AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 891 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 558,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 425 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 891 名订阅者。
根据 02 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 847,过去 24 小时变化为 -200,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.08%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.66% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 041 次浏览,首日通常累积 9 182 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 122。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 03 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 891
订阅者
-20024 小时
-1 6077 天
-2 84730 天
帖子存档
51 891
⚡️Gadjetlardan foydalanish qarishni sekinlashtiradi. Olimlar turli elektronika qurilmalaridan doimiy foydalanish miyaning «umri»ni uzaytirishini aniqlashdi.
Smartfon va kompyuterdan faol foydalanadiganlarda yoshi o’tgan sayin kognitiv qobiliyatlar pasayish xavfi 58 foizga kamaygan. Shuningdek, ushbu odamlarda demensiya rivojlanish ehtimoli ham kamroq.
Xotirangizni ishlashga undaydigan kontent ko’rish yoki ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish esa yanada ko’proq foyda beradi.
Shuning uchun izohlarda aktivroq bo’linglar, miya uchun foydali :)
📟 DigiTech
51 891
🛰️ NASA astronavti Don Pettit koinotdan shimol yog’dusini suratga oldi.
U videoni XKS'dan Avstraliya va Antarktida o’rtasidan uchib o’tayotganida suratga oldi, videoda maftunkor yog’dulardan tashqari, tong boshlanishini ham ko’rish mumkin.
📟 DigiTech
51 891
+1
⚡️OpenAI eng aqlli «fikrlaydigan» o3 va o4-mini modellarini chiqardi.
— o3: barcha sohalar bo’yicha haqiqiy daho, o’n yillik tajribaga ega senior dasturchi kabi kodlaydi va matematik masalalarni professorlar darajasida yecha oladi.
— o4-mini: OpenAI hozircha chiqarishga qo’rqayotgan eng kuchli o4 modelining kichikroq versiyasi. o4-mini har qanday matematik masalalarni 100 balldan 99 ball bilan yechadi.
Ishlab chiquvchilar ushbu modellar kod yozish bo’yicha odamlardan yaxshiroq bo’lganini tan olishdi — hatto OpenAI'ning eng yaxshi dasturchilari ham kod yozish bo’yicha neyron tarmoqdan orqada.
📟 DigiTech
51 891
⚡️Google sun’iy intellektga asoslangan 601 ta muvaffaqiyatli loyihalar ro’yxatini yig’di. Bu tom ma’noda startap uchun tayyor g’oyalardir.
Har bir g’oya global kompaniyalarda qo’llanilib kelinayotgan haqiqiy loyihalardir. Loyihalar media va telekommunikatsiyadan tortib dasturlashgacha bo’lgan 11 ta sohaga bo’lingan. Ularning ko’pini bizda ham reallashtirish mumkin.
👉 Tayyor biznes g’oyalar ro’yxatiga havola.
📟 DigiTech
51 891
🔋Hyundai yong’in o’chirish tizimi o’rnatilgan akkumulyatorlarni yaratdi — ular elektromobillarga o’rnatiladi.
Batareyalar bir nechta bo’limlarga bo’lingan, yong’in sodir bo’lganida tizim avtomatik ravishda kerakli hududga oddiy o’t o’chirgichdan besh barobar samaraliroq bo’lgan maxsus moddani purkaydi.
Texnologiya allaqachon patentlangan, ammo qachon joriy etilishi haqida ma’lumot yo’q.
📟 DigiTech
51 891
⚡️O’quvchilar va talabalar uchun eng yaxshi neyrotarmoq chiqdi — xitoyliklar minglab tadqiqotlar, kurslar va darslarga ega ulkan onlayn kutubxonani yaratishdi va unga neyron tarmoqni ulashdi.
— Unga istalgan savolni berish mumkin va SI real faktlar va tadqiqotlarga tayangan holda javob beradi;
— Ilmiy maqolalarning katta ma’lumotlar bazasi mavjud;
— Har qanday mavzudagi kurslarning to’plami mavjud: iqtisoddan tortib to neyron tarmoqlardan foydalanishgacha;
— Xitoylik talabalarning minglab hisobotlari va maqolalari mavjud;
— Eng asosiysi undan foydalanish bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 891
🗂️ Har qanday PDF faylni to’g’ri brauzerda tahrirlaymiz — hujjatlar bilan qulay ishlash uchun LightPDF saytini topdik.
— PDF fayldagi matnni o’zingiz istagandek o’zgartirishingiz mumkin;
— Fayldagi matnni boshqa tilga tarjima qilish mumkin;
— Hujjatni chatga aylantirib u bo’yicha har qanday savol berish mumkin;
— Boshqa formatga konvertatsiya qilish mumkin;
— Foydalanish bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 891
🦷 Londonda olimlar birinchi bor laboratoriya sharoitida inson tishlarini o’stirishga muvaffaq bo’lishdi.
Olimlar tishlarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan muhitni imitatsiya qilib, ularning o’sish jarayonini boshlaydigan yangi materialni yaratishdi.
Texnologiya «inqilobiy» ekani ta’kidlanmoqda: implant va plombalardan farqli o’laroq, bemor hujayralaridan yasalgan tishlar hatto hujayraligida ham jag’ga ko’chirilishi mumkin va ular xuddi tabiiy tishlar kabi o’sishda davom etaveradi.
📟 DigiTech
51 891
+2
⚡️OpenAI yangi GPT-4.1, GPT-4.1 mini va GPT-4.1 nano modellarini namoyish etdi.
– OpenAI birinchi marta har bir model uchun kontekst oynasini 1 million token qildi. Bu 700 000 so’zga teng, ya’ni butun boshli dissertatsiyani yuklash va u haqida savollar berish mumkin; – Sinovlarga qaraganda, GPT-4.1 uzun promptlarni OpenAI'ning ko’p modellariga qaraganda aniqroq tushunadi va deyarli hech qanday tafsilotni yo’qotmaydi; – GPT‑4.1 mini xususiyatlari bo’yicha flagmanga yaqin, ammo tezroq. GPT‑4.1 nano yanada kichik va tezroq.Yangi modeldan faqat bir necha kundan so’ng foydalanish mumkin bo’ladi, lekin agar hoziroq sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz u Windsurf kod muharririda (faqat dasturlash uchun) allaqachon mavjud va 1 hafta bepul foydalanish mumkin. 📟 DigiTech
51 891
Keng qamrovli IT xavfsizlik: tashkilotni tahdidlardan qanday himoya qilish mumkin?
30-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentda IT-infratuzilma provayderi @servercorenews tomonidan yopiq IT-kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Tadbirda kompaniya mutaxassislari O‘zbekiston IT-bozor yetakchilari bilan birgalikda har bir biznesni tashvishga solayotgan asosiy mavzu – xavfsizlikni muhokama qiladi.
Havola orqali bepul ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/n9s6e
Servercore - Toshkent, Olmaota va Nayrobida mavjud bo‘lgan xalqaro IT-infratuzilma provayderi. Kompaniya biznes uchun IT- infratuzilmasini — bulutli yechimlarni, shuningdek ijara uchun mahsus serverlarni taqdim etadi.
Reklama
51 891
😴 Yomon uyqu Altsgeymer xavfini oshiradi. Chuqur uyquning yetishmasligi miyaning kognitiv funksiyalari uchun mas’ul bo’lgan qismlarini qisqartiradi.
Olimlarning uyquni yaxshilash va kasalliklarni oldini olish bo’yicha maslahatlari:
– Haftada kamida 5 kun yetarlicha uxlang; – Uyqu dorilarini ishlatmang; – Miyangizni uyquga o’rgating (har doim bir vaqtda uxlab, turing); – Yotishdan oldin spirtli ichimliklar ichmang; – Uxlashdan oldin o’zingizni uyquga tayyorlang (bu fon tovushlari yoki qog’oz kitob o’qish bo’lishi mumkin).Asosiysi, uyqu vaqtini kamaytirmaslik, aks holda bu miya hajmini kichrayishiga olib kelishi mumkin. Voyaga yetgan odamga kamida 7-8 soat uyqu kerak. 📟 DigiTech
51 891
📑 AQSh'da o’qituvchilar, agar talabalar testlarni bajarish uchun neyron tarmoqlardan foydalansalar, neyron tarmoq xato javob berishi uchun testlarga oq rangdagi yashirin matnni qo’shishni boshlashdi.
U matnda noto’g’ri javobni chiqaradigan prompt yashiringan.
📟 DigiTech
51 891
🗣 Yandex Uzbekistan biznes uchun yangi ovozlarni taqdim etdi.
Kompaniya Yandex SpeechKit sun’iy intellektga asosidagi nutqni sintez qilish va tanib olish xizmati doirasida yangi, Yulduz va Lolaning ovozlarini yaratdi - u Yandex Cloud bulutli platformasida mavjud. Ovozlardan O‘zbekiston kompaniyalari va davlat muassasalarining Call-markazlari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarida ovozli robotlarni yaratish uchun foydalanish mumkin.
Yulduz va Lola ovozlari o‘zbek, rus va ular aralashmasida bir xil yaxshi gaplasha oladilar. Shuningdek, vaziyatga qarab turli rollarni bajarish imkoniyati mavjud. Ovozli xizmatlarni taklif qilishda xushmuomala va samimiy ohangda, murakkab muammolarni hal qilishda esa vazmin va jiddiy tarzda munosabat bildiradilar.Bunday xizmatlar, ayniqsa, bank sohasi, telekommunikatsiya va chakana savdoda eng ko‘p talab qilinadi. O‘zbekiston bozori bu yo‘nalishda ham tadbirkorlik, ham davlat tashabbuslari tomonidan faol rivojlanmoqda. Аmalga oshirilgan loyihalar va mintaqadagi rejalar haqida Yandex Cloud 29-aprel kuni - O‘zbekistonda biznes vakillari uchun o‘tkaziladigan ilk uchrashuvida batafsil ma’lumot beradi.
51 891
📲 Telegramda chat yoki kanallardan foydalanmasdan 100 kishigacha ishtirok etishi mumkin bo’lgan guruh qo’ng’iroqlari qo’shiladi.
Android uchun Telegram'ning beta-versiyasida yangi funksiya topildi. Bunday guruh qo’ng’iroqlari ham oddiy qo’ng’iroqlar kabi shifrlanadi. Qo’ng’iroq ishtirokchilari uchun mavjud sozlamalar:
• Mikrofon va dinamikni yoqib, o’chirish; • Asosiy yoki old kameradan tasvirni translyatsiya qilish; • Qo’ng’iroqqa yangi ishtirokchilarni qo’shish va qo’ng’iroq havolasini ulashish.📟 DigiTech
51 891
🎥 Nvidia va Stenford universiteti tadqiqotchilari Test-Time Training (TTT) neyron tarmog’ini taqdim etishdi, u matnli so’rov bo’yicha bir daqiqalik videolarni yaratadi.
TTT ishiga misol sifatida ular «Tom va Jerri» multfilmi asosida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan bir nechta videolarni namoyish etishdi.
Test-Time Training neyrotarmog’ining ochiq kodi GitHub'da mavjud.
📟 DigiTech
51 891
⚡️Ispaniyalik olimlar 3D tasvirli «golografik» displeyni yaratishdi, undagi tasvirni tom ma’noda qo’l bilan his qilish mumkin.
U juda oddiy ishlaydi: tasvir o’ta yuqori tezlikda tebranadigan va teginganda reaksiya beradigan rezina lentalarga proyeksiyalanadi. Ushbu texnologiya muzey va ko’rgazmalarda qo’llanilishi rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
51 891
⚡️Skrinshot yoki eskizdan veb-saytlar yaratib beradigan ochiq kodli Napkins neyrotarmog’i chiqdi. Undan foydalanish uchun hechqanday dasturchilik ko’nikmalari talab etilmaydi.
Sayt yaratish uchun skrinshotni yoki qog’ozda eskizni chizib yuklash kifoya va o’rnatilgan Llama 4 modeli ishlaydigan sayt prototipni yig’ib beradi. Undan foydalanish bepul va limitlarsiz.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 891
⚡️Endi kaskadyorlarga ham ajoyib tryuklari uchun Oskar topshiriladi.
Birinchi bunday mukofot 2028-yilda 100-taqdirlash marosimida topshiriladi, biroq yangi nominatsiya uchun saralash qoidalari hozircha yo’q — ular keyinroq belgilanadi.
Videoda Tom Kruz'ning eng xavfli tryuklaridan biri, ideal kadrni olish uchun xavfsizlik kamarlarisiz mototsiklda 1250 metrlik tog’ qoyasidan olti marta ketma-ket sakragani ko’rsatilgan.
📟 DigiTech
51 891
📑 Google neyrotarmoqlarga to’g’ri prompt (matnli so’rov) yozish bo’yicha 68 sahifalik qo’llanmani chiqardi. Qo’llanmada ular professional dasturchi kabi fikrlashni va SI xatti-harakatlarini tahlil qilishni o’rgatishgan.
Qo’llanmada:
– Samarali promptlar yozish bo’yicha maslahatlar; – Neyrotarmoqlar orqali dasturlash bo’yicha qo’llanma; – Qanday qilib sun’iy intellektga vazifalarni to’g’ri berish tushuntirilgan (zero-shot, chain of thought va boshqalar); – Javoblarning aniqligini oshirish texnikalari o’rgatilgan.👉 Qo’llanmani o’qish uchun havola. 📟 DigiTech
51 891
⚡️14 yoshlik maktab o’quvchisi yurak xastaliklarini 7 soniyada aniqlaydigan dastur yaratdi.
Hindistonlik Siddhart Nadyala SI ishlab chiqish bo’yicha rasmiy sertifikatlangan eng yosh mutaxassis hisoblanadi. Uning dasturi 15 000 kishida sinovdan o’tkazildi va natija 96% hollarda to’g’ri bo’ldi.
Endi siz 14 yoshingizda nimalar qilganingizni eslang :)
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
