cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

O’zbekiston va Jahon bizneslari haqidagi ma’lumotlar to’plangan Onlayn Biznes Jurnal. Reklama & Hamkorlik: @Mr_Gulomkodirov In collaboration with Perfluence

Show more
Uzbekistan9 773The language is not specifiedBusiness11 297
Advertising posts
6 856Subscribers
-624 hours
-707 days
-23530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️"Silk Avia" aviakompaniyasida bilet narxlari Silk Avia 2021-yilning 6-iyulida tashkil etilgan va Uzbekistan Airports AKning shoʻba korxonasi hisoblanadi. Aviakompaniya parki ATR 72-600 tipidagi tejamkor mintaqaviy havo kemalaridan iborat. Aviakompaniya ichki reyslarni amalga oshirish bilan shug'ilangan. Quyida kompaniyaning Toshkentdan boshqa hududlarga eng arzon reyslar narxini ko'rib chiqamiz: — Zomin (iyun oyida) 110 ming so'm; — Qo'qon (aprel oyida) 192 771 so'm; — Buxoro (aprel) 220 ming so'm; — Farg'ona (aprel) 192 ming so'm; — Namangan (aprel) 192 ming so'm; — Navoiy (aprel) 220 ming so'm; — Qarshi (aprel) 192 ming so'm; — Samarqand (aprel) 206 ming so'm; — Termiz (aprel) 302 ming so'm; — Urganch (aprel) 302 ming so'm; Negadr kompaniya saytida Toshkentdan Nukusga reyslar uchun bilet sotib olish ishlamayapdi. Yuqorida ko'rsatilgan narxlar eng arzoni bo'lib, uchish kuni yaqin qolganiga qarab narx oshib boradi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
⚡️Telegram asoschi Pavel Durovʼdagi @durov kanaliga biriktirilgan linklar haqida — Pavel Durovʼda jami 7 dona @durov telegram kanaliga biriktirilgan (maxsus) qimmat linklar mavjud boʻlib, ularni oʻzi xarid qilgan va baʼzilari unga sovgʻa qilingan. — Undagi linklar narxi quyidagicha boʻlishi mumkin: (24.04.2024 – 22:15:00 holatida) 1. “rove” linki – $111 199,99 2. “paul” linki – $55 999,99 3. “snow” linki – $44 799,99 4. “feed” linki – $40 896,79 5. “lean” linki – $35 296,79 6. “pavel” linki – $83 999,99 — “durov” linki haqida aniq narxlar mavjud emas, ammo Fragment saytida link uchun 10 000 TNC (Toncoin) yaʼni $56 000 atrofida narxlar taklif qilingan. Link narxi aslida esa $78 400 000 boʻlishi ham mumkin. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
👍 2
⚡️Eng ta'sirchan "Boycott" 2005-yil oxirida Daniyada Yevropa so'z erkinligi madaniy an'analari va musulmonlar o'rtasida kuchli ziddiyat yuzaga keldi. Buning sababi Jyllands-Posten gazetasi payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. haqidagi 12 ta aqilga sig'maydigan karikaturalarni chop etganligi edi. Nashr musulmon mamlakatlari tomonidan juda salbiy reaktsiyaga sabab bo'ldi: Liviya Daniyadagi elchixonasini yopdi, Islom harakatlari esa daniyaliklar, shvedlar va norvegiyaliklarni Falastin avtonomiyasini darhol tark etishni talab qildi. O'n bitta Islomiy davlat Daniya va gazetadan diniy tuyg'ularni nashr etish bilan haqorat qilgani uchun uzr so'rashni talab qildi va "Tolibon" harakati rasm mualliflarining boshlari uchun 100 kg oltin mukofot e'lon qildi. Janjal butun dunyo bo'ylab siyosiy inqirozga aylandi. Natijada, musulmonlar Daniya tovarlariga boykott e'lon qilishdi, bu esa Daniyaga $170 million zarar yetkazdi. Namoyish davomida 139 kishi halok bo'ldi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
🔥 15😢 3👍 2👏 1
⚡️Biznes g'oya: Zamonaviy kitob do'koni ochish qanchaga tushadi? Zamonaviy gadjetlar va texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, kitob ishlab chiqarish, sotish ancha ommabop va talabgir ekanligini tasdiqlaydi. Dastlabki sarmoya miqdori 100 million so‘mni tashkil etadi. Zararsizlik nuqtasi ishning 3-oyida erishiladi. Boshlangʼich xarajatlar: markaziy hududlar uchun taxminiy hisob-kitob: — Do'konni roʼyxatdan oʼtkazish – $20 — Jixozlash – $1800 — Tovarlarning birinchi partiyasini sotib olish – $5000 - $6000 — Reklama – $300 Oylik xarajatlar: — Ijara toʼlovlari – $500; — Kommunal to'lovlar - $100; — Xodimlar uchun ish haqi –$800; Do'kon joylashgan joy va unversitet va tashkilotlar bilan kelishilgan kitob yarmarkalari do'kon daromadini oshiradi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
👍 6👏 5👎 2
⚡️Super josuslik dasturi — "Pegas"ning narxi qancha? Bir necha yillar oldin hech qanday ogohlantirishlarsiz telefon orqali 50 mingdan ortiq (prezidentlar, jurnalistlar va boshqalar) insonni kuzatib, telefondagi istalgan ma’lumotga egalik qilgan Isroil kompaniyasi(NSO Group )ga tegishli Pegas dasturi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Josuslikka ixtisoslashgan dastur telefon egasiga bildirmasdan telefon qo‘ng‘iroqlari, yozishmalar, joylashgan manzili, o‘rnatilgan parollari, rasmlar va boshqa barcha ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Dastur Meksikada narkokartel rahbari El Chaponi qo‘lga olishda ishlatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur anchayin qimmat turadi. 2016 yilda Pegasni 10 telefonga o‘rnatib berish $650 ming bo‘lgan. Unga qo‘shimcha tarzda yana $500 ming to‘lov talab etilgan. Hisobotlarga ko‘ra, 40 ta davlat Pegas dasturidan foydalangan, 50 ta davlatda yashovchi fuqarolar uning yordamida kuzatilgan. 💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
Show all...
👍 6😱 3👎 1
🎙 Madaniyat vazirligi: “The Voice of Uzbekistan” musiqiy loyihasini boshladi — Loyihaning eʼlon qilingan umumiy qiymati 1 989 120 000 soʻmni tashkil qilmoqda. Va bu narxlar QQS larsiz hisoblangan. Ushbu loyiha telekoʻrsatuvi koʻrinishida TV orqali namoyish etilishi kutilmoqda. — Bunda ajratilgan mablagʻlar besh toifa boʻyicha ajratiladi va ular loyiha smetasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi: 1. Teleloyiha ishtirokchilari ustozlari uchun gonorar: 3 kishiga 6 oyga har biriga 228 000 000 soʻm, umumiy 684 000 000 soʻm. 2. Badiiy rahbarlik uchun gonorar: 1 kishiga 6 oy davomida jami 342 000 000 soʻm. 3. Musiqa direktori uchun gonarar: 1 kishiga 6 oy davomida jami 228 000 000 soʻm. 4. Teleloyiha ishtirok etadigan sozandalar uchun gonorar: 6 kishi uchun 6 oy davomida 522 000 000 soʻm. 5. Yagona ijtimoiy toʻlov uchun (12 foiz): 213 120 000 soʻm ajratiladi. — Shuningdek, loyiha turli kompaniyalardan homiyliklar ham jalb qilinadi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
😡 35👍 4👎 4😁 2
Jahongir Ortiqxo'jayevning kompaniyalari Sobiq hokim, O'zbekistonning eng boy shaxslaridan bo'lgan Jahongir Ortiqxo'jayev „J-United Group“ kompaniyalar guruhining asoschisi hisoblanadi. Uning ba'zi kompaniyalari Akfa, Imzo-Akfa, Akfa Medline, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV, Multi-mafe, Invento, Avalon. Ba'zi kompaniyalarining investitsiya qiymati: — Akfa Medline $32 mln; — Artel kompaniyasi $550 mln; — CAU (unversiteti) $50 mln; — Chef Catering $5 mln; Uning avtoparkida Rolls-Royce spectre $900 ming turadigan "elektrocar" kabi qimmat avtomobillar mavjud. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
👍 53👎 5👏 4🔥 2🤯 1😱 1
⚡️O‘zbekistonda katta sarmoyalar kiritilishiga qaramay, gaz qazib olish hajmi qisqarib, import ulushi o‘smoqda Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish hajmi sezilarli qisqarayotgani sabab import ulushi tez o‘sib bormoqda. 2020-yilda $50,4 mlnlik gaz import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda bu 695 mlnga yetgan. O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmi yildan yilga qisqarishda davom etmoqda. 2023-yilda so‘ngi yetti yil ichidagi eng kam — 46,7 mlrd metr kub gaz qazib olindi. Bu 2017-yildagi ko‘rsatkichdan (56,4 mlrd metr kub) 9,7 mlrd metr kub kam degani. 2017-2023 yillarda ko‘proq gaz qazib olish yo‘lidagi sarmoyalar qiymati $3 mlrdni tashkil etgan. Bu yil Mo‘ynoq, Qorako‘l, G‘uzor, Mirishkor va Muborak tumanlarida $321 mln evaziga gaz quduqlarini burg‘ilash va jihozlash ishlari olib boriladi. Mazkur konlarda kompressor stansiyalarini qurishga $200 mln ajratiladi. Geologiya-qidiruv ishlari uchun $79,6 mln yo‘naltiriladi. IMPORT O‘zbekiston xorijdan 2020-yilda $50,4 mlnlik, 2021-yilda $154,5 mlnlik, 2022-yilda $281,9 mlnlik gaz import qilgan. 2023-yilda esa gaz importi hajmi qolgan yillarga qaraganda sezilarli darajada oshib, $694,9 mlnga yetgan. Joriy yilda gaz importi hajmi rekord darajada o‘sishi mumkin. Chunki respublika yanvar–fevral oylarida $166,7 mlnlik gaz import qildi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
🤔 10👍 4👎 2👏 2
⚡️Zamonaviy, oʻzgacha va yangilanayotgan avtomobillar haqida gaplashamiz — Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqarish brendi “musiqaga mos ravishda raqsga tusholadigan” Yangwang U9 avtomobil test jarayoni boshlandi. Mashina shu yil, 18-aprel kuni namoyish qilinadi va uning narxi $235 000 dan boshlanishi mumkin. — Politsiya uchun Lucid Air elektr mobilining maxsus versiyasini ko’rsatdi — uning tomida dron va uni zaryadlash uchun qurilma bor. Bunday avtomobillar birinchi bo’lib Saudiya Arabistoniga yetkazib beriladi. AQSHda avtomobil narxi $110 000 dan boshlanadi.Li Auto Mega miniveni taqdim etildi, uning narxi $77 800 boʻlmoqda. Mega bir martalik to‘la quvvatlanish bilan 710 km (CLTC siklida) masofa bosib o‘ta oladi. Batareyasi sig‘imi esa 102,7 kilovatt soatga teng. 2,7 tonnalik miniven 100 km tezlikka chiqishi uchun 5,5 soniya kifoya boʻladi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...
👍 5🔥 2
⚡️Zamonaviy, oʻzgacha va yangilanayotgan avtomobillar haqida gaplashamiz — Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqarish brendi “musiqaga mos ravishda raqsga tusholadigan” Yangwang U9 avtomobil test jarayoni boshlandi. Mashina shu yil, 18-aprel kuni namoyish qilinadi va uning narxi $235 000 dan boshlanishi mumkin. — Politsiya uchun Lucid Air elektr mobilining maxsus versiyasini ko’rsatdi — uning tomida dron va uni zaryadlash uchun qurilma bor. Bunday avtomobillar birinchi bo’lib Saudiya Arabistoniga yetkazib beriladi. AQSHda avtomobil narxi $110 000 dan boshlanadi.Li Auto Mega miniveni taqdim etildi, uning narxi $77 800 boʻlmoqda. Mega bir martalik to‘la quvvatlanish bilan 710 km (CLTC siklida) masofa bosib o‘ta oladi. Batareyasi sig‘imi esa 102,7 kilovatt soatga teng. 2,7 tonnalik miniven 100 km tezlikka chiqishi uchun 5,5 soniya kifoya boʻladi. @TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Show all...