HumbleBeeAI
前往频道在 Telegram
HumbleBeeAI – bosh ofisi Janubiy Koreyada joylashgan, O‘zbekistonda ham faoliyat yurituvchi AI kompaniyasi. Ushbu kanalda HumbleBeeAI faoliyati, AI mahsulotlari, loyihalari va @humblebeeai_academy haqida axborot berib boriladi.
显示更多未指定国家未指定类别
1 450
订阅者
无数据24 小时
-17 天
-3330 天
帖子存档
1 451
#vakansiya #ishga_taklif
HUMBLEBEEAI JAMOASIGA QO'SHILING
1. NLP/LLM MUHANDISI (Mid-Senior)
Joylashuv: Incheon, Toshkent yoki Namangan — to'liq stavka, ofisda
Production RAG tizimlari, AI agentlar va baholash (evaluation) tizimlari ustida ishlaysiz. Shartli ravishda viza yordami mavjud.
Batafsil ma'lumot: link
2. OPERATSION DIREKTOR — COO (Incheon bosh ofisi)
Joylashuv: Incheon, Janubiy Koreya — to'liq stavka, ofisda, Bosh direktorga (CEO) bevosita hisobot beradi. Kompaniyaning operatsion tizimini boshqarasiz: biznesni rivojlantirish, resurslarni taqsimlash, ichki jarayonlar va siyosatlarni kuzatib borish. Ish haqi tajribangizga qarab kelishiladi. Koreyadan tashqarida bo'lsangiz, viza yordami mavjud.
Batafsil ma'lumot: link
Savollar uchun: contact@humblebee.ai
Kelajak ish o'rinlari uchun ma'lumotlar bazamizga o'z arizangizni qoldiring:
https://forms.gle/GBJW27fuHKgJ7dGMA
1 451
Evolving AI xabar beryapti:
Sem Altmanning so‘zlariga ko‘ra, OpenAI ChatGPT’ni raqamli hayotingiz ekranida ishlaydigan, ekraningizni kuzatib boradigan, yig‘ilishlarda qatnashadigan va qo‘ng‘iroqlarni yozib oladigan sun’iy intellektga aylantirishdan taxminan bir avlod model narida turibdi. Siz uni elektron pochtangiz, hujjatlaringiz, Slack va xabarlaringizga ulaysiz. Tizim ishingizning to‘liq kontekstini shakllantirib, qarorlarni o‘zingizga qoldirgan holda real vaqt rejimida takliflar berib boradi. Bugungi kunda ko‘pchilik sun’iy intellektdan alohida seanslar orqali foydalanadi. Altman tasvirlagan tizim esa hech qachon o‘chmaydi va kontekstni yo‘qotmaydi. Bu shuni anglatadiki, bitta kompaniya sizning ekraningiz, suhbatlaringiz va ishingiz haqidagi barcha ma’lumotlarni doimiy ravishda yozib boradi. Altmanning bunga bir avlodlik muddat qo‘ygani OpenAI o‘zining navbatdagi asosiy mahsulot yo‘nalishi sifatida doimo faol sun’iy intellektni yaratish sari intilayotganini ko‘rsatadi. Bu haqda nima deb o‘ylaysiz?
1 451
Yangi ochilgan kompaniya necha yilda $300mln investitsiya jalb qiladi?💰
Kontekstni bekorga bunday savol bilan boshlamadik. Hamyurtimiz Aleksey o'zlari faoliyat yuritayotgan kompaniya haqida qisqacha gapirib berdilar.
Kompaniya qanday qilib qisqa vaqtda bunday darajaga erishdi, bunday kompaniyaga qanday qilib ishga kirish mumkin, bu savollarning barchasiga javobni bugungi podkastimizda javob olasiz.
Podkast premyerasi bugun 19:00 daPodkast premyerasi uchun havola: https://youtu.be/PyKa0_0ib6k 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 LinkedIn | 📱 Instagram
1 451
Podkastimizning yangi sonini kutib oling: AI⌨️ va FinTech💸
Podkastimizning bu galgi mehmoni Salmon Group LTD kompaniyasida yetakchi dasturiy ta'minot muhandisi bo'lib faoliyat yurituvchi Aleksey Kim bo'ldilar.
Suhbat davomida:
📖 AI moliya sohasini qanday o‘zgartirayotgani
📖 FinTech mahsulotlarida sun’iy intellektdan amaliy foydalanish
📖 Dasturchilar uchun AI ochayotgan yangi imkoniyatlar
📖 Zamonaviy texnologiyalar ortidagi muhandislik yondashuvlari
📖 AI va FinTech kelajakda qaysi yo‘nalishda rivojlanishi
haqida fikr almashdik.
Bu shunchaki texnologiyalar haqida suhbat emas – real tajriba, amaliy qarashlar va kelajak haqida mulohazalarga boy podkast bo‘ldi. Agarda AI, FinTech va dasturlash olamiga qiziqsangiz, ushbu sonimiz aynan siz uchun.
To'liq podkastni 15-avgust (ertaga) soat 19:00 da Bee Podcast YouTube sahifasida tomosha qilishingzi mumkin.
📱 Telegram | 📱 YouTube
📱 LinkedIn | 📱 Instagram
1 451
▶️Xususiy maktab ochish O'zbekistonda qanday kechadi?
So'nggi yillarda O'zbekistonda xususiy maktablar soni tez o'sib bormoqda. Ota-onalar farzandiga sifatli ta'lim izlayapti, tadbirkorlar esa ta'limga investitsiya qilishni rejelashtiryapti. Lekin bu yo'lda qanday qiyinchiliklar bor? Xususiy va davlat maktablari bir-biriadan nimasi bilan farq qiladi? Va eng muhimi – AI davri maktablarni qanday o'zgartiryapti?
Bu savollarga javob izlab, "Bee Podcast"ning ikkinchi soniga ikki maktab asoschisini taklif qilgan edik:
Hasanxo'ja Muhammad Sodiq – Sodiq School asoschisi
Doniyorbek Nasriddinov – Colba Maktabi asoschisi
Suhbatda ochiq gaplashilgan mavzular:
➡ Xususiy va davlat maktablari orasidagi asl farqlar
➡ O'qituvchi sifatini oshirishning real yo'llari
➡ AI maktab hayotiga qanday kirib kelmoqda
➡ O'qituvchi va o'quvchi rolining o'zgarishi
➡ Ta'lim tizimidagi chuqur muammolar va ularning yechimlari
Farzandingiz ta'limi kelajagi yoki o'z ta'lim loyihangizni qurish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz – bu suhbat aynan siz uchun
▶️ To'liq suhbat uchun: havola
"Suhbat foydali bo'lgan bo'lsa, obuna bo'lib bizni qo'llab-quvvatlashni unutmang!"
📱 Telegram | 📱 YouTube
📱 LinkedIn | 📱Instagram
1 451
🌼ChatGPT bepul bo'lishni to'xtatsa nima qilasiz?🔆
OpenAI o'tgan yili $13 mlrd topdi, lekin $38 mlrd zarar ko'rdi. 1,1 milliard foydalanuvchining atigi 5%igina pullik versiyadan foydalanadi. Qolgan 95% esa "bepul bayram" ishtirokchisi.
Hech o'ylab ko'rganmisiz, har bir yozgan so'rovingiz orqasida serverlar va serverlarni sovutish tizimlarining million dollarlik xarajatlari yotibdi. Xo'sh, Microsoft va boshqa yirik investorlar nega pullarini havoga sovurishmoqda?
Agar sizga bu mavzu qiziq bo'lsa, to'liq tahlil: https://telegram.me/pivotuzbekistan/3288
📱 Telegram | 📱 YouTube
📱 LinkedIn | 📱 Instagram
1 451
😁😆😁 Ushbu post telegramga yangi qo'shilgan maqola yozish xususiyati orqali yozildi, postni o'qish uchun telegram versiyangizni yangilash tavsiya qilinadi.
1 451
Repost from HumbleBeeAI Academy
🚀Bizning iste’dodlarimiz Janubiy Koreyaning yetakchi muhandislik kampusida!
"HumbleBeeAI Academy" talabalaridan biri – Mironshoh Janubiy Koreyaning nufuzli Hanyang University ERICA kampusiga magistratura bosqichiga qabul qilindi!
🔸 Yo‘nalish: Elektr va elektronika muhandisligi
🤖 Laboratoriya: Robototexnika (Robotics Lab)
Hanyang ERICA – Janubiy Koreyaning sanoat va ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘langan muhandislik kampuslaridan biri hisoblanadi. Robototexnika esa – sun’iy intellekt (AI) real dunyo bilan birlashadigan eng ilg‘or yo‘nalishdir.
Bu muvaffaqiyat bir narsani yana bir bor isbotlaydi: O‘zbekiston yoshlari dunyoning istalgan nuqtasida eng yuqori marralar uchun raqobatlasha oladi. Buning uchun faqat kuchli bilim, tinimsiz mehnat va to‘g‘ri yo‘nalish kerak, xolos.😁😆😁 Siz ham AI va zamonaviy muhandislik yo‘nalishida o‘z yo‘lingizni topmoqchimisiz? Unda HumbleBeeAI Akademiyasida sizni kutib qolamiz. Yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizga obuna bo'lishni unutmang! 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔣🔠🔠💡1️⃣🔣 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram
1 451
🤔Hech o'ylab ko'rdingizmi, yaqin orada hayotimizda texnologiya sabab nimalar o'zgardi?
Oldinlari aksariyatimiz yaqinlarimizni telefon raqamlarini, va ma'lum bir sanalarni eslab qolishda unchalik qiynalmas edik. Xattoki, oilaviy barchani karta raqamlarigacha yodimizda saqlab qola olar edik. Lekin, yaqin oradan beri bunga extiyoj sezilmay qoldi. Bunga sabab endi ularni qurilmamizdagi qaysidir ilova orqali saqlab qo'yish imkoniyati bor. Bu albatta bizni og'irimizni yengil qiladi, lekin boshqa tomondan esa, aks ta'sir xolatlari ham bor.
🎙"Bee Podcast"ning uchinchi sonida aynan shunday mavzular haqida suhbatlashdik. Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
"AI va samaradorlik"
❓Sizningcha bunday texnologiyalar samaradorlikni oshirish bilan bir qatorda fikrlashimizni kengaytirishimizga ma'lum bir ma'noda to'sqinlik qilyaptimi?
📱 Telegram | 📱 YouTube
📱 LinkedIn | 📱Instagram
1 451
Repost from Kun.uz | Rasmiy kanal
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
Olimlar sun’iy intellekt rivoji uch bosqichdan iborat bo‘lishini aytadi. Hozirgi birinchi bosqich – har biri alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan chatbotlar davri. Janubiy Koreyadagi Gachon universiteti sun’iy intellekt professori Jumabek Alixonov Kun.uz bilan suhbatda SIning mehnat bozoriga ta’siri va texnologiyaning keyingi avlodlari qanday bo‘lishi haqida so‘zlab berdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
