cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TATU | Rasmiy kanali

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali 📸https://www.instagram.com/tuit.official/ 🌐 https://tuit.uz 📲 @taturasmiybothttps://t.me/taturektori

Show more
Advertising posts
12 242Subscribers
+1124 hours
+47 days
-8730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#forum #TATU_Olimlari 🌐 Joriy yilning 22-26-aprel kunlari, Belorus poytaxti Minsk shahri, Belorus davlat texnologiyalari universitetida “Uchuvchisiz uchish apparatlari bo’yicha xalqaro yoshlar forumi-2024” tashkil qilindi. ➡️ Dasturda Belorus, Rossiya va bir qator davlatlardan tashrif buyurgan ilmiy muassasalar, soha korxonalari va tashkilotlar qatorida TATU professor-o’qituvchilari va doktorantlari K.Shukurov, Sh.Begmatov, Z.Qodirov, B.To’rayevlar qatnashishdi. Forumning ochilish marosimida Sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti K.Shukurov nutq so’zladi. Shundan so’ng uchuvchisiz uchish apparatlarini iqtisodiyotning turli sohalarida amaliy qo’llash yuzasidan yig’ilish tashkil qilindi. Yig’ilish doirasida, Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi doktoranti Sh. Begmatov, Informatika asoslari kafedrasi assistenti Z. Qodirovlar o’z ilmiy-ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.
Show all...
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversitetining Xotin Qizlar kengashi  tomonidan "Zo'ravonliksiz oila - farovon hayot sari" va "Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish xususidagi qonun" mazmun - mohiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbati bo'lib o'tdi. 💬 Suhbatda Yunusobod tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori M.M.Pirmatova va D.A.Ubaydullaevalar xotin- qizlarni haq-huqlari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, profilaktik suhbat, himoya orderini berish, yordam ko‘rsatish, maxsus markazlarga joylashtirish, zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berilishdi. ✈️@tuituz_official
Show all...
👍 1 1
#live 💻 Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Raqamli texnologiyalarning iqtisodiyot va ta'limdagi o'rni" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tmoqda. 🗒Anjumanni filial direktori Z.Karshiyev tomonidan ochib berildi hamda ma'ruza uchun so'z navbati Sank-Peterburg davlat universiteti texnika fanlari doktori, professor N.Shegolevaga berildi. Xalqaro Anjuman qizg'in tarzda davom etmoqda. 🖼️Xalqaro Anjumandan foto lavhalar 🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati
Show all...
👍 5👀 1
#hackaton 💻 E’tiboringizga 4-5-may kunlari bo‘lib o‘tadigan Hakaton Agendasini taqdim etamiz. 📍Hakaton TATU, E bino 313 xonada bo'lib o'tadi. ❗️Shoshiling, joylar soni cheklangan hoziroq @hakatonuzbot orqali ro’yxatdan o’ting! ✈️@tuituz_official
Show all...
🔥 1
#sport #xotin_qizlar #estafeta 🏆 2024-yil 25-aprel kuni Universitetda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan qizlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, jismoniy faolligini oshirish maqsadida fakultetlar kesimida sport estafetasi tashkillashtirildi. 🏆 O'tkazilgan musobaqa natijasiga ko'ra: 🥇-o'rin Televizion texnologiyalar fakulteti jamoasiga jamoasiga; 🥈-o'rin Dasturiy injiniring fakulteti jamoasiga; 🥉-o'rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasiga nasib etdi. 🎁 Gʼolib boʼlgan jamoalar BQUQ tomonidan sovgʼalar bilan taqdirlandilar. ❗️Sport-qizlar salomatligini mustahkamlash bilan birga ularning dunyoqarashini kengaytirib,tibbiy madaniyatini yuksaltiradi. ✈️@tuituz_official
Show all...
👀 1
♾❗️❗️❗️🏆🏆🏆 Biz IT sohasidagi yulduzlarni izlayapmiz! IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun mo'ljallangan "IT Star" tanloviga start beradi. 🟢Tanlov g'oliblari 40 ta nominatsiya bo'yicha aniqlanadi! 🎚️Biz iqtidorli loyiha menejerlari, marketologlar, dasturchilar, grafik dizaynerlar, IT rekruterlar va IT sohasi bilan bog'liq har qanday yonalishda faoliyat yuritadigan (jurnalistlar, yurist, talaba, o'quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) yulduzlarini ularning yutuqlarini munosib mukofotlar bilan taqdirlash uchun izlayapmiz! ✍️Anketani to'ldiring va tadbir qatnashchisiga aylaning: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeQbTsXLPdqIP2wbwFGvM07f50rXodllA7fhGr0Y2frFoLkUA/viewform ⌛️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 1-may. 🎁G'oliblar 11-may kuni taqdirlanadi. ⚠️ Tanlovda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo BEPUL ishtirok etishlari mumkin.
Iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
Show all...
👍 6🐳 3
#Muhim_sana ⭐️Bugun, 26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun.  🗒Muhammad Yusuf 1954 yili 26 aprel kuni Andijonning Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida oddiy mehnatkash oilada tavallud topgan. Muhammad Yusuf bolaligidan adabiyotga qiziqqan. 1978 yilda Rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ni tamomlagan.
Show all...
🎉 13👍 10 7
#TATU #Marifat_ulashib #adabiy_kecha ✅Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli o’zbek adiblari Chorsham Ro'ziyev, Muhiddin Omon va Nuriddin Aminjonovlar “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi. 👍 Mazkur uchrashuvda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, talabalar teatr studiyasi tomonidan adiblar hayoti yoki asarlari bilan bog‘liq spektakl, adiblar hayoti yoki ijodi bilan bog‘liq film namoyishi etish, @tatu_talabalar_uchun kanalida adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina hamda adiblar bilan fotosessiya tashkil etildi. ✅Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar! Telegram
Show all...
👍 2
Go to the archive of posts