cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Abdurashid Odilov

“Sport” telekanali sharhlovchisi. Har xil sport turlari va turli mavzularda shaxsiy fikrlarim berib boriladigan kanal. Reklama uchun: @Odilov_reklama Instagram: https://instagram.com/abdurashid_adilov?igshid=OGQ5ZDc2

Show more
Advertising posts
80 227
Subscribers
-18624 hours
-1 4537 days
-1 71830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailable
Marko Roys “Borussiya Dortmund” safida “Signal Iduna Park”dagi so’nggi o’yinini o’tkazdi. Dortmundliklar “Darmshtadt”ni 4:0 hisobida mag’lub qildi. Roys ham xayrlashuv uchrashuvida gol kiritdi. Dunyodagi eng zo’r muxlislar qatorida e’tirof etiladigan ishqibozlar o’z afsonasi bilan munosib xayrlashishdi. Chiroyli xotima.
Show all...
👍 257😭 45🔥 10 6👏 4🍓 2
Photo unavailable
"Bayer" Bundesligadagi joriy mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlandi. Barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriya 51 o'yinga yetdi. "Bavariya" esa Tuhelni mag'lubiyat va 3-o'rinda kuzatib qo'yadigan bo'ldi. Sababi "Shtutgart" myunhenliklardan 2-o'rinni ham tortib oldi. Kanalga obuna bo'lish:👇 @Turdialiyev_Hasan
Show all...
👍 1
00:55
Video unavailable
Mana shu videorolik Instagramda ko’p chiqib qoladi. Bugun ham duch kelib qoldi. Sizga ham ulashgim keldi. Allohga shukurki, sharhlovchilik faoliyatimda Ronaldu ishtirokidagi o’yinlarni 2-3 marta TV orqali sharhlash baxtiga muyassar bo’ldim. Men uchun futboldagi eng katta ikki shaxsdan biri bu inson. Ular bilan bir davrda yashab, TV orqali o’yinlarini sharhlaganimni nabiralarimga faxrlanib aytib beraman In Shaa Alloh. O’zgacha zavq! Kasbimni juda juda yaxshi ko’raman! Hozircha ikkinchi dahoning (Messi) o’yini sharhida ishlamadim, telegram kanalimda sharhladim-kuya, lekin TV dagisi baribir boshqacha. Armon bo’lib qolmas degan umidim bor.
Show all...
👍 1
Photo unavailable
Kopa Amerikaga chaqiruv olmagan braziliyalik futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoa. Eslatma: Kopa Amerika-2024 20-iyun kuni AQSh mezbonligida start oladi. Final o’yini esa 14-iyul kuni Mayamidagi “Hard Rok stadium”da o’tkaziladi.
Show all...
😱 104👍 48😁 9😭 5👏 4🤔 4👎 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
⭕️⭕️⭕️⭕️ Yandex Eatsdan SUPER chegirma4️⃣ Yandex Eats orqali 90 ming so’mdan qimmatroq ilk xaridingizni amalga oshiring va naqd 60 ming so’mlik chegirmaga ega bo’ling. Yaqinda taom buyurtma qilishni bepul qilvorishadi-yov): Ilovani yuklab olish havolasini quyida qoldiraman. https://go-yandex.prfl.me/telegram/r0yhs3 Bu esa o’sha 60 ming so’m chegirma taqdim etadigan promokod: U6EVMM
Show all...
👍 14🔥 6 3👎 2 2
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ “Al Nasr” 😀:😀“Al Hilol” Jonli efir InSport telegram kanalida⬇️ https://t.me/+OiTZ448PJEljNzAy
Show all...
👍 16👎 7
Photo unavailable
Qaqnus. O’qigandirisiz, “Yuventus” Massimilliano Allegri iste’fosini e’lon qildi. Allegriga hurmatni saqlagan holda aytamanki, oxirgi yillarda u “zebralar” darajasida ishlay olmadi. Kuchsiz jamoalar bilan o’yinda ham himoyaviy o’yin uslubidan voz kechmadi. Har jabhada o’ta konservativ qarashlar sezilib turdi. Natijada biz ko’xna qit’aning katta klubi—Yuveni yo’qotib qo’ydik. “Keksa Senyora”da yosharish davri boshlanadigandek. Ko’plab manbalarning yozishicha, murabbiylikka nomzodlar orasida asosiy variant Tiago Motta bo’lib turibdi. Motta “A” Seriyada zamonaviy murabbiy sifatida bo’y ko’rsatdi. Uning “Bolonya”si mavsum mobaynida chaqilmas yong’oqdek taassurot qoldirdi. Grandlar kushandasi bo’ldi va ularning barchasidan ochko tortib oldi. Klub ayni damda Ligada 3-o’rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasi yo’llanmasi ham naqd qilingan. Motta “Spetsiya”da ish boshlagan paytlari jamoasi o’yinini sharhlagandim. O’shanda Tiago matbuot anjumanida uslubi quyidagicha falsafa asosida ekanini aytgan edi:
O’yin mobaynida darvozabonimiz—ilk hujumchimizga, forwardimiz esa birinchi himoyachimizga aylanadi.
Keyinchalik uni jamoalarida rostan ham mana shu falsafa sezilib turdi. Futbolchilik davrida “Inter”da o’ynaganini inobatga olmasak, menimcha, Motta “Yuventus” uchun ideal nomzod. Yuveda oxirgi yillar pasayish davri bo’ldi. Muxlislar kutgandek Yevrokuboklarda suron ko’tarilmadi, biroq shunda ham jamoa sovrinlarni yutib turdi. Bu jamoani “Keksa Senyora” deyishadi. Qariya—yosharishni biladigan qariya. “B” Seriyaga tushib ketganida kulidan-da, qayta dunyoga kelgan qariya(qaqnus). Hozir yana bir bor kulidan tiklanib oladigandek nazdimda, keyin ko’raverasiz… Darvoqe, kelasi turda “Yuventus” o’zi bilan bir xil ochko jamg’argan “Bolonya” bilan o’ynarkan. Mottaning hozirgi va kelajakdagi jamoalari qarama-qarshiligi): @Abdurashid_Odilov
Show all...
👍 189🔥 8 6🤔 4
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ “Al Nasr” 😀:😀“Al Hilol” Jonli efir InSport telegram kanalida⬇️ https://t.me/+OiTZ448PJEljNzAy
Show all...
👍 14👎 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ “Al Nasr”-“Al Hilol” o’rtasidagi uchrashuv boshlandi. Jonli efir InSport telegram kanalida⬇️ https://t.me/+OiTZ448PJEljNzAy
Show all...
👍 18👎 2 1
00:06
Video unavailable
Yevro-2024 start olishiga ham bir oydan kam vaqt qoldi. (15-iyun) Ispaniya termasidan chaqiruv olishi kutilyotgan Isko Fransisko Alarkon yaqin kunlarda jarohat olibdi. Katta ehtimol, Yevroni o’tkazib yuborsa kerak. Isko bilan ayni damdagi holatimiz deyarli bir xil. Sizni juda yaxshi tushunaman Iskojon): Sog’ayib keting! @Abdurashid_Odilov
Show all...
😱 99😭 42👍 27💔 5 3