ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 272 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 488,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 371

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 272 名订阅者。

根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 768,过去 24 小时变化为 -288,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 325 次浏览,首日通常累积 9 958 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 125

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 272
订阅者
-28824 小时
-3 2697
+76830
帖子存档
⚡️Operativ xotira narxlari arzonlashishni boshladi: Yevropada DDR5 uchun chakana narxlar asta-sekin tushmoqda. Corsair va Kin
⚡️Operativ xotira narxlari arzonlashishni boshladi: Yevropada DDR5 uchun chakana narxlar asta-sekin tushmoqda. Corsair va Kingston’ning 32 GB lik modellari taxminan 15 foizga arzonlashdi. Agar fevral oyi boshida ular 480–550 yevro turgan bo‘lsa, hozir mos ravishda 425–463 yevroni tashkil etmoqda. Bu pasayish narxlar tezda avvalgi holatiga qaytishini anglatmaydi. Narxlar hali ham o'zining odatiy me'yoridan ancha baland. Misol uchun, 2025-yilning kuz oylariga qadar o'rtacha 32 GB DDR5 xotira to'plami taxminan 95–100 yevro atrofida bo'lgan. 📟 DigiTech

⚡️Fermer 60 yildan ortiq yashagan yeri va sigirlari uchun 15 million dollardan voz kechdi. Uning bu qaroriga fermasi o‘rnida
⚡️Fermer 60 yildan ortiq yashagan yeri va sigirlari uchun 15 million dollardan voz kechdi. Uning bu qaroriga fermasi o‘rnida sun’iy intellektlar uchun ulkan ma’lumotlar markazi qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi sabab bo‘ldi. U bitimdan voz kechib, yerga egalik huquqini tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasiga 2 million dollarga sotdi. Asosiy sharti, bu yer «serverxona»ga aylanmasdan, abadiy haqiqiy ferma bo‘lib qolishi kerak. 📟 DigiTech

⚡️Hindistonda ChatGPT «qotili»ni chiqarishdi. Nomi — Indus AI. Hozircha unda «fikrlash rejimi»ni o‘chirib bo‘lmaydi, shu saba
⚡️Hindistonda ChatGPT «qotili»ni chiqarishdi. Nomi — Indus AI. Hozircha unda «fikrlash rejimi»ni o‘chirib bo‘lmaydi, shu sababli javoblar go‘yoki sizga haqiqiy odam javob berayotgandek kechikib keladi. Chatlar tarixini ham o’chirib bo’lmaydi. Bu yerda nimadir g’alati tuyulmayaptimi? 📟 DigiTech

👨‍💻 Bir yigit Apple taqdimotini kutib o’tirmasdan, uni o‘zi o‘tkazdi. U hamyonbop MacBook E’ni xuddi Tim Kuk'dek namoyish etdi. Barcha xususiyatlarni mish-mishlar hamda insayderlar ma'lumotlaridan oldi. Renderlarni o‘zi chizdi, videoni esa Kupertinodagi haqiqiy Apple Park'da yozib oldi. Uning taqdimoti qanchalik haqiqatga yaqin bo‘lganini 4-mart kuni bilib olamiz. 📟 DigiTech

⚡️Qozog‘istonda, endi Olmaota ko‘chalari bo‘ylab politsiya dronlari uchib, mahalliy aholini axlat tashlagani va bezorilik qilgani uchun tanbeh beradi. Hukumat shu yo‘l bilan aholini yomon odatlardan qaytarmoqchi va «atrofdagilarni hurmat qilishga o‘rgatmoqchi». Ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatilgan kopterlar odamlar gavjum joylarni, hatto hovlilarni ham patrul qilishni boshlaydi. Avvalroq ular yirik tadbirlarda qo‘llanilib, «o‘zini ancha yaxshi namoyon etgan» edi. 📟 DigiTech

⚡️Windows endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi — Microsoft sun’iy intellektga asoslangan operatsion tizimning yangilanishlar
+2
⚡️Windows endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi — Microsoft sun’iy intellektga asoslangan operatsion tizimning yangilanishlarini ko’rsatdi. Yaqin orada Windows 11 da standart qidiruv o‘rnini almashtiradigan Ask Copilot paydo bo‘ladi. Sun’iy intellekt nafaqat fayllarni qidirishi, balki vazifalarni bajarish uchun agentlarni ham ishga tushirishi mumkin bo’ladi. Researcher agenti vazifalar panelidagi jarayon indikatori yordamida fonda (10+ daqiqa) tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, «File Explorer»da hujjatlar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar beradigan va savollarga javob beradigan Copilot tugmasi paydo bo‘ladi. 📟 DigiTech

🔐 Sun’iy intellekt yordamida parol yaratish — yomon g‘oya. Hatto eski kompyuter ham ularni bir necha soat ichida buzib kira
🔐 Sun’iy intellekt yordamida parol yaratish — yomon g‘oya. Hatto eski kompyuter ham ularni bir necha soat ichida buzib kira oladi. Sinovdan Claude, ChatGPT va Gemini kabi barcha top modellar o‘ta olmadi. Ular 16 xonali parollarni o‘ylab topishdi, bu parollar juda ishonchli ko‘rinardi. ChatGPT hatto o‘zi yaratgan parolini yechishga 10 mlrd yil ketishiga ishontirgan. Ammo barcha modellar qayta-qayta bir xil qoliplardan foydalangan va ba’zan o‘zini takrorlagan. Shu sababli ularning xavfsizligi birinchi uy hayvoningiz ismidan ham pastroq. 📟 DigiTech

🧠 Neuralink'ning xitoylik raqobatchisi allaqachon 50 kishiga chiplar o’rnatdi — bu Ilon Mask'ning kompaniyasidan deyarli uch baravar ko‘proq. NeuroXess Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va ularning texnologiyasi ancha xavfsiz hisoblanadi: Xitoyda chipni miya to‘qimasiga joylashtirish o‘rniga, miya sirtiga maxsus to‘r implantatsiya qilinadi. Har ikki usul yordamida bemorlar fikr kuchi bilan kompyuterdan foydalana olishadi, hatto samolyot va robotlarni ham boshqara olishadi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Google o‘zining eng aqlli modeli — Gemini 3.1 Pro'ni chiqardi. U top neyrotarmoqlar orasida dasturlash, dizayn hamda ilmiy masalalarni yechish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Gemini 3.1 Pro ARC-AGI-2 benchmarkida rekord darajadagi 77,1% natijani qayd etdi. Model bitta so‘rovning o‘zida ishlaydigan ilova yozishi, zamonaviy animatsiya yaratishi yoki Xalqaro kosmik stansiyaning Yerni kuzatish simulyatsiyasini tuzishi mumkin. Ushbu model allaqachon barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. 📟 DigiTech

📱Samsung Galaxy Z TriFold qimmatbaho smartfonining ekrani o‘z-o‘zidan buzilmoqda — qurilma bo’yicha dastlabki shikoyatlar paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar ekranning o‘chib qolishi, miltillashi va unda chiziqlar paydo bo‘lishidan shikoyat qilishmoqda. Bir foydalanuvchi smartfon ekrani bir oydan keyin butunlay ishdan chiqqani haqida Reddit'da bo’lishdi. Dastlab qayta ishga tushirish yordam bergan, ammo keyinchalik ekran matrisasi butunlay «o‘chgan». Boshqa bir foydalanuvchining qurilmasi displeyi esa xariddan besh kundan so‘ng ishlamay qolgan. 📟 DigiTech

⚡️YouTube’dagi eng birinchi video endi muzeyda namoyish etilmoqda. Dizaynerlar 2005-yilgi «Men hayvonot bog‘idaman» deb nomla
+1
⚡️YouTube’dagi eng birinchi video endi muzeyda namoyish etilmoqda. Dizaynerlar 2005-yilgi «Men hayvonot bog‘idaman» deb nomlangan ilk video joylashtirilgan arxiv sahifasini qayta tiklashdi. Ko‘rgazma Viktoriya va Albert muzeyida ochildi. Videolavha butun internet madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan «foydalanuvchi kontentining shakllanishidagi muhim nuqta» deb baholandi. YouTube asoschilaridan biri hayvonot bog'ida 19 soniya fillar haqida gapirgan original video esa allaqachon 382 million marta ko‘rilgan. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar keramik varaqqa 2 TB ma’lumot yozishga muvaffaq bo’lishdi. Buning uchun ular dunyodagi eng kichik QR-kodni ishlab c
⚡️Olimlar keramik varaqqa 2 TB ma’lumot yozishga muvaffaq bo’lishdi. Buning uchun ular dunyodagi eng kichik QR-kodni ishlab chiqishdi. Kodning o‘lchami atigi 1,98 kvadrat mikrometr. U ko‘pchilik ma’lum bakteriyalardan ham kichik va uni deyarli o‘chirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u hatto oddiy mikroskop ostida ham ko‘rinmaydi. Bu kodlar tushirilgan keramik plyonka sovutish yoki energiya manbaiga muhtoj emas. Umid qilamizki, ular bizni xotira tanqisligidan xalos etadi. 📟 DigiTech

🕹️ Xotira tanqisligi sababli PlayStation 6 ning chiqarilishi 1-2 yilga kechikishi mumkin. Sony 1994-yildan beri har 6-7 yild
🕹️ Xotira tanqisligi sababli PlayStation 6 ning chiqarilishi 1-2 yilga kechikishi mumkin. Sony 1994-yildan beri har 6-7 yilda yangi konsollarni chiqarib kelgan, shu sababli PS6 PS5 chiqarilganidan 7 yil o‘tgach, 2027-yilda chiqarilishi kerak edi. Operativ xotira narxining oshishi tufayli, kompaniya konsol narxini oshirmaslik uchun an’anaviy chiqarish jadvalini o‘zgartirishi mumkin. 📟 DigiTech

📱Insayderlar kelajakdagi Xiaomi 18 ning dizaynini oshkor qilishdi, u iPhone 16 Pro'ning nusxasi bo’lib chiqdi Aytgancha, hoz
+1
📱Insayderlar kelajakdagi Xiaomi 18 ning dizaynini oshkor qilishdi, u iPhone 16 Pro'ning nusxasi bo’lib chiqdi Aytgancha, hozirgi Xiaomi 17 Pro ham Apple flagmanining kloni hisoblanadi. Xitoy hech qachon o‘zgarmaydi :) 📟 DigiTech

⚡️OpenAI OpenClaw yaratuvchisi Piter Shtaynbergerni ishga oldi. U «yangi avlod sun’iy intellekt agentlari» ustida ishlaydi. P
⚡️OpenAI OpenClaw yaratuvchisi Piter Shtaynbergerni ishga oldi. U «yangi avlod sun’iy intellekt agentlari» ustida ishlaydi. Piterdan agentlar uchun katta o‘zgarishlar kutilmoqda: ular «hatto qariyalar ham bemalol foydalana oladigan» darajada oddiy bo‘lishi kerak. OpenClaw maxsus jamg‘arma boshqaruviga o‘tadi va ochiq kodli bo’lib qoladi. Piter o‘z loyihasi shunchalik ko‘p e’tibor tortganidan hayratda. Biroq u katta biznes qurish o‘rniga yangi narsalar yaratishni xohlaydi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Yigit ishga joylashish uchun onlayn suhbatga o‘zi o‘rniga sun’iy intellekt agentini yubordi, uni suhbatdan o’tkazgan HR
+1
👨‍💻 Yigit ishga joylashish uchun onlayn suhbatga o‘zi o‘rniga sun’iy intellekt agentini yubordi, uni suhbatdan o’tkazgan HR xodim ham sun’iy intellekt bo’lib chiqdi. Neyrotarmoqlar bir-biri bilan shiddatli yozishishni boshlashdi va natijada Tarantino uslubidagi dialog paydo bo‘ldi:
— O‘zingiz haqingizda so‘zlab bering? — Albatta! Men dinamik muhitda yaxshi ishlaydigan g‘ayratli mutaxassisman. — Bu juda mazmunli javob. — Rahmat! Siz mutlaqo haqsiz. — Siz ham mutlaqo haqsiz. — Ikkalamiz ham mutlaqo haqmiz. — Hammasi juda yaxshi ketyapti. — Aynan shunday. — Siz mutlaqo haqsiz. — Siz mutlaqo haqsiz. — Siz mutlaqo haqsiz. — Siz mutlaqo haqsiz.
Shundan so‘ng «Siz mutlaqo haqsiz» iborasi bilan 14 sahifa to’lib ketgan :) 📟 DigiTech

⌨️ Xitoyliklar ekranli klaviaturani namoyish etishdi — bu 60 hz chastotali va sensorli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlovchi o‘rna
+2
⌨️ Xitoyliklar ekranli klaviaturani namoyish etishdi — bu 60 hz chastotali va sensorli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlovchi o‘rnatilgan 4K displeydir. Qurilmani «ikkinchi monitor» sifatida ishlatish uchun ikkita USB-C porti orqali Windows, macOS, Linux, Android va iOS asosidagi qurilmalarga ulash mumkin. Og‘irligi taxminan 1 kg bo‘lib, narxi 279 dollardan boshlanadi. Noutbukni qayta kashf etishibdi :) 📟 DigiTech

📲 iOS 27 iPhone batareyalarini tuzatadi — Apple operatsion tizimning keyingi versiyalaridan ko‘plab keraksiz kodlarni olib t
📲 iOS 27 iPhone batareyalarini tuzatadi — Apple operatsion tizimning keyingi versiyalaridan ko‘plab keraksiz kodlarni olib tashlashni rejalashtirmoqda. Chamasi, yirik yangi funksiyalar orasida faqat Gemini asosida ishlaydigan Siri'ni kutish mumkin. Dizayn ozgina o‘zgartiriladi, asosiy e’tibor esa optimallashtirishga qaratiladi. Bularning barchasi sensor ekranli MacBook Pro va birinchi bukladigan iPhone'ni chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun qilinmoqda. 📟 DigiTech

📱Apple SIM-kartalardan deyarli butunlay voz kechmoqda — Yevropa uchun iPhone 18 faqat eSIM bilan chiqariladi. Yevropa bozori
📱Apple SIM-kartalardan deyarli butunlay voz kechmoqda — Yevropa uchun iPhone 18 faqat eSIM bilan chiqariladi. Yevropa bozori uchun yangi iPhone 18 Pro faqat eSIM versiyalarida sotuvga chiqariladi. SIM+eSIM ishqibozlari Hindiston va Xitoy versiyalarini xarid qilishga majbur bo‘lishadi. Ammo buning afzalliklari ham bor: shu tufayli iPhone 18 Pro Max'ning batareyasi sig’imi deyarli 5200 mA/soatgacha oshadi. 📟 DigiTech

🏠 Qiziqarli fakt: 30 million xitoylik yer ostida 4000 yillik tarixga ega bo‘lgan Yaodun g‘or-uylarida yashamoqda. Ha, bu ele
+2
🏠 Qiziqarli fakt: 30 million xitoylik yer ostida 4000 yillik tarixga ega bo‘lgan Yaodun g‘or-uylarida yashamoqda. Ha, bu elektromobillar va sun’iy intellektda yetakchilik qilayotgan dunyodagi eng texnologik mamlakatda ro‘y bermoqda. Biroq bu qashshoqlik emas, balki sof hisob-kitoblar natijasidir.
Mahalliy aholining fikricha, agar bino tepaga qarab qurilsa, boy qo‘shnilar kambag‘allarning quyoshini to‘sib qo‘yadi. Pastga qarab qazilganda esa, yorug‘lik hammaga teng taqsimlanadi. Bundan tashqari, yer qatlami haroratni yaxshi ushlab turadi. Hech qanday elektr energiyasiz bu uylarda qishda +10°C, yozda esa +20°C iliqlik saqlanib turadi.
Pekinda kichik bir studiya ijarasi 600 dollardan boshlansa, «Yaodun» uylarining oylik ijarasi bor-yo‘g‘i 30 dollar atrofida turadi. 2011-yilda esa Yaodunlar YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan. 📟 DigiTech