FEEDBACK | SHARK SCIENCE
前往频道在 Telegram
347
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天
帖子存档
Ассалому алайкум барчага. Мана бугун биз USMLE META ONLINE жамоамиз билан микробиология фанини якунладик. Тугрисини айтсам, бунча киска вактда микробиология фанини муваффаккиятли тугатамиз деб уйламагандим. Устозимиз Жавохир ака мехнатлари билан бу йулни босиб утишимиз осон кечди. Интизом шаклланди , тиббиетга булган кизикишим ортди ( худди узимни инсониятга керакли шахсдек тасаввур кила бошладим 😁) . Умуман олганда бомбезный курс булди. Бунинг учун устозимиз @drshark_1 Жавохир акага ва албатта ахил ва ажойиб гурухимизга уз миннатдорчилигимни билдираман. Агар сиз хам USMLE урганиш остонасида турган булсангиз ортга чекинмаслигингизни ва куркмаслигингизни маслахат берган булар эдим. USMLE курсларини SHARK SCIENCE нафаси билан урганинг !!!
Bugun, kursni birinchi kunidan roppa-rosa 2 oy o'tib mikrobiologiya kursini tamomladik. Faqat mikrobiologiya o'qigan bo'lsam ham uni ichida boshqa ko'plab mexanizmlar, ma'lumotlar o'rgandim va mikrob kursini tugatmasdanoq institutdagi boshqa fanlarda ham USMLE o'qib turganim yordam bera boshladi. Kurs orqali mikrobiologiyani ahamiyati shifokor uchun naqadar baland ekanini tushundim.
Institutdagi mikrob darslarida faqat bo'yash, quruq o'qib, yodlashga asoslangan holda o'rganib, esimdan chiqib ketgan zerikarli darslarni USMLE kursida mnemonik rasmlar va yangi ma'lumotlar orqali "update" qildim. Darslar juda qiziqarli, tushunarli bo'lganidan 2 oy o'tib ketgani va mikrobni qanaqa tez tugatib qo'yganimizam sezilmadi. Nega bu kurs man uchun manfaatli edi?
1. Mani quvontiradigan bir jihat, o'qituvchimiz Javohir akani juda mas'uliyatli insonligi. Biror marta dars kuni darsimiz bo'lmay qolmadi, dars materiallari sinxron (kurs yangi boshlangani va birinchi marta o'tilib turgani uchun) tayyorlab ketilgan bo'lsa ham, kech qolishlar umuman bo'lmadi, hammasi o'z vaqtida mukammal holda tayyorlab berildi
2. Javohir akani o'zida Step 1 borligi bizga yana bitta katta + bo'ldi. Chunki imtihon topshirgan va topshirmagan odamda o'qishni katta farqi bor. Nimaga yaxshilab e'tibor berish kerak, nimaga kamroq e'tibor bersa ham bo'loradi bularni faqat imtihonga kirgan odamgina aniq aytib berishi mumkin.
3. Kurs boshqa USMLE kurslarga nisbatan arzon - offlayn kurs bir oyga 450 ming so'm. O'qituvchi, materiallar va bilim berish jihatdan olib qarasak bu boshqa kurslarga taqqoslaganda juda yaxshi narx
Xulosa o'rnida aytmoqchi bo'lganim USMLE kursini o'qishni boshlaganimni eng to'g'ri qarorlarimdan biri deb bilsam, uni Javohir akada o'qishni boshlaganim yana bir to'g'ri qaror edi. USMLE yo'lidagi sayohatimiz esa davom etadi
#feedback
Assalomu aleykum hurmatli o'quvchi.
Mana bugun Farmakologiya fanidan kursni yakunladim, sizga ham tavsiya qilaman, qatnashishga aslo ikkilanish bo'lmasin, aslo o'ylab o‘tirmang 😉 kurs tanlashda adashmadiz🤝
Shark science barcha kurslarini tavsiya qilaman, siz bu orqali eng sifatli va yangi ilmlardan bahraman bo'lasiz😎😎😎
Men bu kurs orqali nafaqat Farmakologiya, balki, barcha fanlardan bilimlarim🧠 va eng muhimi klinik fikrlashik oshdi📊📈, o‘zimda juda katta o'zgarishlarni sezdim, kurs haqiqatdan juda zo‘r o'tdi, ajoyib atmosfera, ahil jamoa😊, va kuchli yo'lboshchimiz, ustozimiz, akamiz😉 @erkinovz7 bilan barchasi ajoyib o'tdi 🤩
Zuhriddin ustozimiz disciplineni ushlab oxirigacha yetib kelishimizda katta yordam berdilar, dars davomida o'zlarining eng kerakli tajribalarini ulashib darsni qizg'in ruhda kechishini ta'minlardilar, ayniqsa to'g'ri javob bersak Perfect😄 deb qo'yishlari yoqadide😅
Bu kursni, umuman Shark science jamoasi tashkil qilgan Javohir ustozga @drshark_1 alohida rahmat aytaman, chunki kurs materiallari bo‘lgan videodars ma'lumotlari judayam High-Yield va aniq mexanizmlarga asoslangan⚙, va SODDA TILDA tushuntirib berganlar bunaqa videodarslarni hech qayerda yo'q😌 ustozni o'zbeklarning Ninjasi deya ayta olaman😁
Yana bir gap😃 men 1 oy oldin parallel META kursini boshlagandim yaqinda clinical bacteriology tugatdik, to'g'risi META guruhiga e'lon berilishidan oldin USMLE o'qish xayolimga ham kelmagandi!
Bu darslarga kelsakkk voyy dot devorasiz darslar judalar ajoyib, o'ylab ko'rdim self-study qilganimda buncha vaqt oralig'ida general microbiology ni ham tugata olmasdim menimcha, balkim UMUMAN MIKROBIOLOGIYANI O‘QIMASDIM, asosiy sabablaridan biri manba yetishmovchiligi,
Uni ortidan esa dangasalik😅, xullas Javohir ustoz meni USMLE YO‘LIGA kiritdilar😊,
Videodarslar har doimgidek bir-biridan farqli va qiziqarli, mnemonikaga asoslangan episodlar orqali tushuntirilgan. Har bir element bittadan ma'lumot beradi. Mikrobiologiya keraksiz fan deb o‘ylardim lekin endi tushunib yetdim.
Fikrim oxirida shuni aytaman, ustozlarim sizlarga kattakon rahmat, ilm ulashishda hecham charchamang 😊😊😊
#feedback
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Men yoz oyida @drshark_1 tomonidan tashkil etilgan Farmakologiya 💊kursiga qoʻshildim va bu harakat bilan haqiqiy tibbiyot olamiga qadam qoʻydim desam mubolagʻa boʻlmaydi.
Sababi koʻp unversitet kitoblarida bir kasallikda shunday simptomlar kelib chiqadi deyilgan lekin mexanizmi yoʻ va shuning uchun yaxshi tushunmas edim. Lekin bu Farmakologiya kursiga qoʻshilganimdan keyin juda koʻp kasalliklarda qanday qilib bu simptomlar paydo boʻlishini tushundim.
Men bu kursga kirishdan avval faqat dori yodlasak kerak deb oʻylagan edim lekin umuman men kutmagan mexanizmlar keyslar va juda qiziqarli metodika orqali oʻtiladigan darslar oʻziga bogʻlab olganini bilmay qoldim.
Buning uchun albatta Ustozlarimizga kattadan katta rahmat aytaman.
Jumladan Javohir Ustozga👨🏫( @drshark_1 ) har bir narsani mexanizmi bilan tushuntirib har bir mavzuni juda ajoyib mnemonikalar orqali tushuntirib bergani uchun,
Zuhriddin Ustozimiz 👨🏫( @erkinovz7 ) ga juda-juda koʻp minnatdorchilik bildiraman sababi darsda juda koʻp keyslar orqali va oʻzining ishi davomidagi bemorlari orqali farmakologiyani juda ajoyib qiziqarli va tushunarli qilib tushuntirib dars davomida juda koʻp oʻzimizni qiziqtirgan savollarga javob bergani uchun kattadan katta rahmat😇
Ha aytgancha Farmakologiyadan💊 oldin Biokimyo🧬 fanini ham shu Shark Science ning bioximiya kursida oʻqidim va bunda menga Ustozlik qilgan Malika🎀 Imomnazarova ( @drmalikakhon ) ustozimizga kattadan katta rahmat aytaman😇 ochigʻi shu vaqtgacha koʻrgan ustozlarim ichida eng yaxshisi shu Ustoz boʻldi👩🏫
Hamma Ustozlarga va kursni birga yakunlagan guruhdoshlarimga kattadan katta rahmat aytaman
Alloh taolo ilmingizni bundanda ziyoda qilsin 🤲
#feedback
🔹Assalomu alaykum. Bugun farmakologiya kursini yakunladik☺️ bir tarafdan bu quvonarli bowqa tarafdan esa kurs yakunlangani ozgina kongilni xira qildi. Chunki 3 oy davomida bir xil vaqtda dars bowlaniwi kutasiz oʻqiysiz qaysidir maʼnoda shu vaziyatga insonda oʻrganish boladi kurs tamomlangandan keyin esa xuddi nimadir yoq boʻlib qolgandek boldi.
3 oy davomida farmakologiyani bizga oʻrgatgan ustozim Ma'muraxon Solijanovaga va Zuhriddin Erkinovga kattakon raxmat aytaman. Qancha bilganing sari koʻp narsalarni bilmasligingni bilasan degan gap rost ekan. Kurs davomida amin boʻldim😉... Z Erkinov ustozni bilim darajalari juda yuqori... Har qanaqa savolizga ustozdan javob olar ekansiz..(xavas qildim toʻgʻrisi)...
Shark Science jamoasida barcha kurslar wunchaki bomba... Ilohim yuksalishlar bardavom boʻlsin..Judaa ham koʻp kursdowlarim ham hozi online kurslarda oʻqiwyapti. Kurs effekti zoʻr.. bu kursda 2 yoki 3 ta darsni oʻqigandayoq seziladi. Dars materiallari, konspekt va videolar ham tartib bn qilingan. Shark Science dan keyin bowqa jamoaning kursida oʻqigingiz kelmay qolar ekan😉😉....(sifat jihatdan baribir Shark Science ga yetmaydi)...
#feedback
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh barchaga men bundan 3 oy oldin @drshark_1 boshchiligida tashkil qilingan farmakalogiya kursiga qoʻshildim boshida juda shijoat bilan harakat qilib darslar yaxshi ketti lekin retseptorlar mavzusiga yetganda miyamda kapalaklar🦋 ucha boshladi 😁nima oʻqiyapman ustoz nima deyapti tushunolmay boshladim 🤦♀kursni tashlab qochish fikrlari ham keldi hayolimga 😁lekin bizning qattiqol va mehribon ustozimiz @erkinovz7 qoʻldan kelgancha harakat qilib bizga mavzularni tushunmagan joylarini dars davomida tushuntirib bordilar (har dars davomida menga savoliz bormi tushunmagan joyiz bormi deb soʻraydilar )va yana qiziqishimni orttirdilar 😇 bizda har xil holatlar boʻldi ayniqsa yoz oylarida uyda boʻlib yomon holatlarga tushdik 🙊😬shunda ham ustoz tushungan holda ancha yordam qildilar 😌
Mana bugun 7.11.2023 sanasida kursimizni yakunladik 🥲bu kurs davomida judayam koʻp maʼlumotlarga ega boʻldik ✅yangi bilmlar oldik (farmakalogiyada olgan bilimlarimizni institutida ham aytib ancha baholarni koʻtarib ham oldik 😜)bu uchun ustozlarimizga katta rahmat aytaman barchalaridan Alloh rozi boʻlsin 🤲
Ustozimiz @erkinovz7 judayam hayotiy misollar keltiradilar(darsni judayam zoʻr olib boradilar huddi radio boshlovchilarga oʻxshaydilar😁 bu haqida oʻzlariga ham aytganman siz ha yoʻq oʻyinini olib bormaysizmi deb 😂)ohirgi yakunlovchi darsimizda ham aytgan gaplari judayam taʼsirli boʻldi in shaa Alloh bergan hamma maslahatlariga amal qilaman va bu kursni boshqa fanlarida ham in shaa Alloh oʻqiyman 😇😇😇
Ассалому алайкум хурматли укувчи. Аввалам бор бу постга хаётингизни кимматли 5 дакикасини ажратиб чикишни тавсия бераман. Ман хозирда клиник ординатурада уз мутахассислугим буйича укивомман балки сиз магистратура ёки ординатура укивотган ёки тугатган булишиз мумкин ва бу хеч качон тиббиёт илмини чукурлаштирилган даражада укишга кеч булди дегани эмас. Орамизда Америкада резиздентура килиш хукукини берувчи USMLE экзамени хакида эшитмаганлар кам булса керак? ва хаммани хаёлидан "Доктор Хаус"дек шифокор булиш орзуси утган булиш аник) Ва бу орзуга етиш маъсуляти ва кийинчиликлари хакида гап кетганда купчилик бу йулдан бошламасдан кайтади (мандаям шунака буганди). Тасаввур килинг бир неча йилдан сунг сиз шифокор булиб Узбекистонда ишлаяпсиз пулингиз ва узингизга яраша хурмат эътиборингиз бор шунда ортга караб нега ман орзуимга хотя уриниб курмаган эканман деган фикр сизни кайгуга тушуради. Бу хаётингиз ва такдирингиз Аллох томонидан сизга берилган буюк нематдир. Нега уриниб курмаслигингиз керак? деган саволлар билан USMLE экзаменини топширишга узимда куч топдим. Ва you tube да Shark science видеоларини куришни бошладим ва улар томонидан очилиши режалаштирилаётган USMLE META курсига экзамен оркали кабул дим. Курсга келадиган булсак Микробиологиядан бошладик жуда ажоиб ман кутган кийинчиликлар осон йул билан видео дарслар кейслар ва материаллар оркали узлаштиришим осонлашди. Бакалаврда микробиологиядан олган билимларимдан мамнун эмас эдим. Бу курс оркали бушликлар анча тулдирилди. Хатто микробиологияга кизикиб микробиолог булиш фикри хам хаёлимдан утди) лекн максад уша уша ва бу йулда Ёрдам бераётган Shark science ва Жавохирга уз миннатдорчилигимни билдираман. Хавотир олманг сиз бу экзаменни топширасизми ёки йук барибир урганган билимларингиз сизга ас котади.
Dastlab (META kursida qatnashishdan oldin ) kurs nomiga qiziqgandim . Nima uchun aynan META (Most Effective Technic Available). Keyin dars davomida amin buldimki barcha bizga beriladigan ma'lumotlar kup bulsa ham qisqa muddatda urgansa buladigan va case larda osson qullaniladigan malumotlar ekan.Nima uchun yodlab qolish oson?.Chunki har bir bakteriyalarga xos bulgan ma'lumotlar bitta rasmga osongina kiritilgan bu sketchy.Case yechishda ham shu sketchy ma'lumotlari juda qul keldi .Umuman olganda @drshark_1 ga rahmat .Bir oyda Microbiology ni katta qismi bulgan Bacteriologyni caselari bn birga tugatdik.USMLE ga tayyorlanadigan bollarga tavsiya beraman .USMLE mas shunchaki microbiology dan bilimini mustahkam qilmoqchi bulganlar ham qatnashsa qisqa muddatda juda kerakli ma'lumotlarga ega bula oladi
Assalomu Alaykum Va Rahmatullohu Va Barokatuh!
Man Shark science META USMLE onlayn kursida 1oy davomida Mikrabiologiyaning eng katta bólimi bólgan Bakteriologiyani óqib tugatdim. Hozir tóğrisi quvonchimni sóz bilan ta'riflay olmasam kerak. Chunki, mikrobiologiya man uchun faqat yodlashdan iborat bólgan, oʻrganish ilojsiz, bir zerikarli fan bólib tuyular edi. Lekin, bu kursga qatnashganimdan sóng, man notóğri oʻylaganimni, aslida mikrabiologiya juda ham qiziqarli fan ekanligini, faqat uni órganish uchun ózim notóğri yólni tanlagan ekanligimni anglab yetdim. Buning uchun albatta eng avvalo Ustozim @drshark_1 va jamoamizdagi jonkuyar, ilmga chanqoq talabalarga óz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Ustoz bizga tayyorlagan materiallari, jonli discuss darslarida bergan barcha qóshimcha ma'lumotlari asosida Bakteriologiyani juda katta zavq va qiziqish bilan órganaoldim.
Tóğrisi kursni boshlashdan oldin bu darajada mirabiologiyaga qiziqib qolaman deb óylamagandim ham😁.
Bu kurs manga faqat bilim bermadi, balki dunyo qarashimni ham ózgartirdi, ózimga bólgan ishonchimni oshirdi.
Va man óylaymanki bu kurs faqat USMLE imtihonini topshirmoqchi bólganlar uchun emas, balki butun tibbiyot talabalari uchun zarur bólgan kurs. Chunki, bu kurs orqali Siz qisqa vaqt ichida tibbiyot talabasi bilishi kerak boʻlgan juda kóplab bilimlarga ega boʻlaolasiz. Va eng muhimi oʻzingizda boʻlayotgan har kunlik rivojlanishni koʻrib, ilm olishga boʻlgan katta ishtiyoqni shakllantirasiz.
Therefore, I highly recommend this course to every medical students, especially those who want to succeed in their career!
Thank you!
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Mana kechagina biz mikrobiologiyaning eng katta boʻlimi boʻlgan bakteriologiya boʻlimi tugatdik. Toʻgrisi mikrobdan 0 edim, vapshe hech narsani tushunmas edim, sikllardan infeksion kasalliklarni oʻtganimizda ham faqat zoʻrgʻa bakteriya nomini🦠 eslab qolardim va ertasi kuni doimgidek esdan chiqib ketardi. Bu kursdan keyin ancha bilimga ega boʻldim, dars oʻtish usuli undan ham yoqdi, (kichikgina, qiziqarli videolar🎞, eng kerakli high yield maʼlumotlar🎯,oson yodlash uchun mnemonikalar). Qisqachasi kurs juda yoqdi👍, hammaga tavsiya qilaman.
❗️Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Avvalo bu feedbackni o'qiyotgan do'stim, diqqat qiling, aytmoqchi bo'lgan gaplarim ortiqcha bo'rttirishlarsiz va realniy voqealarga asoslangan ))
Men ham bir necha oy oldin sizga o'xshab katta tanlov oldida qoldim! USMLE o'qimoqchiman, qaysi kursga qatnashay, nima qilay degan savollar hayoldan ketmasdi... Ko'pchilikka tanish bo'lgan USMLEga tayyorlaydigan kurslarda o'qigan do'stlarimdan maslahatlar oldim. Boshida ozroq qo'rquv bo'ldi, eplay olamanmi degan... lekin Allohga tavakkal qilib Shark Sciencening "USMLE META" guruhiga yozdirdim. Allohimga behisob shukrlar bo'lsin, bu kurs aynan men uchun ekan, va bu kurs aynan siz uchun ham bo'lishi mumkin )) nima uchunligini hozi aytaman...
Biz kursni Mikrobiologiya fanidan boshladik, menimcha ko'pchilikni og'riqli nuqtasi bu... Meni mikrobdagi bilimim 0 edi, hech qanaqa tushuncha yo'q edi, lekin shu 1 oy ichida aqlga sig'mas o'zgarishlar qildik guruh bilan. Mikrobdan tayyorlangan video darslar shunchalik mukammallikka qarab ketyaptiki, masalan 10 minutlik video davomida faqat va faqat high yield ma'lumotlar aytib o'tilgan, birgina videodarsdan bemalol keyslarni yecha olasiz va qo'shimcha First Aid o'qisangiz menimcha ortiqcha manbalar shartmas. Albatta kursda qatnashuvchilarga bonus manbalar ham beriladi, uni aytolmiyman )) Boshida ancha qiynaldim, ingliz tilida muammolar bo'ldi, eslab qolishda muammolar bo'ldi, lekin 1 oy ichida ingliz tili darajam ham oshdi, qanday qilib qaysi ma'lumotlarni yodlab qolishni ham o'rgandim. Xullas hozir keyslarni bemalol yecha olaman, xatolarimni tahlil qila olaman. Yana bir foydali jihatini aytmoqchiman bu kursni... Ko'pchilikda vaqt muammo, lekin bu kursda o'qisangiz vaqtdan ancha o'zib ketasiz, ishonavering! Tez va sifatli ta'lim berilyapti, xullas bomba!
Men gapirsam gapirib o'tiraveraman, foydali taraflarini ham sanab beraveraman, lekin siz ham tavakkal qiling, qatnashib ko'ring, hech narsa yutqizmaysiz! Bu reklama emas, shunchaki tibbiyotimiz rivoji uchun o'z fikrlarim bilan kimnidir shu kursga qo'shilishiga sababchi bo'lsam judayam xursand bo'lardim! Alloh barchamizni ilmimizni ziyoda qilsin! Avvalo harakat sizdan, natija Allohdan!
Shark science Meta online kursida bugun Mikrobiologiya📗 fanini 1 oy davomida oqib Bakteriyalar🦠 bolimini tugadik. Kurs juda zor⚡️ va samarali bolmoqda. 1 oy davoimda organgan bilmlarimi instituda 1 yildayam organa olmasdim. Tog’risi self study da bunaqa natijaga ersholmasdim (dicipline ushlash juda qiyin man uchun manimcha kopchikdayam shunaqa) Ozi tabiatdan erinchorman kop malumot bosa oqigim kemiydi First Aid kitobini hamma bilsa kerey malumot juda juda kop llekn kursda malumotlar shunaqa zor usulari bilan organtiladiki qiziqib oqiman Kursda faqatgina mikrobiologiyani organibgina qolmasdan qanaqa qilib kop malumotlarni eslab qolishni high yield malumotlarni case yechishni most effictiv usullarini organmoqdamiz🤓 Buning uchun Javohi aka @drshark_1 ga oz minatdorchiligimi bildiraman O’zi Oqishga qiziqishimga Shark science hissasi juda juda kotta. Tibbiyotga qizishim ham 2 kursda bioximyadan imtihonga tayyorlanish uchun Javohir akani kurslarida oqiganimdan boshlangan ( tibbiyot institutda oqisamda tibbiyotga unchali qiziishim yoq edi) keyn farmakologiya va hozrda USMLE meta online kursda oqib 3 yil instituda organolmagan bilmilarni oldim va olishda davom etmoqdaman.
#feedback
Shark science USMLE meta online kursida qatnashib 1 oy ichida ustozimiz @dr_shark darslari, tavsiyalari va case tahlillari orqali microbiologia bakteriologiya bo'limini tugatdik. Bu 1 oy davomida Juda ko'p high yield malumotlarni, nafaqat USMLE uchun balki o'zim o'qiyotgan TTA dagi darslarim uchun ham juda katta foydasi tegdi👍 Oldin umuman ko'pchilik kasalliklardagi bakterial infeksion omilning ahamiyatini tushunmaganim yoki tushunsam ham eslab qolishdagi muammolardan qutuldim, chunki endi ahamiyatli mexanizmlar va esda saqlash uchun mnemonicalarni o'rganib oldim😊 Mikrobiologiyadan bakteriologiya bo'limini o'ziyoq shu qadar keng fikr doirasini hosil qildiki keyingi bo'limlar davomida qanchalik kerakli va qiziqarli bilim olishimni tasavvur qilishning o'zi kattagina motivatsiya beryapti🤓 Umuman olganda har qanday shifokor bilishi shart bo'lgan, kelajak ish faoliyatida Juda muhim ahamiyatli bilimlarni oldim. Kurs maksimal tezlikda, intizom bilan va the most effective⚡️ usulda tashkil qilingani chinakamiga foydali bo'ldi.
Бугун 3-ноябрь куни USMLE META курсини Микробиология фанидан энг катта булим-Бактериялар булимини тугатдик. Охирги 2та дарс мазза килиб кейс ечдик🫠
Тугриси, бу курсни анчадан бери кутаётгандим. Ва бир ой олдин имтихондан утиб курсга кушилиш насиб килди. Курс кутганимдан хам зу’р. Дарслар видеолари-💥
видеолар шунака олинганки ,уларни куриб burnout хис килмайсиз⚡️
Устозимиз Жавохир ака хар бир видеода usmle uworld кейсларида канака куринишда келишлигини айтиб кетиши кейслар ечишда жудаям ку’л келади.
Туг’риси бу йулда селф-стади килиш жуда хам кийин мен учун.(купчилик учун хам)
Ва бу курс нафакат бирор бир фанни,балки шу йулда дисциплинани, time-managementни йулга куйишни у’ргатади.
Highly recommend to all who are interested in gaining knowledge in usmle path✨
Maybe my words seem overly laudatory, but I wrote everything as it is) and recommend it from the bottom of my heart❤️
Bu feedbackni óqiyotgan barchaga Assalamualaikum.
Yaqindagina Shark Science tomonidan taqdim etilgan Farmakologiya kursini tamomlagan talaba sifatida kurs haqidagi xulosalarimni siz bilan bólishmoqchiman.
Davomiyligi 3 oydan biroz oshadigan bu kurs menga kóp narsani órgatdi , Farmakologiyani boshidan oxirigacha yodlab kuchayib ketdim deyolmayman , albatta) Lekin kurs Farmakologiya ózi qanday fan? Nima uchun Farmakologiyani óqishim kerak? Farmakologiyada faqat dorilarni nomiyu qaysi kasallikda qaysi dori berilishini bilsam bóldimi? xullas shu kabi bir qator savollarga javob berishimga yordam berdi.
3 oy davomida darslarga qatnashmagan kunlarim ham bóldi , bu hammada bóladi , hammada ham 3 oy davomida bir martagina bólsa ham darsga qatnasha olmaydigan vaqtlari boʻladi , bu qórqinchli narsa emas , lekin bir maslahat darsga bir marta kirmasligingiz keyingi darsga ham kirmaslingizga katta ta'sir koʻrsatadi shunday vaqtlarda hech bólmasa darsga tinglovchi sifatida qatnashing , óqib keyinchalik qayta topshiring , kurs boshida 30-40 talaba bilan boshlagan bólsak oxirida 10-15 ta talaba tóla qonli tugata oldi , sizdan iltimos kursda óqir ekansiz davomiylikni saqlang.
Dorilar nomlari juda xilma xil esingizdan chiqishi tabiiy , yaqinda kursni tugatgan bólsam ham meni ham esimdan chiqqanlari bor. Lekin mavzuni mohiyatini tushunishga harakat qiling. @drshark_1 Javohir aka har bitta mavzuni fiziologiyasidan tortib patalogiyasigacha juda aniq va qisqa qilib tushuntirganlar , dars kunlarida bólsa @drmalikakhon Malika ustozam bilan turli xil caselar savollar yechib darsni yanada mustahkamlashingiz mumkin)
Agar sizni 'Farmakologiyani tushunmayman....' , ' Kasalliklar mohiyatiga tushunmayman...' , ' Men tibbiyot uchun begonaman.....' shu kabi óylar bezovta qilayotgan bólsa , albatta Shark Science kurslarini maslahat beraman . Kurs sizga tibbiyot sohasida chinakamiga * muvaffaqiyatga erishishingiz uchun 1 poğona beradi) ortidan qator qator 0 larni qóshish ózingizga boğliq😉
Va eng muhimi 📍
Shark Science kurslarida 3- marotaba qatnashishim bólsa doim bir narsaga eʼtibor qilaman , intizom juda kuchli Farmakologiyada 3 oy davomida ham , bundan oldin Biokimyo kurslarida ham dars kunlari ham soatlari ham doim aytilgan vaqtida boʻlishi , har qanday sabab bólsa ham doim dars óz vaqtida bólishi. Discipline ni juda yaxshi ushlashadi , bunda sizga ham yordam berishadi)))
Hali ham " Shark Science kurslarida óqib kórsammi yo óqimasammi? " , "Arzirkanmi?" deb óylab yurgan bólsangiz hech ikkilanmay Shark Science kurslarida qatnashishingizni maslahat beraman!
Alhamdulillah 3 oy deganda Farmakalogiya kursiga ham yakun yasadik 🥹💊 Rosti bu 6 oyni shark science bn qanaqa òtganini bilmay ham qoldim . Bu muddat oraliĝda faqatgina bioximiya va farmacologiyani òqigan bo'lsam ham klinik fikrlash darajam ancha ortdi. Biroz dorilarni nomini yodlash qiyinchilik tug'dirdi lkn ustoz juda yaxshi tushuntirganlari un bemalol fanni olib keta oldik . ☺️ Farmakologiyani òqib Fiziologiyani ham birdaniga òqigandek boldim to'g'risi 😅Faqatgina bu ikki fanni o'zi bo'libgina qolmasdan fizioligiya fanini ham @drshark_1 Javohir ustoz ancha muncha videodarslarda tushuntirib o'tganlar . Videodarslar sifati , unda berib o'tilgan ma'lumotlar saviyasigaku umuman gap so'z bo'lishi mn emas 🙌🏻🙌🏻 Sizlarga ham bu kursni qòrqmasdan bemalol tavsiya qila olaman , umuman afsuslanmaysiz o'qiganingizga 😊
Ustozam @drmalikakhon ❤️🥹charchasalar ham biz bn 23, 00 gacha discuss o'tib , darsdan tashqari ham million marta savol so'rasam ham erinmasdan bitta bitta tushuntirdingiz , Alloh ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin 😇🥰🥹Imkon bo'lishi bn albatta patologiya fanidan siz dars beradigan guruhda o'qiyman In Shaa Alloh 💓 .
Shark science ni bundan keyingi ishlarida ham omad va zafarlar tilab qolaman . Hurmat bn Buxoro Davlat Tibbiyot instituti 3 -bosqich talabasi Amonova Ferangiza.
Assalom alaykum hammaga
Kecha Farmakologiya kursini tamomladik 🥹🥹🥹 Kurs juda ajoyib, kursga qatnashib yangi High Yield ( Javohir ustoz aytgandek☺️☺️ ) malumotlar bazasiga ega buldim. Yana boshqa kurslarga qatnashishga ishtiyoqim oshib ketyapti😌😌😌 Bergan bilimlariz uchun mingdan ming raxmat @drshark_1 👨🏫👨⚕va @drmalikakhon 👩🏫👩⚕.
Ilohim Alloh ilmlarizni bundanda ziyoda qilsin 🤲🤲🤲
Assalomu alaykum
Mana farmakalogiya kursini ham tugatdik bu kurs davomida ko'plab yangi bilimlarga ega bo'ldim,barcha meni qiziqtirgan savollarga@drmalikakhon ustozimiz tomonidan javob oldim. Ustozlarimga @drshark_1, @drmalikakhon katta rahmat vaqtlarini ayamay bergan bilimlari uchun Alloh u kishilardan rozi bo'lsin.
Assalomu alaykum, everyone!🙋♀
I'm grateful for @drshark_1 👨🎓👨🏫👨⚕
To create such wonderful and necessary course content
@drmalikakhon 👩🎓👩🏫👩⚕
To be sooooo responsible during teaching🙎♀
The best teacher ever for meee🫶
Wish you enormous successes✊
Be the best physician in the near future🤲
I hope that Allah will give you an extensive wonderful life way✨✨✨
