cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Фотограф | Сардорбек Орифов

-Тарихчи талаба - Фарғона шаҳридаги Президент мактаби матбуот ва медиа хизмати раҳбари ҳ.в - 2020-2022-Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Фарғона вилояти Кенгаши матбуот ва медиа хизмати раҳбари 👨‍💻 @Press_fergana

Show more
Uzbekistan44 325The language is not specifiedArt & Design21 808
Advertising posts
527
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-630 days
Posts Archive
⚡️Fargʻona tumani Chimyon qishlog'idan fotoreportaj 🪧Chimyon — Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi shaharcha bo'lib ayrim ma'lumotlarda 1943-yilda tashkil topgan deyiladi. Fargʻona shahridan 28 km uzoqlikda joylashgan. Chimyon hududida eski neft koni, balneologik kurortlar mavjud. Kurort mineral suvi tarkibida vodorodsulfid va natriy xlorid asosiy oʻrin tutadi. Tarkibi jihatdan Kavkazdagi SochiMatsesta mineral suvlariga tenglashadi. Chimyonda yurak-tomir, periferiya nerv sistemasi, tayanch harakat apparatlari, ovqat hazm qilish organlari, teri, radikulit, spondilyoz, revmatizm va boshqa kasalliklar davolanadi. 📌 Eng qiziq jihatlaridan biri go'zal manzara va barhavo, mo'jaz maskanlardan bo'lib, ichki turizm juda yaxshi rivojlangan.
Show all...
🔥 44🎉 4 2🕊 2
04:01
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "IGNITE 2024 PSF science camp" yozgi yoshlar oromgohi loyihasi o'z yakuniga yetdi. Campda ishtirok etolmagan va jarayon qiziq bo'lganlar uchun maxsus video lavhani havola qilaman. 😅P/s: Ozgina uyquni izidan chiqqanini, charchoq oqibatida tayyorlanganini hisobga olsak memimcha yaxshi chiqdi, nima deysiz?
Show all...
ignite1.mp4110.55 MB
🔥 15 12🕊 3🎉 1
🔥 "IGNITE 2024 PSF science camp" ni ham yakunladik, jamoamiz va tashkilotchilarga chinakamiga respect 😅 Bilasizmi nima, camp yakunlanishi bilan beixtiyor 1 yil avvalgi jamoaviy rasmimizga nazar soldim. Qaysidir ma'no o'z o'rniga ega, o'z sohasini bilimdonlari bo'lgan insonlar bilan yanada fayzli edi. Vaqt o'tish bilan qoidalar va ayrim jihatlar o‘zgardi, lekin loyiha va qadron jamoa hali ham mehnatdan tolmaydi. ⏳Nima bo'lgan taqdirda ham barchasi uchun Allohga behisob shukurlar bo'lsin, barchamizni kelasi yilgi loyihalarga eson omon yetkazsin. Bu kunlarni va aziz jamoani hech nimaga almashib bo'lmaydi. P/s: rasmda mehnati singan ayrim insonlargina holos, butun jamoamiz yuqoridagi rasmda aks ettirilgan.
Show all...
21🔥 11🕊 2😢 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "IGNITE 2024 PSF science camp" yozgi yoshlar oromgohi loyihasi start oldi. 📸Batafsil kuzatib borish uchun: https://t.me/pmfergana/10890?single P/s: IGNITE sizga ham ma'qulmi?
Show all...
🔥 41 15🕊 2🎉 1
Mahallada nima gaplar? 📌 Obod yoshlari jurnalining yoshlar oyligidagi 4-sonida batafsil tanishing: https://t.me/obodyoshlari 📖 Kaminaning an'anaviy va elektron kitoblar haqidagi ojizona fikrlari bilan yana bir bor tanishishingiz mumkin. 📱Elektron jurnalning navbatdagi soni: https://online.pubhtml5.com/zhvxp/rqri/
Show all...
20🔥 17🎉 3🕊 2😁 1
Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan oʻtaro, Inonmagil molingga, bir kun qoʻldan ketaro. Ota-ona, qarindosh qayon ketdi, fikr qil, Toʻrt oyogʻligʻ choʻbin ot bir kun senga yetaro. Dunyo uchun gʻam yema, Haqdin oʻzgani dema, Kishi molini yema, sirot uzra tutaro. Ahli ayol, qarindosh – hech kim boʻlmaydur yoʻldosh, Mardona boʻl, gʻarib bosh, umring eldek oʻtaro. Qul xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil, Asling bilsang, obu gil, yana gilga ketaro! Ahmad Yassaviy P/s: Esimni taniganimdan buyon bu misralarni buvimlar xirgoya qilib beradilar. Aytishlaricha 15 yoshlarida yod olgan ekan. Hozirgacha Ahmad Yassaviyning juda ko'p misralarini xatosiz aytib bizga ham o'rgatganlar. Allohga shukur 80 yoshda ham haligacha sharhlab, dinimiz va iymonimizni qanday go'zal ekanini ta'riflab beradilar. Umrlari uzoq bo'lsin ilohim.
Show all...
30🔥 17🕊 5😢 1
Ey birodar, qirq farz o'rgan masoildan tamom, Toki jannat ichra bo'lgay manziling Dorus salom. Yetti imon, besh islom, o'n ikki farzdur namoz, To'rtdin sakkiz buzu'ida ham tayammumda mudom. G'uslda uch farz bordir, uch hayzu nifosu ilm, Amri ma'ruf, nahiy munkar ikkisidur vassalom. Marg‘ilon allomalari - "Durrul Orifin yohud Orifjon qori Marg‘iloniy manoqibi" kitobidan.
Show all...
🔥 26🕊 5 2😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
Universitet ustozi talabalarga quyidagicha savol berdi: “Bir daraxt shoxida toʻrtta chumchuq oʻtirgan boʻlsa va ulardan uchtasi uchishga qaror qilsa shoxda nechta chumchuq qoladi?” Talabalar bitta qush qolishini aytdilar. Faqat ulardan bir talaba shoxda toʻrtta chumchuq qoladi, deb javob berdi. Hamma hayron qoldi. Ustoz undan nima uchun mazkur javobni berganini soʻradi. Shunda u quyidagicha javob berdi: 🪺“Ustoz, siz chumchuqlar uchib ketdi, demadingiz, balki uchishga qaror qildi, dedingiz. Shuning uchun toʻrtta chumchuq qoldi, deb javob berdim”. Ustoz uning javobini toʻgʻri ekanini taʼkidlaydi. 🍃Bir narsani xohlash boshqa narsa, uni bajarish boshqa narsa. 🌚Juda koʻpchilik gapiradi, lekin juda kam insonlar amalga kirishadi va muvaffaqiyatga erishadi.
Show all...
42🔥 28🕊 7
00:41
Video unavailableShow in Telegram
🌱Maktabimizning kichik bog'ida mana shunday qushlar bor 🪺Odatda ishdan charchagan vaqtingiz kuzatsangiz ancha stresslar kamayadi, ibrat olasiz. Bu juftliklar ba'zida sayragancha bu yerlarni egasi bo'lganini eslatadi, balki shunchaki kelib qolganini. Nima bo'lgan taqdirda ham uning "vatani" ilm dargohi. P/s: do'stlarimni aytishicha hatto shu qushni ham jufti bor emish 😅
Show all...
17.61 MB
🔥 40 24🕊 5😁 1🎉 1
📔"Sohilsiz dengiz"-Ahmad Muhammad Tursun ❕Ushbu tarixiy asar ulug‘ mutafakkir Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hazratlari hayot yo‘llari, ilmiy faoliyatlari haqida hikoya qiladi. Muhaddislar sultoni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining "tabibi", nabaviy hadislarining sahihlarini ajratib, ulardan Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba darajasidagi "Sahihi Buxoriy" hadislari to‘plamini tuzgan bu ulug‘ alloma, muhaddislar sultoni, imomud-dunyo, olimlar peshvosi butun dunyoda ma'lum va mashhur. Asar Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlaridagi ishonchli ilmiy manbalari, taniqli Islom ulamolarining asarlariga tayangan holda yozilgan. 📕"Nafs tarbiyasi"-Hakim Termiziy ❕Inson bu dunyoga nima uchun keladi, qanday yo‘l tutsa ikki dunyo saodatiga muyassar bo‘ladi? Kamolot kasb etishining sirlari nimada? Insonni yuksak ma'naviyat va ma'rifatidan to‘suvchi nafsni tarbiyalash usullari qanday? Ulug‘ vatandoshimiz Hakim at-Termiziy mazkur asarlarida batafsil ma'lumot qoldirgan.
Show all...
📔"Sohilsiz dengiz"-Ahmad Muhammad Tursun ❕Ushbu tarixiy asar ulug‘ mutafakkir Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hazratlari hayot yo‘llari, ilmiy faoliyatlari haqida hikoya qiladi. Muhaddislar sultoni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining "tabibi", nabaviy hadislarining sahihlarini ajratib, ulardan Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba darajasidagi "Sahihi Buxoriy" hadislari to‘plamini tuzgan bu ulug‘ alloma, muhaddislar sultoni, imomud-dunyo, olimlar peshvosi butun dunyoda ma'lum va mashhur. Asar Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlaridagi ishonchli ilmiy manbalari, taniqli Islom ulamolarining asarlariga tayangan holda yozilgan. 📕"Nafs tarbiyasi"-Hakim Termiziy ❕Inson bu dunyoga nima uchun keladi, qanday yo‘l tutsa ikki dunyo saodatiga muyassar bo‘ladi? Kamolot kasb etishining sirlari nimada? Insonni yuksak ma'naviyat va ma'rifatidan to‘suvchi nafsni tarbiyalash usullari qanday? Ulug‘ vatandoshimiz Hakim at-Termiziy mazkur asarlarida batafsil ma'lumot qoldirgan.
Show all...
🎉 27 4🕊 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
😎 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining zakovatli ustozlari. 🤝 Jamoaviy o'yinlarning eng yaxshilaridan biri shubhasiz "Zakovat" bo'lsa kerak. Bir bugun aqni charxladik-da hamkasb ustozlarimiz bilan. 📌 Batafsil: PM rasmiy
Show all...
36🔥 9🕊 4
Photo unavailableShow in Telegram
💡Kitob o'qish uchun Light panel 📖 Kitob o'qish uchun juda ham qulay bo'lgan yorug'lik paneli. An'anaviy kitoblar mutolaa qilishda ancha qo'l keladi. Qorong'ida atrofingizdagi insonlarning tinchligini buzmaslik uchun ushbu usuldan foydalansangiz bo'ladi. Elektron kitoblar kabi elektronlashgan kitob. 📦 Sovg'a uchun do'stimiz Mr.Murphy ga alohida rahmat
Show all...
🔥 43 31🕊 4🎉 2
"Dono nashriyoti" ning №5 (336) sonida - "Nodon huzuridagi sukut yoxud kitobsevarlikdagi afzallik" nomli maqolamiz chop etildi "Dono nashriyoti" ilmiy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy nashr hisoblanib, 2007-yil 16-apreldan buyon yurtdoshlarimizga turli mavzularda qiziqarli maqolalar bilan tanilib ulgurgan. Kaminaning an'anaviy va elektron kitoblar haqidagi ojizona fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Show all...
45🔥 13🎉 3🕊 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ancha vaqtdan buyon jamoa ishtirokida rasmga tushmabmiz. Aslida bu jamoamizning yarmi ham emas, juda ko'pchilik ishtirok etgani yo'q bugun. Odatda har qanday tadbir yakunida esdalik uchun rasmga tushish an’anamiz bor. P/s: 10 yildan keyin ham qiziqarli xotira bo'lib qoladi Inshaalloh.
Show all...
🔥 97 8🕊 3🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ancha vaqtdan buyon jamoa ishtirokida rasmga tushmabmiz. Aslida bu jamoamizning yarmi ham emas, juda ko'pchilik ishtirok etgani yo'q bugun. Odatda har qanday tadbir yakunida esdalik uchun rasmga tushish an’anamiz bor. P/s: 10 yildan keyin ham qiziqarli xotira bo'lib qoladi Inshaalloh.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ustozimiz Rahmatulloh domla Muhammad Sodiq oʻgʻlidan Alloh rozi bo'lsin, Marg'ilon Allomalari rukni ostidagi XI kitoblarini ham biz kitobxonlar uchun tayyorlabdilar. Avval xabar berganimizdek, Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar “Robiya hoji ona” masjidi imom-xatibi Ustoz Rahmatulloh domla Muhammad Sodiq oʻgʻlining qalamlariga mansub yangi risola "Durrul Orifin" yoxud Orifjon qori Marg‘iloniy manoqiblari ham tayyor bo'libdi. Mazkur kitob o'tgan asrda Marg‘ilon shahrida yashab o'tgan zabardast ulamo, shariat va tariqat ishlari bilimdoni, hanafiy mazhabi faqihi Orifjon qori Marg‘iloniyning ilmiy-ma'naviy merosi va ibratli hayotiga bag'ishlangan. O'z davrida Marg‘ilon shahar ma'naviy hayotida mustahkam o'rin tutgan mazkur allomaning shaxsiyati islom ulamolarining nechog'lik buyuk himmat sohibi ekanlarini, din-millatning chinakam fidoyilari ekanini o'rgatadi.
Show all...
🎉 42 4🕊 4🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Qirgʻizistonlik rejissyor Ruslan Akunning «Jannat onalar oyogʻi ostida» filmi nihoyat Fargʻonada! Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan, koʻplab yurtdoshlarimizda yuqori taassurot uygʻotgan, xususan O'rta Osiyo balki musulmon olami uchun muhim boʻlgan juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega film ekan. Qirgʻizistonlik rejissyor Onalarga ehtirom qanday boʻlishi lozim ekanini, turkiy xalqlarning sharqona qadriyatlari hamda mehmonnavozligini chinakamiga tasvirlab berolgani tahsinga loyiq. Shuningdek bugungi kundagi siyosiy vaziyatning keskinligi ham mohirona gavdalantirilgan. Qisqa fursatli hayot yoʻlida ruhan va jismonan nosogʻlom Odilni, butun aqli raso insonlar uchun koʻrsatgan jasorati haqiqiy musulmon yigitga xos tasvirlangan. Alloh taolo barchamizni ota onamizni mana shunday goʻzal ziyoratlarga yetkazishni nasib qilsin. Fargʻona viloyatida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda tomosha qilish imkoniyati mavjud, narxi 50 ming ekan. Har kuni 13:00, 16:00, 19:00 da!
Show all...
🔥 28 7😢 5
Photo unavailableShow in Telegram
Qirgʻizistonlik rejissyor Ruslan Akunning «Jannat onalar oyogʻi ostida» filmi nihoyat Fargʻonada! Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan, koʻplab yurtdoshlarimizda yuqori taassurot uygʻotgan, xususan O'rta Osiyo balki musulmon olami uchun muhim boʻlgan juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega film ekan. Qirgʻizistonlik rejissyor Onalarga ehtirom qanday boʻlishi lozim ekanini, turkiy xalqlarning sharqona qadriyatlari hamda mehmonnavozligini chinakamiga tasvirlab berolgani tahsinga loyiq. Shuningdek bugungi kundagi siyosiy vaziyatning keskinligi ham mohirona gavdalantirilgan. Qisqa fursatli hayot yoʻlida ruhan va jismonan nosogʻlom Odilni, butun aqli raso insonlar uchun koʻrsatgan jasorati haqiqiy musulmon yigitga xos tasvirlangan. Alloh taolo barchamizni ota onamizni mana shunday goʻzal ziyoratlarga yetkazishni nasib qilsin. Fargʻona viloyatida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda tomosha qilish imkoniyati mavjud, narxi 50 ming ekan. Har kuni 13:00, 16:00, 19:00 da!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Yakuniy qarorga kelinibdi, logoni o'zgartirdim 😅 "IGNITE PSF SCIENCE CAMP 2024" rasmiy ko'rinishi xudo xohlasa shunday bo'ladi. Ha aytgancha futbolkalar yoqali qulay ko'rinishli, bunday oddiy emas, bu namuna uchun. Aytaylik o'zimga logo yoqmadi, dizayn sohasidagi tajribali do'stlar ham unchalik ma'qullamadi. Lekin imkon qancha talab va xohishlarini bajardik loyiha tashabbuskorlarini. Nima bo'lgan taqdirda ham mehnatim singdi yoqishga majbur) P/s: Yozgi lagerda ko'rishguncha
Show all...
🔥 57🎉 4🕊 1
01:26
Video unavailableShow in Telegram
📜 Muhammad Yusuf Sheʼri - BOR BO‘LSIN
Qiz bor uyning fayzi bo‘lak deydilar. Jannat yo‘li — qiz bor yo‘lak deydilar. O‘ngirimda o‘g‘lim yo‘q deb o‘ksimang, Tog‘ bo‘lmasa qir ham tirgak deydilar. Elning baxti botirlarga yor bo‘lsin. Ominalar, Xolidalar bor bo‘lsin!..
🎞 P/s: namuna uchun tayyorlandi, xato va kamchiliklar bo'lishi tabiiy, to'g'ri tushinasizlar degan umiddaman. Yangi loyiha boshladik albatta ulashamiz.
Show all...
bor bo'lsin~1.mp429.12 MB
🕊 5 4🔥 4🎉 3
02:05
Video unavailableShow in Telegram
#Korrupsiya Kuni kecha Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoamiz bilan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik tayyorladik. Kamchiliklar bo‘lishi tabiiy, shoshilinchda imkonimiz boricha harakat qildik. (jami 3 soat vaqt ketdi tasvirga olish va ishlov berish uchun 😁) Shu o‘rinda Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻonoq boʻladigan muammolardan biri poraxo‘rlik va tamagirlikdir, ekanini qayd etib o‘tmoqchimiz! P/s: yana qanday mavzularda ijtimoiy rolliklar tayyorlashimizni istaysiz?
Show all...
korrupsiya 3~1.mp439.40 MB
🕊 5🔥 4🎉 3
02:05
Video unavailableShow in Telegram
#Korrupsiya Kuni kecha Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoamiz bilan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik tayyorladik. Kamchiliklar bo‘lishi tabiiy, ammo harakat qildik. Shu o‘rinda Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻonoq boʻladigan muammolardan biri poraxo‘rlik va tamagirlikdir, deb qayd etgani bejizga emas ekanini eslatmoqchimiz!
Show all...
korrupsiya 3~1.mp439.40 MB
Qani bir maslahatlashaylikchi do‘stlar O‘quvchilarimiz yaxshi bilishadi, o‘tgan yili maktabimizda "IGNITE 2023 science camp" tashkillangan edi. Bu yil ham yozgi oromgoh o‘tkazilishi rejalashtirildi. Shu sabab bir nechta logo tayyorladim, nima deb o‘ylaysiz qaysi biri ma'qul yoki sizda qanday g‘oya va taklif bor. Eng yaxshi taklif yoki logoga sovg‘a bor 😁 P/s: ma'lumot uchun, logo futbolka (oldi tomon) va kepkaga tushiriladi, rangi qora, oq, olov rang holatda bo‘lishi zarur
Show all...
🔥 21 18🕊 5
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi kundan esdalik Maktabimizda ta'lim olib kelayotgan yoshlarimiz, millat umidlari. Juda ham qiziqarli uchrashuv bo'ldi. Yoshlar bilan ishlash yoshartidadi deyishadi. Batafsil havolada: https://t.me/pmfergana/10129?single
Show all...
40🔥 3🕊 3
01:47
Video unavailableShow in Telegram
Farg’ona viloyatida bo’lib o’tayotgan "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!"  shiori ostidagi tadbir uchun tayyorlagan videolavhamizni sizlarga ham ilindim! Jarayonlarni kuzatib boring: http://t.me/fargonamanaviyhayoti
Show all...
0418(1).mp441.52 MB
🔥 28🎉 3🕊 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.