cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bilim baholash agentligi

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari 🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Show more
Uzbekistan102The language is not specifiedEducation143
Advertising posts
280 911Subscribers
+3 89224 hours
-2177 days
-60 28030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar! Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi. Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir. ✅Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi. ✅Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi. ✅Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir. ✅Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali. ✅Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan. ✅Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya. ✅Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring: Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz; Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi. ⚠️Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning. ❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi. Abituriyentlarga tarqating!↗️ ✅️@BahoIashUz
Show all...
👍 60 7💯 6👏 2🏆 2 1 1🔥 1💔 1🤪 1😎 1
⚡️ONLAYN TEST BOSHLANDI! 📆 Bugun, 27-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 5️⃣-onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim! 📆 Test vaqti: 27-aprel (10:00-23:00) 💻 Test tillari: O'zbek va Rus 💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart! Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Show all...

👍 16🏆 9 5🥰 4🤪 3💊 3 1 1🤗 1
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing! Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz. 1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing. Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin. 2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering. 1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi. 3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling. Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz. 4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing. Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin. 5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning. Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi. 6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering. 7️⃣ Har bir savolga javob bering. DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi. Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing. ✅️@BahoIashUz
Show all...
👍 80 6🤔 6 3🏆 3🔥 2💯 2🤗 2👏 1😍 1💊 1
Toshkent amaliy fanlar universitetida “Xotin-qizlar va erkaklarning uzluksiz ta’lim olish imkoniyatlarini rag‘batlantirish: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi. Tadbirda dunyo bo‘ylab o‘qish imkoniyatlari, turli tillarni o‘rganish, ayollar va erkaklar uchun ta’limdagi yutuqlar va muammolar kabi mavzular muhokama qilindi. Forumda professorlar, ilmiy tadqiqotchilar va chet ellik olimlar ishtirok etishdi. 📸 Forumdan lavhalar Telegram | Instagram | Veb-sayt |
Show all...
👍 5 3 2 1👏 1🏆 1
Imtihonda yuqori ball olish siri fosh bo'ldi 😳 👆 Bilish uchun ushbu videoni ko'ring! Abituriyentlarga kerakli maslahat! Do'stlaringizga ham yuborishni unutmang! Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇 https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Show all...
😁 47🤣 12🤪 9👍 7🤬 4💯 3🔥 1🤯 1😍 1🤓 1🤗 1
⚡️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI! 📆 Ertaga, 27-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 5⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim! 📆 Test vaqti: 27-aprel (kun davomida) 💻 Test tillari: O'zbek va Rus 💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Show all...

👍 12🤔 5🏆 2 1🤷‍♂ 1👌 1
Oʻqituvchiga nima mumkin emas ❓ ❗️O'qituvchilar o'quvchini darsdan chiqarib yuborishga yoki tanaffus qo'ng'irog'i chalingach sinfxonada ushlab o'tirishga va hattoki maktab hududida sigaret chekishi mumkin emas. Xo'sh, yana nimalar mumkin emas? ✅ Bu haqda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bo'yicha Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246 sonli buyrugʻida aniq-tiniq qilib bayon etilgan. 11-bandga ko'ra, o'qituvchilarga ta'qiqlanadi: ❌ Jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish; ❌ Oʻquvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; ❌ “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish; ❌ Dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish; ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish; ❌ ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish; ❌ Maktab hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq bayramona dasturxonlar)ni tashkil etish. 😄 Ustozlarga sekin yuborib qo'yamiz! ✅️@BahoIashUz
Show all...

👍 32🤷‍♂ 3🤬 3😴 3🔥 2🤔 2😎 1
⚠️Abituriyentlar diqqatiga! 🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun kunduzgi va masofaviy ta'lim shakli yo‘nalishlariga qabul boshlandi! 💠Qoʻqon universitetining kunduzgi ta'lim va masofaviy ta'lim shaklida mavjud yoʻnalishlar. ⚠️Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli hujjatlar. 😄Xorijiy til sertifikati borlar uchun imtiyoz mavjud. 🗓Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va http://qabul.kokanduni.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi (call center) 🔽 📞+99873 545 44 44; 📞+99873 545 55 55. 📍Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.
Show all...
👍 7😴 2🤷‍♂ 1 1👏 1
⚡️Bu ro'yxatdagi maktablarda ishlashga rozi bo'lsangiz oylik ish haqingizga 100% ustama qo'shib beriladi! 🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi. ✅ Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi. ✅️@BahoIashUz
Show all...
👍 14🤔 5 2😢 2🏆 1💘 1😘 1
⚡️ONLAYN TEST BOSHLANDI! 📆 Bugun, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 4⃣-onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim! 📆 Test vaqti: 20-aprel (10:00-23:00) 💻 Test tillari: O'zbek va Rus 💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Show all...

👍 6 2🤩 2💊 2💯 1😴 1