cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Farrukh Saliev | Blog

Bir o’zbek yigitining fikrlari, yutuqlari va hayotidagi boshqa voqealari haqida… 👇 Asosiy kanalim: https://t.me/+dgY2XISEmcEzMzZi

Show more
Uzbekistan30 228The language is not specifiedBlogs17 505
Advertising posts
1 195
Subscribers
-524 hours
-197 days
-8230 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Turmush o’rtog’imni xolam tavsiya qilgan. Uchrashganmiz. Sevishganmiz. Keyin to’y… 😄 Xolamdan bir umr minnatdor bo’lsam kerak. Shunday baxtli oila qurilishiga sababchi bo’lib qoldilar. Ha aytgancha, men deyarki 25 yoshman. U esa mendan ikki yosh kichik.
Show all...
🔥 19👍 6 4❤‍🔥 3🌚 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yulduzlik kasaliga chalinmaganman. 😅 Lichkamda ochilmagan 500+ xabarlar bor. Lekin… Aniq va maqsadli yozilgan xabarlarning barchasini doim o’qishga va javob yozishga harakat qilaman.
Show all...
🔥 17👍 5🤬 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Erkak kishi 18 yoshdan keyin o’z hayotiga o’zi mas’ul bo’lishi kerak deb o’ylayman. Aslida ota-ona o’z farzandiga yomonlik ravo ko’rmaydi. Shunchaki sizga ota-onangiz yetarlicha ishonishmaydi. Sizni mustaqil bo’lib, muvaffaqiyatlarga erishishingizga ularning ishonchi komil emas. Haqiqatdan o’z maqsadlaringizga erisha olishingizga ularni ishontiring. Hamma oilada muhit har xil. Lekin shunday muhit yarating-ki, o’z kelajagingizni hal qilarigan qarorlarni endi o’zingiz qabul qiling. Ota-onangizdan ruxsat so’rash davri o’tdi. Endi ulardan faqat duo so’rang. Kelajagingizni o’zingiz hal qiling. 😊
Show all...
🔥 20👍 6 4🤩 3🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yaxshi savol! Men yaqinda 25 yosh bo’laman. O’tgan yili ya’ni 24 yoshimda uylandim. Agar sharoitingiz to’g’ri kelsa ertaroq uylanishni tavsiya qilaman. Lekin… Agar haliyam ishingiz tayin bo’lmasa, o’zingiz mustaqil yashay olmasangiz, bemalol bir oilani tebrata oladigan darajaga chiqmagan bo’lsangiz bir narsa deya olmayman. Aslida asosiy mummo daromad emas, aksincha yo’nalishdir. Ya’ni haliyam o’z sohangizni topmagan bo’lsangiz, haliyam hayotdagi yo’lingizni topishda ikkilanayotgan bo’lsangiz avval shuni hal qilishingizni tavsiya qilardim. Oila qurganingizdan so’ng xohlaysizmi yo’qmi yaqinlaringiz uchun katta insonga aylanasiz. Hatto ota-onangiz ham sizga katta insonlardek munosabatda bo’lishni boshlaydi. Ya’ni har qanday mas’uliyatni bo’yniga ola oladigan shaxs sifatida shakllangan bo’lishingiz shart. Chunki Alloh nasib qilsa ota bo’lasiz. Bunga ham tayyor bo’lishingiz kerak.
Show all...
👍 37🔥 7
Bir savol-javob qilmaymizmi? 👀 Anonim savollaringiz bo’lsa quyidagi link orqali jo’nating: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=596df944dcea40 Qiziq savollar bo’lsa, shu yerda javob beraman.
Show all...
6🔥 3👍 1❤‍🔥 1
Ko’p narsalar yozgim kelayapti. Lekin shu kunlarda judayam bandman. 🥲 Hozirgi kunda yangi ofisimni ta’mirlash ishlari bilan bandman. Yangi jihozlar olayapman. Xullas, asosiy vaqtim shunga ketmoqda… Alloh nasib qilsa shu hafta ishlar tugab qoladi. Keyin yana ijodni boshlayman. Xudo xohlasa yanada katta shijoat bilan boshlayman! 😊
Show all...
14👍 7🔥 4 2
Photo unavailableShow in Telegram
Deyarli bir oydan beri har kuni uxlashimdan oldin nimadur o’rganaman. Kitob, podkast, videokurs va boshqa usullar orqali o’zimga foydali mavzularda yangi ma’lumotlar olaman. Agar kun davomida yangi narsa o’rganmasam xuddi kunim bekor ketgandek hissiyot paydo bo’ladi. Sizda ham shundaymi?
Show all...
30 14👍 7💯 1
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Yangi ofis oldik! 🥳 Avvalgi ofisimiz shaharni chekkarog’ida kichkinagina bir xona edi. Bu safar shahar markazidan kengroq ofis oldik. Endi ta’mirlash ishlarini boshlab, tez orada o’zimiz uchun moslab olamiz… Bu yangi ofisimiz menga va jamoamga xayrli bo’lsin. Alloh nasib qilsa hali katta ishlarni qilamiz! 😇
Show all...
👍 28🔥 7 6 1🤩 1🕊 1
Do’stlar, bir yangilik… 😇
Show all...
21 8👍 7🥴 3🌚 2
Hammasiga yechim - ta’lim Bu yilgi maqsadlarim orasida $100,000+ daromad qilish bor. Men bilimga tikilgan investitsiya kamida 10x bo’lib qaytib keladi deb hisoblayman. Demak, men $100,000 daromad qilishim uchun $10,000 bilimimga investitsiya qilishim kerak. Masalan, shu yanvar oyini o’zida bilimimga $300+ pul sarfladim va bu oydagi daromad hozircha $10,000+ bo’ldi. Xudo xohlasa yil oxirigacha bilimimga kamida $10,000+ sarflashni reja qilganman. Katta daromadga chiqib ishingizda yuksalmoqchimisiz? Demak, bilimingizdan pul ayamang! @farrukhsaliev
Show all...
19🔥 8👍 6 1😍 1🤣 1
Bu yil uchun yana bir katta maqsad qo’ydim: ✅ Tizimlashtirish. Umuman olganda barcha bizneslar uchun eng qiyin jarayon shu bo’lsa kerak deb o’ylayman. Katta bizneslarni bilaman, haliyam muayyan tizim mavjud emas. Biznes egasining o’zi kichik va arzimas ishlarni ham o’zi qilib yuradi. Qiyin jarayon, ammo shu tizimlashtirish uchun ko’p vaqtimni va mablag’imni sarflashga tayyorman. Alloh nasib qilsa yil oxirigacha shu narsani qilishga harakat qilaman.
Show all...
👍 22 4😍 3❤‍🔥 2🏆 2🤣 1
Shu kunlarda ko’pchilik bilan suhbat qilayapman. Fevralda boshlanadigan offline kursimga nomzodlar bilan har kuni meeting’lar bo’lmoqda. Umumiy 20 ta o’quvchi qabul qilaman. Bir nechta o’rinlar qoldi. Avvalgi guruhimda natijalar zo’r bo’lgan edi. Keyingisida undan ham zo’r bo’lishiga ishonaman. Kursimga qabul qilinayotganlar $1000-$3000 to’lab, o’z bilimiga investitsiya qilishmoqda. Alloh nasib qilsa kursda nafaqat bilim, balki kuchli networking ham bo’ladi. 😊
Show all...
❤‍🔥 24👍 15🔥 5 1👏 1🌚 1🤨 1🍓 1
Dunyoda hamma nimadir sotadi. Insonlar odatda 3 xil narsani sotadi: xizmat, mahsulot, vaqt. Agar siz faqat vaqtingizni sotsangiz katta ehtimol boy bo’la olmaysiz. Deylik, kuniga 10 soat ishlaysiz va $1000 olasiz. $3000 topishingiz uchun esa 30 soat ishlashingiz kerak. Bu esa imkonsiz. Chunki sizda faqat 24 soat bor. Vaqtingiz chegaralangan demak chegaralangan miqdorda pul topa olasiz xolos. Xizmat yoki mahsulotni esa cheksiz* miqdorda sotsa bo’ladi. Vaqtni sotish nisbatan oson. Xizmat yoki mahsulot sotish esa qiyin. Agar siz faqat vaqtingizni sotsangiz, xizmat yoki mahsulot sotish haqida ham o’ylab ko’ring. Siz hozir nima sotasiz?
Show all...
🔥 32 6 4👍 2👏 1
Sotishni yaxshi ko’raman. Bolaligimda oilaviy kichik biznesimiz bor edi. Uyimiz yonida sabzavot va mevalar sotardik. Maktabdan kelganimda ba’zida “bozorcha”mizda bir o’zim qolardim va sotardim. Har safar sotuv qilib pulini olsam maza qilardim. Hozirda ham o’zimni xizmatim va mahsulotimni sotayotganimda maza qilaman. Dunyoda 8 milliard inson bo’lsa, aslida barcha sotishi kerak. Agar biror narsa sotmas ekansiz, katta ehtimol boy bo’la olmaysiz. Hammada sotadigan narsa bo’lishi shart (bu haqida keyinroq batafsil post yozaman).
Show all...
👍 35 6🔥 5😁 3🕊 2🎃 2🍓 1
Nega ko’pchilikni tasavvurida odatda boylar yomon, kambag’allar esa yaxshi insonlar? Bolaligimizda o’qigan asarlarda, ertaklarda, romanlarda ham shunday edi. Doim boylar yomon bo’lib tasvirlangan, kambag’allar esa juda yaxshi insonlar edi. Nega teskarisi bo’lmagan? Boy bo’lish uchun yomon inson bo’lish shart emas-ku? Nega yaxshi insonlarni boy qilib tasvirlanmagan? Qiziq… 😅 Sizga ham tanishmi bu holat?
Show all...
👍 44😁 9🤔 4🤨 3🥱 2 1💯 1😈 1
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣0️⃣0️⃣🔤 Xursandchiligimni sizlar bilan ham ulashgim keldi-da! 🥳 Kech bo’lganda yozib bezovta qilgan bo’lsam uzr. Bugun juda ko’p yozib yubordim o’zi. 🙈
Show all...
39👍 14👏 7🎉 7🔥 5 2🕊 2🍓 1🍾 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nihoyat, 7 ta odam qoldi… 😅 Dekabr oyida 30,000+ auditoriya olib kirdim. Traffik olib kirish bo’yicha o’rgangan bilimlarim bekor ketmadi!
Show all...
🔥 12👍 7🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
99.9K… Bugun 100K bo’la olamizmikan yoki ertaga qolarmikan? 🤩🙈
Show all...
🔥 27👍 8 2🕊 2🤨 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hozir xarajatlarimni hisoblasam, so’nggi 3 oyda $10,000+ xarajat qilibman. Balki undan ham ko’pdir chunki naqd xarajatlarimni deyarli hisoblamayman. Talabalik paytlarimni sog’indim. 500 ming so’m stipendiyamga bir oy mazza qilib yashardim. Eh…
Show all...
26😁 13👍 5🔥 1🕊 1
O’tgan yili shu postga o’xshash narsa hayotimda sodir bo’lgan edi: Magistraturaga davlat granti bilan o’qishga kirgan edim. Biroz o’qidim va o’qishni tashlab ketdim. Nima uchun deb o’ylaysiz? Fikrlaringizni izohda qoldiring. 🤭
Show all...
17🐳 6🔥 2👍 1
Universitetda o’qiydigan paytim o’qishni bitirguncha qilgan maqsadlarimdan biri chet elga ketish edi. Xayolimda chet elga borsam, hayotim butunlay o’zgarardi, muvaffaqiyatli bo’lib ketardim, boyib ketardim, zo’r ishga kirardim. Abiturientlarda ham shunday xayollar bor. Universitetga kirsa hayoti butunlay o’zgarib ketishiga ishonadi. Aslida unday emas. Biror joyga borish sizni muvaffaqiyatli qilmaydi. Hayotingizda o’zgarish qilmaydi. Sizni o’zgartiradigan va sizni muvaffaqiyatga yetaklaydigan narsa bu - insonlar. Shunchaki sizdan muvaffaqiyatli, sizdan yaxshi, sizdan boy insonlar bilan tanishib, networking’ni yaxshilang. Shunda ko’rasiz hayotingiz qanchalik o’zgarishini. Eng zo’r universitetlarda o’qib haliyam hayotda yo’lini topolmay yurganlar bor. Amerikalarga borib hech narsani eplolmay qaytib kelganlar bor. ⚡️ Sizni joy emas, insonlar o’zgartiradi. @farrukhsaliev
Show all...
33🔥 10👍 7🥰 4
Men yoshligimdan doktorlardan qo’rqqanman negadir. Meni doktorga olib borishmoqchi bo’lishganida boshqa bahonalar bilan aldab olib borishardi. Shifoxonalarni hididan ham ko’nglim aynib mazam qochib qolardi (qo’rquvdan shekilli). 😅 Katta bo’ldim… Aylanib o’rgilib aynan tibbiyot sohasidagi qizga uylandim. Endi tushundim. Doktorlar aslida uncha qo’rqinchli emas ekan. 😁
Show all...
🤣 93😁 14 7👍 6😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
Turmush o’rtog’im imtihoniga tayyorgarlik ko’rayotgan ekan. Qani nima ekan deb o’qib ko’rsam… Bu matnlarni o’qishdan avval har bir so’zini tarjima qilib chiqishim kerak ekan. 😅
Show all...
😁 73🤣 35🤯 7👍 3🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
O’tgan yili bir seminarga borganimda havas qilgandim. Men ham qachondir shunday seminar qilaman deb niyat qilib qo’ygandim. Allohga shukr bugun shu niyatim amalga oshdi. 250 tacha insin 3 soat davomida meni tinglashdi. Bu men uchun katta yutuqlardan biri bo’ldi!
Show all...
42👍 16❤‍🔥 6🕊 6🔥 3🎉 2 1😍 1
Ba’zi kuzatuvchilarimizdan sovg’alar keldi. Juda xursand bo’ldim. 🥲😍
Show all...
🤩 31👍 8👏 5 3🕊 2🎉 1🍓 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
🥳 Seminarimiz tugadi! Qanday bo’ldi? Iltimos, reaksiyalar bilan taassurotlaringizni ko’rsating! 😍
Show all...
👍 47 15👏 7🤬 3🥴 2😴 2🔥 1🕊 1😍 1🍓 1
Ertaga birinchi seminarim. Biroz hayajon bor. Lekin Alloh nasib qilsa uddalaymiz! Meni duo qilib tursangiz bo’ldi. 😇 Ha aytgancha, VIP qatorda bir nechta bo’sh o’rinlar bor. Meni nomimdan adminga yozsangiz ertaga seminarda bepulga ishtirok etasiz: @farrukhsaliev_admin
Show all...
33👍 15👏 4💯 1
14-yanvar kuni “shaxsiy brend” bo’yicha offline seminar qilayotganimdan xabaringiz bor. Bu yerdagilarga chegirma bermasam bo’lmaydi. 😅 Xullas, quyidagi saytga kirib seminar haqida batafsil tanishib chegirma narxda ro’yxatdan o’tsangiz bo’ladi: 👉 http://saliev.uz
Show all...
👏 14 5👍 5 1🤨 1
Premium’chilar bormi? Kanalni boost qilaylik, onda-sonda stories qo’yib turaman… 👀 https://t.me/farrukhsaliev?boost
Show all...
👍 23 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
🤩 Keyingi hafta SHAXSIY BREND bo’yicha 300 kishilik offline seminar o’tayapman. 😌Qatnashadiganlar bormi?
Show all...
43👍 20🔥 5🤩 3🤬 2🤔 1
Bugun do’stlarim bilan bir turkcha restoranga kirdik. Restoran juda zo’r marketing strategiya qo’llar ekan. Restoran egasining o’zi har bir stolga borib xo’randalardan taassurotlarini eshitib chiqar ekan. Shuningdek, biz ketayotgan paytimizda ham yana shaxsan o’zi kelib fikrlarimizni so’rab xayrlashib ketdi. Bu tasodifmi yoki biz yangi mijozlar bo’lganimiz uchun ataylab qilishdimi bilmadim-ku lekin endi aniq ushbu restoranga yana qaytib kiraman. 😅
Show all...
👍 67 12🔥 9🐳 6😈 2😁 1
✅ 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ - $100,000 sof foyda qilish; - $30,000+ lik mashina sotib olish; - Instagram’da 500K bo’lish; - YouTube’da 100K bo’lish; - Telegram’da 50K bo’lish; - Jamoamga 20+ xodim olish; - Sog’lom hayotga amal qilish. Haftada kamida 2 marta sport bilan shug’ullanish; - Networking. Sohamdagi 10 ta kuchli mutaxassis bilan yaqindan tanishish; - Kamida 12 ta kitob o’qish; - 3 ta qimmat kursda o’qish; - Qatar, Dubay, Misr va Turkiyadan kamida bittasiga sayohatga chiqish; - Ota-onamni Umra ziyoratiga jo’natish; - 1000 ta o’quvchiga dars o’tish; - O’z kitobimni yozish. (Yangi maqsadlarim paydo bo’lsa yana qo’shib qo’yaman) @farrukhsaliev
Show all...
👍 56 19🔥 9❤‍🔥 5👏 4🤯 3
Maqsad qo’yish Maqsadlaringiz haqida o’ylashdan avval bir tajribani o’zingizda qo’llang. Bir qog’oz oling va quyidagi 7 ta yo’nalishni yozing: PUL, KARYERA, SALOMATLIK, MUNOSABAT, BILIM, SAYOHAT, YAXSHILIK. Endi har bir yo’nalishga o’zingizni aldamasdan 10 ballik shkalada ball berib chiqing. Ya’ni qaysi yo’nalishda hozir qanchalik muvaffaqiyatlisiz… Masalan, siz bu yil juda ko’p pul topdingiz. Demak, PUL - 10 ball. Bu yil hech qayerga sayohat qilmadingiz va SAYOHAT - 0 ball. Hammasini to’ldirganingizdan keyin natijalarga qarang va qaysi yo’nalishda ball kam bo’lsa, o’sha yo’nalishlarga ko’proq maqsadlar qo’yavering. Haqiqiy muvaffaqiyatli inson faqat bir yo’nalishda emas, balki hayotining hamma jabhalarida balansga erishishi kerak. @farrukhsaliev
Show all...
27👍 10🔥 6❤‍🔥 2🤨 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maqsad qo’yish hammaning qo’lidan keladi. Shunchaki xayolingizga kelgan maqsadlarni yozib tashlayverasiz, shunday emasmi? Ammo unga erishish-chi? O’zi aynan qanday maqsadlar qo’yish kerak? Maqsad sari qanday harakat qilish kerak? Shu haqida post yozaymi? Yoki shart emasmi? 🤔
Show all...
👍 49🔥 8 6❤‍🔥 3
🚀 2023-yil sarhisobiErishganlarim: 1️⃣Oila qurdim. Men uchun eng katta muvaffaqiyatlarimdan biri bo’ldi. 2️⃣Shaxsiy mashinamni sotib oldim. 3️⃣Bir nechta davlat tashkilotlaridan ish takliflari oldim ammo rad qildim. O'z biznesimga e'tibor qaratdim. 4️⃣Biznesimni kengaytirdim. Ofis oldim. Ishimga ko’p investitsiya kiritdim. Yangi texnikalar sotib oldim. Mijozlarim soni oshdi. 5️⃣Yangi kurslarda o'qidim. Ko’p bilim oldim. O’z bilimimga investitsiyalar qildim. 6️⃣Umrim davomidagi eng katta moliyaviy erkinlikka erishdim. 7️⃣Instagram’da faol bo'ldim va 90,000+ obunachi yig'dim. 8️⃣Self-marketing bo'yicha telegram kanalimda 8000+ inson yig'dim. 1️⃣0️⃣Self-marketing bo’yicha offline kursimni ochdim. O’quvchilarim zo’r natijalar ko’rsatishdi. 1️⃣1️⃣Hayotda o'z yo'limni topdim va bu eng katta muvaffaqiyatlarimdan biri bo'ldi! 🚫 Erisha olmaganlarim: ➖Malibu 2 mashinasini ololmadim. Ulgurmadim. Alloh nasib qilsa bundan yaxshiroq mashinani 2024-yilda olaman. ➖Chet elga sayohatga chiqolmadim. Ulgurmadim. 2024-yilda nafaqat o'zim balki oilamni ham chet elga olib chiqmoqchiman. ➖Yangi uy sotib ololmadim. Uyga ehtiyojim yo'qligi sababli bunga deyarli harakat qilmadim. 2024-yilda Xudo xohlasa olaman. ➖Kitob yozolmadim. Nasib qilsa 2024-yilda amalga oshadi. 👀 Siz qaysi maqsadlaringizga erishdingiz va qaysilariga ulgurmadingiz? @farrukhsaliev
Show all...
👍 44 8❤‍🔥 2
Shu musiqani tinglab 2023-yilni sarhisob qilayapman…
Show all...
👍 11 3🍾 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kecha $1500+ ga yangi texnikalar oldik. Ana endi YouTube kontentlarni boshlasak bo’ladi. Podkast qilsammikan? Qanday idealar berasiz? 🎁 Eng zo’r idea bergan insonga 100,000 so’m sovg’a. @farrukhsaliev
Show all...
28👍 13🔥 3🎃 1
Repost from N/a