MSR Aka - uka matematiklar
前往频道在 Telegram
📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
显示更多562
订阅者
+424 小时
+27 天
-1330 天
帖子存档
#Диққат #Тарқатинг
❗️Манба: Давлат ОТМларда контракт нархи оширилмайди
Айтишларича, давлат олий таълим муассасаларида 2025/2026 ўқув йили учун контракт тўлови миқдори оширилмайди.
Супер контракт миқдори камайиши кутилмоқда.
✅ @MatematikaMSR
Repost from N/a
🥷🏻Va nihoyat xakkerlar menga hujum qilishdi
Yaqinlar shu va shunga o’xshash APK fayylar keldimi demak siz buni ochmasligingiz keral tamom bo’lmasa moddiy zarar yetishi mumkin sizga.
😅 Va nihoyat xakkerlar menga hujum qilishdi
Yaqinlar shu va shunga o’xshash APK fayylar keldimi demak siz buni ochmasligingiz keral tamom bo’lmasa moddiy zarar yetishi mumkin sizga
🥳 Biz Instagramda 1k bo’ldik barchaga rahmat bizni kuzatishda davom eting!
https://www.instagram.com/msr_matematika?igsh=NXB4dm00aGswMDFq
⚡️"Oltinchi yo‘nalish" tanlash haqida 5 ta eng ko’p berilgan savollarga javoblar!
Shavkat Mirziyoyevning ta’limga oid videoselektorda ilgari surgan yangi tashabbusi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Quyida eng ko’p berilgan 5 ta savolga javobni bilib olishingiz mumkin:
⁉️ Qachondan boshlanadi?
Bu tartib keyingi yildan emas, aynan joriy yildan (2025-yildan) kuchga kiradi.
⁉️ Tartibi qanday bo‘ladi?
Hozircha aniq tartibi tasdiqlanmagan. Mas’ul vazirlik bir nechta variant ustida ish olib bormoqda. Rasmiy tartib tasdiqlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
⁉️ Kimlar uchun?
Bu imkoniyat faqatgina tanlagan beshala yo‘nalishiga ham (na grant, na kontraktga) kira olmagan abituriyentlar uchundir. Agar birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsangiz, bu tartib sizga taalluqli emas.
⁉️ Bu super-kontraktmi?
Yo‘q, bu super-kontrakt emas. Bu imkoniyat faqat kvotasi to‘lmay qolgan o‘rinlar hisobidan taqdim etiladi. Agar biror yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalish sifatida tanlov bo‘lmaydi.
⁉️Qaysi yo‘nalishni tanlash mumkin?
Oltinchi yo‘nalishni tanlashda abituriyentning fanlar majmuasi mos kelishi shart. Masalan, biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.
Xulosa: Demak, bu yil o‘qishga kira olmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi, lekin uning aniq tartib-qoidalari hali e’lon qilinmadi.
✅ @MatematikaMSR
#so‘ragan_edingiz
⚡️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅ JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▪️︎umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
Xabarni talabalarga yuborib qo’ying yotoqxona bo’yicha ma’lumotni bilib olsin
✅ @MatematikaMSR
❗️ОТМлар контракт нархини оширишни бошлади
Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети 2025-2026 ўқув йили учун контракт нархини 15 фоизга оширди.
Расмий хабарда айтилишича, университетда кечки, сиртқи ва масофавий таълим шакллари йўлга қўйилмагани сабабли университетнинг молиявий барқарорлигининг катта қисми кундузги таълим шакли тўлов-контракт ҳисобидан амалга оширилмоқда.
✅ @MatematikaMSR
#talim #kredit
⚡️TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL
➖ Kredit miqdori: Cheklov yo‘q;
➖ Qaytarish muddati: 7 yil muddatga;
➖ Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Kimlarga beriladi:
➖ Davlat va nodavlar oliygoh talabariga beriladi;
➖ faqat kunduzgi ta’lim shakliga;
➖ bakalavr yoki magistrga;
➖ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan;
➖ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
❌ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.
❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.
Kerakli hujjatlar:
— ariza;
— talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
— kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
— bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
✅ Ta'lim krediti olish uchun ariza berishda bankka borishingiz ham shart emas, my.gov.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi.
@MatematikaMSR
+9
⚡️ Mehnatlarimiz natijasini bir ko'ring!
✅ O'quvchilarimizning yutug'i - mening yutug'im.
Quyidagi rasmlarda ko’rishingiz mumkin!
📌 Siz ham shu kabi natijaga erishishingiz mumkin buning uchun biz bilan ta'lim oling!
🔖 Guruhlarimizga qabul ochiq
📲 Bog'lanish uchun: @MuhammadAziz_Ashuraliyevich
☎️ 97 129 27 27
@MatematikaMSR
Talaba boʼlganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli koʼrsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar boʼlsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yigʼma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert А5 formatida;
8. Talabalar turar joyiga (sharoiti ogʼir va kam taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak boʼlsa);
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar boʼlsa).
✅ @MatematikaMSR
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2025-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
2024-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/MatematikaMSR/845
❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,01 balldan 2 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,01 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,01 balldan 4 ballgacha — 3 barobari.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz (masalan, o‘tgan yili 2-sentyabrdan ariza berish boshlangan).
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 4 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❓Super-kontraktdagilar grant taqsimotida qatnasha oladimi?
Ha, ular ham 1-kursdan keyin o’zlashtirishi va faolligi yaxshi bo’lsa, grantga da’vogarlik qila oladi.
❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
✅ @MatematikaMSR
