ECOMEDIA
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi ECOMEDIA kanali
显示更多1 262
订阅者
-724 小时
-407 天
-22230 天
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+5
在2个频道中
八月 '26
+5
在1个频道中
Get PRO
七月 '26
+2 249
在6个频道中
Get PRO
六月 '26
+8
在1个频道中
Get PRO
五月 '26
+10
在1个频道中
Get PRO
四月 '26
+5
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+5
在1个频道中
Get PRO
二月 '26
+6
在2个频道中
Get PRO
一月 '26
+2
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+2
在2个频道中
Get PRO
十一月 '25
+2 002
在0个频道中
Get PRO
十月 '25
+3
在2个频道中
Get PRO
九月 '25
+6
在0个频道中
Get PRO
八月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
七月 '25
+2 024
在2个频道中
Get PRO
六月 '25
+8
在0个频道中
Get PRO
五月 '250
在0个频道中
Get PRO
四月 '25
+2
在1个频道中
Get PRO
三月 '250
在1个频道中
Get PRO
二月 '25
+3
在3个频道中
Get PRO
一月 '25
+4
在1个频道中
Get PRO
十二月 '24
+2
在3个频道中
Get PRO
十一月 '24
+1
在1个频道中
Get PRO
十月 '24
+5
在3个频道中
Get PRO
九月 '24
+5
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+1
在0个频道中
Get PRO
七月 '24
+2
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+13
在4个频道中
Get PRO
五月 '24
+5
在0个频道中
Get PRO
四月 '24
+4
在0个频道中
Get PRO
三月 '240
在1个频道中
Get PRO
二月 '240
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+12
在8个频道中
Get PRO
十二月 '23
+8 627
在4个频道中
Get PRO
十一月 '23
+2
在6个频道中
Get PRO
十月 '23
+8 046
在2个频道中
Get PRO
九月 '23
+1
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+47
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+1 171
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+1 013
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+2 689
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 22 九月 | 0 | |||
| 21 九月 | 0 | |||
| 20 九月 | 0 | |||
| 19 九月 | 0 | |||
| 18 九月 | +1 | |||
| 17 九月 | +1 | |||
| 16 九月 | 0 | |||
| 15 九月 | 0 | |||
| 14 九月 | +1 | |||
| 13 九月 | 0 | |||
| 12 九月 | 0 | |||
| 11 九月 | +1 | |||
| 10 九月 | 0 | |||
| 09 九月 | 0 | |||
| 08 九月 | 0 | |||
| 07 九月 | 0 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | 0 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | +1 | |||
| 02 九月 | 0 | |||
| 01 九月 | 0 |
频道帖子
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
🟢Toshkentda “Green Games” va sport marafonlari o‘tkazildi
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Sport vazirligi, Mamktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Volontyorlar assotsiatsiyasi, Yengil atletika federatsiyasi va Velosport federatsiyalari bilan hamkorlikda 20-sentabr — Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab “Green games” respublika plogging musobaqasi hamda 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni hamda “Ekologiya va velosport” musobaqasi oʻtkazildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/222661
🟢В Ташкенте прошли «Green Games» и спортивные марафоны
В парке «Янги Узбекистон» в Ташкенте в рамках мероприятий, приуроченных к 20 сентября — Всемирному дню чистоты и 22 сентября — Международному дню без автомобилей, состоялись республиканские соревнования по плоггингу «Green Games», международный забег «Молодёжь и экология» и соревнования «Экология и велоспорт». Мероприятия были организованы Национальным комитетом по экологии и изменению климата совместно с Министерством спорта, Министерством дошкольного и школьного образования, Ассоциацией волонтёров, Федерацией лёгкой атлетики и Федерацией велоспорта.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/222661
🟢Tashkent hosts "Green Games" and sports marathons
The "Yangi Uzbekistan" Park in Tashkent hosted the national Green Games plogging competition, the international Youth and Ecology Run, and the Ecology and Cycling competition as part of events marking World Cleanup Day on 20 September and World Car-Free Day on 22 September. The events were organised by the National Committee on Ecology and Climate Change in cooperation with the Ministry of Sport, the Ministry of Preschool and School Education, the Volunteers Association, the Athletics Federation and the Cycling Federation.
https://gov.uz/en/eco/news/view/222661
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
| 2 | 🌱"Yashil makon": har bir mahallaning yashil xaritasi ishlab chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda qulay ekologik muhit yaratish va zamonaviy yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda ko‘chat ekish bilan birga, ularning yashovchanligi, sug‘orilishi va parvarishiga ustuvor e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/222378
🌱«Яшил макон»: будет разработана зеленая карта каждой махалли
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по выводу общенационального проекта «Яшил макон» на новый этап, созданию благоприятной экологической среды в махаллях и внедрению современных решений. В ходе презентации было отмечено, что наряду с посадкой саженцев необходимо уделять первостепенное внимание их приживаемости, поливу и уходу.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/222378
🌱Yashil makon: a green map to be developed for every mahalla
President Shavkat Mirziyoyev reviewed a presentation on taking the nationwide “Yashil Makon” project to a new stage, creating a healthier environment in mahallas and introducing modern approaches to urban and community greening. Going forward, greening efforts will be tailored to the climatic and soil conditions of each region.
https://gov.uz/en/eco/news/view/222378
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 1 |
| 3 | ❌Mirishkorda baliqlar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari hamda Kasbi tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Mirishkor tumani hududida navbatdagi nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/221835
❌В Миришкорском районе выявлен факт незаконной ловли рыбы
Сотрудниками Экологической полиции Главного управления экологии и изменения климата Кашкадарьинской области совместно с инспекторами районного отдела Касбийского района проведено очередное контрольно-рейдовое мероприятие на территории Миришкорского района.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/221835
❌Illegal fishing uncovered in Mirishkor District
A joint inspection and enforcement raid was conducted in Mirishkor District by officers of the Environmental Police under the Kashkadarya Regional Department of Ecology and Climate Change, together with inspectors from the Kasbi District Department.
https://gov.uz/en/eco/news/view/221835
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 16 |
| 4 | 🌳"Yashil makon": mahallalarda soyali sayr ko‘chalari tashkil etilmoqda
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida respublikada barcha mahallalarda yashil hududlar barpo etilmoqda. Xususan, Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Sayqal" mahallasi "yashil" mahallaga, aholi yuradigan trotuarlar esa soyali sayr ko‘chalariga aylantirilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/221820
🌳«Яшил макон»: в махаллях создаются тенистые прогулочные улицы
В рамках общенационального проекта «Яшил макон» во всех махаллях страны создаются зелёные зоны. В частности, махалля «Сайкал» в городе Самарканде Самаркандской области превращается в «зелёную» махаллю, а тротуары, по которым передвигаются жители, — в тенистые прогулочные улицы.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/221820
🌳“Yashil Makon”: Shaded Walking Streets Being Created in Mahallas
As part of the nationwide "Yashil Makon" project, green spaces are being established in mahallas across the country. In particular, Saykal Mahalla in Samarkand, Samarkand Region, is being transformed into a green mahalla, while the sidewalks used by local residents are being developed into shaded walking streets.
https://gov.uz/en/eco/news/view/221820
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 11 |
| 5 | “Baliqchi kartasi” raqamli tizimini joriy etish bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinadi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan «Baliqchi kartasi» (Fisherman ID) raqamli tizimini joriy etish yuzasidan texnik topshiriq talablariga muvofiq tijorat takliflari qabul qilinmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/221642
Принимаются коммерческие предложения по внедрению цифровой системы «Карта рыбака»
Национальный комитет по экологии и изменению климата принимает коммерческие предложения по внедрению цифровой системы «Карта рыбака» (Fisherman ID) в соответствии с требованиями технического задания.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/221642
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 11 |
| 6 | 🌿 EKO SO‘ROVNOMA | 27 |
| 7 | #qizil kitob
📕 O‘zbekiston faunasining noyob vakili — qorabuzov
Qorabuzov — suv havzalari va qamishzorlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan noyob qushlardan biri.
U O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizda Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo havzalari, Sirdaryoning o‘rta oqimi va janubiy hududlarda uchraydi.
Asosan ko‘l, suv omborlari, zovurlar va qamishzorlar atrofida yashaydigan bu qushlar koloniya bo‘lib uya quradi. Aprel–may oylarida odatda 4–6 ta tuxum qo‘yadi va, asosan, mayda baliqlar bilan oziqlanadi.
O‘zbekistonda qorabuzovning 10–12 ming jufti uyalashi qayd etilgan. Bu dunyo populyatsiyasining 30–35 foiziga teng. Shu bois ushbu noyob turni va uning tabiiy yashash hududlarini asrash muhim ahamiyatga ega.
@ecomediauz | 30 |
| 8 | #fotoqopqon
📸FOTOQOPQONDA — CHO‘L MUSHUGI
➡️“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida o‘rnatilgan fotoqopqon cho‘l mushugini qayd etdi.
➡️Bu yashirin hayot kechiruvchi yirtqich asosan kemiruvchilar, qushlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Cho‘l sharoitiga moslashgan tana rangi esa unga tabiatda sezilmay harakatlanish imkonini beradi.
➡️Har bir fotoqopqon kadri — yovvoyi tabiat hayotidan noyob lavha. | 127 |
| 9 | #kun_fotosi
✔️CHO‘L TABIATINING SERGAK JONIVORI — DASHT AGAMASI
➡️“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida olib borilgan ilmiy monitoring jarayonida dasht agamasi kuzatildi. Ushbu kaltakesak agamasimonlar oilasiga mansub bo‘lib, quruq va issiq hududlarga yaxshi moslashgan sudralib yuruvchilardan biridir.
➡️Dasht agamasi tanasining rang-barangligi, uchburchaksimon yassi boshi va silindrsimon dumi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, erkak individlarining rangi yanada yorqin ko‘rinadi. Ular asosan O‘zbekistonning cho‘l hududlari, Ustyurt yassi tekisligi va ayrim daryo vodiylarida uchraydi.
➡️Bu tur tabiatda muhim o‘rin tutadi. Dasht agamasi turli hasharotlar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘poyoqlilar, mayda kaltakesaklar, shuningdek ayrim o‘simliklarning guli, bargi va mevasi bilan oziqlanadi. Shu jihatdan u tabiiy muvozanatni сақлашda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️Tabiatni o‘rganish — uni asrashning eng muhim bosqichidir. | 158 |
| 10 | #bilasizmi
✅QURILISH CHIQINDISI — ODDIY CHIQINDI EMAS
➡️Ta’mirlash yoki qurilishdan chiqqan g‘isht, beton, suvoq, kafel, tuproq va boshqa chiqindilarni oddiy maishiy chiqindi konteyneriga tashlash mumkin emas. Bunday chiqindilar alohida yig‘ilishi, maxsus xizmat orqali olib chiqilishi va belgilangan joyga topshirilishi kerak.
➡️Qurilish chiqindisini hovli, ko‘cha cheti yoki konteyner atrofiga tashlab ketish atrof-muhitni ifloslantiradi, sanitariya holatini yomonlashtiradi va aholi uchun noqulaylik tug‘diradi. Eng to‘g‘ri yo‘l — maxsus olib chiqish xizmatiga murojaat qilish va chiqindini qonuniy tartibda topshirishdir.
Toza hudud — mas’uliyatli fuqaro tanlovidan boshlanadi.
➡️Qurilish chiqindisini to‘g‘ri topshiring, toza muhitga hissa qo‘shing. | 33 |
| 11 | ❓ EKO SО‘ROVNOMA | 29 |
| 12 | #bu_fakt
✔️O‘ZBEKISTON EKOLOGIYASI: 28 168 TA MUROJAAT
➡️2026-yilning birinchi yarim yilligida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimiga 28 168 ta murojaat kelib tushdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 foizga ko‘p.
➡️Murojaatlarning asosiy qismi chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish masalalariga to‘g‘ri kelgan. Hisobot davrida murojaatlarning 92,2 foizi qanoatlantirilgan. | 30 |
| 13 | Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.
Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетит Республику Каракалпакстан.
В ходе двухдневной поездки глава нашего государства ознакомится с проектами в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования, медицины, транспорта, туризма и спорта, а также с работой по обеспечению занятости населения и благоустройству махаллей. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов.
В рамках поездки состоится совещание по очередным приоритетным задачам комплексного развития Каракалпакстана.
Facebook|Instagram|X | 27 |
| 14 | #qizil_kitob
✅USTYURTNING NOYOB JONIVORI — TURKMAN QULONI
➡️Turkman quloni — O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob tuyoqli hayvon. U tarixan Ustyurt platosining cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tarqalgan. XX asrning 1930-yillariga kelib O‘zbekiston tabiatida deyarli yo‘qolib ketgan, keyinchalik Ustyurt hududida yana qayd etila boshlagan.
➡️Turkman quloni qurg‘oqchil sharoitga moslashgan, tez va chidamli hayvon bo‘lib, asosan cho‘l o‘simliklari bilan oziqlanadi. Bugun uni asrash va tabiiy yashash hududlarini muhofaza qilish biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. | 35 |
| 15 | 📖 Tabiatga munosabatni o‘zgartirish milliy yuksalishning asosiy dasturlaridan biri sifatida belgilandi
Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida maxsus infografikalar to‘plami tayyorlandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/220583
📖 Изменение отношения к природе определено как одно из ключевых направлений национального развития
Центром стратегии развития подготовлен специальный сборник инфографики на основе выступления Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественном мероприятии, посвящённом 35-летию государственной независимости страны.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/220583
📖 Changing attitudes towards nature identified as a key priority for National Development
The Development Strategy Center has prepared a special collection of infographics based on the address delivered by the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, at a ceremonial event dedicated to the 35th anniversary of the country’s independence.
https://gov.uz/en/eco/news/view/220583
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 19 |
| 16 | ⏩O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining tabiiy resurslarga ta’sirini kamaytirish masalalari muhokama qilinmoqda
16–17-sentabr kunlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Green University”ga qarashli Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan UNESCO, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT), Buyuk Britaniyaning Riding universiteti, Yaponiyaning Kioto universiteti, Shveysariyaning Friburg universiteti, Germaniyaning Yer tadqiqotlari instituti (GFZ), qoʻshni davlatlarning ilmiy muassasalari va boshqa nufuzli tashkilotlari hamkorligida “Barqaror rivojlanish maqsadlarida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining tabiiy resurslarga ta’sirini yumshatish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/220308
⏩В Узбекистане обсуждаются вопросы снижения воздействия изменения климата на природные ресурсы Центральной Азии
16–17 сентября Научно-исследовательский институт гидрометеорологии при Green University, действующем при Национальном комитете по экологии и изменению климата, совместно с ЮНЕСКО, Международным агентством по атомной энергии (МАГАТЭ), Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО), Международной организацией по миграции (МОМ), Университетом Рединга (Великобритания), Киотским университетом (Япония), Фрайбургским университетом (Швейцария), Научно-исследовательским центром геонаук (GFZ, Германия), научными учреждениями соседних стран и другими авторитетными организациями проводит международную научно-практическую конференцию на тему «Пути снижения воздействия изменения климата на природные ресурсы Центральной Азии в интересах достижения Целей устойчивого развития».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/220308
⏩Uzbekistan Discusses Measures to Mitigate the Impact of Climate Change on Natural Resources in Central Asia
On 16–17 September, the Research Institute of Hydrometeorology at Green University, under the National Committee on Ecology and Climate Change, is hosting an international scientific and practical conference entitled “Ways to Mitigate the Impact of Climate Change on Natural Resources in Central Asia in Support of the Sustainable Development Goals.” The conference is being held in cooperation with UNESCO, the International Atomic Energy Agency (IAEA), the Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO), the International Organization for Migration (IOM), the University of Reading (United Kingdom), Kyoto University (Japan), the University of Fribourg (Switzerland), the GFZ German Research Centre for Geosciences, research institutions from neighbouring countries, and other leading organizations.
https://gov.uz/en/eco/news/view/220308
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 29 |
| 17 | #bu_fakt
✔️14,8 MLN TONNA CHIQINDI — BU SHUNCHAKI RAQAM EMAS
➡️2024-yilda O‘zbekistonda 14,8 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich chiqindi masalasi endi faqat kommunal xizmat muammosi emas, balki ekologiya, salomatlik va kelajak bilan bog‘liq dolzarb masalaga aylanganini ko‘rsatadi.
Chiqindilarni to‘g‘ri saralamaslik, o‘z vaqtida olib chiqmaslik va qayta ishlash madaniyatining yetarli darajada shakllanmagani atrof-muhitga katta bosim qiladi. Natijada tuproq, havo va suv manbalari ifloslanadi.
➡️Toza muhit — chiqindiga bo‘lgan munosabatdan boshlanadi.
➡️Kam iste’mol, ko‘proq saralash va qayta ishlash — barqaror kelajakning muhim qadami. | 24 |
| 18 | #60_soniya
✔️Tabiatda hech kim ortiqcha emas
➡️Bir qush yoki yirtqich hayvonning yo‘qolishi — shunchaki bitta turning kamayishi emas. Bu oziq zanjirining buzilishi demakdir.
➡️Yirtqichlar kamayganda ayrim kemiruvchilar nazoratsiz ko‘payishi, qushlar yo‘qolganda esa hasharotlar soni ortishi mumkin. Natijada ekotizimdagi tabiiy muvozanat izdan chiqadi.
➡️Hayvonlarning kamayishiga noqonuniy ov, yashash muhitining yo‘qolishi va ularni shoxi, terisi yoki boshqa qismlari uchun ovlash ham sabab bo‘ladi.
🥞Tabiat — zanjir. Bitta halqa uzilsa, ta’siri butun ekotizimga yetadi.
@ecomediauzb
📸Instagram📹YouTube✅Telegram💬Facebook | 31 |
| 19 | #ekosana
🌍Ozon qatlami — Yerning ko‘rinmas qalqoni
📆 16-sentabr — Xalqaro Ozon qatlamini muhofaza qilish kuni
➡️Bu sana 1987-yil 16-sentabrda Monreal protokoli imzolangan kunni yodga soladi. Mazkur xalqaro kelishuv ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni bosqichma-bosqich qisqartirish orqali sayyoramizning tabiiy himoya qatlamini asrashga qaratilgan.
➡️2026-yil mavzusi — “Sovuqroq sayyora uchun global harakat”. Bu yil, shuningdek, Monreal protokoliga Kigali tuzatishi qabul qilinganining 10 yilligi nishonlanmoqda. Tuzatish kuchli issiqxona gazlari — gidroftoruglerodlarni (HFC) bosqichma-bosqich kamaytirish va energiya tejamkor sovitish texnologiyalariga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan.
➡️BMT ma’lumotiga ko‘ra, Kigali tuzatishi to‘liq amalga oshirilsa, asr oxirigacha global isishning 0,5°C gacha bo‘lgan qismini oldini olishga yordam berishi mumkin.
🥞Ozon qatlamini asrash — osmonni emas, hayotni himoya qilishdir. 🌱🌎 | 30 |
| 20 | 🌱Innovatsion yechim: O‘zbekistonda smart issiqxonalarda zamonaviy ko‘chatlar yetishtirilmoqda
Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu smart issiqxonalar bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan, bu yerda ilg‘or texnologik uskunalar yordamida suv sezilarli darajada tejaladi. Nihollar yerda emas, maxsus tuvaklarda yetishtirilishi hisobiga o‘rtacha 1 yilda ekish uchun tayyor bo‘ladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/219624
🌱Инновационное решение: в Узбекистане в современных умных теплицах выращивают посадочный материал
По словам специалистов, умные теплицы имеют ряд преимуществ. Во-первых, благодаря передовому технологическому оборудованию здесь обеспечивается значительная экономия воды. Поскольку саженцы выращиваются не в открытом грунте, а в специальных ёмкостях, в среднем они становятся готовыми к высадке в течение одного года.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/219624
🌱Innovative solution: modern seedlings grown in smart greenhouses in Uzbekistan
According to specialists, the smart greenhouses offer a number of advantages. First, advanced technological equipment enables significant savings in water consumption. Since the seedlings are grown in specially designed containers rather than directly in the ground, they are generally ready for planting within one year.
https://gov.uz/en/eco/news/view/219624
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin | 13 |
