Umar shares
前往频道在 Telegram
Dasturchi @UmarSadullayev’ning shaxsiy blogi. Buyerda istalgan mavzuda post joylanadi.
显示更多689
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
+1730 天
帖子存档
689
Bugun 15.543 qadam yuribman. Katta qismi uy qidirishga ketdi.
Hozircha yangilik yo'q 🙂
689
O'tirgan taksiyimiz kichik avariya bo'ldi 🥲
Akani siqilganiga qaraganda mashinani bo'lib berishga olib, taksi qilyapti shekilli.
Ehtiyot bo'lib yuringlar azizlar.
689
O'sha paytlar uylarni narxi ham juda past edi. Hozir 50minglik uyni 5-10mingga olsa bo'lardi.
Eeeh yoshligimiz shunaqa arzonchilik bo'lgan. Baraka bo'lardi, baraka...
689
Oxirgi etajlar arzon chiqyapti. Lekin har yilgi tomni yopib yurish masalasi, qishda sovuq, yozda issiq bo'lishi yoqmayapti.
Oxirgi etajda yashaydiganlar bormi? Shu muommolar sezilarli darajadami yoki ortiqcha baholayapmanmi?
#uy
689
Uy bozorida shunday bir odamlar bor, arzonga uy egasidan uy chiqsa darrov olib qolishyapti.
Hozir uyimizni sotib, uy qidiryapmiz o'zimizga. Endi chiqdi yaxshi uy desam baraka bo'lgan bo'ladi chiqishi bilan.
Biz oddiy insonlarga qimmatroq uylarni chiqarib, o'zlari arzonga chiqqan uylarni olyapti.
"Qora kuchlar"
Arzonga 60+ kvadrat tayyor uy chiqsa aytinglar yaqinlar 😄
#uy
@umar_sharess
689
Uy ko'rib charchadik. Hozircha bitta uy yoqdi. Biroz chekkada, ammo mahallasi va ichi yaxshi ekan.
Olmos mahalla
https://yandex.uz/maps/-/CTwh4Ioq
Shuyerda. 65kvadrat, 66500$ deyapti
689
60-67mingga 60kvadratdan balandroq uy kerak.
Topishga yordamlashmasangiz bo’lmaydi. Qiyin ekaj 🥲😅
689
Haydovchi qabristonni oldiga kelib “Omiyn” qilaman deb boshqaruvni yo’qotishiga sal qoldi.
Man keyin “Sal qolsa bizga qilishardi shuni oka”, dedim hazillashib😅
689
Paradoks — bir qarashda mantiqqa zid bo'lgan, ammo ayni paytda to'g'ri bo'lib ko'rinadigan fikr yoki mulohaza.
Masalan, "Boylik ortgani sari inson baxtga erishishi qiyinlashib boradi"
Bu fikr paradoks. Sababi, bir qarashda boylik baxt keltiradigandek, muommolarni yechadigandek tuyuladi. Ammo, ayni paytda insonni band qilib qo'yib, baxtdan uzoqlashtirishi ham mumkin.
Yoki boshqa misol, "Qancha tanlov ko'p bo'lsa, tanlash shuncha qiyin bo'ladi"
Izohga paradoksal fikrlarga misol yozib keting ⬇️
#intellektualLugat
@umar_shares
689
"Nima yomonlik bo'lsa Vali aybdor. Chunki men Valini yomon ko'raman".
Biror odamni yomon ko'rishingiz — jarayonga adolat ko'zi bilan qarashingizdan to'sib qo'ymasin. Kerak bo'lsa tuhmat ham qilib qo'yamiz bilib-bilmay.
#sarkazm
@umar_shares
689
Argument — bir fikrni asoslash uchun keltirilgan sabab/dalil.
Masalan, "Uy narxi keyingi yil tushadi" — degan gipotezamiz bor.
Unga argumentimiz esa "Yangi qonun sabab sotib oluvchilar soni kamayadi".
Kontrargument — argumentga qarshi sabab/dalil.
Bu fikrga kontrargument esa — "Yangi qonun quruvchilarga ta'sir qilmaydi va shu bilan birga islomiy moliya kirib keladi. Shu sabab narxlarda o'zgarish bo'lmaydi yoki qisqa o'sish ehtimoli bor"
#intellektualLugat
@umar_shares
689
Gipoteza — biror narsani sababini tushuntirish uchun ilgari surilgan, hali to‘liq isbotlanmagan taxmin yoki fikr.
Masalan, "Uylarning narxi yangi qonunlar sabab keyingi yil oshsa kerak" desam, bu gipoteza bo'ladi.
Natijadan qat'iy nazar bu fikrni gipoteza bo'ladi.
Gipoteza — natija emas, tekshirishdan oldingi taxmin. Lekin u shunchaki tasodifiy fikr ham emas, odatda tekshirish mumkin bo‘lgan taxmin bo‘ladi.
#intellektualLugat
@umar_shares
