"2+6" dasturi
前往频道在 Telegram
2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi - 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya - Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz 📩 Murojaat: @yonda_support_bot
显示更多2 545
订阅者
+324 小时
-147 天
-6130 天
帖子存档
2 545
🤩 Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2+6 dasturi boʻyicha ishlar jadal davom etmoqda!
UMU Mektebi oʻquv markazida 220 dan ziyod oʻquvchi ingliz, nemis va koreys tillarini 2+6 dasturi bilan oʻrganishni allaqachon boshlagan.
Eslatib oʻtamiz, dastur doirasida belgilangan til kurslarining 6 oylik toʻlovlari davlat subsidiyasi bilan qoplanadi.
🔥 Chet tillari boʻyicha ta’limni rivojlantirish tashabbusidan siz ham chetda qolmang!
🔸Oʻquv markaz sifatida dasturga qoʻshilish uchun: 2plus6.uz
🔸Oʻquvchi sifatida dasturga qoʻshilish uchun: Yonda ilovasi
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
🤩 Qoraqalpogʻistonlik yoshlar 2+6 dasturiga qoʻshilib, oʻqishni boshlashdi!
⬆️ Videoda dastur qatnashchilarining bu boradagi fikrlari va taassurotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Imkon borida undan foydalanishga shoshiling. Davlat koʻmagida til bilimlaringizni oshirish uchun 2+6 dasturiga ariza topshiring!
🔸Oʻquv markaz sifatida dasturga qoʻshilish: 2plus6.uz
🔸Oʻquvchi sifatida dasturga qoʻshilish: Yonda ilovasi
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
⚡️Oqqo‘rg‘on tumanida 21 yoshli yigit o‘z bilimi bilan boshqalarga ham imkoniyat yaratmoqda
Avvaliga faoliyatini yetarli sharoitlarga ega bo‘lmagan joyda boshlagan bu yigit, qiyinchiliklarga qaramay ortga chekinmadi. Hozirda u IELTS sertifikatiga ega va yoshlarga ingliz tilini oʻrgatmoqda.Mehnati va tashabbuskorligi sababli unga Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida 130 million so‘m miqdorida ssuda ajratilib, o‘quv markazi talablarga javob beradigan zamonaviy koʻrinishga keltirildi. ✅ Ayni paytda markaz 2+6 loyihasiga qoʻshilgan va 70 nafar til oʻrganuvchi oʻquvchilarga ega. Siz ham tashabbuskorlar safiga qoʻshiling – 2+6 dasturi bilan yangi natijalarga erishing! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
+3
🔥 2+6 loyihasining hamkorlari soni yanada kengaymoqda!
Oʻzbekiston boʻylab ilgʻor oʻquv markazlari davlat bilan hamkorlikda rivojlanish va til oʻrganuvchi yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 2+6 dasturiga qoʻshilishmoqda.
📌 Oʻquv markazingizda til kurslari bormi? Unda faoliyatingizni kengaytirish, mijozlar oqimini oshirish va yoshlar uchun muhim boʻlgan tashabbusga oʻz hissangizni qoʻshish uchun 2+6 dasturiga qoʻshilishga shoshiling!
Dastur haqida batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
📌 Buxoro shahrida “2+6” loyihasi doirasidagi jarayonlar qanday kechmoqda?
Buxoro shahrida dasturga ro‘yxatdan o‘tgan o‘quv markazlarining tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv markazlarida yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati, tashkiliy ishlar hamda loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida o‘quv markazlari tomonidan bildirilgan takliflar ham tinglanib, fikr almashildi hamda mas’ullarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.2+6 dasturi boʻyicha yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring! 🔸Oʻquv markaz sifatida dasturga qoʻshilish uchun: 2plus6.uz 🔸Oʻquvchi sifatida dasturga qoʻshilish uchun: Yonda ilovasi 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
+2
📌 2+6 dasturi tobora koʻproq oʻquvchilar va markazlarni jalb qilmoqda
Ayni paytda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan 5 000 dan ortiq yoshlar “2+6” dasturiga ariza topshirgan, ulardan 3 598 nafari tasdiqlanib, faol oʻqishni boshlagan.
Shuningdek, hozir 304 ta loyihaga tasdiqlangan markaz oʻz oʻquvchilariga dastur imtiyozlaridan foydalanish imkonini taqdim etmoqda. Bundan tashqari, jinslar taqsimoti boʻyicha, erkak va ayol ishtirokchilarning deyarli tengligi dastur hamma uchun, hamma joyda birdek ishlayotganini koʻrsatadi.
✅ Siz ham “2+6” dasturining imtiyozlaridan foydalanishni istaysizmi?
🔸Oʻquv markaz sifatida 2plus6.uz saytida roʻyxatdan oʻting.
🔸Oʻquvchi sifatida dasturga qoʻshilish uchun Yonda ilovasini yuklab oling.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
🎉 Barcha til o'rganuvchilar uchun yangilik!
Prezidentimizning yangi Farmon va Qarori bilan C1 va B2 egalari uchun "yashil yo‘lak" ochildi:
▫️C1 darajangiz bormi? Tadbirkorlikni boshlashdagi barcha davlat xizmatlari to‘lovlarini 50% chegirma bilan to‘lang. Biznesingizni rasmiylashtirish endi ikki baravar arzon;
▫️B2 darajangiz bormi? Xorijga chiqish pasporti (qizil pasport) olish uchun davlat boji 50% ga kamaytirildi. Dunyo kezish va xalqaro tajriba olish yanada osonlashdi.
Bilimingizni sertifikat bilan tasdiqlang va davlat ko‘magidan maksimal foydalaning!
Til sertifikati bor tanishlaringizga hoziroq yuboring — balki ular bu imkoniyatni hali bilishmas!⚡️⚡️⚡️
2 545
📢 E’LON | Yangi imkoniyat!
Endilikda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi doirasida o‘quv markazlari uchun ijara va jihozlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha arizalarni YIDXP orqali onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
🏫 Ushbu imkoniyat:
— chekka va olis hududlarda faoliyat yuritayotgan
— o‘quvchilarining kamida 20% i ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlaridan iborat bo‘lgan
o‘quv markazlari uchun mo‘ljallangan
🔹Yordam miqdori:
— bir martalik, BHMning 50 baravarigacha
🔹Ijtimoiy shartnoma talabi:
— 6 oy davomida har oy kamida 1 ta kitob mutolaa qilish
🚀 Ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘quv markazingizni rivojlantiring!
Arizalarni YIDXP portali orqali yuborishingiz mumkin.
2 545
+3
🔑 Chet tili — muvaffaqiyatli karyera eshiklarini ochuvchi kalit
Hozirgi kunda chet tilini bilish har qanday mutaxassisni boshqalardan bir qadam oldinga olib chiqadi.
📎Shaxbozjon Maxmadiyorov ham oʻz kelajagi uchun 2+6 dasturi yordamida til bilish darajasini yanada oshirishga qaror qildi.
Til oʻrganuvchi yoshlar uchun 2+6 dasturi doirasida davlat subsidiyasini ajratish jarayonlari davom etmoqda!
🔸 Siz ham 2+6 dasturiga roʻyxatdan oʻtishga shoshiling! Arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda.
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
Hurmatli “2+6” dasturida qatnashayotgan o‘quv markazlari!
Ibrat Farzandlari loyihasi tomonidan “2+6” dasturida ishtirok etayotgan o‘quv markazlari uchun maxsus hamkorlik taklifi taqdim etiladi.
Ushbu hamkorlik sizning o‘quv markazingiz rivoji va natijalarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Qiziqdingizmi? Unda quyidagi aloqa orqali bog‘lanishingiz mumkin:
📞 Aloqa uchun: +998 90 776 22 60
📩 Telegram — @Azizbek_dev06
@oquvmarkazlarforumi
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
🎓 2+6 dasturi yoshlarga qanday imkoniyatlarni ochmoqda?
Dastur doirasida nafaqat oʻzi til oʻrganayotgan, balki kelajakda boshqalarga bilim berishni istagan yoshlar safi ham kengaymoqda!
📚 Oʻqish, rivojlanish va jamiyatda yangiliklar yaratish uchun dastur imkoniyatlaridan siz ham foydalaning.
Arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda.
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
+1
📚 2+6 dasturiga qoʻshilgan oʻquvchi darsga qatnasha olmasa, nima boʻladi?
Subsidiya ajratilishi uchun oʻquv markazida 70% davomat tasdiqlanishi kerak. Ammo oʻquvchi sogʻlik va boshqa jiddiy sabablar bilan darsga bora olmasa-chi?
✅ Bunday vaziyatlar uchun dasturda 1 oyda 3 martagacha sababli dars qoldirishga ruxsat berilgan.
⬇️ Ammo dars qoldirishdan avval sababni belgilash shart:
🔸 Dars boshlanishidan kamida 2 soat oldin ilovaga kiring;
🔸“Dars qoldirish” boʻlimiga oʻting;
🔸 Kelmaslik sababingizni yozib qoldiring.
❌ Agar bu tartib bajarilmasa, siz sababsiz dars qoldirgan hisoblanasiz va bu davomatingizga salbiy ta’sir qiladi.
Subsidiya tasdiqlanishi uchun davomatingizga va qoidalarga befarq boʻlmang!
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
📌 Qibray tumanida 40 dan ortiq oʻquvchilar 2+6 dasturi bilan til kurslarida oʻqishni boshlashdi!
Tumandagi 5 ta oʻquv markazi dastur doirasida oʻquvchilarni qabul qilishni boshlagan. Shuningdek, yana 100 nafar oʻquvchilar hozirda dasturga qoʻshilish arafasida.
📌 Boshqa tuman va hududlardagi markazlarni ham faollikka chorlab qolamiz. Dasturga qoʻshiling, davlat bilan hamkorlikda yoshlarga imkoniyat yarating va markazingizni rivojlantiring!
❗️Eslatib oʻtamiz, arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda.
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
⚡️2+6 dasturining imkoniyatlaridan foydalanayotgan yoshlar soni ortib bormoqda
Chet tilini oʻrganib, yanada kattaroq natijalarga erishishni maqsad qilgan yoshlar endilikda til kurslarida 6 oy bepul oʻqish uchun 2+6 dasturida davlat subsidiyasini olishlari mumkin.
Dasturga qoʻshilgan oʻquv markazlariga esa faoliyatini kengaytirish va xodimlar malakasini oshirishda imtiyozlar taqdim etiladi. Shuningdek, olis va chekka hududlardagi markazlar orasida eng yuqori ball olgan 100 tagacha o‘quv markaziga 6 oy davomida ijara to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha Yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilangan.✅ 2+6 dasturiga qoʻshilish uchun oʻquv markazlari 2plus6.uz rasmiy saytida ariza qoldirishlari mumkin. Til oʻrganuvchi yoshlarning arizalari esa Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
+2
📄 2+6 dasturi uchun motivatsion xat qanday yoziladi?
⬆️ Agar motivatsion xat yozish qoidalarini bilmasangiz, bu postdagi tavsiyalar sizga yordam beradi.
Maqsadlaringiz, aniq rejalaringiz va bilimingiz bilan jamiyatga qanday foyda keltirmoqchi ekaningizni shaxsiy fikrlaringizga tayanib yozishni unutmang!
❗️Eslatib oʻtamiz, arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda.
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
🎓 Xalqaro universitetga 100% grant!
Bu shunchaki omad emas, mehnat, bilim va albatta til bilish natijasi.
🌎 Siz ham Elbek kabi jahonning nufuzli universitetlarida ta’lim olishni istasangiz, 2+6 dasturi yordamida til bilimlaringizni oshiring!
Dasturga arizalar Yonda ilovasi orqali qabul qilinmoqda.
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
❓ 2+6 dasturida qatnashish uchun nima qilish kerak?
👆🏻 Dasturga qoʻshilish tartibini bosqichma-bosqich koʻrsatib oʻtdik. Videoni koʻrib, batafsil bilib oling.
Loyiha doirasida yiliga 20 mingga yaqin yoshlarga til kurslari uchun subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan.
✅ Siz ham imkoniyatdan chetda qolmang. Yonda ilovasi orqali ariza topshiring!
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
+2
📌 2+6 dasturi qatnashchilari oʻz maqsadlari sari qadam tashlamoqda!
Shunday ishtirokchilardan biri — Reyimberganova Mexrixon Yunus qizi yozgan motivatsion xatni sizga ham ulashishga qaror qildik.
🤩 Nomzodlarimizdagi qiziqish va qat’iyatni koʻrish bizni ham quvontiradi!
Dasturda qatnashishni istasangiz, 2+6 dasturiga Yonda ilovasi orqali ariza qoldiring.
🌐 Batafsil: 2plus6.uz
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
📣 Hududlardagi oʻquv markazlari uchun ajoyib yangilik!
Markazingizda til kurslari bor, oʻqituvchilar tajribali, oʻquv dasturlari tayyor — ammo oʻquvchilar oqimi haligacha kammi?
✅ 2+6 dasturiga qoʻshiling va markazingizni davlat koʻmagida rivojlantirish imkoniga ega boʻling.
2+6 dasturi — oʻquvchilar uchun moddiy tayanch, markazingiz uchun doimiy rivoj garovi.🌐 Dastur haqida batafsil bilish va ariza qoldirish uchun 2plus6.uz saytiga oʻting. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
2 545
🇰🇷 Koreyani qaytadan kashf etishga tayyormisiz?
🤩 Birgina koreys tilini mukammal bilish orqali xorijda oʻqish yoki yirik texno-kompaniyalarda karyera qilish imkoniga ega boʻlishingiz mumkin.
⚡️Koreys tiliga qiziqishni aniq maqsadga aylantirish vaqti keldi! 2+6 dasturiga qoʻshilib, koreys tilini mukammal oʻrganing.
🌐 Dastur haqida batafsil: 2plus6.uz
📲 Dasturga qoʻshilish uchun Yonda ilovasini yuklab oling.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Linkedin | 📱 YouTube
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
