cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Saida Mirziyoyeva

Advertising posts
28 666
Subscribers
+1924 hours
-107 days
-18330 days
Posts Archive
Kecha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Aloqalarimiz yildan-yilga jadal tus olib, turli sohalarda rivojlanib bormoqda. Ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarini samarali qo‘llab-quvvatlamoqda. Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir do‘stona aloqalarimizning yangi sahifasini ochishi shubhasiz. - Вчера мы отметили 30-летие установления дипломатических отношений между Республикой Узбекистан и Европейским Союзом. Наши связи с каждым годом приобретают всё больший динамизм и размах в различных сферах. Важно отметить, что ЕС оказывает значительную поддержку масштабным реформам и творческим процессам в Узбекистане, направленным на улучшение благосостояния населения страны. В ближайшем будущем мы планируем создать ещё одну площадку для сотрудничества. В Самарканде будет проведён первый официальный саммит ЕС —Центральная Азия, который откроет новую главу в наших дружеских отношениях.
Show all...
Kecha Prezidentimiz boshchiligida milliy estrada asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida ishtirok etdik. Tadbirdan so‘ng Milliy estrada san’ati instituti hamda Kino saroyiga tashrif uyushtirildi. Davlat rahbari vatanimiz tarixi va madaniyatiga muhabbat, buyuk O‘zbekistonimiz, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlarni suratga olish muhim ekanini ta’kidladilar. Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini ko‘radi. - Вчера мы во главе с Президентом приняли участие в церемонии открытия памятника основоположнику национальной эстрады, народному артисту Узбекистана Батыру Закирову.   После этого состоялось посещение Института национального эстрадного искусства и Дворца кино. Глава государства сказал о важности создания фильмов, которые прививали бы любовь к истории и культуре нашей страны, вызывали бы гордость за наш великий Узбекистан и его традиции.   Я очень надеюсь, что именно такие фильмы и появятся в ближайшем будущем.
Show all...
Bugun AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdik. Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar, jumladan, inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qildik, shuningdek, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik. - Сегодня мы провели встречу с Послом США в Республике Узбекистан Джонатаном Хеником. Мы подробно обсудили перспективы двухстороннего сотрудничества между нашими странами, в том числе в сфере прав человека и свободы слова, а также обменялись мнениями касательно реализации программ по обучению английскому языку.
Show all...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
Aziz o‘zbekistonliklar, barchangizni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman. Jasorati bilan kelajak avlodlarga tinch hayot in'om etgan qahramonlar xotirasi abadiy yashasin. Jonajon O‘zbekistonimizning osmoni doim musaffo bo‘lsin! - Дорогие узбекистанцы, поздравляю вас с Днём памяти и почестей. Светлая память героям, чей подвиг подарил мирную жизнь грядущим поколениям. Пусть над родным Узбекистаном всегда простирается голубое небо!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g‘alabasiga erishdi! Shvetsiyaning Malmyo shahrida o‘tkazilgan nufuzli “TePe Sigeman 2024” turnirida Nodirbek chempion bo‘ldi va O‘zbekiston #ChessNation ekanini yana bir bor isbotladi♟👑. Faqat oldinga, Nodirbek! 💪 - Наш гроссмейстер Нодирбек Абдусатторов одержал очередную победу! В престижном турнире «TePe Sigeman» проходившем в Шведском Мальмё, Нодирбек стал чемпионом, в очередной доказав, что Узбекистан - #ChessNation♟️👑 Так держать!💪
Show all...
III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Arsenale Group” Bosh direktori Paolo Barletta bilan uchrashuv o‘tkazdik. Italiya tomoni turizm va logistika sohasida yaqin hamkorlik qilish bo‘yicha katta qiziqish bildirdi. Umid qilamanki, taklif etilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatimizga sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etish va O‘zbekiston salohiyatini butun dunyoga tanitish imkonini beradi. – В рамках III Ташкентского международного инвестиционного форума у нас состоялась встреча с Генеральным директором «Arsenale Group» Паоло Барлеттой. Итальянская сторона выразила заинтересованность в активизации сотрудничества в сфере туризма и предоставления логистических услуг. Надеюсь, что реализация предложенных проектов будет способствовать привлечению ещё большего количества туристов в нашу страну и продвижению потенциала Узбекистана во всём мире.
Show all...
01:02
Video unavailableShow in Telegram
Toshkentda III Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda 93 ta davlatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, dunyoning yetakchi biznesmenlari qatnashmoqda. Keng qamrovli islohotlar va hamkorlik munosabatlari O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Markaziy Osiyo ishbilarmonlari hayotidagi ushbu yirik tadbir investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha bugun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirishga yordam berishiga ishonaman. – В Ташкенте проходит III Международный инвестиционный форум, собравший более 2500 участников, включая мировых лидеров в разных сферах бизнеса, из 93 стран. Благодаря масштабным реформам и партнёрским отношениям Узбекистан демонстрирует устойчивое развитие и экономический рост. Я убеждена, что это крупнейшее событие в деловой жизни Центральной Азии поможет в реализации новых инициатив по улучшению инвестиционного фона, озвученных сегодня Президентом Узбекистана.
Show all...
02:52
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi. Mutaxassislar Usmon Mus'hafi qo‘lyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan o‘rganib, restavratsiya rejasini ishlab chiqadilar. Ushbu muqaddas qo‘lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yo‘lidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor bo'lishini tilayman. - Фонд развития культуры и искусства Узбекистана и Управление мусульман страны привлекли к проекту команду международных экспертов: Кристи Роз из Кембриджа, французских реставраторов Акселя Деле и Корали Барб, Нилла Байдара из Стамбула. Специалисты детально изучат каждую страницу рукописи «Мусхаф Османа» и составят план реставрации. Искренне желаю успеха на всех этапах этой важной работы по сохранению драгоценной реликвии для будущих поколений.
Show all...
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Toshkentda YUNESKO tomonidan “Jahon Xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan Usmon mus’hafi (Toshkent Qur’oni) qadimiy qo‘lyozmasini konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari rejalashtirilgan. Ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shadigan barchaga minnatdorlik izhor etaman. Birgalikda biz muqaddas qo‘lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qola olamiz. - По поручению Президента  будет реализована консервация и реставрация древнейшей рукописи «Мусхаф Османа», внесённой ЮНЕСКО в список «Память мира». Я благодарна каждому, кто будет участвовать в этой благородной миссии. Вместе мы сможем обеспечить сохранность священной реликвии для последующих поколений.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
💙🤍💚
Show all...
“Palazzo Franchetti” saroyida bo‘lib o‘tayotgan “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasiga taklif uchun Sheyxa Al-Mayassa xonimga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ko‘rgazma menda katta taassurot qoldirdi. – Выражаю искреннюю благодарность госпоже Шейхе Аль-Маяссе бинт Хамад бин Халифа Аль Тани за приглашение на выставку «Your ghosts are mine» в Палаццо Франчетти, которая произвела на меня неизгладимое впечатление.
Show all...
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Ming yillar davomida O‘zbekiston zamini madaniyat markazi sifatida ijodkor va faylasuflarga ilhom bag‘ishlagan. Venetsiya biennalesida namoyish etilayotgan ko‘rgazmamiz texnologiyalar hamda an’anaviy hunarmandchilik uyg‘unligida sharq ayoli qalbini anglashga yordam beradi. - Тысячелетиями земля  Узбекистана находилась в эпицентре культуры и была источником вдохновения  художников и философов.  Наша экспозиция на Венецианской биеннале —  это синтез технологий и традиционных ремёсел, позволяющий прочувствовать трансформацию души восточной женщины.
Show all...
Bugun Venetsiya biennalesida ikkinchi marotaba O‘zbekiston pavilyoni ochildi. Bu yil biz an’analar bilan texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida hikoya qiluvchi "Don’t Miss the Cue" ko‘rgazmasini taqdim etmoqdamiz. Ushbu loyiha o‘zbek ayolining madaniy va tarixiy ildizlarini an’anaviy hunarmandchilik mahsuli bo‘lgan to‘qimachilik, liboslar orqali anglashga yordam beradi. Meni bu noyob loyiha chindan hayratga soldi. - Сегодня на Венецианской биеннале во второй раз открылся павильон Узбекистана. В этом году мы представляем выставку "Don’t Miss the Cue", исследующую и повествующую о взаимодействии традиций и технологий. Меня поразила уникальность проекта, который помогает переосмыслить культурное и историческое наследие узбекской женщины через текстиль и костюмы, связанные с традиционными ремёслами.
Show all...