πŸ‘Ž 6❀ 1
03:51
Video unavailableShow in Telegram
πŸ‘ 36😒 6πŸ”₯ 5
Sertifikatlarni boshlangβ€˜ich sinfga A5 holatda chiqarsangiz ham boβ€˜laveradi, qog'oz va pul tejayman desangiz. Pdf holatdagilari tiniq chiqadi. Rasmli holatini chiqartirayotganda tiniq chiqish-chiqmasligiga e'tibor bering. Tiniq chiqmasa boshqa varyantni tanlang. TugadiπŸ˜„
Show all...
❀ 26πŸ‘ 8πŸ”₯ 2πŸ₯° 2😁 1
πŸ‘ 11πŸ‘ 1
πŸ‘ 17
πŸ‘ 15
πŸ‘ 16πŸ‘Ž 1
πŸ‘ 13