cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

Show more
Advertising posts
2 471Subscribers
-124 hours
-147 days
-7230 days
Posts Archive
NamMQI media markazi taqdim etadi: Institut vakillari Pop tumanida maktablar mutasaddilari va bitiruvchilar bilan uchrashdi.
Show all...
NamMQI media markazi fotogalereyasi: Institut vakillari Pop tumanidagi maktablar bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Show all...
NamMQI vakillari Pop tumanidagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashdi "Barkamol avlod" markazida oʻtkazilgan tadbirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi. Ishtirokchilar uchun institut haqidagi roliklar namoyish etildi, bukletlar taqdim etildi. Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov taqdimoti davomida institut salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berdi. Mashinasozlik fakulteti dekani Rahmatali Rustamov, sirtqi bo'lim boshlig'i Vohidjon Turdaliyev tuman maktablari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgani va bu hamkorlik davom ettirilishi haqida soʻz yuritdi. Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari, “Qalqon” guruhi aʼzolari erishgan natija va yutuqlari haqida hikoya qildi. Tuman hokimining o'rinbosari Bahodir Valiyev bu kabi tadbirlar bitiruvchilar uchun kuchli motivasiya sifatida xizmat qilishini taʼkidladi. NamMQI media markazi
Show all...
#Video NamMQI media markazidan qisqa video: Qozogʻistonlik professorlar rektor bilan muloqotda boʻldi.
Show all...
1
#MADANIYAT 🎞 "Milliy kino kuni"ga barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz 📌 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan "Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida respublikadagi telekanallarda haftaning bir kunini "Milliy kino kuni" sifatida belgilandi. Endilikda milliy filmlar namoyishini yoʻlga qoʻyiladi. 💥Shu munosabat bilan NamMQI talaba-yoshlari uchun bugun, 27-aprel kuni talabalar turar joyi faollar zalida "Qo‘rqma" filmi premyerasi namoyish etiladi. Film anonsi bilan tanishing 👈 ⌚Namoyish vaqti: 27-aprel 17:40; 📍O‘tkazilish joyi: TTJ faollar zali https://t.me/+5Y3A20BmLqpjNGNi
Show all...
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institut talabalari o‘rtasida sport sinovlari boshlandi.
Show all...
👍 1 1
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari o‘rtasida sport sinovlari o’tkazildi. Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 22-apreldan 22-may oyiga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi. Bugun Namangan Muhandislik-Qurilish institutida institut talabalaridan sport sinovlari qabul qilindi. Talabalar yugurib kelib uzunlikka sakrash, basketbol to‘pini 3 metr mafofadan tashlash, yerga tayangan xolda qo‘llarni bukib yozish, gimnastika o‘rindig‘iga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, arg‘amchida sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan o‘yoq tizzalarini bukmay oldinga egilish bahslarida bellashdilar.
Show all...
1
#Video Buxoroda oʻtkazilayotgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlarining I respublika forumi.
Show all...
NamMQI prorektori Buxorodagi respublika forumida ishtirok etmoqda Buxoroda oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlarining respublika forumi oʻtkazilmoqda. Ilk bora tashkil etilayotgan ushbu anjumanga Buxoro davlat universiteti mezbonlik qilmoqda. Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari masʼullari hamda respublika oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlar ishtirok etmoqda. Ushbu yirik forumda Namangan muhandislik-qurilish instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Qahramon Inoyatov ham ishtirok etib, hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashmoqda.
Show all...
👍 1