cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Zamin Foundation

"Zamin" xalqaro jamoat fondi — Международный общественный фонд Zamin __ Veb-sayt: https://www.zaminfoundation.ngo/ Facebook: www.facebook.com/zaminfoundation Instagram: www.instagram.com/accounts/login/?next=/zaminfoundation/

Show more
Uzbekistan18 342The language is not specifiedEducation41 246
Advertising posts
2 775
Subscribers
-524 hours
+357 days
-930 days
Posts Archive
Ziroat Mirziyoyeva Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi "Mehrli maktab" gospital turdagi maktab filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar ta’lim olishga qiziqishini yo‘qotmaganini, o‘qituvchilar ularni mehr va e’tibor bilan qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yoshlarni o‘z qobiliyatlari va iste’dodini rivojlantirishga ruhlantirdi. — Зироат Мирзиёева встретилась с юными учениками и педагогами филиала госпитальной школы Mehrli maktab в Ферганском областном детском многопрофильном медицинском центре. Увидев, как дети, находящиеся на длительном лечении, не теряют интереса к обучению, как учителя с заботой и трепетом поддерживают их, председатель Попечительского совета Фонда Zamin очень тепло поблагодарила педагогов и вдохновила ребят развивать все свои способности и таланты. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Ziroat Mirziyoyeva Quvasoydagi 90-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat va Farg‘onadagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari holidan xabar oldi. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi bolalarning IT oromgohidagi yutuqlaridan hayratlandi, robototexnika va mexatronika bo‘yicha yangi darsliklar bilan tanishib, o‘quvchilar axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida IT ta’limining ahamiyatini va bu sohada zarur ko‘nikmalarni egallash muhimligini ta’kidladi. — Зироат Мирзиёева навестила ребят из специализированной школы-интернат №90 в Кувасае и Ферганской специализированной школы №1. Председатель Попечительского совета Фонда Zamin была впечатлена успехами детей на IT-лагере, ознакомилась с новыми учебниками по робототехнике и мехатронике, подчеркнув важность IT-образования и получения школьниками необходимых навыков для успешного старта в сфере информационных технологий. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
18-aprel kuni Farg‘onada "Yosh fermer" loyihasi doirasida "Eco-schools" xalqaro dasturida ishtirok etuvchi maktablar uchun seminarlar va amaliy treninglar o‘tkaziladi. Maktab o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlarni yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar olib boradi. O‘quvchilarga issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yangi ekologik usullar va texnologiyalarni joriy etish haqida ma’lumot beriladi. Olgan bilimlarini o‘quvchilar ekomaktablar hududlarida o‘rnatilgan issiqxonalarda amaliyotda qo‘llay olishadi. — 18 апреля в рамках проекта «Юный фермер» в Фергане пройдут семинары и практические тренинги для школ, принимающих участие в международной программе «Есо-schools». Занятия со школьниками проведут ведущие международные и национальные эксперты. Ребятам расскажут о внедрении новых, экологических методах и технологиях выращивания сельскохозяйственных культур в теплицах. Полученные знания школьники на практике смогут применить в теплицах, установленных на территориях эко-школ. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Zamin" fondi barchani Ramazon hayiti bilan tabriklaydi! Yaratganning o‘zi ezgu niyat bilan boshlagan barcha ishlaringizga madadkor bo‘lishini, umringizga quvonch va tinchlik ato etishini so‘raymiz. — Фонд Zamin поздравляет всех с Рамазан хайит! Пусть Всевышний благословит все ваши светлые начинания, наполнив вашу жизнь радостью и миром. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Marg‘ilonda "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyasi ochildi. Darslar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha o‘tkaziladi. Shu yerda 14–18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi beshta "Zamin Creative" studiyalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etadi. Bu — yosh fotosuratchilar, dizayner va aktyorlarga bir-biri bilan tanishish, yutuqlarini ko‘rsatish va birgalikdagi ijodiy loyihalarga ilhom bag‘ishlash uchun ajoyib imkoniyat. — В Маргилане открылась инклюзивная творческая студия Zamin Creative. Уроки проходят по трём направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство. Здесь же с 14 по 18 апреля пройдёт творческий фестиваль, на котором свои работы представят все 5 студий Zamin Creative из Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана. Для юных фотографов, дизайнеров, актеров — это отличная возможность познакомиться, показать свои достижения и вдохновить друг друга на совместные творческие проекты. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish" loyihasi doirasidagi o‘quv treninglari davom etmoqda. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan so‘ng Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi audiolog shifokorlari Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida bir qator treninglarni o‘tkazdi. Axborot-amaliy tadbirlar o‘tkazilishi boshlanganidan buyon ularda 81 ta tug‘ruq majmualarining 243 nafar neonatolog shifokorlari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi — tug‘ruq majmualari xodimlarining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatini barvaqt diagnostika qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bu esa davolash va reabilitatsiyani o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi. — Продолжились обучающие тренинги в рамках проекта «Внедрение универсального скрининга слуха новорожденных». После Ташкентского и Кашкадарьинского регионов врачи-аудиологи РСНПМЦ Педиатрии провели цикл тренингов в Сырдарьинской, Самаркандской и Джизакской областях. С начала проведения информационно-практических мероприятий в них приняло участие 243 врача-неонатолога и медицинских сотрудника из 81 родильного комплекса. Целью мероприятия является повышение знаний и навыков медицинских работников родильных комплексов в области ранней диагностики слуха младенцев, что позволяет своевременно начать лечение и реабилитацию. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
В рамках проектов Yashil zamin и Yashil bog‘lar состоялись научно-практические семинары для повышения навыков специалистов в сфере озеленения по организации лечения, ухода и защиты городских насаждений, а также их правильной обрезки и формовки. В мероприятии приняли участие сотрудники Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, НИИ лесного хозяйства, Агентства по карантину и защите растений, Ташкентского ботанического сада им. академика Ф.Русанова, Главного и районного управлений благоустройства хокимията г.Ташкент, представители ПРООН, ФАО и других международных организаций. По проекту Yashil bog‘lar на семинаре были рассмотрены вопросы комплексной организации лечения и защиты растений, использования щадящих препаратов нового поколения, проведена наглядная демонстрация лечения растений методом опрыскивания наружной части насаждений и через корневую систему. Международные эксперты рассказали о миграции болезней зеленых насаждений, влиянии негативных последствий изменения климата на деревья, поделились практическим опытом Европы по защите, обрезке и формовке. Специалисты НИИ Лесного хозяйства, участники проекта Yashil zamin продемонстрировали методы обрезки и формовки для обеспечения правильного развития и роста деревьев. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
"Yashil zamin" va "Yashil bog‘lar" loyihalari doirasida ko‘kalamzorlashtirish sohasidagi mutaxassislarning shahar o‘simliklarini davolash, parvarishlash va himoya qilish, shuningdek, ularni to‘g‘ri butash va va shakl berish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, akademik F.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i, Toshkent shahar hokimligining bosh va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari, BMTTD, FAO va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. "Yashil bog‘lar" loyihasi bo‘yicha seminarda o‘simliklarni davolash va himoya qilishni kompleks tashkil qilish, yumshoq ta’sir qiluvchi preparatlarning yangi avlodidan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi, o‘simliklarni tashqi qismiga purkash va ildiz tizimi orqali davolash usullari amalda ko‘rsatib berildi. Xalqaro ekspertlar o‘simliklar kasalliklarining migratsiyasi, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarining daraxtlarga ta’siri haqida so‘zlab berdilar, himoya qilish, butash va shakl berishda Yevropa amaliy tajribasi bilan bo‘lishdilar. O‘mon xo‘jaligi ITI mutaxassislari, "Yashil zamin" loyihasi ishtirokchilari daraxtlarning to‘g‘ri rivojlanishi va o‘sishini ta’minlash uchun butash va shakl berish usullarini namoyish etdi. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
"Noyob tabiiy meros" loyihasi doirasida "Qishloq xo‘jaligi merosi: kelajak boyligi" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning agroekotizimlarini Jahon ahamiyatidagi qishloq xo‘jaligi merosi tizimlari ro‘yxatiga (GIAHS) kiritish uchun tanlab olish mezonlari haqida so‘z yuritishdi, turli mamlakatlarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalarga misollar haqida ma’ruza qildilar. Nafaqat oziq-ovqat manbai, balki madaniy va tabiiy merosning muhim qismi bo‘lgan an’anaviy qishloq xo‘jaligi usullarini qo‘llab-quvvatlash va saqlashning ahamiyati ta’kidlandi. Ushbu mezonlar asosida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va FAO ekspertlari tomonidan GIAHS ro‘yxatiga kiritish uchun salohiyatli agroekotizimlar katalogi shakllantiriladi. — В рамках проекта «Уникальное природное наследие» состоялся онлайн-семинар на тему «Сельскохозяйственное наследие: достояние будущего». На семинаре международные эксперты рассказали о критериях отбора агроэкосистем Узбекистана для включения в Список систем сельскохозяйственного наследия мирового значения (GIAHS), поделились практическим опытом, рассмотрев примеры успешных проектов, реализованных в разных странах мира. Была подчеркнута важность поддержки и сохранения традиционных методов сельского хозяйства, которые являются не только источником продовольствия, но и ключевым элементом культурного и природного наследия. На основании данных критериев, экспертами Минсельхоза, его подведомственных организаций и ФАО будет сформирован каталог потенциальных агроэкосистем для включения в Список GIAHS. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
"Zamin" fondi, MMTV, SSV va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining "Eshitishni xohlayman!" qo‘shma loyihasi doirasida zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari audiologik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Muntazam audiologik ko‘rik bolalarning qulay muhitda ta’lim olishi va to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash uchun zarurdir. Bugungi kunda Pediatriya markazining audiolog vrachlari Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida o‘quvchilarning diagnostikasini amalga oshirdilar. — В рамках совместного проекта «Хочу слышать!» Фонда Zamin, МДШО, Минздрава и РСНПМЦ Педиатрии проходит республиканский аудиологический осмотр учащихся в специализированных школах-интернатов для детей с нарушениями слуха. Регулярный аудио-осмотр необходим для обеспечения комфортного обучения и полноценного развития ребят. На сегодняшний день врачи-аудиологи Центра Педиатрии провели диагностику учащихся в Ташкентской, Джизакской и Самаркандской областях. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Zamin" fondi barchani ezgu Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi! O‘zbekistonning bahorgi quyoshi hayotingizni nurga va iliqlikka to‘ldirsin. Yaqinlaringiz mehri va e’tibori doimo sizni qurshab turishini, xonadonlaringizda farovonlik, uyg‘unlik va ravnaq hukm surishini tilaymiz. — Фонд Zamin поздравляет всех с добрым праздником Навруз. Пусть ваша жизнь всегда будет наполнена светом и теплом весеннего солнца Узбекистана. Желаем, чтобы вас всегда окружала забота и любовь близких людей, а в домах царили благоденствие, гармония и процветание. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...