MSR Aka - uka matematiklar
前往频道在 Telegram
📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
显示更多559
订阅者
无数据24 小时
+77 天
-830 天
帖子存档
⚡️ Rasman: Kontrak narxi keskin oshdi
◾️Qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
➡️ Solishtirish uchun eski narxlar
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyenthttps://t.me/MSRtestlari
Repost from N/a
⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
✅ Unga ko‘ra:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.
Ta'lim yangiliklari✅👇
https://t.me/kas1movone1
⚡️ Qabulning ikkinchi bosqichi qachongacha davom etadi?
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
🔹Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
✅ Obuna bo’ling!
https://t.me/MSRtestlari
Yangi guruh
4-GURUH “Milliy sertifikat va olimpiada”
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, Juma va shanba kunlari soat 06:00 dan 08:00 gacha.
Bizning kanal: https://t.me/MSRtestlari
Repost from N/a
Kontrakt miqdorlari keskin oshirildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Stipendiyasiz shaklda 1-bosqich bakalavr talabalari uchun 29,4 mln soʻm, 2-4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 mln soʻm etib belgilandi. Magistratura esa 27 mln soʻm.
OTM tanlashga shoshilmang, qolgan moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham kontrakt narxi oshishi kutilmoqda.
https://t.me/kas1movone1
Repost from N/a
‼️Xushxabar: Minimal o’tish bali o’zgarmaydigan bo'ldi
Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%); 🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi. Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi. Bundan avval joriy yildan boshlab minimal ball oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov “O’zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilgan edi. Vazirning so’zlariga ko’ra, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishi kerak edi.Ammo negadir minimal ballni oshirmasdan, eskicha saqlab qolishga qaror qilingan. https://t.me/kas1movone1
Matematika yangi guruhlar uchun (oflayn) kurs.
Kurs 29-avgust kuni Soat 14:00 da
boshlanadi.
1-GURUH Dushanba, chorshanba va Juma kuni 14:00 dan 16:00 gacha
2-GURUH Seshanba, Payshanba va Shanba kuni 14:00 dan 16:00 gacha
3-GURUH SAT Dushanba,Chorshanba va Juma kuni 16:00 dan 18:00 gacha.
Kurs uchun qabul ochiq!
Kelishdan oldin +998 97 129 27 27 ushbu raqam bilan bog’laning!
P/S: Siz qaysi guruhga kelishingiz kanalda e'lon qilinadiBizning kanal: MSR testlari
Repost from N/a
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
🎓 https://t.me/kas1movone1
Repost from N/a
⚡️Rasman: 5 ta yo‘nalish tanlash boshlandi
Abituriyentlar 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent #tanlov2024
Chegirma sohiblari!
🥇3 oy 50% chegirma
🥈2 oy 50% chegirma
🥉1 oy 50% chegirma
✅ Natijalar e’lon qilindi!
🥇G‘anijonov Muhammad Soli 67 ball
🥈Iminjonova Munisa 38.5 ball
🥉Isroilov Muhammad Ibrohim 34 ball
P/s: Guruhlarda yana chegirma bo’lishi mumkin.
Repost from N/a
📉 Bu yil o'tish ballari tushadi!
2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi e'lon qilindi.
1. Buxoro viloyati — 75,9 ball 2. Toshkent shahri — 74,6 ball 3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball 4. Namangan viloyati — 68 ball 5. Xorazm viloyati — 68 ball 6. Navoiy viloyati — 67,2 ball 7. Samarqand viloyati — 67 ball 8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball 9. Jizzax viloyati — 65,5 ball 10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball 11. Toshkent viloyati — 64 ball 12. Andijon viloyati — 63,5 ball 13. Qoraqalpog‘iston — 63,3 ball 14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ballBu o'rtacha ballardan ma'lumki, abituriyentlar juda past ball to'plashgan. Bunga joriy yilgi test savollarning qiyinligi sabab bo'lishi mumkin. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyenthttps://t.me/kas1movone1
Repost from N/a
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga to‘g‘ri keladi
#abituriyent
mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.
Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.
56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.
O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.
O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.
2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.
🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
⬆️ Toshkent shahri — 4,9%
⬆️ Toshkent viloyati — 4,9%
⬆️ Jizzax — 3.7%
⬆️ Buxoro — 3,5%
⬆️ Sirdaryo — 3,1%
O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.
***
56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.
https://t.me/kas1movone1
‼️ Shunday qilib, barcha abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Endi hech kim bu ro’yxatga qo’shilib qolmaydi, chunki qo’shimcha test kunlari o’tkazilmaydi (agar Davlat qabul komissiyasi yopiq bayonnoma bilan kimlargadir ruxsat bermasa).
Ana, endi abituriyentlar uchun yo’nalish tanlash imkoniyatining ochilishini kutish kerak.
Ammo buning uchun eng avvalo kvotalar e’lon qilinishi kerak. Kvotalarni bilmasdan turib, yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Batafsil kvotalar esa haligacha tasdiqlanmadi.
20-iyuldagi Prezident farmoyishida Davlat qabul komissiyasi batafsil kvotalarni 1 hafta muddatda tasdiqlashi belgilangan edi. Ushbu muddat ertaga tugaydi.
Demak, agar ertaga — 27-iyul kuni Davlat qabul komissiyasi kvotalarni tasdiqlab, e’lon qilmasa, Prezident hujjatidagi topshiriqni ijro qilmagan bo’ladi.
https://t.me/MSRtestlari
Repost from N/a
⚡️Rasman: 12-kun natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 25-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin!
Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin! https://t.me/kas1movone1
