ch
Feedback
CYBER HIMOYA | Rasmiy

CYBER HIMOYA | Rasmiy

前往频道在 Telegram

🛡 O‘zbekiston kiberhimoya markazi 📢 ZIRH BOT va boshqa loyihalarimiz yangiliklari ⚡ Internetdagi firibgarlik va tahdidlarga qarshi ogohlantirishlar 💡 Foydali maslahatlar va xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar 🌐 Sayt: cyberhimoya.uz ✉️ Aloqa: @zirh_support

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 CYBER HIMOYA | Rasmiy 的分析概览

频道 CYBER HIMOYA | Rasmiy (@cyberhimoya) 是活跃参与者。目前社区聚集了 26 497 名订阅者,在 其他 类别中位列第

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 26 497 名订阅者。

根据 12 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 502,过去 24 小时变化为 -54,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 1028.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 634.32% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 272 539 次浏览,首日通常累积 168 127 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
🛡 O‘zbekiston kiberhimoya markazi 📢 ZIRH BOT va boshqa loyihalarimiz yangiliklari ⚡ Internetdagi firibgarlik va tahdidlarga qarshi ogohlantirishlar 💡 Foydali maslahatlar va xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar 🌐 Sayt: cyberhimoya.uz ✉️ Aloqa: @zirh_sup...

凭借高频更新(最新数据采集于 13 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

26 497
订阅者
-5424 小时
-3317 天
-1 50230 天
帖子存档
🛡 ZIRH BOT — 30 kunda 4 000 dan ortiq firibgarlik profillarini blokladi! Anti-Spam funksiyamiz yuqori aniqlikda ishlab, guruhlarni nomaqbul surat va yozuvlardan foydalanadigan firibgarlik profillardan tozalamoqda. Boshqa turdagi spam va firibgarlik profillari ham aniqlanib, bloklanmoqda.
❗️Muhim: bu raqam faqat profil tekshiruvi orqali bloklangan akkauntlarga tegishli.
Zararli APK yoki xavfli havola tarqatgani uchun vaqtinchalik cheklangan foydalanuvchilar bu hisobga kiritilmagan — ular alohida hisoblanadi.
Guruhingizni himoyalash uchun @ZIRH_BOT’ni administrator qiling va /antispamon buyrug‘i bilan Anti-Spam’ni yoqing. ➕ Botni guruhga qo‘shish: https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

🇺🇿🛡MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK! 35 yil — erkinlik, taraqqiyot va mustaqil kelajak sari yo‘l! Bugun mustaqillik
🇺🇿🛡MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK! 35 yil — erkinlik, taraqqiyot va mustaqil kelajak sari yo‘l! Bugun mustaqillik nafaqat sarhadlarimiz, balki axborot makonimiz va raqamli dunyomiz xavfsizligi bilan ham chambarchas bog‘liq. 🌐 Raqamli dunyoda — xavfsiz, 🛡 Kiber tahdidlardan — himoyalangan, 🇺🇿 Real hayotda — tinch va farovon O‘zbekiston uchun! CYBERHIMOYA jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! 🔐 Mustaqilligimiz mustahkam, raqamli kelajagimiz xavfsiz bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🚨 OGOHLANTIRISH: “OVOZ BERING — PUL OLING” DEGAN VA’DALARGA ALDANMANG! Internet va Telegram tarmoqlarida “Falon loyihaga ovo
🚨 OGOHLANTIRISH: “OVOZ BERING — PUL OLING” DEGAN VA’DALARGA ALDANMANG! Internet va Telegram tarmoqlarida “Falon loyihaga ovoz bering va 20–100 ming so‘m pul oling” mazmunidagi e’lonlar ko‘paymoqda. ⚠️ Bunday takliflar ortida firibgarlar bo‘lishi mumkin. Ular ovoz berish bahonasida sizga soxta havola yuborishi, karta ma’lumotlaringiz, SMS-kod yoki boshqa maxfiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishi mumkin.
✅ “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish bepul.
✅ Rasmiy ovoz berish OpenBudget.uz orqali amalga oshiriladi.
❌ Shubhali havolalarga kirmang.
❌ Karta ma’lumotlari va SMS tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.
❌ “Ovoz bering — pul olasiz” kabi va’dalarga ishonib, noma’lum bot yoki saytlarga ma’lumot kiritmang.
🛡 Ogoh bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

❌Bitta APK — katta zarar! “To‘y rasmlari”, “kredit to‘lovi”, “jarima” kabi nomlar bilan zararli APK fayllar tarqatilmoqda. Bu
Bitta APK — katta zarar! “To‘y rasmlari”, “kredit to‘lovi”, “jarima” kabi nomlar bilan zararli APK fayllar tarqatilmoqda. Bunday faylni ochish telefoningizdagi ma’lumotlar va kartadagi pullarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. 🛡 @ZIRH\_BOT guruhingizni himoya qiladi: 📁 Shubhali va zararli APK fayllarni aniqlaydi va guruhga o‘tkazmaydi. 🔗 Firibgarlik havolalarini aniqlaydi va xavfli linklarni o‘chiradi. 👤 Firibgar va shubhali profillarni aniqlab, guruhni ulardan himoya qiladi. 🚫 Keraksiz reklama va spamlarni tozalaydi. 👉 @ZIRH\_Bot’ni guruhingizga qo‘shing va admin qiling.

🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botnin
🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botning shaxsiy yozishmalarida ham) yuborgan jami 654 900 dan ortiq havola va fayllar tekshirildi. Tekshiruvlar natijasida, Telegram tarmog‘ida tarqalayotgan .apk va .exe fayllarning 84% qismi xavfli bo‘lib, ularning aksariyati phishing va firibgarlik dasturlari ekanligi aniqlandi. Eng ko‘p tarqalgan firibgarlik ilovalari: 🔴to’dan fotolar (15.jpg) 2026.apk 🔴Rasmlar_12.apk 🔴Kuyovlarning suratlari(07.08.26).apk 🔴To’y albomi.apk Baxtli Kun.apk 🔴Mening rasmlarim_2026.apk ➡️ZIRH BOT guruhlarda barcha xavfli havola, fayl va “spam” tarqatuvchi akkountlatni avtomatik ravishda aniqlab, o‘chirib boradi. Siz ham guruhingizni himoya qilish uchun @ZIRH_BOT ni guruhingizga admin qiling. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

⚠️ ШУБҲАЛИ ҲАВОЛАЛАРНИ БОСМАНГ! Фирибгарлар сохта ва зарарли ҳаволалар орқали шахсий маълумотларингиз, банк карта маълумотларингиз ҳамда маблағларингизни қўлга киритишга уриниши мумкин. 🔒 Ҳаволани босишдан олдин унинг манбасини албатта текширинг. Номаълум шахслардан келган ёки шубҳа уйғотган ҳаволаларга ишонманг. 🛡 ZIRH BOT СИЗНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШГА ЁРДАМ БЕРАДИ! Шубҳали ҳавола олдингизми? Уни босишга шошилманг — ҳаволани @ZIRH_BOT га юборинг. Бот ҳаволани хавфсизликка текшириб, зарарли ёки хавфли эканини аниқлашга ёрдам беради. 📎 ZIRH BOT орқали шубҳали файлларни ҳам текширишингиз мумкин. 🛡 Огоҳ бўлинг — кибержиноятчиларга имконият берманг! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

⚠️ DIQQAT! Telegram'da yangi firibgarlik usuli keng tarqalmoqda. So‘nggi kunlarda firibgarlar Telegram guruhlari va kanallar
⚠️ DIQQAT! Telegram'da yangi firibgarlik usuli keng tarqalmoqda. So‘nggi kunlarda firibgarlar Telegram guruhlari va kanallar muhokamalarida soxta akkauntlar orqali faol harakat qilmoqda. ❌Odatda ular:
• yalang‘och yoki uyatsiz profil rasmlaridan foydalanadi; • odamlarni bio qismidagi kanalga kirishga undaydi; • kanalda esa zararli .apk fayllar yoki firibgar havolalarni tarqatadi.
📌 Bunday fayl yoki havolani ochish oqibatida:
• telefoningizga zararli dastur o‘rnatilishi; • Telegram, bank ilovalari va boshqa akkauntlaringiz o‘g‘irlanishi; • shaxsiy ma'lumotlaringiz sizib chiqishi; • hatto nomingizga noqonuniy kreditlar rasmiylashtirilishi mumkin.
🛡 @CYBERHIMOYA tavsiya qiladi: ✅ Noma'lum akkauntlarga ishonmang. ✅ Bio qismidagi kanal va havolalarni ochmang. ✅ Hech qachon noma'lum .apk fayllarni yuklab olib o‘rnatmang. ✅ Shubhali akkauntlarni darhol bloklang va Telegram'ga shikoyat qiling. 🤖 Guruh administratorlari uchun: Guruhingizga @ZIRH_BOT'ni qo‘shing va /antispam buyrug‘ini yuboring. Bot sun'iy intellekt yordamida shubhali va spam akkauntlarni aniqlashga yordam beradi hamda guruhingizni bunday firibgar akkauntlardan himoya qilishga xizmat qiladi. ⚠️ Birgina noto‘g‘ri bosilgan havola yoki o‘rnatilgan fayl katta moliyaviy va shaxsiy zarar keltirib chiqarishi mumkin. 📣 Ushbu ogohlantirishni yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Balki shu orqali kimnidir firibgarlar tuzog‘idan saqlab qolasiz

⚙️ Texnik ishlar olib borilmoqda Hurmatli foydalanuvchilar! Texnik sozlash ishlari sababli ZIRH BOT'ning Anti-spam (spam akkauntlarni aniqlash) funksiyasi bugun soat 14:00 gacha biroz kechikish bilan ishlashi mumkin. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz. Sozlash ishlari yakunlangach, funksiya odatdagi tezlikda ishlashda davom etadi.

🛡 ZIRH BOT’da yangi anti-spam himoya ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan spam akka
🛡 ZIRH BOT’da yangi anti-spam himoya ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan spam akkauntlar ko‘paymoqda. Endi ZIRH BOT guruhlarda bunday akkauntlarni aniqlash uchun yangi anti-spam himoya moduliga ega. ⚙️ Guruhingizda anti-spam himoyasini yoqish uchun /antispamon buyrug’ini yuboring. ( /antispamoff - o’chirish) ⚠️ Ushbu funksiya hozircha BETA rejimda ishlamoqda. Xatolik bo’lsa @zirh_support ga xabar bering. ➕ Guruhga qo‘shish: https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

⚡️ЯНГИЛИК: ZIRH BOT’да видео юклаб олиш функцияси қўшилди! Энди сиз Instagram, Tiktok ва Youtube видеоларини ҳеч қандай рекла
⚡️ЯНГИЛИК: ZIRH BOT’да видео юклаб олиш функцияси қўшилди! Энди сиз Instagram, Tiktok ва Youtube видеоларини ҳеч қандай рекламасиз ва каналга аъзо бўлмасдан юклаб олишингиз мумкин.
Функция ҳозирча ТЕСТ (БЕТА) режимида ишламоқда.
📥 Ҳаволани юборинг — видеони олинг. 🛡 ZIRH BOT – энди нафақат ҳимоя қилади, балки сизга қулайлик ҳам яратади. ФОЙДАЛАНИШ👉 @ZIRH_BOT 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

Oyiga qancha to‘lashga tayyor bo‘lardingiz?
Anonymous voting

⚠️ ДИҚҚАТ! Прокуратура ва Мажбурий ижро бюроси (МИБ) номидан сохта хабарлар юборилмоқда. 📌 Сохта хабарда қўрқитиш усули қўлл
⚠️ ДИҚҚАТ! Прокуратура ва Мажбурий ижро бюроси (МИБ) номидан сохта хабарлар юборилмоқда. 📌 Сохта хабарда қўрқитиш усули қўлланилади: “Қарзингиз бор, мол-мулкингиз мусодара қилинади” — ва ҳавола ёки иловага ўтишга ундайди. ⏺ Расмий идоралар ҳеч қачон Телеграм орқали хабар юбормайди! ✅ Жавоб берманг. Ҳаволага босманг. Пул ўтказманг. Телеграмда келган номаълум файл ва ҳаволаларни @zirh_bot орқали текширишни унутманг! 📢 Дўстларингизга етказинг! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

⚠️ APK файлни очдингизми? Фирибгарлар айнан шуни кутишмоқда!
📱 Номаълум манбалардан юкланган APK файллар қурилмангизга зарарли дастур ўрнатиши, шахсий маълумотларингизни ўғирлаши ёки банк ҳисобларингизга хавф туғдириши мумкин.
🔒 APK файлларни фақат ишончли ва расмий манбалардан юклаб олинг. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

#Диққат #Огоҳлик «Мен бу дунёни ўз хоҳишим билан тарк этяпман» Фрибгарларнинг яна бир янги найрангидан огоҳ бўлинг Яқинларинг
#Диққат #Огоҳлик «Мен бу дунёни ўз хоҳишим билан тарк этяпман» Фрибгарларнинг яна бир янги найрангидан огоҳ бўлинг Яқинларингизга юбориб огоҳлантириб қўйинг!👇 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botnin
🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botning shaxsiy yozishmalarida ham) yuborgan jami 485 000 dan ortiq havola va fayllar tekshirildi. Tekshiruvlar natijasida, Telegram tarmog‘ida tarqalayotgan .apk va .exe fayllarning 78.8% qismi xavfli bo‘lib, ularning aksariyati phishing va firibgarlik dasturlari ekanligi aniqlandi. Eng ko‘p tarqalgan firibgarlik ilovalari: 🔴Toydan fotolar(20.05.2026).apk 🔴To'ydan_shirin_xotiralar.apk 🔴Video_sharmanda_maktab.apk 🔴MIB_qarzdorlik_haqida.pdf.apk 🔴Shaxsiy_suratlar.apk ➡️ZIRH BOT guruhlarda barcha xavfli havola va fayllarni avtomatik ravishda aniqlab, o‘chirib boradi. Siz ham guruhingizni himoya qilish uchun @ZIRH_BOT ni guruhingizga admin qiling. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

#киберогоҳлик ⚠️ Ўзини банк ходими деб таништирган номаълум шахсларга ишонманг! Агар суҳбат давомида: • карта маълумотлари, • СМС-код, • парол ёки шахсий маълумотлар сўралса - 📵 қўнғироқни дарҳол якунланг.
✅ Энг тўғри ечим:
телефонни ўчириб, банкнинг расмий рақамига мустақил қайта боғланиш.

🔒 Ҳеч бир банк ходими телефон орқали махфий код ва паролларни сўрамайди.
🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

🇺🇿9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUBORAK! Hurmatli CYBERHIMOYA.UZ hamjamiyati va ZIRH BOT foydalanuvchilari! Bugun yurtimi
🇺🇿9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUBORAK! Hurmatli CYBERHIMOYA.UZ hamjamiyati va ZIRH BOT foydalanuvchilari! Bugun yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va kelajagi uchun xizmat qilgan insonlarni yod etadigan qadrli kun. Ularning jasorati va fidoyiligi doimo qalbimizda yashaydi. Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Oilalaringizga tinchlik, xotirjamlik, mustahkam sog‘liq va fayz tilaymiz. 🔰Raqamli xavfsizlikni birgalikda mustahkamlaymiz! 🛡Bot: @ZIRH_BOT 🌐Kanal: @CYBERHIMOYA

Ахборот оқими ичида йўқолиб кетмасликни истайсизми? Ўз сўзи, ишончли манбаси ва кучли аудиторияси билан ажралиб турадиган энг
Ахборот оқими ичида йўқолиб кетмасликни истайсизми? Ўз сўзи, ишончли манбаси ва кучли аудиторияси билан ажралиб турадиган энг нуфузли блоглар рўйхатини эътиборингизга ҳавола этамиз. 🔥 Энг сўнгги янгиликлар 📊 Долзарб таҳлилларФақат текширилган ва ишончли маълумотлар Ҳақиқий воқеалардан биринчи бўлиб хабардор бўлишни хоҳласангиз — қуйидаги ҳаволани босинг! Ҳавола: https://t.me/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy

#Эҳтиёт_бўлинг ❗️Telegram’да янги найранг! Фуқароларга шундай мазмундаги хабарлар келмоқда. Бу фирибгарларнинг навбатдаги туз
#Эҳтиёт_бўлинг ❗️Telegram’да янги найранг! Фуқароларга шундай мазмундаги хабарлар келмоқда. Бу фирибгарларнинг навбатдаги тузоғи: агар ҳаволага ўтиб, сизга келган кодни киритсангиз, Telegram аккаунтингиз ўғирланиши мумкин. Шахсий маълумотларингизни асранг, гуруҳларга тарқатиб қўйинг. 🛡 ZIRH BOT’ни Телеграм гуруҳларингизга админ қилиб қўшинг — бот автоматик равишда гуруҳдаги хавфли файл ва ҳаволаларни ўчириб боради. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

#ОГОҲ_БЎЛИНГ #ТАРҚАТИНГ ТЕЛЕГРАМДА МОШЕННИКЛАР ЯНГИЧА ВИРУС ТАРҚАТМОҚДА!!! Мошенниклар «TELEGRAM» деб номланган профил орқали
#ОГОҲ_БЎЛИНГ #ТАРҚАТИНГ ТЕЛЕГРАМДА МОШЕННИКЛАР ЯНГИЧА ВИРУС ТАРҚАТМОҚДА!!! Мошенниклар «TELEGRAM» деб номланган профил орқали одамларга вирусли хабарлар юборишмоқда. БУНДАЙ ЁЛҒОНЛАРГА ИШОНМАНГ❌ БУНДАЙ ҲАВОЛАЛАРГА ҚИЗИҚИБ ҲАМ БОСИБ КЎРМАНГ. БЎЛМАСА ТЕЛЕГРАМ ПРОФИЛИНГИЗГА МОШЕННИКЛАР КИРИБ ОЛАДИ. ГРУППАЛАРГА ТАРҚАТИБ, БАРЧАНИ ОГОҲЛАНТИРИНГ. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT