cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining rasmiy kanali

Show more
Advertising posts
440Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahri Bunyodkor ko‘chasida joylashgan "Sofitel" MCHJ faoliyati natijasida atmosfera havosiga zararli tashlamalar chiqarayotgani va ushbu korxona faoliyatini to‘xtatish haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: Haqiqatdan ham 2022-yilning 3-iyun kuni Jizzax tumanlararo sudi tomonidan korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 4-1301-2211/1295-sonli hal qiluv qarori chiqarilgan. Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 21-iyun kuni 02/5-2575-sonli rasmiy xat orqali Jizzax shahar MIBga korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat qilingan. Shuningdek, 2023-yilning 27-iyul kuni Jizzax tumanlararo sudi tomonidan korxonaning ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida chiqarilgan 4-1301-2303/3206-sonli hal qiluv qaroriga asosan 2023-yilning 8-avgust kuni 4-1301-2303/3206-sonli ijro varaqasi chiqarilgan. 2023-yilning 18-avgust kuni 03/3-4209-sonli rasmiy xat bilan Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan MIBning Jizzax shahar bo‘limiga korxonaning faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha (hal qiluv qarori va ijro varaqasi) murojaat qilingan. Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining da’vo arizasiga ko‘ra 2024-yilning 3-aprel kuni Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining "Sofitel" MCHJning ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarildi. Unga asosan "Sofitel" MCHJning ekologik normativ huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmaganligi, atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantirayotganligi hamda Jizzax viloyati hokimining 2022-yil 8-fevraldagi tegishli qarori talablarini, ya’ni 2022-yilning 1-choragi davomida "Sofitel" MCHJ o‘z mablag‘i hisobidan atmosfera havosini ustivor ifloslantirish manbalaridan namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalariva unga tutash hududlarda stasionar kuzatuv punktlari bilan jihozlash vazifasini bajarmayotganligi sababli hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar korxona ish faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi belgilangan. 2024-yilning 3-may kuni Jizzax tumanlararo sudining ijro varaqasi qabul qilingandan so‘ng Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hukmi ijro etilishini ma’lum qilamiz. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahri Bunyodkor ko‘chasida joylashgan "Sofitel" MCHJ faoliyati natijasida atmosfera havosiga zararli tashlamalar chiqarayotgani va ushbu korxona faoliyatini to‘xtatish haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: 2024-yilning 3-aprel kuni Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining "Sofitel" MCHJning faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilgan. Unga asosan "Sofitel" MCHJning ekologik normativ huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmaganligini, atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantirayotganligi hamda Jizzax viloyati hokimining 2022-yil 8-fevraldagi tegishli qarori talablarini bajarmayotganligi sababli mavjud kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar korxona ish faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi belgilangan. 2024-yilning 3-may kuni Jizzax tumanlararo sudining ijro varaqasi qabul qilingandan so‘ng Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hukmi ijro etilishini ma’lum qilamiz. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
Chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaroning qilmishini nazorat kamerasi fosh etdi Avval xabar berganimizdek, Ekologiya vazirligidan berilgan 5 dona nazorat kameralari Jizzax shahrining 5 ta hududiga ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida o‘rnatilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt ichida ushbu kameralar  fuqarolar tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joylarga joylashtirish kabi turli holatlarni aniqlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrining "Shodlik"  MFY hududida joylashgan kichik sanoat zonasiga aholi tomonidan qattiq maishiy va qurilish chiqindilari tashlab ketilgani bo‘yicha xabar e’lon qilingandan keyin chiqindixonani tozalash, chiqindilarni bartaraf etish uchun Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, "Shodlik" MFY faollari, shuningdek, ko‘ngilli ekofaollarning yordami bilan ushbu hudud chiqindilardan tozalangan edi. Keyinroq esa bu yerga nazorat kamerasi ham o‘rnatildi. O‘tgan kuni kichik sanoat zonasiga notanish kimsalar o‘zi boshqaruvida bo‘lgan avtotaransport vositasining yukxonasiga ortilgan qattiq maishiy chiqindilarni olib kelib ushbu hududga noqonuniy joylashtirganini kamera o‘z ob’yektiviga muhrladi. Ushbu holat Jizzax shahar ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlarining sa’y-harakatlari bilan  tezkorlik bilan aniqlandi.  Huquqbuzar fuqaro Jizzax shahar ekologiya inspeksiyasiga chaqirtirildi va uning nojuya harakatlari O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlariga zid ekanligi, MJtKning tegishli bandlari bo‘yicha javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi ma’lum qilindi. Holat bo‘yicha fuqaroga MJtKning 91-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning uch barobari, ya’ni 1020 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, shu kunning o‘zida huquqbuzarlar tomonidan chiqindilar tashlangan joyidan olib chiqib ketildi. Huquqbuzar qilgan ishidan chin dildan pushaymon ekanini bildirdi. Bu pushaymonlik esa uni bu salbiy holatni qayta takror etmaslikka kaqil bo‘ladi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
18:10 23.04.2024 Jizzax viloyati Jizzax shaxar Shodlik MFY hududiga 25 T 060 GA tomonidan belgilanmagan hududga noqonuniy chiqindi tashlandi.

🔴 LIVE Ayni damda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz plastformasida youtube kanali orqali taqdim qilinayotgan siyosiy-ma’rifat soatida ishtirok etdilar. Boshqarma xodimlari ishdan ajralmagan holda o‘z xizmat xonalarida jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan voqea va hodisalar hamda o‘tgan hafta davomida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning qisqacha sharhi bilan tanishdilar. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati‌‌
Show all...
Davlat ekologik ekspertizasi markazi davlat muassasai tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilganini ma’lum qilamiz. Yangi qonun loyihasi bo‘yicha fikr va takliflarni ushbu havola orqali qoldirishingiz mumkin https://regulation.gov.uz/oz/d/97210. Сообщаем Вам, что на портале обсуждения проектов нормативно-правовых актов размещен проект закона Республики Узбекистан «О государственной экологической экспертизе и оценке воздействия на окружающую среду», разработанный государственным учреждением «Центр государственной экологической экспертизы». Комментарии и предложения к новому законопроекту можно оставить по этой ссылке https://regulation.gov.uz/oz/d/97210.Telegram💬Facebook
Show all...
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlarga ma’muriy choralar qo‘llanildi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 16-apreldagi 197-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari, Jizzax viloyat prokuraturasi va Jizzax viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 19-20 aprel kunlari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Tuzkon bo‘limida ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Nazorat tadbiri davomida, ko‘lning 101-konturi hududidan 1 dona elektr qarmoq, 3 dona rezina qayiq, 2 dona akumullyator, 1 dona tungi yoritish chirog‘i va brokanerlar tomonidan ovlangan 25 bosh zog‘ora baliqlarni ovlagan fuqarolar aniqlandi. borligi holati aniqlandi. Ayni damda huquqbuzarlik holati bo‘yicha huquqiy baho berish ishlari amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...