cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
5 330Subscribers
-824 hours
-937 days
-27330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#challange Bo'ston tumani 52-IDUM o'quvchilari tomonidan Andijon farzandi shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlangan challange Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Bugun Bo'ston tumanida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida sportning Street Workout bo'yicha 1-sektor bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’zaro bellashdilar. G’olib bo’lgan yoshlar tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Bo’ston tumani Kasb hunar maktabi o’qituvchi va o’quvchilari bugun O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan shoirning qabrini ziyorat qildilar. Shuningdek o’quvchilar shoirning ijod qilgan xonadonida bo’lib, buyerda shoirning hayoti va ijod yo’llari haqida yaqindan ma’lumotga ega bo’ldilar Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Bo’ston tumani 10-umumta’lim maktabida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy, ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 3
#Live Ayni daqiqalarda Bo’ston tumani Bo’ston mahallasida joylashgan ko’p qavatli uylarning atroflarida “Bo’ston shinam uylari MCHJ” tomonidan obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
#Live Айни дақиқаларда Шуҳратбек Абдураҳмонов Андижондаги Муҳаммад Юсуф майдонида ташкил этилган тадбирга келди. Ушбу манзилда Ўзбекистон Халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 70 йиллик юбилейига бағишланган республикамиз миқёсидаги тадбир бўлиб ўтмоқда. Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Show all...
👍 2
Bugun 26-aprel xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabdan so‘ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978-yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishladi. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o‘nga yaqin she’riy to‘plam, ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1976-yili e’lon qilindi. So‘ngra «Tanish teraklar» (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Yolg‘onchi yor» (1994) kabi she’riy to‘plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989-yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998-yili Muhammad Yusufga «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi. Shoir 2001-yilning 1-avgust kuni 47 yoshida olamdan o‘tdi. Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Show all...
👍 15
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Assalomu alaykum Boston tumani Boston MFY dan yozyapmiz mahalladagi Drinaj bir yildan beri ishlameydi domlardi padvalini suv bosib yotibdi.” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan Bo’ston tumani hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: Ushbu murojaat yuzasidan “Bo’ston shinam uylari MCHJ” boshqaruv tashkiloti tomonidan joyiga chiqib o’rganilganda Bo’ston MFY 53-ko’p qavatli uylarning texnik uskunalari foydalanishga mo’ljallangan yerto’lasida hech qanday suv to’planmaganligi aniqlandi. Ushbu ko’p qavatli uylarning atroflarida noqonuniy obyektlar mavjud emasligi, hozirda ushbu hudduda 2 ta yangi qurilayotgan obyektlar “Bo’ston shinam uylar MCHJ” bilan shartonma asosida qonuniy ravishda qurilayotganligini ma’lum qilamiz. Suv ta’minoti MCHJ Bo’ston tumani filiali tomonidan suv minorasi qayta ta’mirlanib, hozirda aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berildi. Bo’ston mahallasida joylashgan barcha ko’p qavatli uylarning atroflarida hozirda obodonlashtirish ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Show all...
👍 9🎉 2😇 1