cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

💻 Kompyuter sirlari ™💻

┃● ══ ⊙°° ┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃ 🔘 ┃ Bot: @ehaker_bot Guruh: @HakerlikSirlari_group Aloqa: @HakerSms_bot Reklama: @Foydali_ReklamaTv

Show more
Uzbekistan29 251The language is not specifiedTechnologies & Applications
Advertising posts
469
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-330 days
Posts Archive
01:54
Video unavailableShow in Telegram
#LiveTranslation AI til to‘siqlarini buzib tashlamoqda Tasavvur qiling-a, boshqa tilda gaplashadigan odam bilan hech qanday til to‘sig‘isiz suhbatlashishingiz mumkin. Sun’iy intellekt (AI) yordamida erishish mumkin. Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan jonli tarjima texnologiyasi nutqni bir tildan ikkinchi tilga bir zumda tarjima qilishi va hatto lablaringizni tarjima qilingan so‘zlar bilan sinxronlashtirishi mumkin. Agar siz turli-xil tilarda gaplashsangiz ham, tabiiy va ravon suhbatlashish imkonini beradi. link: https://labs.heygen.com/video-translate
Show all...
🤔 1🤯 1
Repost from Sessiya UZ
Clickdan aksiya. Aynan shu promokodlarni kiritgan holda 2barobar koʻp sovringa ega boʻlasiz. EYQCUD
Show all...
O‘zbekistonda internet orqali tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, bugungi kunda internet tarmog‘idan foydalangan holda shaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt va kanallarini zararli dastur yuborish orqali bloklab (to‘sib) qo‘yish, maʼlumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, pul talab qilish yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari yuzaga kelmoqda. Shuningdek, raqamli texnologiyalar makonida qonunga xilof ravishda kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanish, anonim kripto-aktivlar mayningini amalga oshirish hamda mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchisining ruxsatisiz o‘zgartirish kabi huquqbuzarlik holatlari ko‘payib boryapti. Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan internetda tovlamachilik, noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi va mayningi bilan shug‘ullanganlik uchun jinoiy javobgarlik hamda mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchisining ruxsatisiz o‘zgartirish, shuningdek, ushbu maqsadda maxsus dasturlar ishlab chiqish, o‘tkazish yoki ulardan foydalanish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Qonun tashabbuskorlarining maʼlum qilishicha, noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi va mayningi bilan shug‘ullanganlar, agar ularni tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan bo‘lishsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qonun loyihasini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish bo‘yicha bir qator asosli takliflar berilgan. Loyihadagi ayrim normalar yuzasidan turli savollar ko‘tarilgan va ularga mutasaddilardan atroflicha javoblar olingan. Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, deputatlar qonun loyihasining zaruratini hisobga olib, uni birinchi o‘qishda qabul qilgan. @HakerlikSirlari
Show all...
“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berishda tizimga xakerlik hujumlari kuzatildi. “Tashabbusli budjet”ning 2023-yil ikkinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish 27-avgustdan boshlangandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilganiga izoh berildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotiga ko‘ra, ovoz berishda texnik muammolar kuzatilayotgani bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan ayrim eʼtirozlar bildirildi. Ushbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravishda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qo‘yilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar ro‘y berdi. “Hozirda barcha zaruriy texnik choralar ko‘rilib, axborot portali faoliyati mo‘tadillashtirilganini maʼlum qilamiz” — deyiladi xabarda. Ushbu mavsum doirasida respublika bo‘ylab jami 49,5 mingta loyiha ilgari surilgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Surxondaryo bo‘yicha – 12,3 mingta, Toshkent shahrida 4,0 mingta, Qashqadaryo viloyatida 3,6 mingta va Farg‘ona viloyatida 3,4 mingta loyiha ilgari surilgan. Joriy mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Ovoz berish jarayonlari 16-sentabrgacha davom etadi.
Show all...
Gladiatorlar jangi. Ilon Mask Mark Sukerbergga qarshi jang Rimda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Milliarder Ilon Maskning Meta asoschisi Mark Sukerbergga qarshi jangi Rimda bo‘lib o‘tadi. “Jang Sukerberg bilan birgalikdagi (UFC bunda ishtirok etmaydi) fondimiz homiyligida bo‘lib o‘tadi. Jonli efir esa X (avvalgi nomi Twitter) va Meta’da bo‘ladi. Tomoshabinlar zamonaviy emas qadimgi Rim muhitidan bahramand bo‘ladi. Italiya bosh vaziri va madaniyat vaziri bilan gaplashdim. Ular antik joyda jang o‘tkazilishiga rozi bo‘ldi”, — deb yozdi Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda. Eslatib o‘tamiz, Sukerberg Twitter’ga (hozirda X) raqobatchi Threads tarmog‘ini ishga tushirgach, Mask Meta asoschisiga qarshi jang e’lon qildi. Ya’ni 51 yoshli Mask havaskorlar o‘rtasidagi braziliyacha jiu-jitsu turnirida g‘olib chiqqan 39 yoshli Sukerbergni “qafasdagi jang”ga chaqirdi. Sukerberg chaqiriqni qabul qilib, jang bo‘ladigan manzilni jo‘natishni so‘ragan. Maskning onasi Mey Mask Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg bilan o‘g‘li o‘rtasidagi jangni bekor qilganini aytgan. U tomonlar o‘rtasidagi bahs gap orqali hal bo‘lishini ilgari surgan. Ilon Mask uni jangga UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov tayyorlashini xohlagan. Biroq Habib mazkur taklifni rad etgan, sababi esa ochiqlanmagan
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Moviy qush 🐦 endi yoʻq! Twitter ijtimoiy tarmogʻi X.com’ga oʻzgardi. @HakerlikSirlari
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi Neyron Tarmoq Claude AI bilan suhbatlashib, ChatGPT'ga nisbatan biroz aqlliroq tuyulmoqda, lekin O'zbek tilini bilmasligi yomon ekanda😁 Ha aytgancha ushbu Neyro Tarmoqdan ro'yhatdan o'tish uchun sizga hech qanday telefon raqam kerak bo'lmas ekan, shunchaki Elektron Poshtangiz bo'lsa bas. (a) infinite code
Show all...
9ta eng yaxshi tekin video material uchun saytlar 1. wedistill.io 2. coverr.co 3. pexels.com 4. stockio.com/free-videos 5. mazwai.com 6. videezy.com 7. lifeofvids.com 8. motionplaces.com 9. videvo.net
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Twitter raqobatchisi Threads ishga tushdi. Birinchi soatlarda unga 5 mln foydalanuvchi qo‘shildi Dasturni 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin. threads.net
Show all...
Rossiya FXX Telegram va qator messenjerlardagi yozishmalarni kuzatishni o‘rganib oldi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va politsiyasi Telegram, Signal va WhatsApp shifrlangan messenjerlarida yozishmalarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Razvedka xizmatlari akkaunt egasi kim bilan, qayerda va qachon muloqot qilayotganini aniqlay oladi, lekin xabarlarning o‘zini o‘qiy olmaydi. Bu haqda FXX uchun texnologiya yetkazib beruvchi rossiyaliklarning hujjatlarini qo‘lga kiritgan The New York Times xabar berdi. Gazetaning yozishicha, Rossiya rasmiylari so‘nggi yillarda internetda “o‘zgacha” fikrlarga qarshi kurashish vositalarining katta arsenalini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan, buning hisobiga Rossiya “qisqa fursatda Xitoy va Erongacha yetib boradi”. Urush va urushdagi raqiblariga qarshi kurashish istagi xavfsizlik kuchlarining ushbu texnologiyalarga bo‘lgan talabini oshirdi va yangi kuzatuv tizimlarini ishlab chiqishga turtki bo‘ldi, deb yozadi NYT. Bu bozor yetakchilari orasida bir paytlar Alisher Usmonov qisman nazorat qilgan “Sitadel” kompaniyasi ham bor. Ruslar uchun eng xavfli ishlanma, NYT ma’lumotlariga ko‘ra, “Sitadel”ning sho‘ba korxonalaridan biri “MFI Soft” tomonidan ixtiro qilingan NetBeholder dasturidir. U WhatsApp, Signal yoki Telegram messenjerlarining shifrlangan trafigi qayerga yuborilganini kuzatish imkoniyatiga ega. Masalan, dastur foydalanuvchi kim bilan, qachon va qayerda gaplashayotganini, xabarga fayl biriktirilganini aniqlashi mumkin. Ilgari bu ma’lumotni faqat dastur ishlab chiqaruvchilaridan olish mumkin edi. NetBeholder’ning yana bir xususiyati bir kishining bir nechta telefondan foydalanayotganini aniqlash, shuningdek, ushbu telefonlarning kontaktlarini boshqa odamlarning gadjetlari bilan xaritalash imkonini beradi. Bundan tashqari, dastur operatorlari ma’lum bir kunda qaysi telefonlar bitta joyda bo‘lganini aniqlashi mumkin. Dastur, shuningdek, foydalanuvchi Rossiyaning qaysi hududidan ekanini, chet ellik bo‘lsa, qaysi mamlakatdan kelganini aniqlash imkonini beradi. Signal, Telegram va WhatsApp yaratuvchilari bunday kuzatuvdan unchalik himoyalanmagan. Shifrlash ma’lum xabarlar almashinuvini yashirishi mumkin, ammo u almashinuv haqidagi ma’lumotlarni bloklay olmaydi, deb tushuntiradi gazeta. Buni kompaniyalarning o‘zi ham tan olmoqda. Ta’rifi keltirilgan ayrim kuzatuv vositalari allaqachon Rossiyadan tashqariga tarqala boshlagan. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, shuningdek, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Amerikada sotishni maqsad qilgan. Yanvar oyida Citizen Lab Rossiya ishlanmalari Eronda va Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida allaqachon qo‘llanilayotganini xabar qilgan edi. Fevral oyida AQSH tezkor-qidiruv faoliyati funksiyalarini ta’minlash uchun texnik vositalar tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan bir qator kompaniyalar va rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar kiritdi. AQSH rasmiylariga ko‘ra, bunday tizimlar “norozilikni bostirish” uchun ishlatiladi, “Sitadel” kompaniyasi esa ushbu tizimlar bozorining 60-80 foizini egallaydi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O’zbekistonda yangi mobil operator (oq nomli)paydo bo’lishi kutilmoqda. @HakerlikSirlari
Show all...
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
Show all...
Google smartfonlaridan kompyuter sifatida ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Google Pixel 8 va Pixel 8 Pro smartfonlari USB-C orqali monitor va televizorlarga ulash va shaxsiy kompyuter sifatida foydalanish imkonini beruvchi DisplayPort funksiyasiga ega bo‘ladi. DisplayPort rejimida Pixel 8 va Pixel 8 Pro smartfonlari USB-C orqali nafaqat video, balki audioni ham uzata oladi. AndroidAuthority ushbu funksiyadan foydalanish istiqbollari “cheksiz” ekanligini yozdi. Nashrning yozishicha, Google birinchi navbatda shaxsiy kompyuter o‘rniga smartfondan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Piksel qurilmalari allaqachon klaviatura va sichqonchani qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun ularni yengil ofis ishlarini amalga oshirish va media fayllarni ochish uchun ishlatish mumkin. AndroidAuthority’ning yozishicha, smartfondan shaxsiy kompyuter sifatida foydalanish qulayroq bo‘lishi uchun Google ularga “ish stoli” rejimini integratsiya qilishi mumkin. U Samsung DexP’ga o‘xshab, Android interfeysini sichqoncha va klaviaturani boshqarish uchun moslashtirish imkonini beradi.
Show all...
Ilon Maskning onasi uning Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi. Amerikalik milliarder Ilon Maskning onasi Mey Mask Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg bilan o‘g‘li o‘rtasidagi jangni bekor qilganini aytdi. Mask va Sukerberg Las-Vegasdagi oktagonda orani ochiq qilib olishga kelishishgandi. “Aslida men jangni bekor qildim. Men ularga hali aytmadim. Lekin har ehtimolga qarshi jang bekor bo‘lganini aytib qo‘ymoqchiman”, — deb yozdi Mask xonim Twitter’da. Mey Maskning qo‘shimcha qilishicha, Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘rtasidagi duel faqat gap orqali bo‘lishi kerak. “Kimni gapi qiziqroq bo‘lsa, u g‘alaba qozonadi”, deya qo‘shimcha qildi u. Bunga Ilon Mask smaylik bilan munosabat bildirdi. Avvalroq, Mask Twitter’da Sukerberg bilan orani ochiq qilib olish uchun oktagonda jang qilishga tayyor ekanligini aytdi. Sukerberg Maskning taklifiga Instagram’dagi stories’da “Menga jang joyini yubor”, degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask. Ma’lum qilinishicha, Meta kompaniyasi Twitter’ga raqobatchi dasturni ishga tushirish niyatida ekani haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, Ilon Mask Mark Sukerbergni jangga chaqirgan.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Mark Sukerberg Ilon Maskning oktagonda o‘zaro orani ochiq qilib olish bo‘yicha taklifini qabul qildi. Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg Twitter egasi Ilon Maskning ringdagi qoidalarsiz jangda o‘zaro orani ochiq qilib olish bo‘yicha taklifini qabul qildi. Nashrning yozishicha, Meta Twitter’ga raqobatchi ilovani ishga tushirish niyatida ekani haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, Ilon Mask Mark Sukerbergni ringga chaqirgan. “Agar Sukerberg rozi bo‘lsa, men u bilan oktagonda jang qilishga tayyorman”, — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida. Sukerberg Maskning taklifiga Instagram’dagi stories’da “Menga jang joyini yubor” degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask. Meta’ning Twitter’ga o‘xshash ilovani ishga tushirmoqchi ekanligi haqida 8-iyun kuni The Wall Street Journal tomonidan e’lon qilingandi. @HakerlikSirlari
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
LinkedIn SpaceX kompaniyasiga ishga kirgan 14 yoshli bakalavr darajasiga ega dasturchi Kyren Kvazini blokladi. Platforma qoidalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faqat 16 yoshdan oshgan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beradi. Shunday qilib, Kvazi u orqali professional aloqalar o'rnatish uchun juda yosh edi va uning profili endi bloklangan. Kvazi platformaning harakatlaridan xafa. U dunyodagi eng orzu qilingan muhandislik ishlaridan birining mezonlariga javob berganini, ammo professional ijtimoiy tarmoq mezonlariga javob bermasligini ta'kidladi. Uning fikriga ko'ra, LinkedIn qoidalarida juda kam moslashuvchanlik va haddan tashqari kattalar - bu yoshni kamsitishning bir turi, yoshlar faqat yoshi tufayli kattalardan qandaydir darajada past ekanligiga ishonish.
Show all...
Kompyuter sichqonchasining dumaloq qismi nimalar qila oladi? #foydali #informatika Hozirgi sichqonchalarning chap va o'ng tugmasidan tashqari, ularning o'rtasida dumaloq qismi ham mavjud. Bu qismni siz nafaqat aylantirishingiz, balki bosishingiz ham mumkin. Ko'pchilik, sichqonchaning bu imkoniyatidan foydalanmaydi, balki bilmas, quyida ushbu aylanadigan tugma nimalar qila olishini yozib o'taman: — Dumaloq qismni aylantirish orqali, uzun sahifalarni quyi va yuqoriga o'tkazishingiz mumkin; — ushbu qismni aylantirmasdan, balki bosib, va sekin sichqonchani yuqori va pastga sursangiz, uzun sahifalar avtomat o'tishni amalga oshiradi. — brauzerlar vkladkasini, sichqonchani dumaloq qismini bosgan holda yopish mumkin(vkladkani istalgan joyida bosilsa, yopilaveradi, x tugmani bosish shart emas); — CTRL tugmasini ushlab turgan holda, sichqonchani dumaloq qismini aylantirish orqali, yozuv yoki ob'yektlar o'lchamini o'zgartirish mumkin; — Internet saytlaridagi havolalarni, sichqonochaning dumaloq qismini bosgan holda, yangi vkladkada ochish mumkin; — brauzerlarda, "Назад" tugmasini, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, oldingi sahifa alohida vkladkada ochiladi; — brauzerning, "Обновить" tugmasi, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, shu sahifaning yangilangan holati, yangi vkladkada ochiladi.
Show all...
Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi Amerikaning Apple korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Kantar tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari dunyoning eng qimmat TOP 100 brendlari reytingini e’lon qildi. Reytingga ko‘ra, Apple brendining umumiy kapitallashuvi 2023-yilda 7 foizga kamayib, 880 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiya qiymati 947 milliard dollardan 67 milliard dollarga kamaydi. Ammo Apple kapitallashuvi ko‘rsatkichlari pasaygan yagona kompaniya emas. Dunyodagi yuzlab eng qimmat brendlarning umumiy qiymati yillik hisobda birdaniga 20 foizga, yaʼni 6,9 trillion dollargacha kamaygan. Reytingda ikkinchi o‘rinni yana bir Amerika kompaniyasi — Google qo‘lga kiritdi. Yil davomida brend kapitallashuvi Apple’nikidan ham ko‘proq —30 foizga kamayib, 577,7 milliard dollarni tashkil qildi. Uchlikni Microsoft transmilliy kompaniyasi yopdi. Texnologik gigantning kapitallashuvi 18 foizga pasayib, 501,9 milliard dollarni tashkil qildi.
Show all...
Shimoliy koreyalik hakerlar raketa dasturini moliyalashtirish uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irladi Shimoliy Koreya hakerlari besh yil ichida kripto hujumlar orqali 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan. AQSH rasmiylarining aytishicha, bu pullar Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirish dasturining qariyb 50 foizini moliyalashtirish uchun sarflanmoqda. Blokcheyn o‘yinlarini ishlab chiqaruvchi Sky Mavis studiyasi kiberhujum qurbonlaridan biriga aylandi. Kompaniya xodimlaridan biri yangi ish qidirish jarayonida, LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ida o‘zini ish beruvchi deb tanishtirgan shaxs bilan bog‘langan, telefon orqali suhbatdan so‘ng “ish beruvchi” arizachiga hujjat yuborgan. Fayl “troya oti” bo‘lib chiqdi, bu Shimoliy Koreya hakerlariga Sky Mavis'ga kirib, 600 million dollardan ortiq mablag‘ o‘g‘irlash, asosan Axie Infinity o‘yinchilarini tunash imkonini berdi. Sky Mavis kiberhujumdan jabr ko‘rganlarga tovon to‘lagan. “O‘tgan yili hujumlarning chinakam avj olishi butun dunyo bo‘ylab katta miqdordagi pullar saqlanadigan markaziy kripto infratuzilmasiga, jumladan Sky Mavis’ga ta’sir qildi”, — dedi AQSH Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Enn Noyberger. Shimoliy Koreya 2018-yilda birinchi yirik kripto hujumlarni amalga oshirishni boshlagandi. Yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 42 tadan ortiq muvaffaqiyatli hujumlar amalga oshirilgan. Noybergerning aytishicha, hozirda Shimoliy Koreya raketa dasturini moliyalashtirishning taxminan 50 foizi kiberoperatsiyalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bunga butun dunyoda, jumladan, Rossiya va Xitoyda ishlayotgan “KXDRning minglab IT-mutaxassislari” yordam bermoqda, deydi AQSH rasmiylari. @HakerlikSirlari
Show all...
SpaceX kompaniyasi 14 yoshli o‘smirni ishga oldi. Ilon Maskka qarashli SpaceX kompaniyasi AQSHning Kaliforniya shtatidan bo‘lgan 14 yoshli o‘smirni dasturiy ta'minot bo‘yicha muhandis sifatida ishga oldi. 14 yoshli Kayran Kuazi Santa Klara universitetining muhandislik maktabini tamomlab, sun'iy yo‘ldosh aloqasi va kosmik kemalar bilan shug'ullanuvchi SpaceX kompaniyasiga ishga kiradi. Kompaniyada u dasturiy ta'minot muhandisi lavozimini egallaydi. Kuazi o‘zining erta rivojlangan intellektual qobiliyatlari bilan mashhur. U ikki yoshida to‘liq jumlalar bilan gapirishni boshlagan, to‘qqiz yoshida esa uchinchi sinfdan kollejga o‘tgan va u yerda o‘ziga mos darajada o‘qishni boshlagan. Kelajakda Kuazi SpaceX’da Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini ishlab chiquvchi jamoa bilan hamkorlik qilish niyatida. o‘qishdan tashqari, Kuazi videoo‘yinlarni o‘ynashni va ilmiy fantastik kitoblarni o‘qishni yaxshi ko‘radi.
Show all...
02:06
Video unavailableShow in Telegram
#music Konsta - President Tech Award tanlovi uchun (awards.gov.uz)
Show all...
04:54
Video unavailableShow in Telegram
#kulgu Windows zo'rmi Mac? Mirshakardan hangoma
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ilon Mask kuniga 6 soat uxlashi va haftasiga yetti kun ishlashi haqida so‘zlab berdi Amerikalik milliarder Ilon Mask CNBC telekanaliga bergan intervyusida kechasi olti soat uxlashi va haftasiga yetti kun ishlashi haqida gapirib berdi. Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, u kamroq uxlashga harakat qilgan, biroq bu milliarderning o‘zini yaxshi his qilishiga salbiy ta’sir qilgan. Shuningdek, Mask yiliga atigi ikki yoki uch kun dam olishini ma’lum qildi. “Vaqt yagona haqiqiy valyuta”, — deydi Mask. Amerikalik tadbirkor masofadan turib ishlayotgan xodimlarni ham tanqid qilib, ularning La-La-Lendda yashashini aytdi. Mask buni adolatsizlik deb bilishini, chunki hamma kasb egalari ham, masalan, kuryerlar va muhandislar uydan turib ishlay olmasligini aytdi. “Bu shunchaki ishlash masalasi emas. Menimcha, bu axloqiy nuqtayi nazardan noto‘g‘ri”, — deydi tadbirkor. Yaqinda Ilon Mask Twitter rahbari lavozimini tark etib, Linda Yakkarinoni ijtimoiy tarmoq bosh direktori etib tayinladi. U 2021-yildan buyon NBC Universal kompa
Show all...
AQSH Rossiya tomonidan yaratilgan josuslik dasturini o‘chirdi. U 20 yil davomida maxfiy hujjatlarni o‘g‘irlab kelgan. AQSH Federal tergov byurosi (FTB) xalqaro sheriklari bilan xavfli dastur bilan zararlangan xalqaro kompyuterlar tarmog‘ini bartaraf etdi. Uning yordamida Rossiya maxsus xizmatlari kamida 50 ta, jumladan, NATOga kiruvchi davlatlar, shuningdek, jurnalistlarning maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib kelgan. AQSH Adliya vazirligi bayonotida qayd etilishicha, gap Snake zararli dasturi haqida ketmoqda. Amerika hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, dasturni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining 16-markazi bo‘linmasi ishlab chiqqan. “Sud hujjatlarida Turla deb keltiriladigan mazkur bo‘linma 20 yil davomida Snake’ning turli versiyalaridan foydalangan holda dunyoning kamida 50 ta, xususan Shimoliy Atlantika alyansiga kiradigan davlatlardagi yuzlab kompyuterlardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlab kelgan”, — deyiladi idora bayonotida. Qo‘lga kiritilgan ushbu hujjatlar “maxfiy tarmoq” orqali zararlangan kompyuterlar orqali jo‘natilgan. Tergov xulosasiga muvofiq operatsiyani FXXning Ryazandagi boshqarmasi nazorat qilgan. FTB josuslik dasturini maxsus xizmat tomonidan yaratilgan Perseus dasturi yordamida o‘chirgan — u “zararli Snake’ni hayotiy muhim komponentlarini qayta yozishga majburlovchi buyruqlarni bergan”.
Show all...
02:12
Video unavailableShow in Telegram
Windows 12 ning ajoyib kontseptsiyasi taqdim etildi
Show all...
🇺🇸 Green card natijalari 6-may kuni e’lon qilinadi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiya banki ChatGPT ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan neyrotarmoqni chiqardi Sber bank tavsif bo‘yicha tasvirlarni yaratish uchun Kandinskiy 2.1 modelini ishlab chiqdi. Foydalanuvchilarga yangilik manzur keldiki, atigi 4 kunda modeldan foydalanuvchilar soni 1 mln kishiga yetdi. Olti kunda — 2 mln gacha yetdi. Kandinsky 2.1 dunyodagi tez o'sib borayotgan neyrotarmoqdir. Kandinskiy 2.1 ning paydo bo'lishi va muvaffaqiyati — avvalo bizning mintaqamizda ham bunday miqyosdagi mahsulotlarni yaratish mumkinligi barcha MDH mamlakatlariga signal bo'ldi. Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi - daryo uz nashriyoti
Show all...
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Opera yangi One brauzerini namoyish etdi Asosiy yangiliklar - ChatGPT va Spotify bilan integratsiya. Shuningdek ajoyib animatsiyali dizayn. Opera One shu yilning o’zida hozirgi Opera brauzerini almashtiradi. @HakerlikSirlari
Show all...
00:30
Video unavailableShow in Telegram
ChatGPT-4 ni to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy kompyuteringizga o'rnating. Endi ChatGPT-ni kompyuteringizga mustaqil ravishda o'rnatish imkoni bor va eng muhimi bepul hamda VPN-ga ehtiyoj sezmaysiz. Quyidagi havola orqa yuklab olishingiz mumkin . Dastur Windows, Mac va Linux uchun mavjud.
Show all...
Kompyuter Sirlari jamoasi RAMAZON HAYITI bilan muborakbod etadi! Xonadongizdan fayz-u baraka arimasin, shodlik va ezgulik hamrohingiz bo'lsin, nurli yuzingiz doimo porlab tursin! Sog'lom, ruhan tetik va baxtiyor bo'lib, aslo g'am-tashvish ko'rmang!
Show all...
02:16
Video unavailableShow in Telegram
Америкадаги ҳаёт — IBM'да 7 йил ишлаб, AMD'га ўтган ватандош ҳикояси “Ўзбекистонга кел дейишади, лекин мен фарзандларим яхши таълим олишини истайман. Бу ерда имконият кўп”, – дейди 13 йилдан буён АҚШда яшаётган Азиз Солиев. Kun.uz мухбири Америкага сафари давомида компютер чиплари дизайни билан шуғулланувчи ушбу ватандошимизнинг уйида меҳмон бўлиб, IT соҳасида ўқиш, ишлаш, ойликлар ва харажатлар ҳақида сўради. 📹 👉 ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ КЎРИНГ
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Windows uchun kreativ bezaklar Operatsion tizimning standart interfeysidan zerikkan bo’lsangiz 7themes.su sayti eng optimal tanlov. Platformada theme’lar, icon’lar, wallpaper’lar, kursor va boshqa ko’plab qiziqarli bezak kontentlarini topishingiz mumkin. Saytning FAQ bo’limida ularni o’rnatish yuzasidan yo’riqnomalar mavjud. Link: 7themes.su (a) Wack Door @HakerlikSirlari
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Windows 11 ishga tushirish menyusida ko'plab ilovalarga ega papkani qanday yaratish mumkin? Пуск menyusini oching va istalgan dasturni boshqa dastur belgisiga sudrab borish uchun uni uzoq vaqt bosib turing. Shundan so'ng, tizim dastur uzatiladigan belgini ramkaga soladi va ikkita dastur papkaga birlashtiriladi. 🗂 Jildga ko'plab dasturlar qo'shilishi mumkin va qulaylik uchun unga kerakli nomni ham berishingiz mumkin. @HakerlikSirlari
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
“Odil sudlov tizimining samaradorligi haqida xavotir uyg‘otadi” — sun’iy intellekt Xorazmda voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani haqida “Daryo” muxbiri Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari zo‘rlangani yuzasidan OpenAI kompaniyasining ChatGPT hamda o‘zbek IT-mutaxassislari tomonidan yaratilgan Mohira nomli sun’iy intellektlar fikrlarini oldi. Batafsil — http://dy.uz/xXWWm
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Tailandda erkak ChatGPT yordamida lotereya yutib oldi Shuningdek, ChatGPT neyron tarmog‘i erkakka lotereya o‘ynashni to‘xtatib, sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilgan. Batafsil — http://dy.uz/myEBt
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
BIOS / UEFI ekranini skrinshot qilish BIOS ekranining skrinshotini olish unchalik mashhur va ko'pchilik biladigan amal emas, lekin baribir buni qila olish yaxshiroqdir. Albatta, smartfon buni tezroq amalga oshirishi mumkin, ammo professional tarzda emas. Buni qanday qilish kerak: 1. Fleshkani FAT32 fayl tizimida oldindan formatlab, joylashtiramiz. 2. Kompyuterni qayta ishga tushirib, BIOS'ga kiramiz (Del yoki F2 tugmasi orqali odatda). 3. BIOS'da F12 tugmasini bosamiz. F12 - bu skrinshot, siz xohlagancha ko'p skrinshot olishingiz mumkin. Ularning barchasi BMP formatida fleshkada saqlanadi, keyin uni formatini o'zgartirishingiz (oddiy holatda, Paint'da skrinshotni JPG holatida saqlash) mumkin.
Show all...
01:41
Video unavailableShow in Telegram
Windows 12 qanday bo'ladi? Dizayner Kaan Avdan Windows 12 uchun o‘z dizayn loyihasini ko‘rsatdi. Uning ko‘rinishi barcha davrlardagi eng katta vizual tizim yangilanishi bo‘ladi. Windows 12 2024-yilda rasmiy versiyasi chiqishi kutilmoqda)
Show all...