ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Ta'limda nima gap?

Ta'limda nima gap?

前往频道在 Telegram

Taʼlimda nima gap? Biz buni yoritib boramiz... 🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz

显示更多

📈 Telegram 频道 Ta'limda nima gap? 的分析概览

频道 Ta'limda nima gap? (@talimationuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 79 148 名订阅者,在 教育 类别中位列第 1 952,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 858 位。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 79 148 名订阅者。

根据 17 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -10 726,过去 24 小时变化为 -245,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 10.23%。内容发布后 24 小时内通常能获得 2.10% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 0 次浏览,首日通常累积 1 667 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Taʼlimda nima gap? Biz buni yoritib boramiz... 🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz”

凭借高频更新(最新数据采集于 18 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

79 148
订阅者
-24524 小时
-2 0497 天
-10 72630 天
帖子存档
❗️Prezident ta’lim vazirini nega “Eng ishongan kadrim” dedi? Yangilik, undan chiqadigan 3 ta xulosa va abituriyentlar uchun bitta muhim savol — 1 daqiqalik videoda.👇 ▶️ Videoni ko‘rish;

Prezident: Nukusdagi 1-son texnikumda kasbiy ta'lim tajribasini kengaytirish zarur Prezident Nukusdagi 1-son texnikumda kasbi
Prezident: Nukusdagi 1-son texnikumda kasbiy ta'lim tajribasini kengaytirish zarur
Prezident Nukusdagi 1-son texnikumda kasbiy ta'lim tajribasini kengaytirishni ehtimol qiladi.
Asosiy ma'lumotlar: • Bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan sertifikat berilishi ta'kidlandi. • Prezident raisligida o'tayotgan yig'ilishda Nukusdagi 1-son texnikumda 'Pearson BTEC' xalqaro ta'lim dasturi joriy etilgan. • Bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati berilishi ta'kidlandi. E'tiborli jihat: Kasbiy ta'lim tajribasini kengaytirish Prezident raisligida o'tayotgan yig'ilishda Nukus shahridagi 1-son texnikumda 'Pearson BTE, C' xalqaro ta'lim dasturi joriy etilgan. @talimationuz

#SavolJavob 📝 Magistraturaga qabul qilingan talabgordan qanday hujjatlar talab qilinadi? Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Batafsil videoda 👆 @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

🎓 Endilikda ishlab ham, o‘qish mumkin! “Sirtqi ta’lim yo‘q, endi ish bilan birga qanday o‘qiyman?” deb oliy ma’lumot olishni ortga surmang! ✅ OXUS Universitetida siz uchun qulay ta’lim imkoniyatlari mavjud! Ishingizni tashlamasdan, daromadingizni saqlab qolgan holda ham ishlab, ham oliy ma’lumot olishingiz mumkin! 💼📚 Hujjat topshirishga ulgurmagan yoki imtihonda qatnasha olmagan bo‘lsangiz ham, talaba bo‘lish imkoniyatingiz hali bor! 📌 Qaysi yo‘nalishlar mavjud? 📌 Ta’lim shakli qanday? 📌 Kimlar hujjat topshira oladi? 📌 Qabul shartlari nimalardan iborat? Batafsil ma’lumot olish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👇 🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH 🌐 Veb-sayt: admission.oxusuniversity.uz ☎️ Axborot markazi: +998781133663 🎓 Sizni yangi imkoniyatlar sari yetaklaydigan ta’lim yo‘lini OXUS Universiteti bilan boshlang! 📞 Bitta qoʻngʻiroq va siz TALABAsiz! BUGUNOQ TALABA BOʻLING!

Talabalar uchun aksiya: yarim yillik musiqa, filmlar, kitoblar va Yandex Plus obunasida bir somsa narxiga keshbek (hatto soms
Talabalar uchun aksiya: yarim yillik musiqa, filmlar, kitoblar va Yandex Plus obunasida bir somsa narxiga keshbek (hatto somsadan ham arzonroq😅). Tavsifdagi havola orqali Plus’ga ulaning va 30 kun bepul, dastlabki olti oyni esa 50% chegirma bilan oyiga atigi 7 999 so‘mga oling. Muhim shart: aksiya faqat yangi Yandex Plus obunachilari uchun amal qiladi. Yandex Plus bilan siz Yandex Music’da musiqa tinglashingiz, Kinopoisk’da filmlar va seriallarni tomosha qilishingiz, Yandex Books’da kitoblar o‘qishingiz, shuningdek, Yandex Go xizmatlarida keshbek ballarini to‘plashingiz va sarflashingiz mumkin. Bir somsa narxda yarim yillik ko‘ngilochar va foydali imkoniyatlar — tavsifdagi havola orqali!

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 27-avgust kuni o‘tkaziladi. 📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

🔥 Qaysi yo‘nalishlarda BO‘SH KVOTALAR qolganini bilmoqchimisiz? Endi yuzlab OTM va yo‘nalishlarni bittalab qidirib chiqish s
🔥 Qaysi yo‘nalishlarda BO‘SH KVOTALAR qolganini bilmoqchimisiz? Endi yuzlab OTM va yo‘nalishlarni bittalab qidirib chiqish shart emas! 🎓 edu-talim.uz platformasida bir necha soniyada: 🔺 Qaysi yo‘nalishlarda vakant o‘rinlar qolganini 🔺 Sizga mos OTM va yo‘nalishlarni 🔺 2026-yilgi o‘tish ballarini 🔺 Super-kontrakt narxlarini oson va qulay tarzda aniqlashingiz mumkin ⏰ ESLATMA: 6-yo‘nalishni tanlash 28-avgustgacha davom etadi. 👉 edu-talim.uz

❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTTlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTTlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

❗️ENDILIKDA “YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BO‘LISHI MUMKIN! 🎓🔥 Hatto hujjat topshirishga ulgurmaganlar va imtihonga kechikkanlar uchun ham imkoniyat bor! 😳 ❗️ 56,7 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar ham talaba bo‘lishlari mumkin! “Sirtqi ta’lim yo‘q, endi ishlaydiganlar qanday o‘qiydi?” deb oliy ma’lumotli kadr bo‘lishni kechiktiryapsizmi? ✅ Siz uchun qulay yechim bor! Ishingizni tashlamasdan, daromadingizdan voz kechmasdan OLIY MA’LUMOT olish imkoniyati mavjud! 💼📚 Ya’ni, ISHLAB HAM O‘QISH mumkin! 😳🔥 Eng muhimi — ko‘pchilik hali bu imkoniyat haqida bilmaydi! 📌 Qanday imkoniyat? 📌 Shartlari qanday? 📌 Kimlar hujjat topshira oladi? Barchasini bilish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👇 Havola: https://forms.gle/KCVmRGDjdfFBHrbBA 🎓 Ushbu imkoniyatni sizga Toshkent shahrida joylashgan Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti taklif etadi. 📅 Hujjatlar 31-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi. ☎️ Murojaat uchun: +998781131717 +998555061277

#SavollargaJavob ❓O‘zim xohlamagan ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etildim. Yo‘nalishimni o‘zgartirib berish mumkinmi? Amaldagi qonunchilikda tanlov natijalariga ko‘ra abituriyent ma’lum bir ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganidan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan uning tavsiya etilgan yo‘nalishini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib berish vakolati mavjud emas. Shuning uchun abituriyentlar tanlov jarayonida ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligini belgilashda o‘z xohish-istaklarini puxta o‘ylab, tanlovni mas’uliyat bilan amalga oshirishlari muhim. 📎 Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, tanlov tartibi bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

❗️6-yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

Endilikda 6-yo'nalish tanlash uchun qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilish imkoniyati yaratildi O'qishga kira olmaganlar www.edu-talim.uz platformasi orqali OTM bo'sh o'rinlarni ko'rishlari mumkin. 37 946 ta bo‘sh oʻrinlar borligini koʻrish mumkin. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

❓Savol: 6-yo'nalish tanlash kerak, qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilasizmi ? Super-kontrakt narxi qancha? ✅Barcha savollarg
❓Savol: 6-yo'nalish tanlash kerak, qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilasizmi ? Super-kontrakt narxi qancha? ✅Barcha savollarga javob: Abituriyentlar uchun @kontraktchibot va edu-talim.uz platformalarida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. 🤖 @KONTRAKTCHIBOT ORQALI:
✔️ tavsiya etilgan OTM va yo‘nalishlar hamda ularning o‘tish ballarini ko‘rish;
2026/2027-yilgi yo‘nalishlarni OTM, yo‘nalish nomi yoki shifr bo‘yicha izlash;
ballga mos bo‘sh kvotalarni topish;
✔️ bazaviy kontrakt va super-kontrakt summasini aniqlash mumkin.
EDU-TALIM.UZ platformasida esa: 🔹 2026/2027-yil uchun 5 718 ta yo‘nalish varianti joylashtirildi. 🔹 1 416 ta yo‘nalishda bo‘sh kvotalar aniqlangan bo‘lib, jami 37 946 ta bo‘sh o‘rin hisoblangan. 🔹 OTM, yo‘nalish, shifr, ta’lim shakli va ta’lim tili bo‘yicha qidirish va filtrlash imkoniyati qo‘shildi. 🔹 O‘z balingizni kiritib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kontrakt va super-kontrakt summasini hisoblash mumkin. 🔹 2021–2025-yillardagi o‘tish ballari ham alohida sahifada mavjud. 💡 Eslatma: botdagi yo‘nalish qidiruvi va kontrakt vositalaridan foydalanish uchun abituriyent ID raqami talab qilinmaydi.
⚠️ Muhim: ko‘rsatilgan bo‘sh o‘rinlar rasmiy e’lon emas, balki UZBMB ochiq ma’lumotlari asosida hisoblangan. Kontrakt hisob-kitoblarida hozircha eng so‘nggi rasmiy 2025/2026-o‘quv yilidagi stipendiyasiz tariflar qo‘llaniladi.

❓Savol: 6-yo'nalish tanlash kerak, qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilasizmi ? Super-kontrakt narxi qancha? ✅Barcha savollarg
❓Savol: 6-yo'nalish tanlash kerak, qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilasizmi ? Super-kontrakt narxi qancha? ✅Barcha savollarga javob: Abituriyentlar uchun @kontraktchibot va edu-talim.uz platformalarida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. 🤖 @KONTRAKTCHIBOT ORQALI:
✔️ tavsiya etilgan OTM va yo‘nalishlar hamda ularning o‘tish ballarini ko‘rish;
2026/2027-yilgi yo‘nalishlarni OTM, yo‘nalish nomi yoki shifr bo‘yicha izlash;
ballga mos bo‘sh kvotalarni topish;
✔️ bazaviy kontrakt va super-kontrakt summasini aniqlash mumkin.
EDU-TALIM.UZ platformasida esa: 🔹 2026/2027-yil uchun 5 718 ta yo‘nalish varianti joylashtirildi. 🔹 1 416 ta yo‘nalishda bo‘sh kvotalar aniqlangan bo‘lib, jami 37 946 ta bo‘sh o‘rin hisoblangan. 🔹 OTM, yo‘nalish, shifr, ta’lim shakli va ta’lim tili bo‘yicha qidirish va filtrlash imkoniyati qo‘shildi. 🔹 O‘z balingizni kiritib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kontrakt va super-kontrakt summasini hisoblash mumkin. 🔹 2021–2025-yillardagi o‘tish ballari ham alohida sahifada mavjud. 💡 Eslatma: botdagi yo‘nalish qidiruvi va kontrakt vositalaridan foydalanish uchun abituriyent ID raqami talab qilinmaydi.
⚠️ Muhim: ko‘rsatilgan bo‘sh o‘rinlar rasmiy e’lon emas, balki UZBMB ochiq ma’lumotlari asosida hisoblangan. Kontrakt hisob-kitoblarida hozircha eng so‘nggi rasmiy 2025/2026-o‘quv yilidagi stipendiyasiz tariflar qo‘llaniladi.

⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa: ✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

⚡️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi #abituriyent O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (su
+3
⚡️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi #abituriyent O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi. 💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. ❗️Super-kontraktga ariza berish sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanadi. Arizalar onlayn qabul qilinadi. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

Kasbiy ta'lim muassasalariga tanlov jarayoni davom etmoqda
👥 Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. 👨‍💻 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi Ballar ko‘tarilgan! UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘tgan yilgiga qaraganda oshganini ko‘rish mumkin. O‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim. Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uchun bo‘lgan — 49,2 ball oshgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qo‘ygan edi, ya'ni tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali naq 80,1 ball tushgan edi. Bu safar esa, aksincha, Sirdaryoda texnika fanlari uchun o‘tish bali 49,2 ballga ko‘tarilgan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin oshgan: 🔺Toshkent (tibbiyot) — 44,5 ball; 🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball; 🔺Namangan (texnika) — 32 ball; 🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball; 🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball. O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari tushgan ham. Eng katta ball tushishi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tushgan. O‘tgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori to‘plagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin tushgan: 🔻 Toshkent (texnika) — 29,8 ball; 🔻 Toshkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball; 🔻 Qoraqalpog‘iston (tibbiyot) — 26,6 ball. ❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi? ✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan. ‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864). Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.

Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha 📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha
📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. ✅ Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 🎤 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 😎 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. 🔶 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi. @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!