302
订阅者
无数据24 小时
-17 天
-430 天
帖子存档
302
O‘tgan ishga ko‘z-yosh to‘kmang!
O‘tgan ishga ko‘z-yosh to‘kib, hasrat chekib o‘tiradiganlarga dunyo kulib boqmaydi. Shuningdek boshqalarning qiyinchiligi ustidan kulib, vaqtlarini zoye ketkazadiganlarga ham kunlar shafqat qilmaydi. Kunlar o‘tib ketaveradi, ular esa ortda qolib ketaveradilar.
To‘kilgan sutga, ya’ni qo‘ldan ketgan ishga o‘ksinib o‘tirmang, balki ishingizga qo‘shimcha kuch, sa’y-harakat bering, toki bu harakat sizni qo‘ldan chiqarganlaringiz o‘rnini yopadigan yutuqlarga erishtirsin!
Agar qandaydir ishni bajarishda fursatni qo‘ldan boy bersangiz va bundan ichingiz alangalansa, uning olovini ushbu oyat bilan o‘chiring:
“Shoyad Robbimiz uning o‘rniga undan ko‘ra yaxshirog‘ini bersa. Biz o‘z Robbimizga rag‘batlimiz, dedilar”.
(Qalam surasi 32-oyat)
Hech qachon afsuslanmang, agar oldingi ishingiz natijasi yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, Allohni izni bilan keyingi safargisi ham undanda yaxshi bo'ladi .
Agar yomon bo‘lgan bo‘lsa, tajriba bo‘ladi.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Bir paytlar o‘tib ketgan xatolarni yodga olib ayolingizni ayblamang.
Xususan, o‘zgalarni oldida uni kamsita ko‘rmang. O‘zini isloh qilib olish faqat ayollarga tegishli emas, siz ham erkak sifatida ba’zi odatlaringizni o‘zgartiring.
Ayolingizning jahlini chiqaradigan ishlarni qilmang. Hatto hazillashib ham asabiga tegmang.
Ayolingizning yaxshi xislatlaridan namuna oling. Qanchadan qancha erkaklar ayolining taqvosi va xulqini ko‘rib, unga ergashib solih va taqvodor bo‘lib ketishgan.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
TUNDA IBODAT QILISHNI LOZIM TUTING
Bu sarlavha Payg‘ambarimiz alayhissalomning bir hadislarining boshidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
“Tunda ibodat qilishni lozim tutinglar.
Chunki bu sizdan avval o‘tgan solih kishilarning odatidir. Va yana bu orqali Allohga yaqin bo‘linadi. U gunohni yuvuvchi, yomonliklarni o‘chiruvchi, badandan dardlarni quvg‘in qiluvchidir”, deya marhamat qilganlar.
Siz ham tunda ibodat qiluvchilardanmisiz?
Odamlar uyquda bo‘lgan mahal tun qorong‘usida ikki raka’at namoz o‘qib, Rahmon bilan xoli qolgancha U Zotga iltijo qilganmisiz?
O‘sha onda Alloh taoloning fazlini so‘raysiz va afv-mag‘firat tilaysiz...
Imom Savriy aytadi: “Bir gunohim sababidan besh oy tunda ibodat qilish baxtidan mahrum bo‘lib qoldim”.
Bugun bizlar nima deymiz ekan-aa?
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Qizingiz sirdoshingiz bo‘lsin
Maktab yoshimdanoq onam men bilan sirdosh edilar. Ko‘pchilikka aytolmaydigan gaplarini menga aytardilar. Bilmadim, balki bu oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lganim uchundir, balki menga ishonganlari uchundir.
Onam menga aytadigan gaplarni, hatto otam ham bilmasdilar. Onam bir necha bor: “Dadangga indamagin-a, ular bilmaydilar”, der edilar. Men go‘yoki onamning sir saqlaydigan sandiqlari edim. Men bilan ba’zan maslahatlashar, fikrlarimni diqqat bilan tinglar edilar.
Bu bir tarafdan meni taajjublantirsa, boshqa tarafdan meni xursand qilardi.
Oradan yillar o‘tdi. O‘smirlik yoshiga yetdim. Bu davr qiz bolaning eng nozik payti hisoblanadi, ya’ni odamlardan qochadigan, uncha-muncha bilan til topisha olmaydigan, odamovi, ayniqsa, ota-onasidan uzoqlashib qoladigan davri.
Ko‘p qizlar bu yoshda sirlarini eng yaqin dugonasiga aytadi yoki bo‘lmasa kundalik tutib ichidagi borini to‘kib soladi.
Lekin menda bunday holat bo‘lmadi. Men eng yaqin dugonalarimga aytmagan sirlarimni onamga aytdim. Chunki onam o‘z sirlarini menga ishonganlari uchun men ham qalbimdagi gaplarni ulardan yashirmadim.
Onamning maslahatlariga quloq soldim. Ularning hayotiy tajribalariga suyandim. Shu sababli o‘smirlik davrim juda go‘zal o‘tdi.
Ko‘plab tengdoshlarim bu yoshda yo‘l qo‘yadigan kamchiliklardan, ba’zida bir umr afsuslanishga sabab bo‘ladigan xatolardan onam meni asrab qoldilar. Men ulardan sabrli bo‘lishni, sir saqlashni, omonatdorlikni va yana ko‘plab yaxshi xislatlarni o‘rgandim.
Alloh onamning umrlarini uzoq qilsin. Hozir men ham qizlarimga onam kabi o‘z sirlarimni aytaman. Ularni o‘zimdan qochirmay, imkon qadar yaqin tutaman.
Qizlar uchun ona mehri juda ham qadrli. Qizlaringizga e’tiborli bo‘ling, azizlar!
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Erini xatodan xoli qilib ko‘rsatish uchun sabablar qidiradigan ayolni erkak kishi yaxshi ko‘radi. Erkak kishi qattiq turib oladigan, bosim bilan erini tergaydigan ayollarni suymaydi. Turmush o‘rtog‘iga muhim ishlar haqidagi suhbatni qachon ochish kerakligini biladigan ayolni eri suyadi.
Sabrli, hayot qiyinchiliklariga chidaydigan, erining fe’lini ko‘taradigan, aql bilan ish ko‘radigan, kam noliydigan, erining aybini berkitadigan ayollar suyukli ayollardir.
Eri bilan o‘tayotgan hayotiga rozi bo‘ladigan, o‘zini baxtli his qiladigan, qanoatli ayolni sevadi. O‘z hayotingizni birovlarning hayotiga solishtirmang.
Erkak kishi norizo, imkoniyatida yo‘q narsalarga talpinadigan ayollarni xush ko‘rmaydi.
Er kishi chidamli, sabrli ayollarni qadrlaydi.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib,
"Yo Allohning Rasuli, menga mo‘jazgina nasihat qiling", dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam: "Namoz o‘qishga turganingda, vidolashuvchi kishi kabi namoz o‘qigin. Uzr aytishga qoladigan so‘zni gapirmagin. Odamlarning qo‘lidagi narsalardan umidingni uzgin", dedilar.
Odamlarning qo‘lidagi narsalarga ta’ma qilmang, ana shunda eng boy kishiga aylanasiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning azizligi odamlardan behojat ekanidir", deganlar.
Bugun amal qilmoqchi bo‘lsangiz, ertaga oxiratda ko‘rishni xohlaydigan amalni qiling!
Oxirat hisobingizga xohlagan narsangizni zaxira qiling.
Bugun xohlaganingizcha amal qilib, ko‘ngilxushlik qilarsiz. Ertaga o‘limdan so‘ng "qalamlar" ko‘tariladi!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Ey oqila ayol! Ishonavering, oilangizning totuvligi siz bilan eringizning oila a’zolari bilan bo‘ladigan munosabatingizga chambarchas bog‘liqdir. Xo‘jayiningiz uning hayotiga yangiliklar kiritganingizga ishonsin, uning oilasini buzish uchun emas, go‘zal rishtalar uchun kelganingizga amin bo‘lsin.
Eringiz bilan tortishib qolgan paytingiz uning oilasidan birontasi sizga qilgan yomonligini tilga ola ko‘rmang. Aks holda u sizni hali bizning oiladan tashqaridagi odam ekanda deb o‘ylaydi.
Holbuki, sizga uylanayotganda uning o‘z oila azolarini o‘zingiznikidek ko‘rishingizni umid qilib uylangan.
Bu fikriga nadomat chekishiga majbur qilmang.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
Farzandingizni o‘pib qo‘ying
Farzandni o‘pish uni yaxshi ko‘rish belgisidir.
Ota-ona farzandini o‘par ekan, farzand ota-ona qalbidagi qaynoq mehrni his qiladi.
Mana shu mehr niholdek o‘sib kelayotgan bola qalbida ham mehr uyg‘otadi.
Farzandingizni o‘payotib:
“Seni juda yaxshi ko‘raman, bolajonim!”,
“Dunyodagi eng yaxshi tilaklarning bari senga bo‘lsin, qizim!”,
“Sen mening yorug‘ yulduzimsan, baxtli bo‘l, ona qizim!” deyishni unutmang.
Go‘dakligidan mehr ko‘rgan, shirin so‘z eshitgan farzandning qalbi yumshoq, mehrli bo‘ladi.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Hisob qilinishdan oldin, o‘zingizni hisob-kitob qilib boring. Gʻalvir ko‘tarilmasidan ilgari qilgan amallaringizga bir nazar tashlab qo‘ying.
“Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va (har bir) jon erta (Qiyomat Kuni) uchun nimani (ya’ni, qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar!
Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir”.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Ibn Kasir rohimahulloh ayollar haqidagi:
“Ular (ayollaringiz) bilan yaxshilikda yashang”
(Niso surasi, 19-oyat) oyatini tafsir qilib aytadi:
“Oyatning ma’nosi ularga so‘zingizni chiroyli qiling, muomalangiz, ko‘rinishingizni imkoni boricha ziynatli qiling. Axir, siz ham ayolingiz sizga nisbatan shunday bo‘lishini istaysizku, siz ham unga shunday munosabat qilingda”.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
A’lochilar bayrami
Uyimizda yaxshi baholar olib o‘quv yilini yakunlaganimiz uchun “A’lochilar bayrami” degan bayram o‘tkazardik.
Bu bayramning eng ajoyib tomoni ichimizda o‘quv yilining yakunida birgina a’lochi bo‘lsa-da, bayramni barcha birdek intiq bo‘lib kutardi. Bayram kuni dadam bilan onam barchamizga birdek e’tibor qaratishardi, a’lochilarnikidek katta bo‘lmasa ham, sovg‘alar taqdim qilishardi.
Biz ham yil davomida a’lo baholarga o‘qishga harakat qilardik. Ayniqsa o‘qishi orqada qolayotganlar yaxshi natijalarga erishish uchun a’lochilardan o‘rnak olib, o‘zlari ustida ishlaydigan, qo‘shimcha darslarga qatnashadigan bo‘lishdi.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Odamlarning aybini izlamang! Axir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim odamlar halok bo‘ldi desa, odamlarning orasida halokatga ko‘proq uchragan kishi uning o‘zidir” , deganlar.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Mening onam sening onangdan boy
Maktabda boy xonadondan bo'lgan o‘quvchi bir qizcha kambag‘al dugonasiga qarata debdi: "Mening onam yangi mashina sotib oldi, chunki u sening onangdan boy-da!
Onam ishdalik vaqti bizga ko‘z-quloq bo‘lishi uchun yangi enaga olib keldi, chunki onam sening onangdan boy-da!
Onam biz uchun mohir oshpaz yolladi, u bizga eng zo‘r taomlarni tayyorlab beradi, chunki mening onam sening onangdan boy-da!
Onam kasal bo‘lganimizda qarash uchun shifokor olib keldi, chunki mening onam sening onangdan boy-da!
Yana onam bizga yangi mudarris ham yolladi, u bizga darslarimizni tayyorlashda yordam beradi.
Ko‘ryapsanmi, onam onangdan boy!"
Kambag‘al qizaloq uning gapini shartta bo‘lib debdi:
"Onam o‘z qo‘li bilan bizga eng mazali taomlarni pishirib beradi, bizga o‘zi g‘amxo‘rlik qiladi, kasal bo‘lsak, o‘zi parvarishlaydi, dars tayyorlashimizda o‘zi bosh-qosh bo‘ladi. Onamning mehrga to‘la qalbi menga yetarli! Onam biz to‘yganimizga ishonch hosil qilish uchun bizdan ortgan ovqatlarni yeydi. Bizga yumshoq non berib, o‘zi qotgan non iste'mol qiladi.
Bizga dori beradi, o‘zining kasalligini esa yashiradi. Bizga yangi kiyimlar olib beradi, o‘zi esa eskirgan poyabzalini ta’mirlab kiyadi…
Kechirasan, dugonajon!
Onam sening onangdan ancha boy!"
Shunday qilib, bu aqlli qizaloq boy dugonasiga umrbod unutmaydigan qilib dars berib qo‘yibdi…
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Ibrohim ibn Adham rohimahulloh bir mahzun va qayg‘uga botgan kishining oldidan o‘tdilar.
Unga: "Men sendan uch narsa haqida so‘rayman, menga javob ber: Alloh taolo xohlamagan narsa bu borliqda joriy bo‘ladimi?", dedilar.
U: "Yo‘q", dedi.
"Alloh taqdir qilganidan rizqing kamayib qoladimi?", dedilar.
U: "Yo‘q", dedi.
"Bu hayotda yashash uchun taqdir qilingan muddat ozayib qoladimi?", dedilar.
U: "Yo‘q", dedi.
U zot: "Unda nega g‘am chekib, mahzun bo‘lib o‘tiribsan?!", dedilar.
Bo‘ladigan va bo‘lmaydigan ishlar borasida ba’zilar tuni bilan bedor bo‘lishadi, ba’zilar esa xotirjam uyquga ketishadi.
Bu dunyoda g‘am-tashvish qilishga arzigulik sabab yo‘q. Shuning uchun qo'lingizdan kelganicha g'am-tashvish chekmang.
Kechagi kun uchun sizga yetarli bo‘lgan Robb ertangi bo‘ladigan ishlarga ham siz uchun yetarlidir!
📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr
302
Muhtaram er janoblari!
Oqila qizim!
Sizlarga aytar so‘zim:
Oila saodatini topmoqchi bo‘lsangiz, buning barcha siri uch narsada mujassam:
1. Allohga duoyu iltijo qiling. Zero, hikmatlardan birida:
Agar Parvardigor bandasiga yordam bersa, niyatlariga erishishi oson bo‘lib qoladi, deyilgan.
2. Ibodatlarni mahkam tuting, gunohlardan uzoq yuring.
Alloh buyurganidek yashang, O‘zi bizga istagan narsalarimizni tortiq qiladi.
Ha, baxtli hayot toat-ibodatsiz barpo bo‘lmas. Salafi solihlardan biri aytgan: Qilgan gunohimning izi ayolim va ulovimning yomon xulqida namoyon bo‘lishini ko‘raman.
3. Doim o‘zaro yaxshi muomalada bo‘ling, nimani berishni istasak, juftimizga o‘sha narsani ulashaylik, xatolarni kechiraylik.
Hech kimning jufti mukammal emas, mukammal bo‘lmaydi ham.
Bizning vazifamiz ularni shu holida sevish, rozi bo‘lish, yaxshi xislatlariga boqib, kamchiliklaridan ko‘z yumishdir. Binobarin, o‘zimiz ham ayblardan pok emasmiz.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
302
O‘rinbosar boshliq
Kattalar uyda bo‘lmaganlarida bolalarning o‘zaro tortishib, janjallashishlari turgan gap. Shuning uchun bo‘lsa kerak, onam ishga ketishlaridan avval: “Yo‘qligimda hamma gapiga quloq solsin”, deya katta akamni bizlarga bosh qilib ketar edilar. Biz onam kelgunlaricha ular boshchiligida onam tayinlab ketgan vazifalarni bajarar edik. Onam ishdan kelganlaridan so‘ng uydagi holatni so‘rab-surishtirar, bordi-yu, nimadir bo‘lgan bo‘lsa, nimaga bunday bo‘ldi, qay payt bo‘ldi, akam o‘rtamizdagi tortishuvni qanday hal qildi – hamma-hammasini so‘rardilar. Har birimizni, hatto eng kichigimizgacha eshitib chiqardilar. Keyin boshliq akam to‘g‘ri qilgan bo‘lsa, “to‘g‘ri”, bo‘lmasa, “noto‘g‘ri qilibsan” derdilar-da, nima qilish kerakligini tushuntirar edilar va kim boshliqqa itoat qilmagan bo‘lsa, uni jazolardilar.
Shu tariqa onam bizlarga o‘zlari yo‘qlik paytlarida tartib saqlab o‘tirishimizni, kichiklar kattalarga itoat qilishini va kattalar ham o‘z o‘rnida kichiklarga mehribon bo‘lishini uqtirardilar. Onam bizga yana shunday deb nasihat qilardilar: “Katta akangizni hurmat qiling, uning gaplarini ikki qilmang, bir-biringizga nisbatan hurmatda-izzatda bo‘lsangiz, birdam bo‘lsangiz sizlarga hammaning havasi keladi, oilamiz mustahkam bo‘ladi”.
Mana, vaqt o‘tib onajonim aytganlaridek hamma havas qilgudek og‘a-inilar bo‘lib voyaga yetdik.
Onajonimning umrlari uzoq bo‘lsin, baxtimizga sog‘ bo‘lsinlar!
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Siz bir ishni yaxshi ko‘rib, fidokorlik ila uni puxta bajarar ekansiz, boshqalar ojizlik sababli qila olmagan ishlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lasiz, ha shunday bo‘ladi, ishonavering!
Hazrat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Birortangiz bir ishni bajarsa, uni maromiga yetkazib bajarishini Alloh taolo xush ko‘radi”, dedilar.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Sog‘inch
Bolaligimda otamni eshik oldida kutib olish odatim bor edi. U kishi harbiy ofitser edi. Ko‘pincha onam: “Dadangning ishdan qaytar vaqti bo‘ldi, hozir kelib qoladi”, deyishi bilan darvoza oldiga chiqib olar va otamni uzoqdan ko‘rishim bilan oyog‘imni qo‘limga olib yugurar edim. Dadam meni quchoqlab, yuzlarimdan o‘pardi. Keyin qo‘llarimdan yetaklab uyga olib kirardi-da, kichkinagina qog‘oz paketni qo‘limga tutqazib:
“Bu senga, qizalog‘im”, der edi. Paket ichida men yaxshi ko‘radigan shokoladlar bo‘lardi. O‘shanda yanayam xursand bo‘lib ketardim.
Dunyodagi eng yaxshi dada go‘yo mening dadam edi. Ayniqsa, harbiy kiyim kiysa - bormi, juda faxrlanardim. Shunda dunyodagi qo‘rqmas, eng kuchli ota go‘yo mening dadam bo‘lardi. O‘shanda dadam ishdan juda charchagan holda kelsa-da, doim bir gapni takror-takror aytardi: “Qizim, sening kutib olishing hamma charchoqlarimni yozib yuboradi, kayfiyatim tog‘dek ko‘tariladi”.
Oradan yillar o‘tdi. Dadajonimni juda sog‘inaman. O‘sha damlarni yuragim ezilib eslayman.
Ba’zida eski uyimizning oldidan o‘tib qolsam, yana bolaligimga qaytishni orzu qilaman...
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
O‘zingizga mutaxassislik tanlang va shu sohani bilimdoni bo'lishga intiling.
Chunki ilm ham ayni vaqtda ma’lum bir sohani tanlashga olib boruvchi yo‘ldir!
Doim boshlang‘ich talabadek ta’lim oling!
Negaki, boshlang‘ich talaba ilmga juda rag‘batli va qiziquvchan bo‘ladi.
Katta inson bo‘lishingiz uchun fikrlashingiz keng bo‘lishi lozim! Biror mavzu haqida bilimingiz ortgani sayin o‘zingizga ishonchingiz ortadi.
Ibn Muborak rohimahulloh aytadi: “Men ilm talabida bo‘lmagan odamga hayron qolaman, axir qanday qilib ilm olmay turib, hurmatga sazovor bo‘lsin?!”
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Soliha ayol eriga toat-ibodatlarda ko‘makdosh bo‘ladi.
Erning himmati susayib qolgudek bo‘lsa, ayoli uni undab, taqvosini eslatib turadi.
Soliha ayol eri haloldan rizq topishiga alohida ahamiyat berishi kerak. Haloldan topganda qiyinchiliklarga yo‘liqsa ham, luqmaga nopoklik aralashtirishga yo‘l qo‘ymasin.
Qasrlaru hashamatlar Rahmonning qahriga uchraydigan yo‘llardan kelsa, bundan yuz o‘girsin.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉http://t.me/nunnashr
