ch
Feedback
Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo)

Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo)

前往频道在 Telegram

Òzbekistondagi Google sheets boyicha eng katta amaliy keyslarga ega kursning demo kanali Guruh: @google_sheets_gr Kurs boyicha fikrlar: @google_sheets_course Youtube kanal: https://www.youtube.com/@google_sheets_dars Owner: @Andarov_B

显示更多

📈 Telegram 频道 Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) 的分析概览

频道 Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) (@google_sheets_demo) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 12 066 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 10 138,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 6 560

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 12 066 名订阅者。

根据 25 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 312,过去 24 小时变化为 53,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 37.95%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.36% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 4 581 次浏览,首日通常累积 2 096 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 29

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Òzbekistondagi Google sheets boyicha eng katta amaliy keyslarga ega kursning demo kanali Guruh: @google_sheets_gr Kurs boyicha fikrlar: @google_sheets_course Youtube kanal: https://www.youtube.com/@google_sheets_dars Owner: @Andarov_B

凭借高频更新(最新数据采集于 26 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

12 066
订阅者
+5324 小时
-397
+31230
帖子存档
Ishchilar oylik tizimining yangilangan to‘liq versiyasi ✅ Ushbu tizim sizga gòzal imkoniyatlarni beradi:
- Kunlik ish haqi asosida ishlovchilarni ham, oylik stavka asosida ishlovchilarni ham boshqara olasiz; - 1 yoki 1.5 smenada ishlagan xodimning maoshi avtomatik hisoblanadi; - Ishchi necha kun kelgani ham avto hisob-kitob qilinadi; - Kunlik yoki oylik ish haqi miqdori ozgarsa bir joydan ozgartirib qoyasiz hamma uchun bu tasir qiladi; - Oylik va avansni xohlagan tolov usuli (naqd, plastik) orqali kiritishingiz mumkin; - Xodimga keyinroq to‘lashi uchun qarz berish funksiyasi ham mavjud; - Oylik va yillik hisobot bo‘limlari orqali esa: 1. Har bir xodimning ishlagan kuni va maoshi ko‘rsatiladi; 2. Eski qarzlar yoki ortiqcha to‘lovlar hisobga olinadi; 3. Pul qaysi shaklda berilgani (naqd/plastik/qarz) ajratiladi; 4. Oxirida aniq balans chiqadi – kimga qancha berilishi yoki qaytarilishi kerakligi ko‘rinadi.
Bu ish 1 yil avval qilingan shu yònalishda template bormi deb sorashgan edi ulashib qoyyabman Kòring, organing ancha foydasi tegadi. Reaksiya bosing men yangi keyslarni yuboraman 🤝 👉 Kurs boyicha feedbeklar @google_sheets_demo

🔴 Vakansiya: Savdo bo'limi rahbari yordamchisi ASKO kompaniyasi Savdo bo'limi rahbariga yordamchi qidiryabmiz. Savollarga ol
🔴 Vakansiya: Savdo bo'limi rahbari yordamchisi ASKO kompaniyasi Savdo bo'limi rahbariga yordamchi qidiryabmiz. Savollarga oldindan javob beraylik: — Oylik maosh: 5 000 000 so'm — Ish vaqti: 6/1 9:00 — 18:00 (shanba kuni 9:00 — 13:00) — Ofis manzili: Yangi hayot tumani, Tashkent Index F-3 blok Qanday xodim qidiyabmiz: — Google sheets va MS Excel'da erkin ishlay olish (formulalar, jadval, hisobotlar) — 18-25 yosh yigitlar *talabalar uchun emas Savollar va rezyume uchun: @askohr

Yana bir yangi ish bo‘yicha kelishuvni yakunladim ✅ To‘g‘risi, ish oson emas. Har xil biznes egalari o‘zidagi muammolarga yechim so‘rab yozishadi. Har safar yangi tizim qurishda miya ancha qiziydi, lekin baribir o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Ishim shunchaki kod yoki formula yozish emas, qiymat berish:
- Kimdir har kuni soatlab qiladigan ishi osonlashadi va vaqti tejaladi. - Tizim sababli yillar davomida ko‘rinmagan imkoniyatlar va "teshikdagi pullar" ko‘rinishni boshlaydi. - Eng muhimi, shaffoflik kiradi: oradagi gumon va tuhmatlarning oldi olinadi, xiyonat bo‘lsa darhol bilinadi.
Natijada biznes egasining og‘iri yengil bo‘ladi, men ham bergan qiymatimga yarasha munosib summa ishlab olaman. Hullas, ishimni sevaman. Hammamizni qiymat beruvchilardan qilsin @google_sheets_demo

Somsaxona uchun ham shunday tizim qurish mumkinmi? 🆕✅ Tizimning asosiy imkoniyatlari:
- Retsept asosida ombor nazorati: Har bir mahsulot bo'yicha aniq retsept kiritiladi. Kunlik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab, ombordagi xomashyo (go'sht, un, yog', piyoz va h.k.) sarfi va qoldig'i avtomatik hisoblab boriladi. Kamomad va ortiqcha sarf-xarajatning oldi olinadi. - Sotuv va kassa: Kunlik sotilgan mahsulotlar, chegirmalar va qaytarilgan (vozvrat) mahsulotlar summasi aniq yuritiladi. - Xarajatlar nazorati: Kommunal (gaz, elektr energiyasi), soliq va boshqa operatsion xarajatlar bitta joyda qayd etiladi. - Xodimlar va ta'sischilar hisobi: Xodimlarning ish haqi, avanslar va qoldiq qarzlar nazorati yuritiladi. Shuningdek, ta'sischilar o'rtasida sof foyda belgilangan foizlar bo'yicha taqsimlanadi. - Boshqaruv paneli (Dashboard): Jami tushum, xarajatlar, kassa qoldig'i va sof foyda ko'rsatkichlari bitta oynada aks etadi.
Tizimni olish yoki sizni ishingizga moslangan yechim kerak bolsa: @Andarov_B Kurs haqida fikrlar | Websayt @google_sheets_demo

Xususiy maktab uchun oylik hisoblovchi kalkulyator ✅ Biznes egasiga bu tizim nima beradi? 1. Budjet nazorati – pul qayerga ketayotganini aniq ko‘radi
"100 mln so‘m ajratilgan, bu pul kimga qanday asosda berilmoqda?" — Endi buni hisoblab o‘tirishga hojat yo‘q.
2. Shaffoflik – o‘qituvchilar o‘rtasida adolat hissi paydo bo‘ladi
Bir xil fan, bir xil soat, lekin oylik farqli bo‘lishi asos bilan belgilangan: toifa (A+, A, B+)
3. Moslashuvchanlik – fiksmi, soatbaymi, ustama asosida ishlaydimi farqi yoq, tizimda hammasiga yechim bor
Har qanday o‘qituvchi turiga mos keladi. Fiksa shtatdagilar ham, soatbaychilar ham bir joyda hisoblanadi.
4. Rejalashtirish – o‘qituvchi yollash yoki soat ajratishdan oldin budjet ko‘rinadi
Misol: “Yana 3 o‘qituvchi olish mumkinmi?” degan savolga javobni tizim ko‘rsatadi. Yangi xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Vaqt tejash – har oyning oxirida qayta-qayta hisoblashga hojat yo‘q
Bir marta sozlasangiz, keyingi oylarda faqat soat kiritasiz – oylik avtomatik chiqadi.
Video 1 yil avval yozilgan, lekin hozir — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik paytida ayni kerakli mavzu Reaksiya 🔥 @google_sheets_demo

Klient bilan suhbatgacha 1 soat bosh vaqtim bor. Xohlagan savolingizni yoki fikringizni yozsangiz boladi. Fikrlashamiz 🤝 https://t.me/QuestionUz_Robot?start=d5eb700a823945

Aniq maqsad boʻlmaguncha oʻqimang! Yaqinda bir akamiz shunday deb yozib qoldi:
"Men sizni 2024-yildan beri kuzataman. U payt kanalingizda 300 ta odam bor edi. Shu payt ichimda 'Google Sheets’da oʻrganadigan narsa bormi, oddiy narsaku' degandim lekin kanalingizga obuna bolib qoygandim. Keyin videolaringizni koʻrib qiziqib, doimiy kuzatib bordim, lekin baribir ustoz sifatida koʻrishim qiyin boʻldi.
Oxiri qilgan ishlaringiz tartibini va tizimini koʻrib: 'Endi ham chuqur oʻrganmasam boʻlmas ekan' deb yozyapman. Sababi hozir shu tizimni yoʻlga qoʻymasam, kelgusida ishlarim kengayishi hisobiga juda tartibsiz boʻlib ketishini darslaringizni koʻrib tushundim."
Aytmoqchi boʻlganim: Inson ich-ichidan "Buni oʻrganmasam boʻlmaydi" deb his qilmaguncha va oʻrgatuvchiga nisbatan ishonch/ixlos boʻlmaguncha ilm yuqishi qiyin boʻladi. Agar bu narsani yaxshi tushunib, chin dildan oʻrganishga kirishsangiz, jarayonga tezroq kirishasiz va natijasi ham barakali boʻladi. Umuman olganda, kursga kelayotganlarning aksariyati ham shunday: yo uzoq vaqt kanalni kuzatib, yo oʻziga qilib bergan tizimimizni koʻrib, yo topshirgan loyihalarimiz natijasini koʻrib keyin qiziqib qolishadi. Oʻzi oʻrganishga keladi yoki xodimlarini beradi. Aynan shunday maqsadi aniq, ixlos bilan kelganlar juda tez natija qilib, ishlarini tizimga solib rahmat aytishyapti. Shuning uchun avvalo qaysi ilmni organmoqchi bolsangiz ham aniq maqsad va ixlos bilan boshlang shunda natija kutganingizdan ham tezroq boʻladi. @google_sheets_demo

Mehr berib korish kerak bolgan dars ✅ Bu video sizga shunchaki formulani emas — fikrlash uslubini o‘rgatadi. Ba’zan natija emas, qanday yo'ldan va qaysi usulda borish muhim.
=IF(A2<>"",IFNA(SUM(FILTER(kunlik!$C$2:$C, (MONTH(kunlik!$A$2:$A)=$B$1) * (kunlik!$B$2:$B = A2))),0),)
=MAP($A$2:$A, LAMBDA(m, IF(m="",,IFNA(SUM(FILTER(kunlik!$C$2:$C,(MONTH(kunlik!$A$2:$A) = B$1) * (kunlik!$B$2:$B = m))), 0))))
=BYCOL(B1:E1,LAMBDA(oy,MAP($A$2:$A, LAMBDA(m, IF(m="",,IFNA(SUM(FILTER(kunlik!$C$2:$C,(MONTH(kunlik!$A$2:$A) = oy) * (kunlik!$B$2:$B = m))), 0))))))
Shu 3 ta formula bir xil natija beradi, lekin ularning fikrlash darajasi butunlay boshqacha. Shuning uchun bu videoni shunchaki ko‘rish emas, balki his qilib korish kerak. Reaksiya 🔥 👉 Kurs boyicha feedbeklar @google_sheets_demo

Real case va uning yechimi ✅
Bitta "-"ni togri joyga qòya olishing uchun ancha yòl bosgan bòlishing kerak bro
Kurs haqida fikrlar | Websayt @google_sheets_demo

Eng ko‘p so‘raladigan va olinadigan template’lardan biri: Postavshik — Mijoz — Ombor
Kopchilik tizimni sodda va ishlatishga qulay bo‘lishini so‘rashadi. Bu template aynan shunday qilingan. Debit/Kredit, kirim-chiqim, ombor qoldig‘i va sanadan-sanagacha to‘liq oldi-berdini ko‘rish mumkin. Yana bir muhim qism — boshlang‘ich ostatka: mahsulot, postavshik va mijoz bo‘yicha oldingi qoldiqni kiritib, tizimni davom ettirasiz. Kerak bo‘lsa, shaxsiydan yozing. Bu template kòp sotilgan yaxshi narxda qilib beraman - @Andarov_B @google_sheets_demo

Google sheets tanlanishizga yana bir sabab - endi siz xohlagan metrikani 10 sekundda chiqara olasiz 🔥✅
Videoni albatta koring bu imkoniyat vaqtingizni bekor òtishini oldini olib, vaqtingizga baraka kirishiga sabab boladi
Bu google sheets imkoniyatlaridan bir halos. Endi ham google sheetsni mehr berib organmasangiz kop imkoniyatdan ortda qolasiz Tògri struktura qurishdan to murakkab matritsali formulalar yordamida ozingizga kerakli tizim qura olishgacha 0dan toliq kurs orqali organsangiz boladi Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Yagona yacheyka formulasi yordamida minglab ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash. 🆕✅ BYCOL, MAP, LET va LAMBDA kabi formulalar yordamida butun jadval ustidan bitta markaziy formula bilan boshqaruv o‘rnatish mumkin. 👉 Yopiq kurs haqida malumot @google_sheets_demo

Google Sheets’da katta yangilik — Canvas imkoniyati qo‘shildi! 🆕✅ Endi Sheets’ning o‘zida hech qanday kodsiz (Apps Script’si
+2
Google Sheets’da katta yangilik — Canvas imkoniyati qo‘shildi! 🆕✅ Endi Sheets’ning o‘zida hech qanday kodsiz (Apps Script’siz) va AppSheet’ga o‘tib o‘tirmay, mini-ilovalar qurish mumkin. Xullas, mijozga shunchaki "xunikkina jadval" emas, ishlatishga qulay dastur berolasiz. Insert ➔ Create a canvas qilasiz. Yon tomonda Gemini AI ochiladi. Unga inglizcha matn bilan nima kerakligini yozsangiz, tayyor ilova tuzib beradi. Canvas’da nimadir o‘zgarsa, jadvalda ham avtomatik yangilanadi. "LEKIN"i bor - hozircha Gemini Canvas o'zining ilk bosqichida (MVP) bo'lgani uchun mantiqiy xatoliklar (bug) juda ko'p uchrayapti. Promptni qanchalik aniq bermang, orqa fondagi biznes-mantiqni (business logic) ba'zan mana shunday chalkashtirib yuboryapti. O‘zim kirib test qilib ko‘rdim, xatoliklari yetarlicha. Masalan, ombor dasturida mahsulotni chiqim qilsangiz ham, kirim qilsangiz ham omborga kirim qilib yozib qo‘yapti 🤦‍♂️ Minuslari: - Faqat puli to‘langan Gemini obunasi borlarda ishlaydi. - O‘zbekcha so‘rovlarni tushunmaydi, inglizcha yozish kerak. - Mantiqiy xatolari ko‘p, real tijoriy loyihalarga ishlatib bo‘lmaydi. Xulosa: Google sheetsda zamonga mos yurish katta lekin AppSheet yoki Apps Script o‘rnini hali to'liq bosa olmaydi. Shunchaki kirib sinab ko‘rishga zo‘r, lekin mijozga topshiriladigan real ishlarga hozircha ishlatmang. @google_sheets_demo

Bòlib tòlash bilan ishlovchilar uchun yechim ✅ Tizim kerak bòlsa yoki òzingiz bemalol bunday tizimlar qilishni òrganmoqchi bolsangiz boglaning - @Andarov_B Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Kun hikmati ✅
Pulni tòy-hashamgamas, tizimga sarflang!
@google_sheets_demo

#yangi_boshlaganlar_uchun Ikkita sahifa yoki ikkita sheetsni bir-biriga boglash ✅ Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Tasavvur qiling, omboringiz bor va uni avtomatlashtirish uchun dastur qildirdingiz. Koʻpchilik quyidagilarni qilib "tizim qurdim" deb oʻylaydi: - Omborda hamma tovardan 100 tadan (yoki bir xil miqdorda) turibdi. - Qanchaga olingani va qaysi postavshikdan kelgani yozilgan. - Ombordagi umumiy balans — $12,500. - Ishlatilgan xarajat va tushum raqamlari aniq koʻrsatilgan. Natija: Sirtga qarasangiz — hamma raqamlar joyida, balans toʻgʻri, chiroyli elektron daftar turibdi. Lekin bu yerda eng katta aldamchi tuzoq bor: hamma tovardan bir xil 100 tadan olib kelingani bilan, ularning sotilish tezligi va talab yer bilan osmoncha farq qiladi: - Tovar A: Oyiga atigi 2 ta sotiladi (100 ta zaxira 50 oyga / 4 yilga yetadi! Pul muzlab yotibdi). - Tovar B: Bu oy kutilmaganda talab oshib, kuniga 10 tadan ketyapti (100 ta zaxira atigi 10 kunga yetadi!). Lekin sizdagi "daftar tizim"da faqat quruq raqamlar va balans boʻlgani uchun u buni farqlab bera olmaydi. Natijada, mas'ul xodim yana oʻz bilganicha, eski inersiya bilan hamma tovardan teng 100 tadan zakaz qilaveradi. Pulingiz esa kelajagi yoʻq, oʻlik tovarlarga "muzlab" yotaveradi. Eng alamli joyi: Xaridor bu oy eng koʻp sotilayotgan Tovar Bni soʻrab keladi, sizda esa u... allaqachon tugab qolgan boʻladi! Xaridor keladi, siz esa "Afsuski, bu tovarimiz tugagandi..." deysiz. U kutmaydi, toʻgʻri konkurentingizga oʻtib ketadi. Keyingi safar ham kelmay qoʻyadi, chunki xotirasida "Bularda baribir tovar boʻlmaydi" degan fikr qoladi. Natijada siz nafaqat bugungi $100 lik sotuvni, butun boshli LTV (doimiy mijozning koʻp yillik qiymati)ni boy berasiz. Nega bunday boʻldi? Chunki bu dasturda QAROR zanjiri yoʻq. Har qanday sohadagi toʻgʻri tizim quyidagi 4 ta uzviy zanjir boʻyicha ishlashi shart:
1. RAQAM ➡️ 2. METRIKA ➡️ 3. ANALIZ ➡️ 4. QAROR
Ombor tizimini kichik misolida korib chiqamiz:
- Raqam (Data): Omborda har bir tovardan 100 ta bor. (Bu shunchaki statistika, xom ma'lumot. Biznesga hech qanday foydasi yoʻq). - Metrika (Metric): A tovar bir oyda atigi 2 ta sotilyapti, lekin B tovar bu oy kutilmaganda talab oshib, kuniga 10 tadan ketmoqda. Zaxira 10 kunga yetadi, postavshikdan yetib kelish vaqti (Lead time) — 7 kun. (Mana endi real manzara shakllanyapti). - Analiz (Insight/Signal): Dastur avtomat ravishda baqirishi kerak: “Diqqat! Bu oy B tovar boʻyicha zakazlar keskin koʻpaydi. Agar 3 kundan keyin yangi zakaz berilmasa, tovar tugaydi va kuniga $1,000 tushum boy beriladi” - QAROR (Action): Dastur shunchaki ogohlantirib qoʻymaydi, balki mas'ul xodimning oldiga "B tovardan darhol 50 ta zakaz berish kerak" degan tayyor buyurtma hujjatini generatsiya qilib beradi. Rahbar esa bitta tugma bilan tasdiqlaydi
Ushbu 4 ta bosqichli formula faqat ombor uchun emas — moliya (kassa uzilishlarini oldini olish), sotuv (sovuq lidlarni ajratish), HR va boshqa barcha yoʻnalishdagi tizimlarga birdek mos tushadi. Xulosa: Dastur yoki tizim — bu shunchaki boʻlib oʻtgan faktlarni yozib boradigan arxiv emas. Haqiqiy avtomatlashtirish — bu sizni kutib turgan xavfdan ogohlantiradigan va keyingi qadamingizda toʻgʻri qaror beradigan NAVIGATOR boʻlishi kerak. Agar sizdagi dastur faqat birinchi bosqichda (raqam yigʻishda) qolib ketgan boʻlsa, demak siz tizim emas, shunchaki qimmatroq "elektron daftar" ishlatyapsiz, xolos. Endi oʻzingizga savol bering: Siz olgan yoki qurgan dasturingiz qaror qabul qilishga yordam beryaptimi yoki shunchaki raqam yigʻyabdi halosmi? @google_sheets_demo

"Hamma muammoingga sabab — TIZIMing yoʻqligi..." Hozir ijtimoiy tarmoqlarni ochsangiz, har ikki postning birida shu gap. Ochigʻi, bu ibora shunchalik koʻp ishlatilib, sotuvga aylantirib yuborildiki, hatto odamning gʻashini keltiradigan boʻlib qoldi. Huddi oʻzining qandaydir dasturi yoki xizmatini tiqishtirishdek koʻrinadi. Lekin oxirgi paytlarda menga yozayotgan tadbirkor akalarning aksariyat qismida bitta umumiy masala bor:
“Bizda dastur bor, CRM bor, xullas tizim bor. Lekin u menga men xohlagan narsani bermayapti. Qilingan ishlaringizni koʻrdim, bizni tizimni ham bir koʻrib bersangiz...”
Ularni korib bitta narsani tushindim: Muammo tizimning yoʻqligida emas, muammo u tizimning QANDAY qurilganida. Biz tadbirkorga shunchaki "tizim qil" deb reklama urishni toʻxtatib, aslida qanday ketma-ketlikda qurilgan dastur u uchun real foyda keltirishini tushuntirishimiz kerakmikan deb o'ylab qoldim. Bugungi yozganlarim ham tadbirkorga (nimani talab qilishni bilishi uchun), ham mutassis / dasturchiga (nimani qurish kerakligini anglashi uchun) birdek manfaatli boladi deb oylayman Keyingi postda aynan shu masalani bitta real keys misolida tushintirish bermoqchiman. @google_sheets_demo

Kun hikmati
Biznesni o‘rganishning eng effektiv yo‘li — biznes kursi emas, unga tizim qurib berishdir.
Kursda sizga tayyor nazariyani shunchaki chiroyli gapirib berishsa, tizim qurishda biznesning motorini, har bir detal qanday ulanishini ichiga kirib o‘rganasiz va noldan terib chiqasiz. Biznesni shunchaki chetdan kuzatmaysiz, uning ichida yashab, arxitektor sifatida qurasiz. Bu umuman boshqa daraja @google_sheets_demo