UWEDFORCE🛡
前往频道在 Telegram
📢 UWED FORCE – Rasmiy kanali ! Murojaatlar uchun hamda huquqbuzarlik holatlari haqida xabar berish uchun: @Zakhroasliddinovna
显示更多乌兹别克斯坦54 427未指定类别
391
订阅者
无数据24 小时
-107 天
-11930 天
帖子存档
391
Cyber Shield — Telegramdagi ishonchli kiberhimoyachingiz!
Bugungi raqamli davrda zararli APK fayllar, xavfli havolalar va firibgarlar har qadamda uchrashi mumkin. O‘zingizni, guruhingizni va kanalingizni kiberxavflardan himoya qiling!
⚠️ Cyber Shield quyidagilardan himoya qiladi:
✅ Xavfli havolalarni aniqlaydi
✅ Zararli APK va fayllarni bloklaydi
✅ Firibgarlik kontentlarini ogohlantiradi
✅ Guruh va kanallardagi xavfli xabarlarni o‘chiradi
✅ Telegram muhitini xavfsiz saqlashga yordam beradi
🔒 Kiberxavfsizligingizni bugunoq mustahkamlang!
🤖 Bot: @cybershielduz_bot
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram
391
📢 Xavfsiz Bot – Xavfsiz va ishonchli ta’lim uchun raqamli yordamchingiz
Talabalar, yoshlar, ota-onalar va pedagoglar endi Xavfsiz Bot orqali ishonchli ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin.
🔍 Xavfsiz Bot orqali nimalarni amalga oshirishingiz mumkin?
- Shubhali kanal va profillarni tekshirish;
- Ishonchli manbalardan ta’limiy va diniy ma’lumotlarni olish;
- Taqiqlangan hamda ekstremistik tashkilotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
- Umra va Haj ziyorati bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni olish;
- Ishonchli diniy va huquqiy manbalarni topish;
- Savollar, takliflar va fikr-mulohazalarni yuborish.
⚠️ Muhim: Bot diniy hukm (fatvo) chiqarmaydi. Diniy savollar bo‘yicha vakolatli rasmiy manbalarga murojaat qilishingiz so‘raladi.
📱 QR-kodni skaner qiling va Xavfsiz Botdan foydalanishni bugunoq boshlang!
Birgalikda talabalarimiz va jamiyatimiz uchun yanada xavfsiz hamda bilimli raqamli muhit yaratamiz!

Bizning ijtimoiy tarmoq manzillarimiz👇
Telegram | Instagram
391
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 15-maydagi 209-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Talaba Fest” festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy yil 23-may kuni “Talaba Fest” festivali bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Festival doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetning “UWEDFORCE” qalqon jamoatchilik guruhi tomonidan yuqori darajada, jangovar ruhda harbiy-ko‘rgazmali chiqish namoyish etishdi.
391
+1
Toshkent shahar Sport boshqarmasi tomonidan 2026-yil 14-15-may kunlari sportning suzish turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari” Prezident olimpiadasining 2-bosqichida UWEDFORCE guruhi a’zosi Kulmamatova Zaxro Asliddin qizi faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Kulmamatova Zaxroni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va omad tilaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.
📍Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇🏻
Telegram / Instagram
391
UWEDFORCE jamoasi Talaba Fest’da!
23-may kuni soat 16:00 da UWEDFORCE jamoasi tomonidan harbiy-ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etiladi.
Sizni unutilmas atmosfera, kuchli tayyorgarlik va haqiqiy jamoaviy ruh kutmoqda!
📍 B bino tashqarisida
🗓 23.05.2026
🕓 16:00
Barchangizni kutib qolamiz!
📍Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇🏻
Telegram / Instagram
391
📢 “UWEDFORCE” qalqon jamoatchilik guruhiga a'zolik uchun topshirgan shtirokchilar diqqatiga!
Suhbat natijalari bo‘yicha ma’lumotlar talabgorlarning shaxsiy Telegram messenjerlariga yuborildi.
✅ Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!
Sizlarga keyingi jarayonlarida omad, qat’iyat va muvaffaqiyat tilaymiz.

⚔️ "UWEDFORCE" Qalqon jamoatchilik guruhiga a'zolik suhbatining 2-bosqichi bo'lib o'tdi!
🔥 Suhbatning 2-bosqichida talabalar o'zlarining jamoaviy ishlash qobiliyati va kirishimliligi va eng asosiysi har qanday vaziyatda ham muammolarni oson va og'ir bosiqlik bilan xal eta olishini namoyon etishdi.
📍Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇🏻
Telegram / Instagram
391
⚔️ UWEDFORCE “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a'zolik suhbatining 2-bosqichi bo'lib o'tdi!
🔥 Suhbatning 2-bosqichida talabalar o'zlarining jamoaviy ishlash qobiliyati va kirishimliligi va eng asosiysi har qanday vaziyatda ham muammolarni oson va og'ir bosiqlik bilan xal eta olishini namoyon etishdi.
📍Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇🏻
Telegram / Instagram
391
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari!
Universitetda “Temuriylar Diplomatiyasi Sammiti” bo‘lib o‘tadi.
Sammitning asosiy maqsadi:
✔️30 dan ortiq universitet talabalari o‘rtasida fikr va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
✔️Temuriylar davri diplomatiyasi va xalqaro munosabatlar tarixini chuqurroq o‘rganish;
✔️yoshlarda diplomatiya hamda xalqaro munosabatlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
✔️sammit faoliyati, jarayonlari va loyihalari haqida batafsil ma’lumot berish;
✔️ishtirokchilar o‘rtasida professional muloqot va hamkorlik muhitini shakllantirish.
✨Barchangizni ushbu sammitda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
📆 16-may, 2026-yil
⏰ 10:00
📍 JIDU, "B" bino, 203-konferensiyalar zali
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
391
📆 Joriy yilning 7-may sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar Ittifoqi hamda “UWEDFORCE” jamoasi hamkorligida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Amir Temur” badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Kino namoyishi davomida talabalar Amir Temurning hayot yo‘li, uning davlat boshqaruvidagi ulkan hissasi, jasorati va strategik qarashlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
📍Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇🏻
Telegram | Instagram
391
+2
👉 DIQQAT!
📲 Telegram akkauntlar firibgarlar tomonidan qo‘lga kiritilmoqda!
Sizga tanishingiz nomidan kelgan “tezda pul tashlab ber”, “qiyin ahvoldaman”, “keyin qaytarib beraman” degan xabar haqiqiy bo‘lmasligi mumkin.
Firibgarlar Telegram akkauntlarni egallab, odamlarni o‘z yaqinlari nomidan aldashmoqda.
📌 Pul o‘tkazishdan oldin albatta qo‘ng‘iroq qilib tekshiring!
Firibgar shoshiradi, ogoh fuqaro tekshiradi.
📍 Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring👇🏻

📆 Joriy yilning 9-may sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining qalqon “UWEDFORCE” jamoasiga yangi a’zolarni qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlarining birinchi (1) qismi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida nomzodlarning mas’uliyat hissi, jamoada ishlash qobiliyati, intizomi hamda faolligiga alohida e’tibor qaratildi. Har bir ishtirokchi o‘z salohiyati va qiziqishlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
🔹 Suhbat jarayonlarining ikkinchi (2) qismi esa kelgusi haftada bo‘lib o‘tadi.
📌 Suhbat sanasi va muhim ma’lumotlarni quyidagi maxsus guruhdan bilib olishingiz mumkin.
https://t.me/uwedforcevolontyorlar
📍Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇🏻
Telegram / Instagram
391
+2
📆 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlar va abituriyentlar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratishda “UWEDFORCE” jamoasi a’zolari faol ishtirok etishdi.
👥 Jamoa a’zolari tartib-intizomni saqlash, tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish va tadbirning samarali o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ularning mas’uliyat, fidoyilik va jamoaviy hamjihatlik bilan olib borgan faoliyati tahsinga loyiq.
“UWEDFORCE” — intizom, mas’uliyat va birlik timsoli! 💪
📍 Rasmiy sahifalarimizni kuzatishni davom eting👇🏻
Telegram / Instagram
391
+3
📆 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich koordinatori tashabbusi bilan “Yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish” mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi.
👥 Tadbirda profilaktika katta inspektori Sh. Boymatov ishtirok etib, talabalar bilan huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari hamda oldini olish choralari yuzasidan suhbat olib bordi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida batafsil tushuntirish berildi.
🖇️ Suhbat yakunida talabalarga qonunlarga hurmat bilan yondashish, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda zo‘ravonlik va tajovuzkorlikdan yiroq bo‘lish muhim ekanligi ta’kidlandi.
📍 Rasmiy sahifalarimizni kuzatishni davom eting👇🏻
Telegram / Instagram
391
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣 “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
🏆 Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin – 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin – 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm.
⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi tahsil; olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegramv
391
⚡️O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan “Ilhaq” o‘zbek milliy badiiy filmi 4-may kuni TTJ 2 va 3 - qavatlarining manaviyat xonalarida talabalar uchun namoyish etildi.
Film umumiy ovozlarning 32 foizini (77 ta ovoz) qo‘lga kiritib, eng ko‘p ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozongan edi. Unda insoniy qadriyatlar, sadoqat hamda og‘ir sinovlar qarshisida mustahkam iroda haqida ta’sirli voqealar yoritilgan.
🎬 Namoyish davomida talabalar faol ishtirok etib, film mazmunidan chuqur taassurot olishdi.
📲 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram
391
🛑 Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi: Qonun nima deydi?
Birovning ismi, telefon raqami, pasporti yoki manzili kabi ma’lumotlarni uning roziligisiz tarqatish O‘zbekistonda javobgarlikka sabab bo‘ladi!
⚖️ Ma’muriy javobgarlik (MJtK 46¹-modda):
Shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish:
💰 Jarima: BHMning 10 baravaridan 40 baravarigacha.
⚖️ Jinoiy javobgarlik (JK 141¹-modda):
Agar holat jiddiy zarar yetkazsa yoki ma’muriy jazodan keyin ham takrorlansa:
🚫 Jazo: Yirik miqdorda jarima, majburiy jamoat ishlari yoki ozodlikni cheklash choralari ko‘riladi.
Nimalar shaxsiy ma'lumot hisoblanadi:
F.I.SH. va pasport seriyasi,yashash manzili va telefon raqami,shaxsiy va oilaviy sirlar.
Eslatma: Internet va ijtimoiy tarmoqlarda birovning ma’lumotlarini ruxsatsiz ulashish ham ushbu moddalar doirasiga kiradi. Ehtiyot bo‘ling! 🛡️