709
订阅者
-124 小时
-57 天
-730 天
帖子存档
#LUĞAT_8
🇹🇷Sayılar - Sonlar🇺🇿
Sıfır. 0
Bir. 1
İki. 2
Üç. 3
Dört. 4
Beş. 5
Altı. 6
Yedi. 7
Sekiz. 8
Dokuz. 9
On. 10
Yirmi. 20
Otuz. 30
Kırk. 40
Elli. 50
Altmış. 60
Yetmiş. 70
Seksan. 80
Doksan. 90
Yüz. 100
Bin. 1000
#Vazifa_1. Berilgan gaplarga –DAki va -kİ qo'shimchalarini qo'shib tugallang.
1. Benim çantam………………… kitaplar çok ilginç.
2. Berna’nın okulu Merter’de Aynur’un………………… Fatih’te.
3. Bugün………………… derse geliyorum.
4. Ben………………… kitap Ahmet’in.
5. Mağaza………………… elbise çok güzel.
6. Ev.............. koltukları değiştirmek istiyorum.
7. Akşam.............. dizi çok güzeldi.
8. İzmir’.............. evimi satıyorum.
9. Ömer dün.............. ödevini yapmadı.
10. Öğretmen sınıf.............. gürültüye çok kızıyor.
#DARS_7
#grammatika
-ki Eki – -ki qo'shimchasi
✅Turk tilida -ki qo'shimchasi ot, sifat, son, olmosh, ravish kabi so'z turkumlariga qo'shilib, so'zning kimga yoki nimaga tegishli, ya'ni aloqador ekanini bildirib keladi (meniki, seniki, uyniki, bugungi, kechagi...)
Gapda sifat va olmosh vazifasini bajaradi.
✅Sifat vazifasida qo'llanilishi
O'rin-payt kelishigi qo'shimchasi yoki payt ravishlaridan keyin kelgan -ki qo'shimchasi, sifat vazifasini bajarib keladi. Masalan:
Sınıftaki herkes öğretmeni dinliyor. - Sinfdagi hamma o'qituvchiga quloq solib o'tiribdi.
Yarınki toplantıya katılıyor musun? - Ertangi yig'ilishda qatnashasanmi?
Dergideki resimlere bakıyorum. - Jurnaldagi rasmlarga qarayapman.
Bengü’nün yanındaki kız kim? - Benguning yonidagi qiz kim?
Bugünkü derse geldin mi? - Bugungi darsga keldingmi?
✅Olmosh vazifasida qo'llanilishi
Qaratqich kelishigidan so'ng va otlarga qo'shilib kelgan -ki qo'shimchasi olmosh vazifasini bajaradi. Masalan:
Benim elbisem kırmızı, seninki ne renk? - Mening ko'ylagim qizil, seniki qanaqa rang?
Bugün benim dersim az, ya seninki? - Bugun mening darsim kam, senikichi?
Lale’nin saçları uzun, Deniz’inki kısa - Lolaning sochlari uzun, Denizniki kalta.
Benim evim onunki gibi büyük değil - Mening uyim unikichalik katta emas.
Istisno. -ki qo'shimchasi dün va gün so'zlariga qo'shilganda undagi unliga moslashadi:
-Dünkü postanı aldım - Kechagi pochtani oldim.
-Pazartesi günkü sınavdan çok korkuyorum - Dushanba kunidagi imtihondan juda qo'rqyapman.
@Negina_turktili
#LUĜAT_7
🇹🇷Hafta günleri- hafta kunlari🇺🇿
Pazartesi - Dushanba
Salı - Seshanba
Çarşamba - Chorshanba
Perşembe - Payshanba
Cuma - Juma
Cumartesi - Shanba
Pazar - Yakshanba
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
