cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
5 855Subscribers
+224 hours
+117 days
+1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Shahrisabz shahri - 2024-yilda IHTning turizm poytaxti! Joriy yilning 25-27–aprel kunlari Shahrisabz shahri iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deb e’lon qilinganligi munosabati bilan IHTga a’zo davlatlar ishtirokidagi anjuman o‘tkazilmoqda. Ushbu anjumanda, viloyatdagi barcha tuman-shaharlar qatori Chiroqchi tumani delegatsiyasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.  Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Show all...
#sayyor_qabul 🔵 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. 💳 Chiroqchi tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Chiroqchi tumani hamda Ko‘kdala tuman fuqarolari va tuman hokimliklarining vakillari ham ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflarini tingladilar.
Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan oziq-ovqat, dori mahsulotlari savdosi, kommunal xizmatlar ko‘rsatish (asossiz qarzdorlik, elektron hisoblagichlardan foydalanishdagi muammolar), ta’lim, tibbiyot va moliyaviy xizmatlarning sifati to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.
Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Show all...
Тарағай тоғларида баҳор нафаси. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Show all...
Chiroqchi tumanida "Tarag'ay" oilaviy poliklinikasi foydalanishga topshirildi muxbir: G'olib Amirov #Qashqadaryo viloyati @hududtv
Show all...
❗️Аҳолига фойдаланилган газ ва электр ҳақидаги маълумотлар ҳар ойда юборилади
Манба: Ҳукумат қарори (204-сон, 16.04.2024 й.) Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Show all...
Farovonlik yoʻlida: Chiroqchi tumanida intensiv usulda baliq yetishtirish va aholi tomorqasidan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyildi #20apr #qashqadaryo_trk 📱Rasmiy telegram kanalimiz 👉https://t.me/qashqadaryo_trk
Show all...
Shahrisabz shahrida Xalqaro festival davom etmoqda Xabar berganimizdek, ko'hna Kesh shahri bir necha kundan buyon Xalqaro festivalga mezbonlik qilmoqda. Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining turizm poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan bugun ham Shahrisabz shahrida qator tadbirlar, xususan birinchi xalqaro etnosport o‘yinlari tomoshasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlar "Oqsaroy" majmuasi bilan yaqindan tanishib, viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Zakirov va Shahrisabz shahri hokimi Sherzod Bo‘riyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriga yangidan bunyod etilgan “Service area” turistlarga xizmat ko‘rsatish markazida yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirdi. 📸M.Komilov Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Show all...
DIQQAT EʼLON Hurmatli Chiroqchi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari! Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Chiroqchi tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi. Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-aprel kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin. Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Chiroqchi tumani filiali rahbari Safarov Zokir Qodirovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi. 📍Manzil: Chiroqchi tumani Chorshanba MFY Mahalla binosida. ☎️ Murojaat uchun telefon: +998906391011
Show all...
Axborot 24 | Baliqchilikdan 300 mln so’mgacha daromad topayotgan Qashqadaryoning baliqchilar mahallasi #25apr #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Show all...
Show all...
ДУРСУНДА ЯНГИ БОҒЧА ОЧИЛДИ

Дурсунда янги боғча очилди Чироқчи туманининг Дурсун маҳалласида 22-сонли Мактабгача таълим ташкилотининг замонавий қурилган биноси фойдаланишга топширилди. Янги боғча биносининг очилиш маросимида нуронийлар билан суҳбатлашган туман ҳокими Файзулла Юсупов кейинги йилларда мамлакатимизда келажагимиз эгалари бўлган болажонларни ҳар тарафлама баркамол қилиб тарбиялаш давлатимиз белгилаб олган сиёсатнинг устувор йўналишига айланганлигини алоҳида таъкидлади. 150 ўринга мўлжалланган мазкур боғча 5 млрд. 400 миллион сўмдан зиёд маблағ эвазига бунёд этилди. Замонавий, шинам бу масканнинг очилиши нафақат болажонларнинг, балки ота-оналарнинг ҳам қувончига сабабчи бўлди. Маълумот ўрнида, шу вақтгача маҳаллада мактабгача таълим ташкилоти йўқ эди. Очилиш маросимидан сўнг, тадбир иштирокчилари муассасада тарбияланувчилар учун яратилган шарт-шароитлар билан танишишди. Тадбирда сектор раҳбарлари ҳам иштирок этишди. Каналга уланиш👇👇👇

https://t.me/chiroqchi_press