ch
Feedback
Toshkent | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Toshkent | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

前往频道在 Telegram

Toshkent shahar kasbiy taʼlim boshqarmasi. Manzil: Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy Murojaat uchun telefon: 55-511-55-44. Boshqarma boshlig’iga murojaat: @OTFIV_Tashkent_bot

显示更多
未指定国家未指定类别
300
订阅者
+1324 小时
-47 天
-6030 天

数据加载中...

相似频道
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+15
在0个频道中
八月 '26
+8
在2个频道中
Get PRO
七月 '26
+19
在4个频道中
Get PRO
六月 '26
+12
在5个频道中
Get PRO
五月 '26
+27
在3个频道中
Get PRO
四月 '26
+1 149
在9个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
06 九月+1
05 九月+14
04 九月0
03 九月0
02 九月0
01 九月0
频道帖子
Repost from OTFIV | Toshkent
#Qabul2026 ⚡️11-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga 5 kun qoldi! Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrga qadar my.edu.u
#Qabul2026 ⚡️11-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga 5 kun qoldi! Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Platformaga: ➖ ID karta yoki tug‘ilganlik to'g'risidagi guvohnoma ma'lumoti (abituriyent fotosurati bilan); ➖ Maktabning 11-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot

2
9-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga atigi 2 kun qoldi! 2026/2027-o‘quv yilida akademik litseylarga o‘qishga tavsi
9-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga atigi 2 kun qoldi! 2026/2027-o‘quv yilida akademik litseylarga o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq texnikumda tahsil olish istagidagi 9-sinf bitiruvchilari vakant o‘rinlar doirasida texnikumlarga qabul qilinadi. 🎓Hujjatlar joriy yil 3–7-sentabr (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
34
3
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
37
4
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling Ushbu tanlovda 5-19 yoshli yo
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling Ushbu tanlovda 5-19 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan “Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo)” mavzusida rasm chizish va uni JPG yoki PNG shaklida topshirish talab etiladi. Tanlov quyidagi yoshlar kesimida oʻtkaziladi: – 5-8 yosh – 9-12 yosh – 13-15 yosh – 16-19 yosh Mukofotlar: – Har bir kesim boʻyicha gʻoliblar 350 AQSH dollari bilan mukofotlanadi – Ishtirokchilarga sertifikat beriladi – Sovrindor ishlari onlayn platformalarda namoyish etiladi Ishlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/international-chemistry-art-competition/ Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
36
5
Germaniya tibbiyot akademiyasi — xalqaro imkoniyatlar sari yo‘l! 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlig
Germaniya tibbiyot akademiyasi — xalqaro imkoniyatlar sari yo‘l! 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Germaniya tibbiyot akademiyasi” xalqaro ta’lim dasturi asosida “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmoqda. 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan 50 nafar o‘quvchi hozirda 2-bosqichda tahsil olmoqda. Dastur doirasida o‘quvchilar xalqaro standartlarga mos ko‘nikmalarni egallab, nemis tilidan B2 darajadagi sertifikat hamda Germaniyada tan olinadigan diplomga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 🇩🇪 Ta’lim oling — xalqaro kasbiy imkoniyatlarga ega bo‘ling! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
29
6
⚡️100 MLN SO‘MGACHA MUKOFOT! 🔗“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zamonaviy kasblar” respublika tanloviga ro‘yxatdan o
⚡️100 MLN SO‘MGACHA MUKOFOT! 🔗“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zamonaviy kasblar” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish muddati 10-sentabrgacha uzaytirildi! Grafik dizayn | Veb-sayt | Mobilografiya 🔆 Mukofotlar: 1-o‘rin — 100 mln so‘m 2-o‘rin — 75 mln so‘m 3-o‘rin — 50 mln so‘m Shartlar: 14–30 yoshda bo‘lish, Ustoz AI’dagi tegishli kursni tugatish va sertifikatga ega bo‘lish. 📌Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni — 10-sentabr. Ustoz AI ilovasiga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va o‘z mahoratingizni namoyish eting! https://clck.ru/3V7zkP Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
56
7
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda+4
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir. 📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi. ⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi. ✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda. ✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
26
8
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻ
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); • @Jonajontilim_bot telegram boti; • Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
40
9
📢 9-sinf bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat! 2026-yil 3-sentabrdan 7-sentabrga qadar (shu kuni ham) 2026/2027-o‘quv y
📢 9-sinf bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat! 2026-yil 3-sentabrdan 7-sentabrga qadar (shu kuni ham) 2026/2027-o‘quv yilida akademik litseylarga o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq texnikumlarda tahsil olish istagini bildirgan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlardagi vakant o‘rinlarga qabul qilish jarayoni amalga oshiriladi. 🎓 O‘quvchilar mavjud vakant o‘rinlar doirasida texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
18
10
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. 🔎Natijalarni quyidagi usullar orqali bilish mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali Abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRini kiritish orqali yakuniy tanlov natijasini ko‘rish mumkin. 2️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Test natijalari qaydnomasi tibbiyot texnikumlariga 2026-yil 3-sentabr kuni taqdim etiladi. 📌 Abituriyentlarga natijalarni belgilangan tartibda tekshirishlarini tavsiya etamiz. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
37
11
Hurmatli talabalar! Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkaz
Hurmatli talabalar! Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. 📲 @student_coddbot botga kirib: ⏩ universitetingizni tanlang; ⏩ qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang; ⏩ foydalanadigan transportingizni tanlang; ⏩ yo‘lga chiqish vaqtingizni ko‘rsating; ⏩so‘rovnomani yuboring. 📌 Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblarini yangilashi mumkin. Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar uchun transport harakatini yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
43
12
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
44
13
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati! United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir. Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi. UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi. Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi: – Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi. – Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi. – Darsliklar olib beriladi. Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/ Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
42
14
Yangi o'quv yili muborak! Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Yangi o‘quv yili ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga tayyorlash yo‘lida yangi natija va yutuqlarga boy bo‘lishiga tilakdoshman. Barcha o‘quvchi-yoshlarimizga bilim va kasbiy mahoratni egallashda muvaffaqiyat, ustozlarimizga esa mas’uliyatli va sharafli faoliyatida kuch-g‘ayrat hamda ulkan zafarlar tilayman. Yangi 2026/2027-o‘quv yili barchamiz uchun samarali va muvaffaqiyatli bo‘lsin! telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
18
15
#HaftalikDayjest 📌 Toshkent shahar kasbiy ta’lim tizimida hafta davomida amalga oshirilgan muhim voqealar, yangiliklar va ta
#HaftalikDayjest 📌 Toshkent shahar kasbiy ta’lim tizimida hafta davomida amalga oshirilgan muhim voqealar, yangiliklar va tadbirlar Toshkent pedagogika texnikumida Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibi bo‘yicha yangi tartib belgilandi. “Direktor bilan bir kun” | Ta’limdagi mas’uliyat va natija. Yangi o‘quv yilidan texnikumlarda koreys tili o‘qitiladi! 9-sinf bitiruvchilari uchun yozma imtihonlar o‘tkazildi. Yuksak e’tirof zamirida — tizimli ish va umumiy natija. Toshkent shahridagi kasbiy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi. 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlari ta’lim sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan texnikum direktorlari va fidoyi ustozlarga tantanali ravishda topshirildi. Yozma imtihon natijalari e'lon qilindi!. Yuksak e’tirof — munosib mehnat samarasi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
42
16
Yuksak e’tirof — munosib mehnat samarasi Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezi
Yuksak e’tirof — munosib mehnat samarasi Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu yuksak e’tirof kasbiy ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shib kelinayotgan munosib hissaning yorqin ifodasidir. Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu qutlug‘ e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
63
17
📢 Yozma imhon natijalari e'lon qilindi! Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi, Toshkent iqtisodiyot va soliq texni
📢 Yozma imhon natijalari e'lon qilindi! Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi, Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi hamda Chilonzor tumani 1-son texnikumida “Pearson xalqaro ta’lim dasturi” bo‘yicha tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘tkazilgan yozma imtihon natijalari e’lon qilindi. Natijalarni quyidagi havola orqali yoki tegishli texnikumlardagi axborot stendlaridan ko‘rishingiz mumkin. 📌Toshkent shahar ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi; 📌Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi 📌Chilonzor tumani 1-son texnikumi Eslatma: natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 kun davomida apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilish mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
10
18
🕊 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni Yurtimiz tarixining eng og‘riqli sahifalaridan biri — qatag‘on yillarida
🕊 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni Yurtimiz tarixining eng og‘riqli sahifalaridan biri — qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va tazyiqlarga uchragan, Vatan ozodligi, milliy qadriyatlar va ma’rifat yo‘lida fidokorlik ko‘rsatgan ajdodlarimizni yod etamiz. Ularning porloq xotirasi, ilmiy-ma’rifiy merosi va Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari qalbimizda abadiy saqlanadi. 🕊 Qatag‘on qurbonlari xotirasi — millat xotirasi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
941
19
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ "Vatan tayanchi" otryadining a’zosiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiy
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ "Vatan tayanchi" otryadining a’zosiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi   Adliya vazirligi "Vatan tayanchi" otryadining a’zosiga, "Vatanparvarlar" va "Shijoat va g‘ayrat" musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust).   🔎 Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:   1️⃣ tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi:   🔹 "Vatan tayanchi" harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni a’lo baholar bilan tamomlagan "Vatan tayanchi" otryadining 1 nafar a’zosiga;   🔹 "Jasorat maktabi"ni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir "Vatan tayanchi" otryadining 1 nafar a’zosiga;   🔹 "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga;   🔹 mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Shijoat va g‘ayrat" musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga;   2️⃣ tavsiyanoma Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi;   3️⃣ tavsiyanomaga ega bo‘lgan shaxslarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) ta’lim muassasalari, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz sifatida test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;   4️⃣ tavsiyanoma 3-yil mobaynida amal qiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
74
20
Toshkent shahridagi kasbiy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi 2026/2027-oʻquv yilidan
Toshkent shahridagi kasbiy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab kasbiy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi. 🔰Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
636