O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026
前往频道在 Telegram
Respublikamizdagi barcha o’quv markazlarni bir joyga birlashtiruvchi rasmiy forum. Biz bilan O’quv markazingizni yangi darajaga olib chiqasiz. Murojaat uchun : @HR_Ibrat
显示更多2 900
订阅者
+3424 小时
+1417 天
+49530 天
帖子存档
Hurmatli o‘quv markazlari! 📢
O'quv Markazlari Forumi 2026’da ishtirok etish uchun joylar ro‘yxatdan o‘tish tartibiga ko‘ra ajratiladi:
• Forumda ishtirok etish maxsus bilet asosida amalga oshiriladi.
🎯Muhim: Qanchalik erta o'rningizni band qilsangiz, oldingi qatorlardan joy egallash imkoniyatingiz shunchalik yuqori bo‘ladi!👆 Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang, oldingi qatorlardan joy olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish:💡 📋 markazlarforumi.uz
🔥 O‘quv markazlari uchun
SUPER XABAR!
Hukumatimiz tomonidan o‘quv markazlari uchun yangi imkoniyatlar berildi!
VM 598-son qarori bilan Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi orqali yordam tizimi takomillashtirildi.
Jumladan:
✅ Yangi o‘quv markazi ochish uchun — 140,8 mln so‘mgacha foizsiz qarz ✅ Markazni kengaytirish uchun — 321,2 mln so‘mgacha foizsiz qarz ✅ O‘quv markazida kasb-hunar laboratoriyasi tashkil qilish uchun — 528 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ✅ Yoshlarni kasb-hunarga va raqamli texnologiyalarga o‘qitish, yangi filial ochish uchun — 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ✅ Yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish uchun subsidiya — har bir o‘quvchiga 5,28 mln so‘mgacha 📊 Barchasi haqida to‘liq va tahliliy ma’lumot quyidagi taqdimotda. Tanishib chiqing! 🤝 Barcha imkoniyatlardan qanday foydalanishni O‘zbekiston o‘quv markazlari forumida mutaxassislardan bevosita bilib olasiz. 📍 12–13-dekabr · Yoshlar ijod saroyi, Toshkent 👉 Ro‘yxatdan o‘ting: markazlarforumi.uz #SuperXabar #Forum2026 #Komak
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
“O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi”ning uchinchi mavsumiga ro‘yxatga olish boshlandi 📋
Yoshlar uchun xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rganishda yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi”ning uchinchi mavsumiga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🤝 Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtirib, o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvi uchun keng maydon bo‘lib xizmat qiladi.
📅 Forum “Ko‘mak” loyihasi doirasida 12–13-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.
Forum dasturida: — sohaning yetakchi ekspertlari tomonidan sotuv, marketing, boshqaruv va soliq masalalari bo‘yicha amaliy treninglar; — o‘quv markazlari rahbarlari o‘rtasida ishbilarmonlik muloqoti; — startup loyihalar taqdimoti; — ko‘rgazma hamda investorlar, oliy ta’lim muassasalari va hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvlar ko‘zda tutilgan. Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va batafsil maʼlumot uchun:💬 markazlarforumi.uz
Yaxshi yangilik)
Bugun "O‘quv markazlari forumi"ning uchinchi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi 🔥
Forum 2026: maqsadimiz raqamlarda!
O‘quv markazingizni rivojlantirish, yangi hamkorlar topish va ta’limdagi yangiliklardan ortda qolmaslikni istaysizmi?
Forum aynan shu imkoniyatlarni bir maydonga jamlaydi.
📈 Forum miqyosi:
🏛 1000+ ishtirokchi o‘quv markazlari 🎤 30+ spiker va ekspert 📜 20+ eng yirik o‘quv markazi taqdimoti 👔 100 kishilik VIP biznes networking 🎓 2 kun - bilim, tajriba va hamkorlik🎯 Bizning maqsadimiz - o‘quv markazlariga rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, yoshlarning esa 2 ta xorijiy til va 1 ta zamonaviy kasbni puxta egallashiga ko‘maklashish. Forumda tajriba almashamiz, yangi hamkorlar topamiz va ta’lim sohasi kelajagi uchun birgalikda harakat qilamiz. 📅 12–13-dekabr | Yoshlar ijod saroyi, Toshkent Sizning keyingi katta imkoniyatingiz shu yerdan boshlanishi mumkin!
O‘quv markazlari 2 yilda 1,5 barobar ko‘paydi
Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘qitadigan markazlar soni respublika bo‘yicha quyidagicha o‘sdi:
▫️ 2024-yil — 9 097 ta ▫️ 2025-yil — 10 385 ta ▫️ 2026-yil — 13 623 ta (1-oktabr holatiga)Bugungi kunda bu markazlarda 72 345 nafar xodim mehnat qilmoqda. Bozor kengaymoqda, demak, yoshlar uchun imkoniyatlar ko‘paymoqda. 12–13 dekabr kunlari o‘tadigan forumda aynan shu masalani muhokama qilamiz: Rivojlanib borayotgan bozorda o‘quv markazi qanday ajralib turishi mumkin? Yaqin kunlarda O‘quv markazlari forumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi.
Yoshlar qaysi xalqaro imtihonlarni topshirmoqda?
Kompensatsiya olgan 74 102 nafar yosh — imtihon turlari bo‘yicha:
🇬🇧 IELTS — 54 048 nafar
🎓 SAT — 9 082 nafar
🇷🇺 TORFL / TRKI — 8 992 nafar
🇰🇷 TOPIK — 448 nafar
🇹🇷 TYS — 346 nafar
🇨🇳 HSK — 311 nafar
🇺🇸 TOEFL — 291 nafar
Har 4 yoshdan 3 tasi — IELTS. Lekin koreys, turk va xitoy tillari ham o‘smoqda: yangi kurs ochish uchun yaxshi signal.
#Forum2026 #RaqamlarGapiradi
O‘quv markazlari forumi 2025
Eng qaynoq va qizg‘in lavhalar.
O‘quv markazlari forumining yana bir katta imkoniyatlaridan biri bu—
“Ko‘mak” — o‘z hududingizda o‘quv markazi ochish imkoniyati.
Olis va chekka hududlarda yoshlar xorijiy tilni o‘rganish uchun shaharga qatnashga majbur bo‘lishmaydi endi.
“Ko‘mak” loyihasi aynan shu muammoni hal qiladi.
🎯 Maqsad: O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida o‘quv markazlari ochish.
👤 Kimlar uchun: C1 sertifikatiga ega yoshlar va ustozlar.
💰 Qancha mablag‘:
1️⃣ 1-bosqichda — 140 mln so‘m ssuda
2️⃣ 2-bosqichda — 300 mln so‘m ssuda
Sizda C1 sertifikat bormi? Unda hududingizdagi birinchi o‘quv markazini aynan siz ochishingiz mumkin.
To‘liq maʼlumot olmoqchi bo‘lsangiz, o‘quv markazlari forumida ishtirok eting.#Forum2026 #Komak
74 102 nafar yoshning imtihon to‘lovlari kompensatsiya qilib berildi🔥🔥🔥
Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija olgan yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi imtihon to‘lovini qaytarib berishi haqida xabaringiz bor.
2026-yil 1-oktabr holatiga:
✅ 74 102 nafar yosh
✅ 151 mlrd so‘m qoplab berildi
✅ 16 ta xalqaro imtihon tizimi
📈 Yillar kesimida:
2021 — 2 833 ·
2022 — 7 744 ·
2023 — 12 359 ·
2024 — 16 094 ·
2025 — 17 261 nafar.
2026-yil yakuniga 25 850 nafar yoshga 57 mlrd so‘m qoplanishi kutilmoqda.
🏆 Eng ko‘p: IELTS — 54 048, SAT — 9 082, TORFL / TRKI — 8 992 nafar.
Bu natijalarning har birining ortida — o‘quv markazlari va uning o‘qituvchilari turibdi.
#Forum2026 #RaqamlarGapiradi
Forum 2025: o‘tgan yil raqamlarda
Yangi forum oldidan bosib o‘tgan yo‘lga nazar tashlaymiz.
🏛 Respublika forumi — Yoshlar ijod saroyi:
▫️ 700 dan ortiq o‘quv markazi ishtirok etdi
▫️ shundan 33 tasi — hamkor sifatida
▫️ 1 500 nafar yosh qatnashdi
🗺 Hududiy forumlar — 13 ta hududda:
▫️ 3 000 dan ortiq o‘quv markazi
▫️ 20 000 nafardan ortiq yosh qamrab olindi
▫️ hokimlar va markaz rahbarlari o‘rtasida ochiq muloqotlar o‘tkazildi
📺 OAVdagi qamrov: Telekanallarda 12 mln+,
saytlarda 5 mln+,
ijtimoiy tarmoqlarda 700 ming+ kuzatuvchi.
2026-yilda bundan ham kattaroq bo‘ladi.
#Forum2025 #Forum2026
📊 O‘quv markazlar bozori yangi bosqichga chiqmoqda☄️
Oxirgi vaqtlarda o‘quv markazlari bozorida sezilarli o‘zgarish kuzatilmoqda. Bozor asta-sekin stabillashdi va masshtablashish bosqichini boshladi.
Bugun Toshkentda va viloyatlarda eng yirik o‘quv markazlari faol tarzda yangi filiallar ochmoqda.
Masalan:
Filiallar soni:
• Registon — 60 ta
• Everest — 26 ta
• Cambridge — 18 ta
• Myschool — 16 ta
• Internation — 16 ta
• English Life - 11 ta
• Thompson — 11 ta
• Polyglot — 10 ta
• Blitz — 8 ta
• Result — 7 ta
• Najot taʼlim — 6 ta
Raqamlar juda tez o‘sayapti.
“Ko‘mak” olis hududlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda
Ushbu loyiha orqali olis tumanlarda ham yangi o‘quv markazlari ochilib, yoshlarga ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Loyiha doirasida:
🔹 600 ta o‘quv markaziga ssuda ajratildi;
🔹 77 mlrd so‘m mablag’ yo‘naltirildi;
🔹 30 mingdan ortiq yosh xorijiy tillarni o‘rganmoqda;
🔹 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Bugungi kunda “Ko‘mak” loyihasi mamlakatning 158 ta tumanini qamrab olgan.
O‘quv markazlari eng ko‘p ochilgan hududlar:
• Surxondaryo viloyati — 99 ta;
• Buxoro viloyati — 82 ta;
• Qashqadaryo viloyati — 58 ta;
• Samarqand viloyati — 52 ta;
• Farg‘ona viloyati — 50 ta.
⚡️ O‘QUV MARKAZLAR FORUMINI KUTYAPSIZMI?
Bu yilgi forum shunchaki uchrashuv emas – yangi g‘oyalar, kuchli hamkorliklar va katta imkoniyatlar maydoni bo‘lishi kutilmoqda! 🚀
Sizni:
➡️ yangi hamkorlik va professional aloqalar;
➡️ sotuv, marketing, HR, AI va boshqaruv bo‘yicha amaliy bilimlar;
➡️ ta’lim biznesini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar kutmoqda.
🔥 Bu hali boshlanishi. Eng qiziq yangiliklar oldinda!
Forum haqida birinchilardan bo‘lib bilish uchun bizni kuzatib boring. Tez orada batafsil ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz!
Telegram | Instagram
Repost from Alisher Sadullaev
‼️ Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi.
O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir yilning o‘zida yana 8 589 nafar yosh. Bu, albatta, sezilarli sakrash.
❓Xo‘sh, imkoniyatdan kimlar ko‘proq foydalanyapti
Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 317 nafar) tegishli. 14–17 yoshli 25 112 nafar yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Demak, jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Bu esa bolalar maktab davridayoq xalqaro sertifikatlar va xorijiy ta’lim imkoniyatlariga jiddiy tayyorlanayotganini bildiradi. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 503 nafar qiz va 35 599 nafar yigit foydalangan.
❓Qaysi yo‘nalishlarga talab yuqori
IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 048 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT bo‘yicha ham raqamlar chakki emas: 9 082 nafar. Demak, yoshlarimiz mo‘ljalni tobora baland olyapti.
Yana bir yaxshi tendensiya, tanlov kengaymoqda: koreys tilidan TOPIK, xitoy tilidan HSK, nemis tilidan TestDAF, Goethe-Zertifikat kabi xalqaro imtihonlar ham kompensatsiya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti.
Qoraqalpog‘istonning shimolida bu imkoniyatga yetish uchun IELTS’dan 6 ball kifoya. Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, 12 ta hududda doimiy yashovchi yoshlar IELTS’dan 6 va undan yuqori yoki TOEFL’dan 60 va undan yuqori ball olsa, imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
Bu raqamlarni ko‘rish, albatta, quvonarli. Bir necha yil oldin minglab yoshlar foydalangan imkoniyat bugun o‘n minglab yoshlarni qamrab olyapti.
74 mingdan oshdik. Sur’atni yanada oshirishimiz kerak, birgalikda oshiramiz!
@alisher_sadullaev
⚡️ Yoshlar uchun yangi imkoniyat: o‘quv kurslariga arizalar qabuli boshlandi!
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida o‘z salohiyatini rivojlantirishi uchun subsidiya ajratiladi.
Mazkur imkoniyat doirasida arizalar quyidagi loyihalar va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida IT, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 4 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida esa ijtimoiy reyestrga kiritilgan 14–30 yoshli iqtidorli yoshlarning o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Ariza topshirish uchun havola:
🔹“Kelajak kasblari” loyihasi: https://my.gov.uz/uz/service/1378
🔹Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlari: https://my.gov.uz/uz/service/1398
@oquvmarkazlarforumi
+1
🏆O‘quv markazingiz o‘quvchisi yoki o‘zingiz iPhone 18 Pro, MacBook va pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin 🔥🔥🔥
Ibrat ligasining 2—mavsumi boshlanmoqda:
3-oktyabrdan Ibrat Academy’da ingliz va rus tillarini o‘rganish bo‘yicha Liga start oladi. Ishtirokchilar darslarni bajarib, XP tajriba ballarini to‘playdi va reytingda yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Juda oson.
🎁 Liga g‘oliblari uchun mukofotlar:
🇷🇺 Rus tili bo‘yicha 1-o‘rin — iPhone 18 Pro 🇬🇧 Ingliz tili bo‘yicha 1-o‘rin — MacBook 🥈 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m 4–10-o‘rinlar — 1 000 000 so‘mdan 11–50-o‘rinlar — 500 000 so‘mdan 51–100-o‘rinlar — 200 000 so‘mdan 101–200-o‘rinlar — 100 000 so‘mdan 201–1000-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar ham turli sovrinlar bilan taqdirlanadi.Har ikki til uchun sovrinli o‘rinlar alohida! Jami 2000 ta sovrinlar🥹Bundan tashqari, har bir viloyatning 1–3-o‘rin sohiblari uchun alohida pul mukofotlari beriladi. 📌 Liga 3-oktyabr soat 19:00 da boshlanadi. Hozir ro‘yxatdan o‘ting. Ibrat academy ilovasini yuklab oling va Liga ishtirokchisiga aylaning. @oquvmarkazlarforumi
O‘quv markazlari forumi uchun takliflaringizni qoldiring.
⚡️Bu yilgi O‘quv markazlari forumi yanada mazmunli va samarali bo‘lishi uchun sizning fikringiz muhim.
📌 Forum oldidan qisqa so‘rovnomada ishtirok eting.
Sizni eng ko‘p qiziqtirayotgan mavzular, muammolar va kutayotgan natijalaringizni bilish orqali forum dasturini aynan o‘quv markazlari rahbarlari uchun moslashtiramiz.
👇 So‘rovnomada ishtirok eting va forum kun tartibiga o‘z hissangizni qo‘shing.
🔗So’rovnomada qatnashish
Telegram | Instagram
✅ Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti
O‘tgan hafta yoshlarimizning xalqaro yutuqlari, ta’lim, tadbirkorlik, kasbiy rivojlanish va yangi imkoniyatlar yo‘nalishida qator muhim voqealar amalga oshirildi.
Hafta davomida ro‘y bergan asosiy voqealarni qisqacha yodga olamiz.
• O‘zbekiston — ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni!
• “2+6”: Yoshlar uchun xorijiy til o‘rganishga yangi imkoniyat;
• Google bilan hamkorlik yangi bosqichda;
• Yoshlar markazi imkoniyatlaridan unumli foydalaning!
• Mahalla yoshlarining katta maydondagi yutuqlari;
• IT va “Gaming” sohalarida O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi;
• Ibn Sino merosiga asoslangan aqlli sog‘liq ilovasi;
• O‘zbekistonda mobil o‘yinlar sanoati yangi bosqichda;
• Haftaning muhim yangiliklarini “Yoshlar ovozi” gazetasida mutolaa qiling.
#Dayjest #YoshlarYangiliklari
@oquvmarkazlarforumi
