cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI

SAMARQAND VILOYATI PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI GUVOHNOMA MK 000266 Ma'lumotlardan foydalanilganda, kanal manba sifatida ko‘rsatilishi shart. kanal havolasi: @paxtachi_tumani_hokimligi Сайт: paxtachi.uz E-mail: [email protected]

Show more
UzbekistanThe language is not specifiedMedicine
Advertising posts
1 407
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

"Xonadonini ko'rib "qoyil" deysan kishi" Bugun 4-may kuni erta tongdan sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan hududlarni o'rganish davomida Qaynarbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi Roʻziyev Shuhrat aka xonadonida bo'lishdi. Ushbu xonadon tomorqa madaniyati, saranjom sarishtaligi bilan har tomonlama barchada "eng namunali" deb taassurot qoldiridi. Shuhrat aka tomorqasining har bir qarichidan unumli foydalanib kelmoqda. Xonadonning fayzli va tomorqada ekinlarning ko'klab turishida uy bekasi Gulshan ayaning mehnati katta va beqiyos. O'zbekning sarishtali farishta ayollari bor bo'lsin! 👉@paxtachi_tumani_hokimligi
Show all...
👍 1
Aholi turmush sharoitlarini yaxshilash yo'lida Bugun 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, Paxtachi tumaniga tashrif buyurgan Respublika ishchi guruhi a’zosi - Oila va xotin qizlar qo‘mitasi bo'lim boshlig‘i R.Mirxoliqova va viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmonovalar Samarqand viloyati Paxtachi tumani Qaynarbuloq mahallasida ahol muammolarini xonadonbay o'rganish ishlarini davom ettirishdi. Aholiga qulayliklarni yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, Qaynarbuloq mahallasida ham ayni kunlarda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, mahalla ichki yo'llariga shag'al-tosh tashlanib tekislandi. Bu kabi ishlar davom etmoqda. 👉@paxtachi_tumani_hokimligi
Show all...
👍 2
Xotin-qizlar tadbirkorlikka jalb qilinmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, "Xotin- qizlarni tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2024 yil 7- martdagi PQ -122-son Qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin -qizlarning jamiyatidagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining 2024 yil 8- apreldagi 10-sonli majlisi bayonnomasining joylarda ijrosi boʻyicha tuzilgan ishchi guruh Samarqand viloyati Paxtachi tumanida boʻldi. Ishchi guruh aʼzosi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi R.Mirxoliqova Qaynarbuloq mahallasida xatlov natijasida aniqlangan ishlash istagidagi ishsiz xotin- qizlar bilan uyma-uy yurib, suhbat o'tkazishdi. Paxtachi tuman hokimining Oila va Xotin-qizlar bo'limi va Agrobank, Xalq banki va MK banki ayollarga o'z kreditlarini tavsiya qilishdi. 👉@paxtachi_tumani_hokimligi
Show all...
👍 1
#hozir Ayni damda Paxtachi tumani sektor rahbarlari va mutasaddilar hududlardagi obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarilish holati koʻzdan kechirmoqda. Fotolavhalar Dabusqalʼa mahallasi hududidan
Show all...
👍 4
#hozir Ayni damda Paxtachi tumani sektor rahbarlari va mutasaddilar hududlardagi obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarilish holati koʻzdan kechirmoqda. Fotolavhalar Shamsnazar mahallasi hududidan
Show all...
#kun_hikmati Odamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi. ©️Romen Rollan 👉@paxtachi_tumani_hokimligi
Show all...
3
#hozir Ma'lumki, so’nggi vaqtlarda ko’plab hududlarda aholiga qulayliklarni yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, Qaynarbuloq mahallasida ham ayni kunlarda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 👉@paxtachi_tumani_hokimligi
Show all...
👍 1
Go to the archive of posts